SAMARQAND VILOYATI HUDUDIDAGI TURKIY ETNOTOPONIMLAR XUSUSIDA
Ushbu maqolada Samarqand viloyati toponimikasining etnotoponimlar aspekti o‘rganiladi. Etnotoponimlar - bu joy nomlarida ko‘rsatilgan etnik yoki urug‘ga oid bo‘lgan nomlardir, va ular turli xalqlar, qabila va urug‘larning joylashuvini, tarixiy o‘zgarishlarni va madaniy aloqalarni yoritadi. Samarqand viloyatining toponimiyasi, ayniqsa Zarafshon vodiysi, turli etnik guruhlarning o‘zaro
aralashuvi va ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka o‘tish jarayonlarini aks ettiradi. Maqolada o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz va boshqa millatlarning urug‘lari va ularning nomlari bilan atalgan joylar tahlil qilinadi. Shuningdek, etnotoponimlarning o‘rganilishi nafaqat
geografik joylashuv, balki xalq tarixining bir qismi sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Samarqand viloyati misolida etnotoponimlar hududning tarixiy, madaniy va etnik xilma-xilligi haqida keng tasavvur yaratadi. Ushbu ilmiy ish, O‘zbekistonning toponimik xususiyatlari va uning tarixiy madaniy merosini anglashga katta hissa qo‘shadi.