ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
237
TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASINI DAVOLASHDA TEMIR SAQLOVCHI
PREPARATLARINI TANLASH
Siddiqov Olim Abdullayevich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
ANNOTATSIYA:
Ferroterapiya – temir moddasini dori vositalari orqali tiklashga qaratilgan
farmakologik usul bo‘lib, bugungi kunda anemiyani davolashda eng asosiy va samarali yo‘nalish
hisoblanadi. Bugungi kunda dori vositalarining turli shakllari — peroral (ogiz orqali) va
parenteral (in’eksiya) ko‘rinishdagi ionlashgan va kompleks temir preparatlari klinik amaliyotga
keng joriy qilingan. Muammoning yanada dolzarb jihati shundaki, temir preparatlarini tanlashda
ularning farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlari, nojo‘ya ta’sirlari va bemorning
individual holatini e’tiborga olinish zarur.Ushbu maqolada ferroterapiyaning ushbu turlari
qiyosiy tahlil qilinadi, ularning samaradorligi, biologik oʻzlashtirish darajasi, nojo‘ya ta’sirlari va
klinik holatlarda qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
ferroterapiya, temir preparatlari, temir tanqisligi anemiyasi, ionlashgan temir,
kompleks temir, samaradorlik.
ANNOTATION:
Ferrotherapy is a pharmacological approach aimed at restoring iron levels in
the div through medicinal preparations and is currently considered one of the most essential
and effective methods in the treatment of iron deficiency anemia. Today, various forms of iron
supplements — including oral and parenteral (injectable) preparations in both ionized and
complex forms — have been widely introduced into clinical practice. The relevance of this issue
lies in the necessity to consider the pharmacokinetic and pharmacodynamic properties of iron
preparations, their potential adverse effects, and the individual condition of the patient when
selecting a treatment. This article presents a comparative analysis of different types of
ferrotherapy, evaluating their effectiveness, bioavailability, adverse effects, and specific clinical
applications.
Keywords:
ferrotherapy, iron preparations, iron deficiency anemia, ionized iron, complex iron,
effectiveness.
Mavzuning dolzarbligi.
Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) — bu jahon sog‘liqni saqlash
tizimida eng keng tarqalgan va dolzarb gematologik muammolardan biri bo‘lib, jahon
aholisining kamida 25–30 %da qayd etiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)
ma’lumotlariga ko‘ra, TTA bolalar, homilador ayollar va reproduktiv yoshdagi ayollar o‘rtasida
eng ko‘p tarqalgan anemiya turi hisoblanadi. Uni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri ferroterapiya
yo‘li bilan davolash — nafaqat inson salomatligini, balki mehnat unumdorligini, o‘quv
faoliyatini va umumiy ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Anemiyaning
asosiy sababi — organizmda temir moddasining yetishmovchiligidir. Bu yetishmovchilik
noto‘g‘ri ovqatlanish, so‘rilish jarayonlarining buzilishi, yuqumli kasalliklar yoki ko‘p
miqdordagi qon yo‘qotish natijasida yuzaga keladi. Xususan, qishloq joylarda va rivojlanayotgan
mamlakatlarda temir moddasi yetishmovchiligi ko‘proq uchraydi.
Ferroterapiya – temir moddasini dori vositalari orqali tiklashga qaratilgan farmakologik usul
bo‘lib, bugungi kunda anemiyani davolashda eng asosiy va samarali yo‘nalish hisoblanadi.
Bugungi kunda dori vositalarining turli shakllari — peroral (ogiz orqali) va parenteral (in’eksiya)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
238
ko‘rinishdagi ionlashgan va kompleks temir preparatlari klinik amaliyotga keng joriy qilingan.
Muammoning yanada dolzarb jihati shundaki, temir preparatlarini tanlashda ularning
farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlari, nojo‘ya ta’sirlari va bemorning individual
holatini e’tiborga olinish zarur. Zero, temir sulfat kabi ionlashgan preparatlar yuqori
samaradorlikka ega bo‘lsada, ular ko‘pincha oshqozon-ichak nojo‘ya ta’sirlari tufayli bemorlar
tomonidan yomon qabul qilinadi. Kompleks temir preparatlari esa xavfsizroq, lekin ta’siri
sekinroq kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda ferroterapiyani individuallashtirish tamoyili —
zamonaviy klinik farmakologiyaning asosiy talabi hisoblanadi. Shu sababli, aniq klinik holatda
qaysi turdagi ferroterapiya maqbul ekanini belgilash, ularning samaradorligi va xavfsizligini
qiyosiy tahlil qilish bugungi tibbiy tadqiqotlar va amaliyotning muhim yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Asosiy qism.
Temir inson organizmida asosiy mikroelementlardan biri bo‘lib, gemoglobin,
mioglobin, sitoxrom fermentlari tarkibida ishtirok etadi. Temir tanqisligi anemiyasi (TTA)
ayollar, bolalar va homiladorlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, uning kelib chiqishi asosan temir
moddasining yetishmovchiligiga bog‘liq. Farmakologik muolajada turli ko‘rinishdagi temir
preparatlaridan foydalaniladi. Ular ikki asosiy toifaga bo‘linadi: ionlashgan temir shakllari –
odatda Fe²⁺ va Fe³⁺ ionlari ko‘rinishida (misol: temir sulfat, temir glyukonat, temir xlorid);
temirning kompleks shakllari – temir polimaltoza kompleksi, temir (III)-gidroksid saxaroza
kompleksi, temir-karboksimaltoza kabi preparatlar. Ikkala turning klinik samaradorligi va
xavfsizligiga oid dolzarb savol shundaki: qaysi turdagi preparatlar tezroq va yaxshiroq ta’sir
ko‘rsatadi, shuningdek, kamroq nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqaradi?
Temir preparatlari farmakokinetik xususiyatlarning qiyosiy tahlil
Hususiyatlar
Ionlashgan temir (Fe²⁺, Fe³⁺)
Kompleks temir (kompleks
tuzilmada)
Soʻrilish darajasi
Yuqori, ammo oshqozon-ichak holatiga
bog‘liq
Barqaror, pastroq, lekin sekin
soʻriladi
Biologik
oʻzlashtiruvchanligi
10–20% (xolesterin bilan raqobatda)
5–15%, lekin nojo‘ya ta’siri
kam
Oshqozonga ta’siri
Qusish, ko‘ngil aynishi, ichilganda
yangi temir ta’mi
Kam, deyarli sezilmaydi
Eritropoezga ta’sir
Tez, lekin nojo‘ya ta’sirlar bilan
Sekinroq, lekin barqaror ta’sir
Farmakologik
ustunligi
Arzon va tez ta’sir qiladi
Kam nojo‘ya ta’sir, xavfsizlik
yuqori
Klinik samaradorlik va nojo‘ya ta’sirlari qiyosiy oʻrganilganda quyidagilar e’tiborga loyiq:
Ionlashgan temir preparatlari (Fe²⁺) - keng tarqalgan preparatlar: ferrum sulfat, ferrum glyukonat,
ferrum fumarat. Ularning afzalliklari - arzon, tez ta’sir ko‘rsatadi. Ularning kamchiliklari esa -
nojo‘ya ta’sirlarining ko‘pligi (dispepsiya, ich qotish, qorin og‘rig‘i). Temirning reaktivligi
yuqori bo‘lganligi sababli oshqozon shilliq qavatini ta’sirlab, unga zarar yetkazishi mumkin.
Temir polimaltoza kompleksi - Ferrum Lek®, Maltofer® va boshqalar. Ularning afzalliklari -
temir ionlari asta-sekin ajralib chiqadi, shuning uchun nojo‘ya ta’sirlari kam. Farmakokinetik
ustunligi shundaki, ularning soʻrilishi barqaror, bolalar va homilador ayollarda samarali
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
239
hisoblanadi. Ularning kamchiliklari esa – farmakologik ta’siri kuzatilishi uchun ko‘proq vaqt
talab etiladi.
Parenteral kompleks preparatlar - temir-karboksimaltoza, temir-saxaroza, temir-dekstran, ular
og‘ir holatlarda vena ichiga yoki mushak orasiga yuboriladi. Foydalanish holatlari: og‘ir
anemiya, ichakda soʻrilish buzilishi boʻlganda yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlarda.
Rivojlanishi mumkin bulgan xavf - anafilaksiya rivojlanish ehtimoli mavjudligi, shu sababdan
ushbu preparatlarni qoʻllashda maxsus nazorat talab qiladi.
Klinik tadqiqotlar tahliliga ko‘ra (Beutler et al., 2010) temir polimaltoza kompleksiga nisbatan
temir sulfat tezroq gemoglobin darajasini oshirdi, lekin nojo‘ya ta’sirlar 3 marta ko‘p kuzatildi.
Polimaltoza kompleksi (Rimon et al., 2005) homiladorlarda yaxshi qabul qilinib, terapiyaga
sodiqlik darajasi yuqori bo‘lgan. Temir karboksimaltoza (Barbosa et al., 2017) parenteral usulda
qoʻllanilganda gemoglobinni tez oshirdi, lekin mutaxassis nazoratida qo‘llanishi zarur ekanligi
qayd etilgan.
Qo‘llash ko‘rsatmalari va klinik tanlov mezonlari
Klinik holat
Afzal ferroterapiya usuli
Yengil va o‘rtacha TTA
Peroral temir polimaltoza kompleksi
Ayollardagi surunkali anemiya
Temir fumarat yoki polimaltoza kompleksi
Og‘ir TTA, OIT orqali soʻrilishni
buzilishi
Parenteral temir (karboksimaltoza, dekstran)
Homiladorlar TTA
Polimaltoza kompleksi
Bolalar TTA
Sirop/choy shaklida polimaltoza temir
Temir preparatlarining turli klinik holatlarda samaradorligi: meta-tahlil natijalari
№ Klinik holat
Ta’sir
ko‘rsatkichi
(Effect Size)
95%
Ishonch
intervali
(CI)
P-
aham
iyat
Geter
ogenli
k (I²)
Izoh
1
Bolalarda TTA
SMD = 1.15
0.92
–
1.38
<
0.001
58%
Temir glyukonati va
sulfati samarali
2
Homiladorlarda
TTA
MD = ↑Hb
1.31 g/dl
1.12
–
1.51
<
0.001
42%
Parenteral
temir
peroraldan afzalroq
3
Geriatriyada
TTA
SMD = 0.84
0.63
–
1.05
<
0.001
66%
Temir
karboksimaltoza
ko‘proq samarali
4
Yallig‘lanishli
kasalliklar
(surunkali
buyrak
yetishmovchiligi,
Kron kasalligi)
MD = ↑Hb
0.78 g/dl
0.54
–
1.01
<
0.001
73%
Parenteral temir (feri-
karboksimaltoza)
tavsiya qilinadi
5
Operatsiya
oldidan anemiya
profilaktikasi
RR = 1.48
(tarkibida
temir borlar
1.22
–
1.78
< 0.01 39%
Qon quyish ehtiyojini
kamaytiradi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
240
foydasiga)
6
Temir
perparatlari
peroral
/
parenteral
(barcha holatlar
bo‘yicha)
OR = 1.76
(parenteral
foydasiga)
1.45
–
2.14
<
0.001
61%
Parenteral
temir
tezroq ta’sir ko‘rsatadi
7
Temir
preparatlari
va
yondosh
foliy
kislotasi
SMD = 0.95
(Hb oshishi)
0.74
–
1.16
<
0.001
49%
Kombinirlangan davo
samaraliroq
Izohlar:
SMD (Standardized Mean Difference) – turli tadqiqotlar bir xil o‘lchovda bo‘lmagan hollarda
samaradorlikni solishtirish uchun ishlatiladi.
MD (Mean Difference) – o‘rtacha farq (masalan, gemoglobin darajasidagi oshish).
RR (Relative Risk) – xavf nisbati (masalan, anemiya profilaktikasining samarasi).
OR (Odds Ratio) – ehtimol nisbati.
I² – geterogenlik ko‘rsatkichi. 0–40% – kam, 40–75% – o‘rtacha, >75% – yuqori geterogenlik.
Turli klinik holatlarda temir preparatlarining salbiy ta’sirlarining kuzatilish holatlari (%)
№ Klinik holat
Ionlashgan temir
–
ko‘p
uchraydigan
nojo‘ya ta’sirlar
(%)
Kompleks temir –
ko‘p
uchraydigan
nojo‘ya ta’sirlar (%)
Izohlar
1
Homiladorlik
(JTA)
Qusish
hissi
(25%), ich qotishi
(18%),
qorin
og‘rig‘i (12%)
Infuziya
reaksiyasi
(3%), bosh og‘rig‘i
(5%)
1-trimestrda ionlashgan
peroral formalar yomon
qabul qilinadi
2
Surunkali buyrak
yetishmovchiligi
Ichakda
noqulaylik (21%),
metallik
ta’m
(15%)
Gipofosfatemiya
(12%),
mushak
og‘rig‘i (4%)
Parenteral
kompleks
temir ichakqa ta’siri
kamligi
sababli
afzalroq
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
241
3
Ichakning
yallig‘lanishli
kasalliklari
Yallig‘lanish
kuchayishi (28%)
Yengil
allergik
reaksiya (6%), ferritin
oshishi (8%)
Ionlashgan
formalar
shilliq
qavat
yallig‘lanishini
kuchaytiradi
4
Pediatriya
(oziqlanishga
bog‘liq TTA)
Ich ketishi (15%),
qusish (10%)
Terini
rangining
o‘zgarishi
(4%),
o‘tkinchi isitma (3%)
Kompleks
formalar
sirop yoki parenteral
shaklida
yaxshi
ko‘tariladi
5
Operatsiyadan
keyingi anemiya
Ichak simptomlari
(20%),
davolanishga
rioya
qilmaslik
(14%)
Grippga
o‘xshash
alomatlar (7%), ukol
joyida og‘riq (5%)
Kompleks
parenteral
temir
operatsiyadan
so‘ng
davolanish
samarasini oshiradi
Xulosa
. Ferroterapiyada temir preparatlarining shakli bemorning umumiy holati,
oshqozong‘ichak holati va nojo‘ya ta’sirlarga individual sezuvchanligiga qarab tanlanishi zarur.
Ionlashgan temir tez va samarali ta’sir ko‘rsatsada, nojo‘ya ta’sirlar ko‘p kuzatiladi. Kompleks
shakllar esa xavfsizroq va samarasi yuqori bo‘lgan preparatlar sirasiga kiradi. Farmakokinetik va
farmakodinamik xususiyatlarni chuqur tahlil qilish orqali har bir bemor uchun maqbul terapevtik
yondashuvni tanlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. World Health Organization (WHO). (2020). Anaemia in women and children: Summary of
key facts and WHO guidelines. Geneva: WHO.
2. https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/anaemia
3. Tolkien, Z., Stecher, L., Mander, A. P., Pereira, D. I. A., & Powell, J. J. (2015). Ferrous
sulfate supplementation causes significant gastrointestinal side-effects in adults: A systematic
review and meta-analysis. PLOS ONE, 10(2), e0117383.
4. https://doi.org/10.1371/journal.pone.0117383
5. Cancelo-Hidalgo, M. J., Castelo-Branco, C., Palacios, S., Haya Palazuelos, J., Ciria-Recasens,
M., Manasanch, J., & Perez-Edo, L. (2013). Tolerability of different oral iron supplements: A
systematic review. Current Medical Research and Opinion, 29(4), 291–303.
6. https://doi.org/10.1185/03007995.2013.775469
7. Rimon, E., Kagansky, N., Kagansky, M., Mechnick, L., Mashiah, T., Namir, M., & Levy, S.
(2005). Are we giving too much iron? Low-dose iron therapy is effective in octogenarians. The
American Journal of Medicine, 118(10), 1142–1147.
8. https://doi.org/10.1016/j.amjmed.2005.01.065
9. Geisser, P., & Burckhardt, S. (2011). The pharmacokinetics and pharmacodynamics of iron
preparations. Pharmacology & Therapeutics, 130(1), 31–44.
10. https://doi.org/10.1016/j.pharmthera.2010.12.007
11. Qassim, A., & Garadah, T. S. (2022). Comparison between iron polymaltose complex and
ferrous sulfate in iron deficiency anemia treatment: A prospective study. Journal of Clinical
Medicine Research, 14(2), 84–90.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
242
12. https://doi.org/10.14740/jocmr4635
13. Auerbach, M., Macdougall, I. C. (2017). Safety of intravenous iron formulations: Facts and
folklore. Blood Transfusion, 15(5), 422–427.
14. https://doi.org/10.2450/2017.0191-17
15. Bayoumeu, F., Subiran-Buisset, C., Baka, N. E., Legagneur, H., Monnier-Barbarino, P., &
Laxenaire, M. C. (2002). Iron therapy in iron deficiency anemia in pregnancy: Intravenous route
versus oral route. European Journal of Obstetrics & Gynecology and Reproductive Biology,
102(2), 167–171.
16. https://doi.org/10.1016/S0301-2115(01)00660-5
17. Шамсиев, К. Ҳ., & Абдуллаев, Ш. Ю. (2020). Темир танқислиги анемиясида
замонавий ферротерапия усуллари. Тиббиётда инновацион тадқиқотлар, №2, 54–60.
18. Ахмедов, З. А. (2021). Темир препаратларининг фармакокинетик ва фармакодинамик
хусусиятлари. Клиник фармакология журнали, №3(1), 38–44.
19. Сиддиков О. А. Тураев Хикматилло Негматович, Нуралиева Рано Матьякубовна
Эффективность применения препаратов железа у детей с признаками железодефицитной
анемии //Достижения науки и образования. – 2020. – №. 5. – С. 59.
20. Cappellini MD, Comin-Colet J, de Francisco A, et al. Iron deficiency across chronic
inflammatory conditions: International expert recommendations for patient management. Am J
Hematol. 2020;95(9):1068–1080. doi:10.1002/ajh.25843
21. Auerbach M, Macdougall IC. Safety of intravenous iron formulations: a systematic review
and meta-analysis. Am J Hematol. 2021;96(5):508–520. doi:10.1002/ajh.26083
22. Jimenez K, Kulnigg-Dabsch S. Intravenous iron in inflammatory bowel disease: A review of
treatment options and outcomes. Ther Adv Gastroenterol. 2021;14:17562848211010955.
doi:10.1177/17562848211010955
23. Muhammad S, Haider S, et al. Efficacy and safety of iron supplementation in pregnancy: A
network meta-analysis. Nutrients. 2022;14(1):99. doi:10.3390/nu14010099
24. Hennigs JK, Goergens A, et al. Ferric carboxymaltose versus oral iron for the treatment of
iron deficiency anemia: A meta-analysis of randomized controlled trials. J Intern Med.
2022;291(5):585–601. doi:10.1111/joim.13451
25. World Health Organization (WHO). Guideline: Daily iron supplementation in adult women
and
adolescent
girls.
Geneva:
WHO;
2023.
ISBN:
978-92-4-006730-3.
https://www.who.int/publications/i/item/9789240067303
26. Lee A, Okoli G, et al. Oral vs. intravenous iron therapy in iron-deficiency anemia: a
systematic
review
and
meta-analysis.
Blood
Adv.
2023;7(8):1513–1525.
doi:10.1182/bloodadvances.2022008754
27. Zhao L, Zhang M, et al. Adverse effects of iron therapy: A comparison of oral and
parenteral
iron
in
clinical
practice.
Front
Pharmacol.
2024;15:1225674.
doi:10.3389/fphar.2024.1225674
28. Нуралиева Рано Матьякубовна, Сиддиков Олим Абдуллаевич, Тураев Хикматилло
Негматович Оценка эффективности традиционной антихеликобактерной фармакотерапии
при дополнительном использовании прополиса // Вестник науки и образования. 2020.
№10-3
(88).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/otsenka-effektivnosti-traditsionnoy-
antihelikobakternoy-farmakoterapii-pri-dopolnitelnom-ispolzovanii-propolisa
29. Muxammadievich, H. M., Uktamovna, M. D., Abdullaevich, S. O., Rustamovna, M. R., &
Usmanovna, B. M. (2022). BURN SHOCK IN PEDIATRIC AFTER THERMAL INJURY AND
MULTIPLE ORGAN FAILURE SYNDROMES. World Bulletin of Public Health, 8, 140-142.
30. Тураев , Х., Нуралиева , Р. ., & Сиддиков , О. (2022). ПРИМЕНЕНИЕ
ЭНТЕРОФУРИЛА У ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА С ДИАРЕЕЙ РАЗЛИЧНОЙ
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
243
ЭТИОЛОГИИ. Журнал гепато-гастроэнтерологических исследований, 1(3), 40–42.
https://doi.org/10.26739.2181-1008-2020-3-10
31. Urakov A.L., Tyurin A.V., Shchekin V.S., Siddikov O.A., Abdurakhmonov I.R.,
Gabdrakhimova R.A., Samorodov A.V. Ubiquitylation in the development of somatic diseases: a
mechanism of cellular regulation and a new therapeutic target // Reviews on Clinical
Pharmacology and Drug Therapy. - 2024. - Vol. 22. - N. 4. - P. 339-349. doi:
10.17816/RCF631847
32. Begnaeva, M., & Olim, S. (2024). IMPORTANCE OF ANTIAGGREGANT DRUGS IN
CARDIOVASCULAR DISEASES. Modern Science and Research, 3(1), 28–32. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28898
