REVMATOID ARTRIT VA REVMATOID ARTRITNING YURAK-QON TOMIR TIZIMIGA TA’SIRI
Revmatoid artrit (RA) - biriktiruvchi to'qimalarning surunkali tizimli autoimmun yallig'lanish kasalligi bo'lib, asosan, periferik bo'g'imlarning avj olib boruvchi eroziv destrukliv poliartriti ko'rinishida kechadi Kasallik ko'p tarqalgan bo'lib, ko'pincha nogironlikka olib keladi. Aholi o'rtasida uchrashi 0,5-0,9 % ni tashkil qiladi va poliklinikaga murojaat qilgan revmatoidli artritga chalingan bemorlarning 21,5 % nogironlar bo'lib, 28,6 % esa uzoq vaqt davomida mehnatga layoqatsizlik varaqasida bo'ladi. Keltirilgan raqamlar ushbu patologiyaning katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Ko'pgina mamlakatlarda kasallik ayollarda erkaklarga nisbatan ko'proq uchraydi (4:1). Revmatoid artrit (RA) – yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, RA bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK), xususan, ateroskleroz, miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi va aritmiyalar xavfi sog‘lom odamlarga nisbatan yuqoridir. Ushbu maqolada RA va yurak-qon tomir tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik, patofiziologik mexanizmlar va klinik oqibatlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.