KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING TARIXIY TARAQQIYOTI

Abstract

Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim amaliyotiga qo‘llanilishi va bilim, ko‘nikma, malakalarning tarixiy taraqqiyoti va kompetensiyaga asoslangan ta’limning rivojlanishi  tahlil qilingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
20-21
19

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Safarova , N. . (2024). KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING TARIXIY TARAQQIYOTI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(11), 20–21. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/49367
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim amaliyotiga qo‘llanilishi va bilim, ko‘nikma, malakalarning tarixiy taraqqiyoti va kompetensiyaga asoslangan ta’limning rivojlanishi  tahlil qilingan.


background image

20

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING TARIXIY TARAQQIYOTI

Safarova Nargiza Bobomurodovna

UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES

“Gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi

E-mail: safarova.nb@gmail.com

Telefon:+998 91 413-97-89

https://doi.org/10.5281/zenodo.14054414

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim amaliyotiga

qo‘llanilishi va bilim, ko‘nikma, malakalarning tarixiy taraqqiyoti va kompetensiyaga asoslangan
ta’limning rivojlanishi tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

kompetensiyalar, o‘quv dasturi, kommunikativ kompetensiya, bilim,

ko‘nikma, malaka, ijtimoiy moslashuvchanlik, avtomatlashgan mahorat.


Mamlakatimizda jamiyatning demokratlashuvi, iqtisodiyotning diversifikatsiyalashuvi

ta’lim tizimini xalqaro tajribalarga asoslangan holda takomillashtirishni talab etmoqda. Xalqaro
tajribada inson resurslarini boshqarish va inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan
bilishga, mavhum bilimlardan mukammal va aniq bilimlar hosil qilishga intiladi. Insonning o‘z
bilimlari muntazam rivojlantirib boradi. Shunga ko‘ra, ta’lim jarayoniga o‘quvchilar egallagan
bilim, ko‘nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo‘llashga o‘rgatadigan
kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan o‘quv dasturlarini yaratish va ta’lim jarayoniga
qo‘llash zaruriyati yuzaga keltirdi. Ilmiy adabiyotlarda “Competence” so‘zi “musobaqalashmoq” ,
“raqobatlashmoq” degan ma’noni bildiradi hamda “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida
keladi va tarixan quyidagi davrlarni o‘zida mujassamlantiradi.

Birinchi bosqich – 1960–1970 yillar - tilni o‘rganishga doir dastlabki kompetensiyalar

ishlatila boshlandi. Bunda D. Xayms tomonidan «kommunikativ kompetensiya»tushunchasi
kiritiladi.

Ikkinchi bosqich – 1970–1990 yillar – kompetensiya,kompetentlik kategoriyalarini tilni

ayniqsa ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni o‘rganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda,
rahbarlikda, menejmentda professionallik va muloqotni o‘rganishda foydalanila boshlandi. Bu
paytda “ijtimoiy kompetensiya/kompetentlik” tushunchasining mazmuni ishlab chiqiladi.

Uchinchi bosqich –1990 va keyingi yillarda kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy ta’limga,

umumta’lim fanlariga va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llanila boshlandi. Ushbu o‘rinda biz
kompetensiya va kompetentlik tushunchalarini izohlashdan oldin quyidagi didaktik
tushunchalarni keltirib o‘tamiz:

Bilim - borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi, kishilarning tabiat va

jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari, jamiyat, fan-texnika yutuqlari haqida hosil
qilgan axborotlar, tushunchalar, ularga taqdim etiladigan nazariy ma’lumotdan iborat bo‘lgan
birlik hisoblanadi. Bilimlar obyektiv reallikning inson ongida mos tarzda aks ettirilishidir. Bilim
keng ma’noda tasavvur, tushuncha va nazariyalar yig‘indisi, tor ma’noda biror predmet va
qo‘yilgan maqsadga yetish imkonini beruvchi axborotdan iborat. Bilishning empirik darajasi esa
quyidagilar:
a)

bilishga asoslangan amaliy qoidalar;

b)

tafakkurning tahliliy imkoniyatlari;

c)

til talablari;


background image

21

d)

empirik bilimlar zahirasining to‘planishi;

e)

mavjud nazariyalarning talqin qilish quvvatlari.
Ko‘nikma - o‘quvchining o‘zlashtirgan bilimlari va tajribalari asosida muayyan amaliy

harakatni bajara olish faoliyati. Ko‘nikmalar amaliy faoliyatga bilimlarni amalda ko‘llay bilishga
oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko‘nikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib
ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usulidir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat
malakaning negizi hisoblanadi. Ko‘nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va
murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko‘nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy
ko‘nikmalar bilim olishga, uni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ko‘nikmalarni bilim bilan
adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik to‘g‘ri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda
ifodalanadi. Ko‘nikmalar ko‘proq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi.

Malaka - (arab., qobiliyat, iste’dod xususiyat, odat) – kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish

natijasida orttirilgan tajriba, ko‘nikma, mahorat; o‘quvchi yoki talabada muayyan o‘quv materiali
va kasbni chuqur o‘zlashtirish natijasida hosil bo‘lgan avtomatlashgan mahorat; psixologiyada -
muayyan kasb, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda biron ish
jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi.

Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish g‘ayriixtiyoriy

ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga e’tibor kamayadi. Harakatning qisman
g‘ayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat o‘zgarishlari yuz beradi.
Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgarib boradi. Harakat
usullarini idrok etishdan diqqat holi bo‘ladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi.
Natijada topshiriq ravon ortiqcha kuch sarflamay tez va sifatli bajariladi. Malaka hosil qilish
tezligi uning murakkablik darajasi kishining yoshi, individual xususiyati, bilimi va boshqa
omillarga bog‘liq. Kishidagi malaka, ko‘pincha boshqa malaka hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Shunday qilib, “Bilim - ko‘nikma – malaka-kompetensiyalar” ga asoslangan yondashuv o‘quv
dasturlarining yanada samarali rejalashtirish va o‘quvchilarning strategik maqsadiga erishish
imkoniyatini yaratadi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son

Qonuni. – QHMMB, 24.09.2020. 03/20/637/1313-son.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” F-60-son Farmoni.
3.

Xutorskoy A.V., doktor pedagogicheskix nauk, Obrazovatelnie kompetensii i metodologiya

didaktiki. 22.09.2016g.
4.

http://www.pedagog.uz/

References

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. – QHMMB, 24.09.2020. 03/20/637/1313-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” F-60-son Farmoni.

Xutorskoy A.V., doktor pedagogicheskix nauk, Obrazovatelnie kompetensii i metodologiya didaktiki. 22.09.2016g.

http://www.pedagog.uz/