ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
232
ANTIGIPERTENZIV DORILARNI HOMILADORLIK DAVRIDA QOʻLLASHNING
OʻZIGA XOS TOMONLARI
Siddiqov Olim Abdullayevich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
ANNOTATSIYA:
Homiladorlik davridagi gipertenziya akusherlikdagi eng dolzarb va xavfli
patologiyalardan biri hisoblanadi. Ushbu holat nafaqat ona, balki homilaning salomatligi uchun
ham jiddiy xavf tug‘diradi. Antigipertenziv dorilarni tanlashda ularning farmakokinetikasi,
farmakodinamikasi va homilaga ta’siri inobatga olinishi shart. Ushbu maqolada homiladorlik
davrida gipertenziyani boshqarishga qaratilgan klinik farmakologik yondashuvlar, tavsiya
etiladigan va tavsiya etilmaydigan preparatlar, xavfsizlik mezonlari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
homiladorlik, gipertenziya, antigipertenziv terapiya, metildopa, labetalol, klinik
farmakologiya, xavfsizlik.
ABSTRACT:
Hypertension during pregnancy is among the most pressing and dangerous
pathologies in obstetrics, posing a serious threat to the health of both mother and fetus. Selection
of antihypertensive drugs must take into account their pharmacokinetics, pharmacodynamics,
and fetal effects. This article analyzes clinical pharmacological approaches to the management of
pregnancy‑related hypertension, details recommended and non‑recommended agents, and
reviews safety criteria for their use.
Keywords:
pregnancy, hypertension, antihypertensive therapy, methyldopa, labetalol, clinical
pharmacology, safety.
Mavzuning dolzarbligi.
Homiladorlikdagi gipertenziv holatlar jahon bo‘yicha barcha homilador
ayollarning taxminan 5–10% da kuzatiladi. Bu holatlar gestatsion gipertenziya, preeklampsiya,
eklampsiya va gipertoniya kasalligi kabi toifalarga bo‘linadi. Ular akusherlik, perinatal va
neonatal asoratlar, shuningdek, ona o‘limi holatlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Homiladorlik davridagi gipertenziya — bu akusherlikda uchraydigan eng jiddiy va xavfli
patologiyalardan biri bo‘lib, u dunyo miqyosida har beshinchi perinatal va ona o‘limi holatiga
sababchi bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, homilador
ayollarning taxminan 5–10% da gipertenziv holatlar ro‘y berishi mumkin va ularning 25–30%ida
preeklampsiya yoki eklampsiya rivojlanadi. Gipertenziyaning homiladorlik davrida paydo
bo‘lishi yoki avvaldan mavjud bo‘lishi, uning klinik ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Ushbu
holat nafaqat onada shoshilinch tibbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin (masalan, yurak va
buyrak muammolari), balki homila uchun ham og‘ir asoratlar — bachadon ichida homila
o‘sishdan qolishi, gipoksiya, shoshilinch kesarcha kesish va erta tug‘ruq xavfini tug‘diradi.
Muammoning yana bir muhim tomoni — antigipertenziv dori vositalarini tanlash masalasidir.
Har qanday dori vositasining homilaga va onaning umumiy holatiga ta’siri, farmakokinetik
xususiyatlari, teratogen yoki fetotoksik xavflari to‘g‘ri baholanishi zarur. Ayrim an’anaviy
gipotenziv dori vositalari (masalan, AAF-ingibitorlari, A2RAlari) homila uchun juda katta xavf
tug‘dirgani bois, ular homiladorlikda mutlaqo tavsiya etilmaydi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
233
Shu sababli, homiladorlikda gipertenziyani o‘z vaqtida aniqlash, xavf darajasini baholash va
xavfsiz, samarali farmakologik terapiyani tanlash masalasi hozirgi zamon klinik farmakologiyasi
va akusherlik amaliyotining eng dolzarb, ilmiy-amaliy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mavzunungi dolzarbligi, quyidagi jihatlarda ham yaqqol namoyon bo‘ladi:
Homiladorlikda gipertenziya holatlari so‘nggi yillarda ko‘paymoqda (asabiylashish, yoshdagi
o‘zgarishlar, fon kasalliklar, semizlik);
Homila va onaning salomatligida aniq asoratlar bilan bog‘liq;
Terapevtik yondashuvda xavfsizlik va samaradorlik o‘rtasida muvozanat topish muhim;
JSST, ACOG, NICE kabi xalqaro tashkilotlar ushbu yo‘nalish bo‘yicha alohida klinik
protokollar ishlab chiqqan;
Shu bois, homiladorlikdagi gipertenziyaga klinik farmakologik yondashuv – zamonaviy
tibbiyotning muhim bo‘g‘ini hisoblanib, bunda yuqori malakali yondashuv, doimiy monitoring
va dori vositalarining maqsadli tanlovi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Asosiy qism.
Antigipertenziv terapiya homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi
lozim. Chunki ba’zi dorilar homila uchun teratogen yoki fetotoksik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Klinik farmakologiya ushbu holatda xavf va foyda muvozanatini baholashda asosiy ilmiy asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Homiladorlikdagi gipertenziya klassifikatsiyasi
Toifa
Ta’rif
Gestatsion
gipertenziya
20 haftalikdan keyin paydo bo‘lib, proteinuriyasiz kechadi
Preeklampsiya
Gipertenziya + proteinuriya yoki organ disfunksiya
Eklampsiya
Preeklampsiya fonida og‘ir asorat
Surunkali
gipertenziya
Homiladorlikdan oldin mavjud yoki 20 haftagacha aniqlangan
gipertenziya
Homiladorlik davrida antigipertenziv dorilarni buyurishga klinik farmakologik tavsiyalar sifatida
quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin. Homiladorlik davrida faqat xavfsiz deb topilgan
antigipertenziv vositalar qo‘llanilishi mumkin. Quyida asosiy guruhlar va ularning farmakologik
xususiyatlari keltiriladi:
Metildopa (Methyldopa) - ta’sir mexanizmi: markaziy α2-agonist, simpatolitik. Afzalliklari:
homila uchun xavfsiz, JSST va NICE tavsiyalarida birinchi qator dori sifatida ko‘rsatiladi.
Nojo‘ya ta’sirlari: uyquchanlik, gipotoniya, kam hollarda koagulopatiya.
Labetalol (Labetalol) - ta’sir mexanizmi: α1 va β-blokator. Afzalliklari: tez ta’sir qiladi,
parenteral shakli reanimatsiyada qo‘llaniladi. Gestatsion gipertenziya, preeklampsiyada qo‘llash
tavsiya etiladi.
Nifedipin (Nifedipine) - ta’sir mexanizmi: kalsiy kanallari blokatori. Chiqarilish formasi odatda
peroral kapsula (extended-release). Afzalliklari: tez ta’sir qiladi, ta’siri uzag‘roq boʻladi.
Taxikardiya qo‘llashga qarshi koʻrsatma va preparat bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
234
Homiladorlik davrida tavsiya etilmaydigan preparatlar
Preparatlar
Sabablar
AAF-ingibitorlari
(enalapril,
ramitril)
Fetotoksik; buyrak yetishmovchiligi, oligogidramnioz
A2RA (lozartan, valsartan)
Umuman tavsiya etilmaydi; teratogen xavf
Minoksidil, rezerpin
Aniq xavflar, taxikardiya, plasentar o‘tish
Homiladorlik davrida dori vositalarining farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlariga
ko‘ra ularni qo‘llashga bo‘lgan qarashlar quyilagicha: homiladorlik fiziologiyasida qator
o‘zgarishlar (plazma hajmining oshishi, metabolizm sur’atidagi o‘zgarishlar, glyukuronidatsiya
faolligi) dorilarning so‘rilishi, tarqalishi va chiqarilishini o‘zgartiradi. Shuning uchun
antigipertenziv terapiyada dozalash, dorilarni qoʻllash intervaliga va monitoringiga alohida
e’tibor talab qilinadi. Masalan, metildopa — jigarda faol metabolitga aylanadi, buyrak orqali
chiqariladi; labetalol — plasentar to‘siqdan o‘tadi, lekin klinik xavfsiz deb topilgan; nifedipin —
sub’ektiv nojo‘ya ta’sirlar ko‘p, lekin fetotoksik emas.
Klinik holatlar va dori tanlash
Klinik holat
Tanlovdagi birinchi darajali dori
Yengil gestatsion gipertenziya
Metildopa
Umumiy bosim >160/110 mm.sim.ust Labetalol IV, keyin nifedipin peroral
Preeklampsiya bilan asoratlangan
holat
Magniy sulfat + antigipertenziv DV (labetalol)
Buyrak yetishmovchiligi
Metildopa yoki nifedipin
JSST protokoliga muvofiq
Metildopa – birinchi tanlov, labetalol – ikkinchi
Homiladorlikda qo‘llanilgan antigipertenziv dorilardan kuzatilgan salbiy ta’sirlar statistikasi
№ Dori guruhi
Kuzatilgan salbiy ta’sirlar (%)
Izohlar
1 Metildopa
Holsizlik (14%), charchoq (10%),
ko‘ngil aynishi (8%)
Eng ko‘p tavsiya etiladigan, lekin
yurak faolligiga ta’siri etishi
mumkin
2 Labetalol
Holsizlik (12%), bosh og‘rig‘i
(10%), yurak urish tezligi (7%)
I va II trimestrda ko‘p qo‘llaniladi,
samarali va nisbatan xavfsiz
preparat
3 Nifedipin
(ko‘chma
blokator)
Yuz qizarishi (18%), bosh og‘rig‘i
(13%), toʻpiqda shish (5%)
Qisqa ta’sirga ega, tez ta’sir qiladi,
bosh og‘rig‘i ko‘p kuzatiladi
4 Gidralazin
Taxikardiya (22%), bosh og‘rig‘i
(18%), ko‘ngil aynishi (11%)
Parenteral shaklda tez qon bosimini
tushiradi, lekin taxikardiya xavfi
yuqori
5 AAF
ingibitorlari
(ta’qiqlangan
)
Buyrak yetishmovchiligi (o‘simtada
35%), amniotic suvning kam
boʻlishi
(28%),
o‘lim
xavfi
(taxminan 10%)
Homila uchun xavfli, to‘liq man
etilgan
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
235
Xavfsizlik va monitoring nuqtai nazaridan antigipertenziv terapiya davomida quyidagi jihatlar
nazorat qilinishi kerak:
1. Qon bosimining (arteriya bosimi) har kunlik monitoring;
2. Buyurak funksiyasini nazorat qilish: kreatinin, GFR, diurez;
3. Jigar funksiyasini nazorat qilish (jigar fermentlarini) - metildopa uchun;
4. Homila holatini nazorat qilish: UZIda doppler, KTG
Xulosa.
Homiladorlikda gipertenziyani davolashda klinik farmakologik yondashuv
antigipertenziv dori vositalarning xavfsizligi, samaradorligi va individual dozalash tamoyillariga
asoslanishi shart. Metildopa, labetalol va nifedipin bugungi kunda klinik amaliyotda xavfsiz deb
topilgan, biroq dozalar, ta’sir muddati va nojo‘ya ta’sirlarini qat’iy nazorat qilish talab etiladi.
Har bir klinik holatda foyda-xavf muvozanati prinsipi asosida terapiya rejasi tuzilishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. World Health Organization (WHO). (2022). WHO recommendations for prevention and
treatment
of
pre-eclampsia
and
eclampsia.
Geneva:
WHO
Press.
https://www.who.int/publications/i/item/9789241506328
2. National Institute for Health and Care Excellence (NICE). (2019). Hypertension in
pregnancy:
diagnosis
and
management
(NICE
guideline
NG133).
https://www.nice.org.uk/guidance/ng133
3. Magee, L. A., Sharma, S., Nathan, H. L., et al. (2019). Management of hypertension in
pregnancy: current evidence and guidelines. BMJ, 366, l5119. https://doi.org/10.1136/bmj.l5119
4. ACOG (American College of Obstetricians and Gynecologists). (2020). ACOG Practice
Bulletin No. 222: Gestational Hypertension and Preeclampsia. Obstetrics & Gynecology, 135(6),
e237–e260. https://doi.org/10.1097/AOG.0000000000003891
5. Olayemi, O., & Aimakhu, C. O. (2007). Evaluation of the efficacy and safety of nifedipine
and methyldopa in the management of hypertensive disorders in pregnancy. Journal of Obstetrics
and Gynaecology, 27(4), 365–368. https://doi.org/10.1080/01443610701419888
6. Duley, L., Meher, S., & Jones, L. (2013). Drugs for treatment of very high blood pressure
during pregnancy. Cochrane Database of Systematic Reviews, (7), CD001449.
https://doi.org/10.1002/14651858.CD001449.pub3
7. Podymow, T., August, P. (2008). Update on the use of antihypertensive drugs in pregnancy.
Hypertension, 51(4), 960–969. https://doi.org/10.1161/HYPERTENSIONAHA.107.105395
8. Касимова, Н. Р., & Усмонова, Д. М. (2021). Ҳомиладорликда гипертензив ҳолатлар ва
уларни даволашда дори танлови. Ўзбекистон акушерлик ва гинекология журнали, №1, 45–
49.
9. Рахимова, З. Ш. (2022). Ҳомиладорларда антигипертензив воситаларни қўллашда
хавфсизлик ва самарадорлик мезонлари. Тиббиётда инновацион изланишлар, №4(12), 33–
38.
10. Morselli, P. L., Devoto, L., & Musiani, P. (1980). Pharmacokinetics in pregnancy. Clinical
Pharmacokinetics, 5(4), 428–445. https://doi.org/10.2165/00003088-198005040-00005
11. Нуралиева Рано Матьякубовна, Тураев Хикматулло Негматович, Сиддиков Олим
Абдуллаевич
ЭФФЕКТИВНОСТЬ
ПРИМЕНЕНИЯ
ЛАНТОРОЛА
В
ТРЕХКОМПОНЕНТНОЙ
АНТИХЕЛИКОБАКТЕРНОЙ
ТЕРАПИИ
С
ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПРОПОЛИСА // Вопросы науки и образования. 2020. №37 (121).
URL: https://cyberleninka.ru/article/n/effektivnost-primeneniya-lantorola-v-trehkomponentnoy-
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
236
12. Muxammadievich, H. M., Uktamovna, M. D., Abdullaevich, S. O., Rustamovna, M. R., &
Usmanovna, B. M. (2022). BURN SHOCK IN PEDIATRIC AFTER THERMAL INJURY AND
MULTIPLE ORGAN FAILURE SYNDROMES. World Bulletin of Public Health, 8, 140-142.
13. Kurbonalievich , A. S. ., Fayozjonovich , A. Z. ., Anvarovich , O. R. ., Abdullaevich, S.
O. . ., & Mukhammadievich, H. M. . (2021). Careful Attention To The History Of Chronic
Urticaria Is One Of The Important Factors Of Productive Therapy. The American Journal of
Medical
Sciences
and
Pharmaceutical
Research,
3(02),
55–58.
https://doi.org/10.37547/TAJMSPR/Volume03Issue02-08
14. Urakov A.L., Tyurin A.V., Shchekin V.S., Siddikov O.A., Abdurakhmonov I.R.,
Gabdrakhimova R.A., Samorodov A.V. Ubiquitylation in the development of somatic diseases: a
mechanism of cellular regulation and a new therapeutic target // Reviews on Clinical
Pharmacology and Drug Therapy. - 2024. - Vol. 22. - N. 4. - P. 339-349. doi:
10.17816/RCF631847
15. Холлиев, Р., Мурадова, Р., Куйлиева, Ф., Махмудова, Х., Назаров, Ф., & Сиддиков, О.
(2015). Состояние процессов пол-аос и показателей иммунного статуса у больных
бронхиальной астмой. Журнал проблемы биологии и медицины, (3 (84), 69–71. извлечено
от https://inlibrary.uz/index.php/problems_biology/article/view/4149
16. Сайилов U., Турсункулов A., Ибадова D., & Сиддиков O. (2011). Dori vositalarining
salbiy
ta’sirlar!.
Журнал
вестник
врача,
1(2),
22–24.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/11910
