42
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH USULLARI
Ahmadjonova Manzuma Qodirovna
Andijon viloyati Izboskan tumani 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14129632
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktablarda boshlang'ich ta'limning samaradorligini
oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali
foydalanish usullari haqida so 'z yuritiladi. Shuningdek, maqola ko p yillik tajriba natijasida
ustozlar tomonidan orttirilgan amaliyot orqali ta'limni eng ilg'or-effektiv yo 'llarini ko 'rsatib
o'tadi va tahlill qiladi.
Kalit so'zlar:
Boshlang'ich ta'lim, mehnat, tarbiya, texnologiya, islohot, pedagogik
texnologiya, ilg 'or-effektiv yo 'llar, pedagogik tahlil va tajriba.
Axborot texnologiyalari yetakchi o'ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan
mamlakatlarda maktablar tizimini, ta'lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha
o'qitish usullari va metodlari ma'nan eskirib, ta'limning ilg'or pedagogik texnologiyalarga
asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Ta'lim-tarbiyada samarali islohotlarni
amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik
revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsata oladigan jamiyat a'zolarini yetishtirib
berish, yosh avlodni kasb -hunarga yo'naltirishda davlat xizmatini hamda o'rta ta'limning ko'p
variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta'lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni
qo'llash, ta'limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini
yaratish kabi chet el tajribalarini o'rganish ayni muddaodir. O'quvchilarga bilim berishda
samarali qo'llansa bo'ladigan interfaol uslublar, didaktik o'yinlar, o'quvchilarga mos metodlar,
ta'limiy mashqlardan kiritilgan. Bu o'yin mashqlaridan darslarda ta'limiy musobaqa tarzida ham
foydalansa bo'ladi va ular 25-35 o'quvchiga mo'ljallangan. Bevosita, o'zim ish faoliyatimda
yaratgan innovatsion g'oyalarimdan ham namunalar keltirganman. O'quvchilarga darslarda
singdirilgan kompetensiyaviy yondashuvlar, ular hayotida, albatta, asqotadi degan umiddaman.
Xullas, o'quvchialarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, bilim sifatini oshirishda, boshlang'ich sinf
o'quvchilarining bilim sifat samaradorligini oshishida bu maqola yaxshi xizmat qila oladi, deb
o'ylayman. Zero, bugungi kunda o'qituvchining qilayotgan mehnati, albatta, ertaga o'z samarasini
beradi.
"Innovatsiya" - bu yangilik demakdir. Biz boshlang'ich sinf o'quvchilariga, albatta, biror
yangiliklar yaratib bilim berib borsak, natijasi yaxshi bo'ladi. Pedagogik texnologiyaga
asoslangan ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyati doirasida aniq belgilanadi. Bu
ta'limni tashkil etishning aniq texnologiyasini ko'rsatadi. Shuning uchun ham zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun
tinimsiz izlanish bugungi kunning vazifasiga aylandi. Men ko'pincha darslarimda "Blits-o'yin"
texnologiyasidan keng foydalanaman. Ushbu texnologiya o'quvchilarni harakatlar ketma-
ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan narsanng ko'p xilma-xil
ma'lumotlardan kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida
o'quvchilar o'zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o'tkaza oladilar, chunki bu texnologiya
shunga to'liq sharoit yaratib beradi. Bu texnologiya yettita bosqichda amalga oshiriladi.
43
O'quvchilar buni juda qiziqib bajaradilar va ularning yodida mavzu uzoq saqlanib qolishiga
sabab bo'ladi. Darslarda axborot texnologiyalarining ishlatilishi, innovatsion g'oyalardan va
yangi pedagogik texnologiyalardan o'z o'rnida foydalanish o'quvchilarning o'qishga bo'lgan
motivatsiyasini, ularning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi.
Bulardan samarali foydalanish o'qituvchidan juda yuksak pedagogik mahorat talab qiladi. Biz
o'qituvchilar har doim jajji o'quvchilarimz uchun izlanishda, yangiliklar yaratishda bo'lishimiz
lozim va bizning eng dolzarb vazifalarimizdan biridir.
O'qitish jarayoni o'qituvchi hamda o'quvchilar faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchining
faoliyati o'quv materialini bayon qilish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirish, fikrini
teranlashtirish va e'tiqodini shakllantirish, o'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlariga rahbarlik
qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. "Baliq
skeleti" texnologiyasi Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda
o'quvchilar o'rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq
skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo'lgan muammo yoziladi.
Pastki qismiga muammoni hal etilish yo'llari yozib boriladi. Masalan, yo'l harakati darslarida
"Yo'l qoidalari" mavzusida "Svetofor nima uchun kerak?" muammosi qo'yilsa, bolalar o'z fikrlari
bilan baliq sklitini boyitib boradilar. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni
va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va
yo'nalishlarini belgilab berdi. " Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " da ta'limni tubdan isloh
qilishning asosiy yo'nalishlari ko'rsatib berildi. Unda " Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol,
ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi
uchun zarur shart - sharoitlar yaratadi", deb ko'rsatilgan. Shuningdek, dasturda : "Ta'lim
berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv - uslubiy majmualarini yaratish
va o'quv - tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlash " umumiy o'rta ta'limning asosiy
vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. Darhaqiqat, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy
pedagogic texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi. Bugungi davr axborot
uzatish hajmi va tezligi jihatlaridan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog'idan faol
foydalanishi bilan xarakterlanadi. Multimedialardan va animatsiyalardan keng foydalanish
o'quvchilarni darslarga bo'lgan qiziqishi va bilim saviyasini oshiradi. O'quvchilarga
kompetensiyalarni har bir dars ko'lamida puxta singdirib borishimiz kerak. Bunda biz o'qitishda
yangi ped texnologiyalardan, innovatsion g'oyalardan, interfaol uslublar vakreativ
yondashuvlardan o'rinli ravishda o'z vaqtida foydalana bilishimiz lozim. O'quvchilar biz yaratgan
innovatsiyalar orqali yetarli bilim egallaydi,deb o'ylayman. Men o'z ish faoliyatim davomida
ko'pgina innovatsion g'oyalardan,turli xil didaktik o'yin mashqlardan keng ko'lamda
foydalanaman.
Darhaqiqat, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogic texnologiyalar ta'lim
jarayonining unumdorligini oshiradi. Bugungi davr axborot uzatish hajmi va tezligi jihatlaridan
chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog'idan faol foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Multimedialardan va animatsiyalardan keng foydalanish o'quvchilarni darslarga bo'lgan
qiziqishi va bilim saviyasini oshiradi.
References:
1.
Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Ta'lim muassasalarida multimedia exnologiyasidan
44
foydalanish uslubiyoti (Uslubiy qo'llanma)- Qarshi: 2011.
2.
Tolipov O„., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. -T.:Fan 2006
3.
Babayeva D. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi. TDPU. 2018.
