3,4-DIGIDROKSI-5-NITROBENZALDEGID — KUCHLI KSANTIN OKSIDAZA INGIBITORI: GIPERURIKEMIYA VA PODAGRANI DAVOLASHDA ISTIQBOLLI TERAPEVTIK VOSITA
Giperyurikemiya — qonda siydik kislotasi miqdorining ortishi — podagra kasalligiga sabab bo‘ladigan klinik muammo bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari uchun asosiy xavf omili sifatida qaraladi. Ksantin oksidaza (KO) fermenti purinlar almashinuvi jarayonida siydik kislotasini hosil qiladi, shuning uchun yangi KO ingibitorlarini kashf etish giperurikemiya va podagrani davolashda samarali terapiya ishlab chiqish uchun muhim strategiya hisoblanadi. Ilmiy izlanishlardan shu ma’lim bo’ldiki 3,4-digidroksi-5-nitrobenzaldegid (DGNB) moddasi — tabiiy birikma boʻlgan protokatexein aldegidining hosilasi — KO faolligini kuchli tarzda ingibitsiya qilishini aniqlaniladi; uning IC₅₀ qiymati 3 μM ni tashkil etdi. DGNB KO faolligini ma'lum vaqt mobaynida susaytirdi, bu jihatdan u klinik amaliyotda ishlatiladigan KO ingibitori allopurinolga oʻxshash edi. DGNB KO fermentiga nisbatan kuchli aralash tipdagi ingibitsiyalovchi ta’sir ko‘rsatdi va past konsentratsiyada allopurinol bilan birgalikda additiv ta’sir ko’rsayadi. DGNB moddasining strukturaviy-faollik bogʻliqligi boʻyicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, KO ingibitsiyasi uchun uning aldegid guruhi, katexol guruhi va 5- nitro-guruh mavjudligi muhim ahamiyatga ega. DGNB KO fermentining molibden markazi bilan o‘zaro ta’sirlashadi va sekinlik bilan karboksilik kislota shakliga aylanadi, aylanish tezligi 10⁻¹⁰ mol/L/s ni tashkil etadi. Bundan tashqari, DGNB erkin radikal DPPH va reaktiv kislorod turlari (ROS), jumladan ONOO⁻ va HOCl ni bevosita neytrallaydi. DGNB allantoksanamid bilan chaqirilgan giperurikemiyali sichqonlarda zardobdagi siydik kislotasi miqdorini samarali kamaytirdi. Bundan tashqari, katta doza (500 mg/kg) DGNB qabul qilgan sichqonlarda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi, holbuki allopurinol bilan davolangan sichqonlarning 42 foizi nobud bo‘lgan va ularning naslida soch to‘kilishi qayd etilgan. Shunday qilib, DGNB yuqori faollik, past toksiklik, antioksidant xususiyatlar va allopurinoldan farqli kimyoviy tuzilishga ega boʻlgan yangi avlod KO ingibitori sifatida istiqbolli nomzod bo‘lishi mumkin.