ZARMED
UNIVERSITETI
156
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
IJTIMOIY XAVF OSTIDA QOLGAN BOLALAR BILAN PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH
Kuchkarova Fazilat Xankeldiyevna
Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent
Sherqulova Nilufar Istamovna, Amonova Mohigul Nasrullayevna
Samarqand Zarmed universiteti talabalari
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiylashuv
jarayonida duch keladigan psixologik-pedagogik muammolar va ularni kelib chiqish
sabablari va oqibatlarini topish hamda yechimlari haqida yoritilgan
.
Kalit soʻzlar:
“Xavfli oila”, ijtimoiy moslashuv, xavf tushunchasi, psixologik
yondashuv, xatar, xavf guruhi.
Аннотация.
В статье рассматриваются психолого-педагогические
проблемы, с которыми сталкиваются дети дошкольного возраста в процессе
социализации, их причины и последствия, а также пути решения.
Ключевые слова:
«Семья риска», социальная адаптация, концепция риска,
психологический подход, риск, группа риска.
Abstract.
This article discusses the psychological and pedagogical problems that
preschool children face in the process of socialization, their causes and consequences,
and their solutions.
Key words:
"Risk family", social adaptation, concept of risk, psychological
approach, risk, risk group.
Ijtimoiy ishda xatar guruhidagi oilalar va bolalar muammosini oʻrganishda “xavf”
tushunchasi asosiy oʻrin egallaydi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushuncha madaniy muhit va
ijtimoiy jarayonlaroʻlchamida sodir etilgan yoki sodir etilish ehtimoli mavjud boʻlgan
holat sifatida qayd etiladi. “Xavf” tushunchasi grekcha risikon – jarlik ma’nosini
anglatib, asosan quyidagi mazmunda qoʻllaniladi: bu – sodir boʻlish yoki sodir
boʻlmaslik ehtimoli yuqori boʻlgan kutilmagan salbiy imkoniyatdir.
Bugungi kunda xavfning turli koʻrinishlari fan va bilim sohalari
tomonidanoʻrganilmoqda. Psixologiya, iqtisodiyot (iqtisodiy xavflar), mehnat va aholi
turmush tarzini himoyalash tizimi, ekologiya, pedagogika va ijtimoiy ish sohasi shular
jumlasidandir. Masalan psixologik lugʻatda xavf, sodir etilganda omadsizlik yoki
ZARMED
UNIVERSITETI
157
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
yoʻqotish ehtimoli mavjud boʻlgan, oʻziga chorlovchi maqsadga qaratilgan xatti-
harakat sifatida qayd etiladi. Bu termin psixologiyada odatda uch mazmunda
qoʻllaniladi:
Faoliyatdagi omadsizlik oqibatida vujudga kelgan koʻngilsiz holatlar natijasi;
Subyektga yoʻqotish (yutqazish, travma va h.k.) tahdidini tugʻdiruvchi harakat;
Xatti-harakatning ikki turi oʻrtasidagi tanlov: e’tibor jalb etmaydigan, ammo
ishonchli;
E’tiborni tortadigan, ammo natijasi ishonchsiz, koʻngilsizliklar keltirib
chiqaruvchi. Sotsiologiyada xavf mavjud emas, balki tarixiy, siyosiy va ijtimoiy
munosabatlarni idrok etish orqali shakllangan dunyoqarashlar bor degan gʻoya mavjud.
G.V.Osipovning ijtimoiy lugʻatida «xavf» – bu salbiy oqibatlari va natijasi
mavhum boʻlgan situatsion xatti-harakat deb ta’riflanadi. M.A.Gulinaning ijtimoiy ish
lugʻatida «xavf» – insonning salomatligi yoki rivojlanishiga muayyan sharoit yoki
boshqa shaxslar xatti-harakatlarining salbiy ta’siri sifatida ta’riflanadi. Ijtimoiy ishda
“xavf” – bu magʻlubiyat yoki yetishmovchilik natijasida ijtimoiy ahvoli moʻtadil
boʻlmagan shaxslarning vaziyat noaniqligini bartarf qilish bilan bogʻliq faoliyati
hisoblanadi. Xavf guruhidagi shaxslar – ijtimoiy ahamiyatni yoʻqotish yoki
biologikoʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan hayotiy qiyinchiliklarni yolgʻiz yenga
olish imkoni yoʻq, ijtimoiy ahvoli barqaror boʻlmagan shaxslar hisoblanadi. «Xavf
guruhiga mansub» bolalar – turli ilmiy tarmoqlarning oʻrganish predmeti hisoblanadi.
Psixologiya, pedagogika, ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ishda «Xavf guruhi»ga
mansub bolalar turkumiga kattalar va tengdoshlari bilan munosabatda nizolar kelib
chiqadigan, ta’limda qiyinchiliklarni xis qiluvchi, aqliy rivojlanishi oqsaydigan,
ijtimoiy moslashuvi qiyin boʻlgan bolalar kiradi. Bolalarning xavf guruhiga mansub
boʻlib qolishining turli salbiy etiologik ijtimoiy ildizlari mavjud. Asosiy sabablardan
biri jamiyat va jinoiy elemetlarining inson xayotiga salbiy ta’siriga qarshi bolada
voyaga yetmaganligi sababli kurash immuniteti yoʻqligidir. Bolalardagi salbiy
omillarni kamaytirish, ularni optimal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishda
mutaxassislarning alohida e’tibori va kompleks yondashuvi talab etiladi. «Xavf» soʻzi
odatda istalmagan holda sodir boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin boʻlgan salbiy voqelik
ehtimoli degan ma’noni anglatadi.
«Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunida “ijtimoiy himoyaga muhtoj” bolalar tushunchasi qiyin xayotiy vaziyatda
qolgan, davlat va jamiyat tomonidan maxsus himoya qilinishi talab etiladigan,
shuningdek: - nogiron odamlar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni
ZARMED
UNIVERSITETI
158
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
boʻlgan; - yetimlar; - ota-ona qaramogʻisiz qolgan; - maxsus tarbiya muassasalarida
tarbiyalanayotgan; - muqim yashash joyi boʻlmagan; - kam ta’minlangan oilalar
farzandlari; - jinoyat sodir etgan va jinoiy jazoga tortilgan; - zoʻravonlik va
ekspluatatsiya, qurolli toʻqnashuvlar va tabiiy ofatlar qurboni boʻlgan bolalarga
nisbatan qoʻllaniladi. - «Xavf ostida»gi bolalar - muayyan noqulay omillar ta’sirida
biror bir salbiy vaziyatda qolgan bolalardir. 1. Pedagogik nuqtai nazardan «Xavf
ostida»gi bolalar asosan, ruhiy va jismoniy salomatligi qarovsiz, uzoq vaqt davomida
tarbiya berilmagan yoki notoʻgʻri tarbiyalangan bolalardir. Notoʻgʻri tarbiya
shakllanishining asosiy omillari - oilaning past madaniy darajasi, otaonalarda
pedagogik bilimning yetishmovchiligi, bolalar rivojlanishiningoʻziga xos jihatlarini
e’tiborga olishni istamaslikdir.
Bunday bolalar aqliy, shaxsiy, intellektual rivojlanish sohalaridaoʻziga xos
xususiyatlarga ega boʻlib, kattalar va tengdoshlari bilan yetakchi faoliyat boʻlgan
muloqot yetarli darajada tashkilanmagan boʻladi. «Xavf ostidagi bolalar»
tushunchasiga quyidagilar kiradi:
- rivojlanishida muammolari mavjud, ammo klinik va patologik jihatdan sogʻlom
bolalar;
- turli sabablarga koʻra ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar; kam ta’minlangan,
asotsial oilalar bolalari;
- Ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga muhtoj
oilalar farzandlari;
Ijtimoiy, psixologik va ta’limga moslashuvchanligi boʻlmagan bolalar.
Asosiy xavf omili sifatida quyidagilarni belgilash mumkin - Tibbiy va biologik
(salomatlik koʻrsatkichi, irsiy kasalliklar, tugʻilish jarayonida orttirilgan kasalliklar,
ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlar, ona kasalligi) Ijtimoiy-iqtisodiy va
ijtimoiy-demografik (koʻp bolali va notoʻliq oilalar, voyaga yetmagan ota-onalar, ishsiz
oilalar, muhojirlar oilalari, muhojirlar). Ijtimoiy-psixologik (oiladagi notoʻgʻri tarbiya,
pedagogik bilimsizlik, oilaviy mojaro, ijtimoiy muhit va boshqalardan begonalashish
Pedagogik (ta’lim muassasalari va ularning psixo-fiziologik xususiyatlarigaoʻrganish
va boshqa bolalarga nisbatan aqliy rivojlanishi darajasi va tayyorgarlik sur’ati, ta’lim
uchun motivatsiya yoʻqligi,).
Bolalarning deviant xulqli boʻlishiga odatda ota-onalarning oʻz bolaliklaridagi
muammolari sabab boʻladi. Asotsial oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarda,
odatda,oʻzgalarni tushunish, xamdardlik hissi boʻlmaydi, ba’zan bunday holat
emotsional “kar”likni keltirib chiqaradi. Bu esa kelgusida bola tarbiyasida mavjud
ZARMED
UNIVERSITETI
159
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
nuqsonlarni bartaraf etishda mutaxassislar aralashuvi jarayonida bolaning qat’iy
qarshilik koʻrsatishiga olib keladi. Bunday bolalarda agressiya yuqori,oʻz-oʻziga
ishonch past boʻlib, bu ularning xayoti davomida saqlanib qoladi. Salbiy psixologik
omillar bolalar va oʻsmirlar rivojlanishida deviant xulqni keltirib chiqaradi. Ba’zi
bolalarda – bu oʻz joniga qasd qilish, jinoyat sodir etishga moyillik, fohishabozlik,
giyohvandlikning turli shakllari orqali, boshqa xolda – bu psixiatrik kasalliklar
natijasida, uchinchi holatda – kuchli va ogʻir patologik holatlarda namoyon boʻladi.
Deviant
xulq
–
bolalarning
yoshligidayoq
bolalar
va
oʻsmirlar
dezadaptatsiyasining turli koʻrinishlari sifatida namoyon boʻladi. Masalan: boladagi
dezadaptatsiyaning kechishi va tabiatidan kelib chiqib patogen, ruhiy-ijtimoiy va
ijtimoiy turlarga boʻlish mumkin. Patogen dezataptatsiya – markaziy asab tizimining
funksional buzilishi natijasidagi asab kasalliklari, ruhiy rivojlanishdagi buzilishlar
sababli yuzaga keladi. Ruhiy-ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning yoshi va jinsining
individual psixologik xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlib, rivojlanishida qaysarlik, toʻgʻri
tarbiya berilmaganligi sababli yuzaga keladi. Ijtimoiy dezataptatsiya – boladagi oʻtish
yoshida vujudga keladigan oʻsmirlik inqirozi oqibatida vujudga keladi. Bolalarning
psixik jihatdan oʻsishida ta’lim va tarbiya gʻoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolalar
psixikasining oʻsishi bilan ta’lim va tarbiyaning oʻzaro munosabati haqidagi
masalalarni hal etishga urinayotgan nazariyalar hozirda koʻp topiladi.
Ta’lim va psixik oʻsish bir-biriga yaqin va parallel holda boradi, ya’ni ta’lim-
tarbiya bilan psixik oʻsish qadam-baqadam boradi. Bola bilan ishlaydigan oʻqituvchi,
biologik omillar bilan emas, balki uning ijtimoiy oqibatlari bilan shugʻullanadi. Bu
bolalarning jamiyatda rivojlanishini va integratsiyasini amalga oshirish demakdir.
Bolada “men”i shakllanadi,oʻz qadriyatlarinioʻrganadi. “Ijtimoiy xavf” tipologiyasi
tushunchasi mavjud boʻlib, bunga ob’ektiv yoki subyektiv sabablarga koʻra kiyin
hayotiy vaziyatlarda qolgan, davlat tizimidagi ijtimoiy xizmatlar yordamiga va ijtimoiy
himoyaga muhtoj oilalar kiradi. Bunday oilalar: - qochoqlar va turar joyidan mahrum
boʻlgan oila; - koʻp bolali yoki oʻz tarkibida alohida ehtiyojga muhtoj boʻlgan a’zosi
mavjud oilalar; -oʻz tarkibida alohida ehtiyojga muhtoj boʻlgan farzandi mavjud oilalar;
notoʻliq oilalar; - harbiy tez yordam tizimidagi oilalar; ishsiz oila; - harbiy –
pudratchilar oilalari; - notinch hududlarda yashovchi oilalar. «Xatarli oilalar»
muammosi ham nazariy va ham amaliy jihatidan ijtimoiy ish obyekti hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda «muammoli oila» yoki «ijtimoiy xavfi oilalar» degan aniq
ta’rifi yoʻq. Shuning uchun turli manbaalarda “kam ta’minlangan”, “destruktiv»,
«disfunksional», «ijtimoiy xavfli vaziyatdagi» yoki «asotsial oila» tushunchasini
ZARMED
UNIVERSITETI
160
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
uchratish mumkin. Shunday qilib, pedagogik nuqtai nazaridan «muammoli oila» – past
ijtimoiy statusga ega boʻlgan, muayyan hayotiy funksiyasini bajarolmaydigan oiladir.
Bunday oilalarda, bolaning ta’lim-tarbiya olishi qiyinchilik bilan amalga oshiriladi.
«Xavf ostidagi» oila – bu farovon boʻlmagan oila boʻlib, unda ikki turdagi xavf mavjud.
Birinchi turdagi xavf – bu jamiyat uchun tahdid soladigan xavfdir.
Bunday xavf turidagi oilaoʻzining qadriyatlari, tartib-qoidalari, bolalar
tarbiyasidagioʻziga xos assotsial yoʻnalishi orqali jamiyatga tahdid soladi. Ikkinchi
xavf turidagi oilada oila a’zolarining, ayniqsa bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi
uchun yetarli sharoit boʻlmaganligi natijasida ijimoiylashuv jarayoni past oilalardir.
Foydalanilgan adabiyotlar foʻyxati:
1.
“Bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti”oʻquv–uslubiy
majmua Namangan-2024
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Respublika
bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘g‘risida” 07.09.2004 y., 419-son.
