PEDAGOGIKA FANLARINI O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI
Mazkur maqolada pedagogika fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodlarning roli va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri haqida so‘z boradi. Interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, aralash o‘qitish (blended learning), teskari sinf (flipped classroom), o‘yinlashtirish (gamification) kabi innovatsion usullarning taqdim etilishi, talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, refleksiv va baholash metodlari orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, case-study orqali amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash kabi yondashuvlar ham kiritilgan. Ushbu metodlar pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalarning qiziqishini oshirib, ularning faol va mustaqil bilim olishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.