ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
184
POLIPRAGMAZIYA VA GERIATRIYA: GERIATRIYADA POLIPRAGMAZIYANING
SALBIY OQIBATLARI
Siddiqov Olim Abdullayevich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Annotatsiya:
Polipragmaziya — bir vaqtda kamida besh va undan ortiq dori vositalarini qabul
qilish holati — keng tarqalgan. Ushbu maqolada geriatriya amaliyotida polipragmaziyaning
tarqalishi, xavfli oqibatlari, klinik farmakologik va tashkilotchilik nuqtai nazaridan tahlil etiladi.
Qariyalarda farmakokinetik va farmakodinamik o‘zgarishlar, nojo‘ya ta’sirlar va dori-dori o‘zaro
ta’siriga moyillik polipragmaziyani yanada xatarli qiladi. Maqolada shifokorlar uchun amaliyotiy
tavsiyalar va depreskraybing strategiyalariga asoslangan yondashuvlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
polipragmaziya, geriatriya, qariya bemor, farmakoterapiya, nojo‘ya ta’sir,
depreskraybing.
Abstract:
Polypharmacy—commonly defined as the simultaneous use of five or more
medications—is widespread. This article analyzes the prevalence and risks of polypharmacy in
geriatric practice from both clinical pharmacological and organizational perspectives. Age-
related pharmacokinetic and pharmacodynamic changes, as well as increased susceptibility to
adverse drug reactions and drug–drug interactions, make polypharmacy particularly hazardous in
elderly patients. The article presents practical recommendations for physicians and discusses
approaches based on deprescribing strategies.
Keywords:
polypharmacy, geriatrics, elderly patients, pharmacotherapy, adverse effects,
deprescribing.
Mavzuning dolzarbligi.
Geriatriya — bu nafaqat yoshi ulg‘aygan shaxslarning kasalliklarini
davolash, balki ularning hayot sifatini saqlash va funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
kompleks tibbiy yo‘nalishdir. Hozirgi kunda aholining qarish tendensiyasi tufayli geriatrik
bemorlar soni ortib bormoqda. Statistikaga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan bemorlarning katta qismida
3–5 va undan ortiq surunkali kasalliklar mavjud. Bu esa ularda ko‘p sonli dori vositalarini bir
vaqtda qabul qilishni taqozo etadi — ya’ni polipragmaziya holati. So‘nggi yillarda tibbiyot
amaliyotida polipragmaziya — ya’ni bemorga bir vaqtda bir nechta dori vositalarini tayinlash
holatlari keng tarqalgan. Bu holat ayniqsa polimorbid, ya’ni bir nechta surunkali kasallikka ega
bo‘lgan bemorlarda ko‘proq uchraydi. Zamonaviy shifokorlar amaliyotida har bir simptom yoki
kasallik uchun alohida dori vositasi tayinlash tendensiyasi mavjud. Ammo bunday yondashuv
ko‘pincha kutilgan natijani bermasdan, aksincha, bemor holatini yomonlashtirishi, nojo‘ya
ta’sirlar sonini oshirishi mumkin. Polipragmaziya nafaqat klinik, balki ijtimoiy, iqtisodiy va
axloqiy muammo sifatida ham qaralishi lozim. Bir tarafdan, dori vositalarining noto‘g‘ri va
ortiqcha tayinlanishi davlat va bemor mablag‘larining samarasiz sarflanishiga olib keladi.
Ikkinchi tomondan, bemor hayoti uchun xavf soluvchi nojo‘ya ta’sirlar, dori-dori o‘zaro ta’sirlari,
farmakokinetik ziddiyatlar, dozalash muammolari va komplaensning pasayishi kabi salbiy
oqibatlar yuzaga keladi.
Polipragmaziyaning dolzarbligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri — aholidagi qarilik
darajasining oshib borishi hisoblanadi. Qariyalar odatda bir nechta surunkali kasalliklar
(gipertoniya, qandli diabet, yurak yetishmovchiligi, osteoartrit va h.k.) bilan bir vaqtda
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
185
yashashadi. Ushbu holat ularga bir vaqtda 5–10 ta va undan ortiq dori vositalarini tayinlash
ehtiyojini keltirib chiqaradi. Ammo qariyalarda jigar va buyrak faoliyatidagi o‘zgarishlar,
to‘qimalarning farmakokinetik xususiyatlari, ferment faolligining pasayishi dori metabolizmini
ham o‘zgartiradi. Shuning uchun polipragmaziya qariyalarda yanada ko‘proq xavf tug‘diradi.
Shu bilan birga, tibbiy xizmat ko‘rsatishning yuqori darajali ixtisoslashgan bo‘lishi ham
polipragmaziyani kuchaytirishi mumkin. Masalan, bir bemor terapevt, kardiolog, endokrinolog
va nevrolog tomonidan bir vaqtda ko‘riladi. Har bir mutaxassis o‘z sohasiga oid dori tayinlashi
natijasida bemorda 8–10 ta dori vositasi yig‘ilib qoladi. Bu dori-dori o‘zaro ta’siri, funksional
organlar yukining oshib ketishi va nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshiradi. Shifokorlar o‘rtasidagi
muvofiqlashtirish yetishmasligi, yagona klinik strategiyaning mavjud emasligi shunday holatlar
yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biridir.
Polipragmaziyani dolzarb muammoga aylantiruvchi yana bir omil — dori vositalarining
ommaviy reklama qilinishi, internet orqali bemorlarning o‘zini-o‘zi davolash holatlari va dori
vositalarini ixtiyoriy ravishda qabul qilish tendensiyasining oshishi. Ayniqsa biologik aktiv
qo‘shimchalar (BAQ) va “tabiiy vositalar” ni ortiqcha ishlatish bunda katta rol o‘ynaydi. Ba’zi
hollarda shifokorning tavsiyasisiz qabul qilingan dori vositalari juda jiddiy nojo‘ya oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Muammoni yanada dolzarblashtiruvchi jihat — polipragmaziyaning
kamroq tadqiq qilinganligi va umumiy protokollar bilan yetarlicha tartibga solinmaganligidir.
Hozirda jahon tibbiyotida “Deprescribing” deb nomlangan strategik yondashuv shakllana
boshlagan bo‘lib, u ortiqcha dori vositalarini kamaytirishga, ularni qayta ko‘rib chiqishga va har
bir tayinlangan dori uchun klinik zaruratni asoslashga qaratilgan. Ushbu yondashuv O‘zbekiston
kabi mamlakatlarda ham joriy etilishi dolzarb masaladir. Polipragmaziya nafaqat individual
bemor, balki butun sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham jiddiy yuk hisoblanadi. Dori
vositalarining ortiqcha iste’moli sog‘liqni saqlash budjetida xarajatlarni ko‘paytirishi, nojo‘ya
ta’sirlar tufayli qo‘shimcha kasallanish va gospitalizatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuning uchun ushbu muammoga qarshi samarali choralar ko‘rish, klinik farmakologlarning
rolini kuchaytirish, elektron retseptlash tizimlarini joriy etish, dori tarkibini doimiy ravishda
qayta ko‘rib chiqish kabi yondashuvlar muhim hisoblanadi.
Asosiy qism.
Polipragmaziya qariyalar uchun oddiy dori tayinlash emas, balki jiddiy
farmakoterapevtik muammo hisoblanadi. Yoshga bog‘liq fiziologik o‘zgarishlar (metabolizm
sekinlashishi, buyrak faoliyati pasayishi, retseptorlar sezuvchanligi o‘zgarishi) dorilarning ta’sir
darajasini o‘zgartiradi va nojo‘ya ta’sirlarga moyillikni oshiradi. Shu bois, geriatriyada
polipragmaziya nafaqat samarasiz davolash, balki xavfli holatlarning asosiy sabablaridan biriga
aylangan.
Geriatriyada polipragmaziyaning asosiy sabablari
Polimorbidlik: qariyalarda bir vaqtda qandli diabet, gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, artrit,
osteoporoz, Alsgeymer kasalligi kabi bir necha surunkali kasalliklar uchraydi. Ko‘p mutaxassisli
davolash: bir vaqtda terapevt, kardiolog, endokrinolog va nevrolog tomonidan turli dorilar
tayinlanishi; avto-medikatsiya: bemor yoki uning yaqinlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan
BAQlar, dori-darmonlarni qabul qilish; shifokorlar o‘rtasida muvofiqlashtirish yetishmasligi;
yolg‘izlik va yoshga oid kognitiv buzilishlar: to‘g‘ri rejimda dori qabul qilinmasligi, o‘zini o‘zi
to‘g‘ri nazorat qila olmaslik.
Polipragmaziyaning geriatriyadagi salbiy oqibatlari quyidagilardan iboratdir:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
186
1. Nojo‘ya ta’sirlar sonining ortishi - qariyalarda nojo‘ya ta’sirlarga sezuvchanlik yuqori.
Masalan, antigipertenziv vositalar ortiqcha gipotoniya va bosh aylanishiga, antixolinergik
vositalar — demensiya belgilarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
2. Dori-dori o‘zaro ta’sirlari - antikoagulyantlar, antidepressantlar, psixotrop vositalar boshqa
dorilar bilan o‘zaro ta’sirga kirib, toksik holatlar yoki samarasizlikni keltirib chiqaradi.
3. Farmakokinetik o‘zgarishlar - Kariyalarda: jigar metabolizmining sekinlashishi; buyrak
klirensining pasayishi; to‘qimalarda dori yig‘ilishining kuchayishi; dorilarning uzoq vaqt
to‘planishi va ortiqcha ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi.
4. Komplaens pastligi - dorilar sonining ko‘payishi bemorni charchatadi, ba’zi hollarda u qabul
qilishni butunlay to‘xtatishi mumkin.
5. Farmakoekonomik zarar - polipragmaziya davlat va oilalar uchun ortiqcha dori xarajatlarini
keltirib chiqaradi. Ba’zi hollarda keraksiz va samarasiz dori vositalariga katta mablag‘ sarflanadi.
6. Qo‘shimcha kasallanish va gospitalizatsiyalar - nojo‘ya ta’sirlar va o‘zaro ta’sirlar sababli tez
yordam chaqiriqlari, shoshilinch holatlar, reanimatsiyaga tushish holatlari ko‘payadi.
Muammoni hal etishdagi yondashuvlar quyidagicha:
1. Deprescribing strategiyasi - har bir dori vositasining zarurligini tahlil qilish, keraksiz
preparatlarni to‘xtatish. Bu jarayonda klinik farmakolog va bosh shifokorning hamkorligi muhim.
2. Dori ro‘yxatini optimallashtirish - BEERS Criteria (AGFS) va FORTA (Fit fOR The Aged)
kabi geriatriyada noto‘g‘ri hisoblangan dori ro‘yxatlariga tayanish; qariyalar uchun xavfli
preparatlarni cheklash.
3. Elektron retseptlash tizimlari - dori-dori o‘zaro ta’sirlari va nojo‘ya ta’sirlar bo‘yicha
avtomatik ogohlantirish; elektron dori monitoringi.
4. Klinik farmakolog maslahatlari - farmakokinetik parametrlar asosida dozalash, monitoring va
rejalashtirish. Qariyalarda alternativa va kamroq xavfli dori tanlash.
5. Bemor va oila a’zolarini o‘qitish - qabul qilinayotgan dori vositalari haqida ma’lumot berish,
rejaga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar.
Xulosa.
Geriatriyada polipragmaziya — zamonaviy tibbiyotda e’tiborni talab qiladigan eng
muhim muammolardan biridir. Qariya bemorlarda dorilarga bo‘lgan fiziologik sezuvchanlik,
nojo‘ya ta’sirlar va dori o‘zaro ta’sirlar xavfi yuqori bo‘lgani uchun, har bir tayinlashda yuqori
darajadagi mas’uliyat va klinik asos talab etiladi. Polipragmaziyaning salbiy oqibatlarini
kamaytirish uchun shifokorlar, klinik farmakologlar, farmasevtlar va oila a’zolarining samarali
hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ratsional farmakoterapiya, depreskraybing va axborot
texnologiyalarini qo‘llash orqali geriatriyada xavfsiz va samarali davolashni ta’minlash mumkin.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
187
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Maher, R. L., Hanlon, J. T., & Hajjar, E. R. (2014). Clinical consequences of polypharmacy
in
elderly.
Expert
Opinion
on
Drug
Safety,
13(1),
57–65.
https://doi.org/10.1517/14740338.2013.827660
2. Fried, T. R., O’Leary, J., Towle, V., Goldstein, M. K., & Trentalange, M. (2014). Health
outcomes associated with polypharmacy in community-dwelling older adults: A systematic
review.
Journal
of
the
American
Geriatrics
Society,
62(12),
2261–2272.
https://doi.org/10.1111/jgs.13153
3. Reeve, E., Gnjidic, D., Long, J., & Hilmer, S. N. (2015). A systematic review of the emerging
definition of ‘deprescribing’ with network analysis: Implications for future research and clinical
practice.
British
Journal
of
Clinical
Pharmacology,
80(6),
1254–1268.
https://doi.org/10.1111/bcp.12732
4. O’Mahony, D., O’Sullivan, D., Byrne, S., O’Connor, M. N., Ryan, C., & Gallagher, P. (2015).
STOPP/START criteria for potentially inappropriate prescribing in older people: Version 2. Age
and Ageing, 44(2), 213–218. https://doi.org/10.1093/ageing/afu145
5. Pazan, F., Wehling, M., & The FORTA authors/expert panel. (2016). The FORTA (Fit fOR
The Aged) List 2015: Update of a valid list of potentially inappropriate drugs for older people in
Europe. Drugs & Aging, 33(6), 447–449. https://doi.org/10.1007/s40266-016-0377-9
6. Воробёва, О. В., Куликова, Е. И. (2020). Полипрагмазия в гериатрической практике:
риски
и
пути
минимизатсии.
Клиническая
геронтология,
26(2),
98–104.
https://doi.org/10.26442/2079-0619_2020.2.98-104
7. Ожегова, А. А., Трифонова, Е. А. (2021). Клиническая фармакология полипрагмазии у
патсиентов пожилого возраста. Ратсионалная фармакотерапия в кардиологии, 17(1), 67–74.
https://doi.org/10.20996/1819-6446-2021-17-1-67-74
8. Gnjidic, D., Le Couteur, D. G., Kouladjian, L., & Hilmer, S. N. (2012). Deprescribing trials:
Methods to reduce polypharmacy and the impact on prescribing and clinical outcomes. Clin
Interv Aging, 7, 387–397. https://doi.org/10.2147/CIA.S31520
9. Турсунов, Ш. Ш., Раҳимов, С. Ш. (2022). Қария беморларда полипрагмазия муаммоси
ва фармакотерапевтик ёндашувлар. Ўзбекистонда фарматсия ва тиббиёт журнали, №1, 44–
50.
10.
American Geriatrics Society Beers Criteria® Update Expert Panel. (2019). American
Geriatrics Society 2019 updated AGS Beers Criteria® for potentially inappropriate medication
use in older adults. Journal of the American Geriatrics Society, 67(4), 674–694.
https://doi.org/10.1111/jgs.15767
11. Begnaeva, M., & Olim, S. (2024). IMPORTANCE OF ANTIAGGREGANT DRUGS IN
CARDIOVASCULAR DISEASES. Modern Science and Research, 3(1), 28–32. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28898
12. Ашурова, М., Азимова, Х., Гафурова, С., Зиганшина, Н., Сиддиков, О., & Юлдашев, С.
(2017). Оценка функционального состояния сердечно-сосудистой системы при ожоговой
болезни. Журнал проблемы биологии и медицины, (4 (97), 17–19. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/problems_biology/article/view/3237
13. Ураков А.Л., Тюрин А.В., Щекин В.С., Сиддиков О.А., Абдурахмонов И.Р.,
Габдрахимова Р.А., Самородов А.В. Убиквитилирование в развитии соматических
заболеваний: механизм клеточной регуляции и новая терапевтическая мишень // Обзоры
по клинической фармакологии и лекарственной терапии. - 2024. - Т. 22. - №4. - C. 339-349.
doi: 10.17816/RCF631847
14. Urakov A.L., Tyurin A.V., Shchekin V.S., Siddikov O.A., Abdurakhmonov I.R.,
Gabdrakhimova R.A., Samorodov A.V. Ubiquitylation in the development of somatic diseases: a
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
188
mechanism of cellular regulation and a new therapeutic target // Reviews on Clinical
Pharmacology and Drug Therapy. - 2024. - Vol. 22. - N. 4. - P. 339-349. doi:
10.17816/RCF631847
15. Сиддиков Олим Абдуллаевич, Даминова Лола Тургунпулатовна, Нуралиева Рано
Матьякубовна ФАРМАКОЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ РЕЗИСТЕНТНОСТИ
И
ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТИ
STREPTOCOCCUS
PNEUMONIAE
К
АНТИБАКТЕРИАЛЬНЫМ ПРЕПАРАТАМ // Universum: химия и биология. 2023. №8-1
(110).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/farmakoepidemiologicheskoe-izuchenie-
rezistentnosti-i-chuvstvitelnosti-streptococcus-pneumoniae-k-antibakterialnym-preparatam (дата
обращения: 10.07.2025).
16. Даминова L. ., & Сиддиков O. (2022). ВЫБОР ОПТИМАЛЬНОГО ПРЕПАРАТА ДЛЯ
ЭМПИРИЧЕСКОЙ
АНТИБАКТЕРИАЛЬНОЙ
ТЕРАПИИ
ПРИ
ЛЕЧЕНИИ
ВНЕБОЛЬНИЧНОЙ ПНЕВМОНИИ. Журнал кардиореспираторных исследований, 1(3),
9–13. https://doi.org/10.26739.2181-0974-2020-3-1
