ONA TILI DARSLIKLARIDAGI AMALIY MASHQLARDA GAP BOʻLAKLARI TAHLILI

Abstract

Berilgan ilmiy ishda maktab darsliklaridagi amaliy mashgʻulotlar qay tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida aniq va toʻgʻri maʼlumotlar bilan tanishishga harakat qilindi. Ishda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilar uchun kerakli boʻlgan, ular uchun muomolar tugʻdirgan masalalarga misollar yordamida yechim topiladi. Maktab oʻqituvchilari mashqlarni tahlil qilish jarayonida morfologik tahlil bilan sintaksis tahlilni almashib yuborishi kuzatilmoqda, shu sababdan bu mavzu tanlandi. Oʻquvchilar amaliy mashqlar orqali gap boʻlaklarini tushinish haqida bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turdiqulova, K. . (2024). ONA TILI DARSLIKLARIDAGI AMALIY MASHQLARDA GAP BOʻLAKLARI TAHLILI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(11), 16–19. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/49368
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Berilgan ilmiy ishda maktab darsliklaridagi amaliy mashgʻulotlar qay tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida aniq va toʻgʻri maʼlumotlar bilan tanishishga harakat qilindi. Ishda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilar uchun kerakli boʻlgan, ular uchun muomolar tugʻdirgan masalalarga misollar yordamida yechim topiladi. Maktab oʻqituvchilari mashqlarni tahlil qilish jarayonida morfologik tahlil bilan sintaksis tahlilni almashib yuborishi kuzatilmoqda, shu sababdan bu mavzu tanlandi. Oʻquvchilar amaliy mashqlar orqali gap boʻlaklarini tushinish haqida bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qiladi.


background image

16

ONA TILI DARSLIKLARIDAGI AMALIY MASHQLARDA GAP BOʻLAKLARI

TAHLILI

Turdiqulova Kumushoy Mahmudovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.14053909

Annotatsiya:

Berilgan ilmiy ishda maktab darsliklaridagi amaliy mashgʻulotlar qay tarzda

oʻtkazish toʻgʻrisida aniq va toʻgʻri maʼlumotlar bilan tanishishga harakat qilindi. Ishda maktab
oʻqituvchilari va oʻquvchilar uchun kerakli boʻlgan, ular uchun muomolar tugʻdirgan masalalarga
misollar yordamida yechim topiladi. Maktab oʻqituvchilari mashqlarni tahlil qilish jarayonida
morfologik tahlil bilan sintaksis tahlilni almashib yuborishi kuzatilmoqda, shu sababdan bu
mavzu tanlandi. Oʻquvchilar amaliy mashqlar orqali gap boʻlaklarini tushinish haqida bilim,
koʻnikma va malakalarni hosil qiladi.

Kalit so‘zlar:

amaliy mashqlar, darslik, bosh darajali boʻlaklar, ikkinchi darajali boʻlaklar,

ega, kesim, aniqlovchi, toʻldiruvchi, hol, egali gaplar, egasi yashiringan gaplar, egasi nomaʼlum
gaplar, egasi umumlashgan gaplar ajratilgan boʻlak, soʻz gaplar.

KIRISH

Bugungi kunda xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori tobora yuksalib borayotgan Yangi

Oʻzbekistonimizni tarannum etishga ona tilimizning oʻrni beqiyos va katta hissa qoʻshmoqda.

Oʻzbek tilshunosligida milliy tilning paydo boʻlishi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

turli aspektarda oʻrganilgan. Tilshunoslik fanining asosiy muomolaridan biri boʻlgan gap
boʻlaklari, ularning lingvistik tabiati gapning boʻlaklarga ajratilishi, gaplarni boʻlaklarga ajratish
tamoyillari masalalari ham tilshunoslikdagi asosiy masalalardan biriga aylangan.

Oʻzbek tilshunosligida sintaksis tahlil maʼlum bosqichlarida oʻtkazilayotgan boʻlsa-da, bu

masala, ayniqsa, umumtaʼlim maktablarining ona tili darslarida koʻplab amalga oshirilishini
kuzatish mumkin. Gaplarni sintaksis tahlilini paydo boʻlishi va alohida gap boʻlaklari tahlili
sifatida tahlil etilishini aniqlash, oʻzbek tilshunoslik fanining rivojlanib borishi bilan gaplarni
boʻlaklarga ajratish prinsiplarini ochib berish, ularni amalda qoʻllash, gap boʻlaklarining gapdagi
vazifasini belgilash yuzasidan aniq xulosaga kelish tilshunoslikning dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

"Gap boʻlaklari" tushunchasiga mavjud tilshunoslik, pedagogik, psixologik hamda metodik

adabiyotlarda turlicha izohlar berilganligini ko‘rsatdi. Xususan, Omontillayevni “Hozirgi oʻzbek
adabiy tilida gap boʻlaklari tipalogiyasi”da qoʻllanmasida oʻquvchilar sintaksis haqida qay tarzda
oʻrganish va ularni amalda qoʻllash mumkin boʻlishi va bu maʼlumotlar qanday jarayonlarda
ishlatilishi haqida maʼlumotlar beriladi [210-b.], M. Mirtojiyevning “Gap boʻlaklarda semantik-
sintaktik nomutanosiblik”da gaplarni bosh darajali boʻlaklari va ikkinchi darajali boʻlaklar nima
vazifani bajaradi va ular qanday ahamiyatga ega ekanligini, sodda yoyiq va sodda yigiq gaplarni
farqli taraflari mashqlar yordamida tushuntiriladi.[202-b], Asqarova, Qosimova " 5- sinf darsligi"
da bu mavzuni yani sintaksis boʻlimini morfologiya boʻlimidan farqlash usullari tushirib berildi
[190-b].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

“5- sinf ona tili darsligida” berilgan mashqlar maktab o‘quvchilarida gap boʻlaklari

ko‘nikmalarini shakllantirishda vosita hisoblanadi. Maktab darsliklarida ona tili darslarining
asosiy maqsadi o‘quvchilarni matn mazmunini to‘g‘ri tushunish, ongli va ifodali o‘qiy olish,
matnda berilgan axborotni idrok qilish, matnda ifodalangan voqelikka nisbatan munosabat


background image

17

bildirish, gapda harakatni bajaruvchisi va bajarilgan ish harakatni toʻgʻri anglashga
tayyorlashdir. Shunga ko‘ra, ona tili fan o‘qituvchisi metodik tayyorgarlikni darsning maqsadi,
o‘rganilayotgan materialning mazmuni, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma, malakalari
darajasiga ko‘ra amalga oshiradi. O‘quvchilarni asar matnini o‘qishga tayyorlashda, birinchi
navbatda, ularni matn mavzusi, tili, g‘oyaviy mazmuni va badiiy-estetik qiymati bilan
tanishtirish, matn mazmunidan tegishli xulosa chiqarishga e’tibor qaratiladi. Til grammatikasini
bilish ham oʻquvchilarni yozma va nutq madaniyatini toʻgʻri boʻlishiga yordam beradi.

O‘quvchining o‘z fikrini qanchalik mazmunli, aniq va to‘g‘ri ifodalay olishi uning o‘quv-

bilish faolligi darajasini, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga imkon beradi. Ona tili darslarida
matnni idrok qilish va mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish yuzasidan qo‘yilgan savol va topshiriqlar
o‘quvchilarni o‘ylashga majbur qilishi, javob berishda muallif qo‘llagan iboralardan, badiiy tasvir
vositalaridan foydalanishga qaratilishi, nutqda ko‘proq o‘zi uchun yangi so‘z va iboralarni
ishlatishga undashi lozim.

Gapning bosh darajali boʻlaklariga oid “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim

standartlari”da “Ona tili” darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik talablar o‘quvchilar e’tibori nimani
o‘rganish va nimani esda saqlab qolish kerak ekanligiga qaratilishidan boshlanadi.

Darslikda berilgan mashqlar orqali o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada

yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish o‘qituvchidan
katta mahorat talab etadi.

Gap boʻlaklarini oʻrgatishda pedagogik mahorat va qoʻllangan metodlar juda muhimdir.

Shunday metodlardan bir nechtasini keltiramiz: " Rasmlar raqsga tushadi", " Yarim tuxum", "
Raqamlar oʻynaydi" , "Tabiat manzarasi", "Soroqlarni yod olish" kabi oʻyinlardan foydalanish
yaxshi samarani qoʻlga kiritishimizga sabab boʻladi.

Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlarni qo‘llash vositasida

o‘quvchilarda faol harakat va

qiziqish uyg‘otiladi. Ta’lim jarayoni, uning rivojlanishi va samarali kechishi ko‘p jihatdan
o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ishonchi asosida qurilgan ochiq muloqotiga bog‘liq. Dars
jarayonidagi o‘yinlar esa bu muhitni mustahkamlashda asosiy rol o‘ynaydi. O‘yinlar guruhlarda
ishlab mashq qilishga odatlantiradi va uncha ko‘p vaqtni olmaydi. Jamoaviy ishlash davomida
o‘quvchilar faolligi oshadi va darsga nisbatan diqqat-e’tibori kuchayadi. O‘yinlar vositasida
o‘quvchilarga yangi bilim berish, ko‘nikma hosil qilish, kichik guruh a’zolarining ijodiy
qobiliyatlarini rag‘batlantiradi. O‘yinlarni asosan darsning kirish yoki yakuniy qismida o‘tkazish
maqsadga muvofiqligi qo‘llanmalardan ma’lum. O‘yinlarni maqsadiga binoan turlarga ajratish
mumkin:

«So'roqlarni yod oling» o‘yini.

Bu o‘yinda oʻquvchilar oʻtilgan mavzu yuzasidan har biri

bittadan maʼlumot aytadi soʻng oʻqituvchi kim eslab qolganligini bilish maqsadida oʻquvchiladan
sinfdagi qaysi oʻquvchi qanday maʼlumot aytganini eslab qoladi. Masalan Laylo ismli oʻquvchida
Malika, Laziza, Koʻzim, kabi sinfdoshlari oʻtilgan mavzu yuzasidan qanday maʼlumotlar
aytganini soʻraymiz va barcha maʼlumotlarni oʻquvchilar eslab qoladi. Ona tili darslarida bu
oʻyindan foydalanish gap tuzish va bosh darajali boʻlaklarni aniqlashda qoʻllashimiz mumkin."
Men qaysi boʻlakman" metodik oʻyinida esa oʻquvchilar har bir boʻlakni tez aniqlab olish
hususiyatiga ega boʻladi. Masalan, ularni kichik guruhlarga boʻlib olamiz va 5 donadan gap
tushishini aytamiz ular 3 minut davomida gap tuzadilar va ularni gaplarini boshqa guruhlar bilan
almashtiramiz 5 ta oʻquvchini doskaga chiqamiz ularga gapning har bir boʻlagini nomini beramiz.


background image

18

Gaplarni oʻqituvchisi oʻqib turadi oʻquvchilar berilgan gap boʻlagi nomi bilan oʻz ketma ketligini
egallaydi.

Masalan sinfda 20 ta oʻquvchi mavjud ularni 5 tadan qilib 5 ta guruhiga ajratamiz va bosh

qogʻoz tarqatamiz uch daqiqa vaqt beramiz ular yozib boʻlgach varoqlarni soat strelkasi boʻylab
almashtirishimiz kerak boʻladi. 1- guruh 2- guruhga 2-3 3-4 - guruhlarga 5-guruh esa 1- guruhga
beradi. Har bir guruh oʻquvchilarini navbatma navbat chiqaramiz guruh qatnashchilariga ega,
kesim, aniqlovchi, toʻldiruvchi, hol deb nom beramiz va hech biri gapirmaslikni aytamiz.
Oʻqituvchisi gapni oʻqiydi boʻlaklar oz joylarini egallashi kerak. Masalan, Bugun men yaqin
doʻstimga gul olib keldim. Charos- hol, Behruz- ega, Laziza- aniqlovchi, Ibrahim-to'ldiruvchi,
Zarina- kesim ular oʻz oʻrnini egallashlari kerak boʻladi. Charos Behruz Laziza Ibrohim Zarina.
Agar shunday egallashlari toʻgʻri boʻladi va belgilangan balni qoʻlga kiritadi. Oʻyin shu tarzda
davom etadi.

Bu ikki oʻyin orqali oʻquvchilar ham nazariy ham amaliy bilimga ega boʻlishadi. Bundan

tashqari sinfdagi barcha oʻquvchilar ishtirok etadi. Harakatli oʻyinlar bilan oʻquvchilar majburiy-
ixtiyoriy mavzu boʻyicha kerakli bilimlarni oʻzlashtirishga muvofiq boʻladi.

XULOSA VA MUNOZARA

Qisqa qilib aytganda, bugungi har qanday zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘z

mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoa
holida ishlash, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin
ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish,
g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab
olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Mavzu yakunida, bugungi zamonaviy metodlar bugungi ta’lim tizimidagi yangi istiqbolli

yo‘nalish sifatida qaralmoqda. O‘quvchi-talaba yoshlarni ijodiy fikrlashga undovchi, biror bir
mavzu haqidagi bilimlarni atroflicha egallash va tushunchalar hosil qilishda kattagina ahamiyat
kasb etadi.

References:

1.

I. Ermatov, N. Mahkamov "Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati"- Toshkent fan- 144-bet

2.

Berdialiyev. A. Oʻzbek tili sintaksisi. Oliy oʻquv yurtlari bakalavr va magistrlari uchun

qoʻllanma.- Xoʻjand Rahim Jalil- 2014-170b
3.

Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturi- Toshkent - 2017- 6 b

4.

Oʻzbek tili grammatikasi II tom.- Toshkent 1976- 504 bet

5.

G'affarova, Shodmonov, Gʻulomova Ona tili darsligi. Toshkent 2018- 45

6.

Mahmud.N, Sobirov .A, Nurmonov.A, Nabiyeva.D Ona tili darsligi 6- sinf. Toshkent 2006- 48

b
7.

7.A.G'ulomov, Asqarova "Hozirgi oʻzbek adabiy tili Sintaksis" - Toshkent. Oʻqituvchi -1987-

256- bet.
8.

Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Таълимда инновацион фаолият давр

талаби. Science and Education, 1(Special Issue 4), 223-231.
9.

Мусурманова, О., Палуанова, Х., Рискулова, К., & Курбаниязова, З. (2019). Педагогик

атамалар луғати: ўзбек, рус, инглиз тилларида. Т.:“TURON_IQBOL.


background image

19

10.

Narbaeva, T., Musurmanova, A., & Ismailova, Z. (2023). Priority areas of spiritual, moral and

physical education of youth in the family. Science and innovation, 2(B1), 49-59.
11.

Мусурманова, А. (2019). Концептуальные основы формирования духовной культуры

молодежи в системе непрерывного образования. Проблемы педагогики, (1 (40)), 5-7.
12.

Musurmanova, A. (2018). Family reading as a factor of spiritual and moral development of

the child The Way of Science. International scientific journal (ISSN 2311-2158), 1(47), 70-72.
13.

Аynisa, M. (2018). Improvement of the pedagogical mechanisms of the family and

educational institutions in the development of the spiritual culture of adolescents of social and
legal risk groups. Проблемы педагогики, (1 (33)), 5-7.

References

I. Ermatov, N. Mahkamov "Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati"- Toshkent fan- 144-bet

Berdialiyev. A. Oʻzbek tili sintaksisi. Oliy oʻquv yurtlari bakalavr va magistrlari uchun qoʻllanma.- Xoʻjand Rahim Jalil- 2014-170b

Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturi- Toshkent - 2017- 6 b

Oʻzbek tili grammatikasi II tom.- Toshkent 1976- 504 bet

G'affarova, Shodmonov, Gʻulomova Ona tili darsligi. Toshkent 2018- 45

Mahmud.N, Sobirov .A, Nurmonov.A, Nabiyeva.D Ona tili darsligi 6- sinf. Toshkent 2006- 48 b

A.G'ulomov, Asqarova "Hozirgi oʻzbek adabiy tili Sintaksis" - Toshkent. Oʻqituvchi -1987- 256- bet.

Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Таълимда инновацион фаолият давр талаби. Science and Education, 1(Special Issue 4), 223-231.

Мусурманова, О., Палуанова, Х., Рискулова, К., & Курбаниязова, З. (2019). Педагогик атамалар луғати: ўзбек, рус, инглиз тилларида. Т.:“TURON_IQBOL.

Narbaeva, T., Musurmanova, A., & Ismailova, Z. (2023). Priority areas of spiritual, moral and physical education of youth in the family. Science and innovation, 2(B1), 49-59.

Мусурманова, А. (2019). Концептуальные основы формирования духовной культуры молодежи в системе непрерывного образования. Проблемы педагогики, (1 (40)), 5-7.

Musurmanova, A. (2018). Family reading as a factor of spiritual and moral development of the child The Way of Science. International scientific journal (ISSN 2311-2158), 1(47), 70-72.

Аynisa, M. (2018). Improvement of the pedagogical mechanisms of the family and educational institutions in the development of the spiritual culture of adolescents of social and legal risk groups. Проблемы педагогики, (1 (33)), 5-7.