OILAVIY MUNOSABATLARDA ZO‘RAVONLIKNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK SHAKLLARI

Annotasiya

 Maqolada oiladagi zoʻravonlik shaxsga qarshi jismoniy kuch ishlatish, zoʻrlash, majbur qilish, ruhiy ta'sir koʻrsatish, jinsiy zoʻravonlik qilish, ayollarga nisbatan tajovuzkorlikni amalga oshirishning bir necha bosqichlari, ajovuzkorlikni paydo bo‘lishida ijtimoiy muhitning ta’siri haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek oilaviy zo‘ravonlikning sabablari, shakllari va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi 

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tovbayeva, M., & Sadikova, Y. (2025). OILAVIY MUNOSABATLARDA ZO‘RAVONLIKNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK SHAKLLARI. Universal Science Research Jurnali, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 118–121. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113846
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

 Maqolada oiladagi zoʻravonlik shaxsga qarshi jismoniy kuch ishlatish, zoʻrlash, majbur qilish, ruhiy ta'sir koʻrsatish, jinsiy zoʻravonlik qilish, ayollarga nisbatan tajovuzkorlikni amalga oshirishning bir necha bosqichlari, ajovuzkorlikni paydo bo‘lishida ijtimoiy muhitning ta’siri haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek oilaviy zo‘ravonlikning sabablari, shakllari va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

118

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

OILAVIY MUNOSABATLARDA ZO‘RAVONLIKNING IJTIMOIY

PSIXOLOGIK SHAKLLARI

Tovbayeva Mukaddam Safarovna

ISFT instituti Samarqand filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti

Sadikova Yorqinoy Salijanovna

Zarmed universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti

Аnnotatsiya.

Maqolada oiladagi zoʻravonlik shaxsga qarshi jismoniy kuch

ishlatish, zoʻrlash, majbur qilish, ruhiy ta'sir koʻrsatish, jinsiy zoʻravonlik qilish,
ayollarga nisbatan tajovuzkorlikni amalga oshirishning bir necha bosqichlari,
tajovuzkorlikni paydo bo‘lishida ijtimoiy muhitning ta’siri haqida maʼlumot berilgan.
Shuningdek oilaviy zo‘ravonlikning sabablari, shakllari va uning oldini olish bo‘yicha
ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi

Kalit so‘zlar:

zo‘ravonlik, jismoniy, ruhiy, jinsiy, iqtisodiy, tajavuzkorlik.

Аннотация.

В статье представлена информация о домашнем насилии, в

том числе о применении физической силы в отношении личности,
изнасиловании, принуждении, психологическом воздействии, сексуальном
насилии, о нескольких стадиях агрессии в отношении женщин, а также о влиянии
социальной среды на возникновение агрессии. Также проанализированы
причины, формы и результаты научных исследований по профилактике
домашнего насилия.

Ключевые слова

: насилие, физические, психологические, экономические

формы насилия, агрессия.

Abstract.

The article provides information on domestic violence, including the use of

physical force against an individual, rape, coercion, psychological influence, sexual
violence, several stages of aggression against women, as well as the influence of the
social environment on the emergence of aggression. The causes, forms and results of
scientific research on the prevention of domestic violence are also analyzed.

Key words

: violence, physical, psychological, economic forms of violence, aggression.

Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning o‘rni beqiyosdir. Oila, shaxsning

ruhiy va jismoniy kamolotida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, oilaviy munosabatlarda
zo‘ravonlik masalasi jiddiy muammo sifatida mavjud. Oilaviy zo‘ravonlik, jismoniy,
ruhiy, iqtisodiy va jinsiy shakllarda yuzaga kelib, shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

119

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlikni yuzaga kelish
muammosini o‘rganish, uning gender, huquqiy, kommunikativ tomonlariga e’tibor
qaratish, oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish
borasida bugungi kunda dunyo olimlari tomonidan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda. Lekin shunga qaramay bu sohada yechimini kutayotgan muammolar
talayginani tashkil qiladi. Ko‘pincha bu mavzudagi ma’lumotlar olish qiyin kechadi,
sababi oilaviy muammolar sir tutilib har doim ham tashqariga chiqarilaverilmaydi.

Aksariyat insonlar oilasida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik bo‘yicha tegishli

tashkilotlarga murojaat etishmaydi. Bu esa ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar olib
borayotgan tadqiqotchilarda qiyinchilikni yuzaga keltiradi, lekin shunga qaramay
G‘arb mamlakatlarida va Rossiyada ham ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan,
bugungi kunda ham olib borilmoqda. Sababi oilada sodir etilgan zo‘ravonlikning
yechimi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar bilan to‘laqonli ish olib borilgandagina
yaxshi natijaga erishishimiz mumkinligini ko‘rsatadi.

Oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari murakkab va ko‘p qirrali.

Jamiyatda patriarxal qadriyatlarning hukm surishi, iqtisodiy qaramlik, ishsizlik va
stress

holatlari

oiladagi

zo‘ravonlikni

kuchaytiradi.

Shuningdek,

oilaviy

munosabatlarda kommunikatsiya va huquqiy savodning pastligi ham muammoni
yanada chuqurlashtiradi. Ko‘plab tadqiqotchilar, oiladagi zo‘ravonlikni ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘laydi.

Oiladagi zo‘ravonlik bu – oila a’zosi bo‘lgan shaxs tomonidan uyda yoki jamoat

joyida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy, jinsiy zo‘ravonlik
harakatlarining barchasiga aytiladi.

Zo‘ravonlik degani - biror-bir shaxsga yoki shaxslar guruhiga nisbatan jismoniy,

ruhiy, jinsiy, iqtisodiy jihatdan zug‘um o‘tkazish yoki ta’sir o‘tkazish holatini namoyon
etish bilan tahdid qilish va buning natijasida jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘ligi, jinsiy
daxlsizligi, sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, hamda qonun bilan himoyalangan boshqa
huquq va erkinliklariga tajovvuzni namoyon qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat yoki
harakatsizlikka aytiladi.

Ko‘p holatlarda zo‘ravonlik tushunchasi bilan bir qatorda tazyiq tushunchasiga

ham duch kelamiz. Tazyiq bu - sodir etiladigan holatda uning sodir etilganligi uchun
biror - bir ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan. Asosan xotin-
qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini erga uradigan harakat yoki harakatsizlikdir.

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik deganda - xotin-qizlarga jismoniy, jinsiy,

ruhiy zarar etkazadigan yoki azoblanishiga olib keladigan shu jumladan, ham jamoat


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

120

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

ham shaxsiy hayotda bunday harakatlarni sodir etish bilan tahdid qilish yoki
o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan genderga
asoslangan zo‘ravonlik harakatiga aytiladi.

Oilaviy zo‘ravonlik bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi:

1.

Jismoniy zo‘ravonlik

: Oila a’zolariga nisbatan urish, qiynoqqa solish va

boshqa jismoniy zarar yetkazish.

2.

Ruhiy zo‘ravonlik

: Kamsitish, tahdid qilish, doimiy nazorat qilish va shaxsiy

hayotga aralashish.

3.

Iqtisodiy zo‘ravonlik

: Oila a’zolarining moliyaviy resurslardan foydalanish

huquqidan mahrum qilish.

4.

Jinsiy zo‘ravonlik

: Roziliksiz jismoniy aloqaga majburlash yoki jinsiy

tahqirlash.

Oilaviy zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi holatlardan biri bu oilaning moddiy

ta’minotidagi beqarorlik sababdir. Ayrim oilalarda erkaklar tomonidan moddiy
ta’minotdagi barqarorlikni ta’minlamaslik oqibatida ham zo‘ravonlikka sabab
bo‘ladigan holatlar keskin kuzatiladi. Erkak goʻyoki u oila uchun mehnat qilmoqda,
ayoli esa unga tekinxo‘rdek ko‘rinayotgandek taassurot uyg‘otadi. Bu holat bugungi
iqtisodiy talablar oshib borayotgan sharoitda kuzatilmoqda. Erkaklar tabiatan oilaning
asosiy ta’minotchisi ekanligi jismoniy jihatdan ham. ijtimoiy jihatdan ham insoniyatda
qabul qilingan. Ammo erkaklarning o‘zaro tarbiya muhitida esa bu uqtirilmagan
oilalarda u oilaviy zo‘ravonlikni bir ko‘rinishi sifatida aks etmoqda.

Ayrim hollarda er bilan xotin o‘rtasidagi munosabatlar ularning shaxsiy

adovatiga aylanishi mumkin. Bu holat ayrim hollarda ayollar tomonidan yetarli
mulohaza yuritmasdan boshqa oiladagi erkaklarning oilasining farovonligidagi
harakatlariga nisbatan ustuvor baho berib, o‘z erlarini kamsitishlari sabab bo‘lishi
mumkin. Erlar bu holatning o‘zlarini rafiqalari tomonidan qadriyatlarini
pasaytirayotganliklari va shaxsiyatini kamsitganlik sifatida qabul qilib ko‘rsatishlari
bilan bog‘liq. Oilaviy zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi holatlar keltirib o‘tilgan omillarda
aks etsa-da, ammo ularning namoyon bo‘lishida erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan
bir qator tazyiq va tahqirlash mazmunidagi haqoratlar uchrashi ham kuzatiladi

Oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish uchun bir qator samarali usullar ishlab

chiqilgan. Bular:

Ta’lim va tarbiya

: Oilalarda sog‘lom munosabatlarni rivojlantirish uchun ta’lim

dasturlarini amalga oshirish.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

121

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Huquqiy yordam

: Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar uchun huquqiy yordam

ko‘rsatish.

Psixologik yordam

: Ruhiy salomatlikni tiklashga yordam beradigan psixologik

maslahatlar.
Oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlik muammosi jiddiy e’tiborni talab qiladi.

Jamiyatda oilaning roli va ahamiyatini tushunish, oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadigan muhit yaratish zarur. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oilaviy
zo‘ravonlikni oldini olish uchun kompleks yondashuv zarur. Har bir jamiyat o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun, ilmiy tadqiqotlar natijalari va tavsiyalarni milliy
an’analar va qadriyatlar bilan bog‘lash muhimdir.

Ushbu maqola orqali oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlik muammosining o‘rni

va uni hal etish yo‘llari haqida umumiy tasavvur berildi. Biroq, bu sohada hali ko‘plab
muammolar yechimini kutmoqda va ilmiy izlanishlar davom ettirilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Акрамова Ф.А. "Oilada sog‘lom psixologik muhitni yaratishning ijtimoiy-
psixologik asoslari". O‘quv qo‘llanma. T., 2014.
2. Акрамова Ф.А., Товбаева М.С. Оиладаги зўравонликнинг ижтимоий-
психологик масалалари: Монография – Тошкент: «Lesson-press» нашриёти, 2021.
– 124 б. [ISBN 978-9943-7024-4-8]
3. Каримова В. Оила х,имояси давлат сиёсатининг устувор йуналиши // HUQUQ
BA BURCH.- №5. - Т., 2007. - Б. 31.
4. Мэкс А.М. Социальные условия насилия в семейном поведении (анализ
насилия в американской семье): Автореферат диссертации на соискание ученой
степени кандидата социологических наук. -М ., 2003. -С. 3

Bibliografik manbalar

Акрамова Ф.А. "Oilada sog‘lom psixologik muhitni yaratishning ijtimoiypsixologik asoslari". O‘quv qo‘llanma. T., 2014.

Акрамова Ф.А., Товбаева М.С. Оиладаги зўравонликнинг ижтимоий психологик масалалари: Монография – Тошкент: «Lesson-press» нашриёти, 2021. – 124 б. [ISBN 978-9943-7024-4-8]

Каримова В. Оила х,имояси давлат сиёсатининг устувор йуналиши // HUQUQ BA BURCH.- №5. - Т., 2007. - Б. 31.

Мэкс А.М. Социальные условия насилия в семейном поведении (анализ насилия в американской семье): Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата социологических наук. -М ., 2003. -С. 3