ZARMED
UNIVERSITETI
166
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
MAKTAB DIREKTORI O‘RINBOSARLARIDA LIDERLIK QOBILIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Akilov Faridun Firdavsovich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Amaliy psixologiya
kafedrasi o‘qituvchisi
E-mail:
Annotatsiya.
Maktab direktori o‘rinbosarlarida liderlik qobiliyatini
shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini mazmun-mohiyatini ochib
berishga yo‘naltirilgan ilmiy dalillarni keltirish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan
umumta’lim muassasalarining faoliyatiga mos keladigan zamonaviy vositalar
yordamida ta’lim tizimi rahbarlariga xos bo‘lgan madaniyat, ilmiy salohiyat,
zamonaviy qiyofa, tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik hissini
hamda ongli faoliyat yuritishga qaratilgan boshqaruv qobiliyatlarini sohaga tatbiq
etishda ilmiy, nazariy va amaliy tomondan dalillar keltirishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
maktab direktori o‘rinbosarlari, rahbarlik, boshqaruv, mas’uliyat,
tanqidiy
tahlil, qat’iy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik, tashkilotchilik,
tashabbuskorlik, ongli faoliyat yuritish, zamonaviylik, aqliy qobiliyat, vatanga sadoqat,
sifat va samaradorlik.
Аннотация.
Привлечение научных доказательств, направленных на
раскрытие содержания и сущности социально-психологических особенностей
формирования лидерских обязанностей у заместителей директоров школ,
культуры, свойственной руководителям образовательной системы, с помощью
современных инструментов, совместимых с деятельность общеобразовательных
учреждений, действующих в нашей стране, научный потенциал, современный
имидж, критический анализ, строгая дисциплина и чувство личной
ответственности, а также научные, теоретические и практические аспекты в
области применения управленческих навыков, направленных на сознательную
деятельность. заключается в предоставлении доказательств.
Ключевые слова:
заместители директора, лидерство, управление,
ответственность,
критический
анализ,
строгая
дисциплина,
личная
ответственность, организованность, инициатива, сознательная деятельность,
современность, умственные способности, лояльность к стране, качество и
ZARMED
UNIVERSITETI
167
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
эффективность.
Abstract.
Bringing scientific evidence aimed at revealing the content and
essence of the socio-psychological features of the formation of leadership
responsibilities in the deputy directors of schools, the culture typical of the leaders of
the educational system with the help of modern tools that are compatible with the
activities of general education institutions operating in our country, scientific potential,
modern image, critical analysis, strict discipline and a sense of personal responsibility,
as well as scientific, theoretical and practical aspects in the field of application of
management skills aimed at conscious activity is to provide evidence.
Key words:
vice-principals, leadership, management, responsibility, critical
analysis, strict discipline, personal responsibility, organization, initiative, conscious
activity, modernity, mental ability, loyalty to the country, quality and efficiency.
Millatning taraqqiyoti bu albatta ta’lim tizimini rivojlanishiga bog‘liq
hisoblanadi. Chunki barcha davrlarda ham insoniyatni, davlat va jamiyatni taraqqiy
etishi, bu albatta ta’lim tizimini isloh qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib kelingan. Shu tariqa
tarixiy taraqqiyot jarayonlarini ongli munosabatlarga aylanib ijtimoiy-psixologik
g‘oyalar va tushunchalarning paydo bo‘lishi muntazam ravishda takomillashib
kelingan. Bugungi kunga kelib insoniyatning rivojlanishi, ixtirolarning paydo bo‘lishi,
kashfiyotlarning yaratilishi, olimlarning ilmi va mashaqqatli mehnatlarini yuzaga
chiqishi bu umumta’lim tizimini jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati tufayli
amalga oshirilmoqda. Insoniyatning onglifaoliyat yuritishini asl mohiyatini ham ta’lim
tizimini tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqotning dolzarbligi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan fikr-mulohazalardan
kelib chiqib
ta’kidlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqea
va hodisalar, g‘oyaviy va
mafkuraviy kurashlar, axborotlar xuruji hamda globallashuv
sharoitlarining dunyo hamjamiyatiga
ta’siri kabi ko‘plab masalalarni insoniyat
tomonidan boshqarilishi, ularning ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sirlari, millatlararo
o‘zaro kelishmovchiliklar, yoshlarimizni turli salbiy ta’sirlar iskanjasiga
tushub qolish
kabilarning hammasi bu ilmsizlik va nazoratsizlik oqibatida sodir bo‘lmoqda.
Bularning
barchasi davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun hal qilinishi zarur bo‘lgan
dolzarb muammolardan
hisoblanadi.
Bu kabi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal qilish orqali,
maktablardagi
o‘qitish jarayonlarini yaxshilash maqsadida o‘tiladigan darslarni sifatini
nazorat qilish, o‘quv jarayonlariga malakali mutaxassis kadrlarni jalb qilish, milliy
ZARMED
UNIVERSITETI
168
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
qadriyatlarimizga mos keladigan zamonaviy
ta’lim tizimi boshqaruvini tashkil
etishimiz, yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi hamda yoshlarni sifatli
ta’lim olishlariga
salbiy ta’sir etuvchi har qanday tashqi va ichki vositalarni yo‘qotish, maktab direktori
o‘rinbosarlarida rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari muntazam
oshirib borishni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi.
Darhaqiqat biz buyuk va qudratli ajdodlarni vorislarimiz shunday ekan ta’lim
tizimini yanada
rivojlantirishimiz, Yangi O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan,
yangicha dunyoqarashga ega bo‘lgan
maktab direktori o‘rinbosarlarini faoliyatini
tashkil etishimiz, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi
andozalariga mos keladigan
boshqaruv hamda o‘qitishni joriy etishimiz dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan
yechim hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad.
Yurtimizda faoliyat yuritayotgan
maktablarning o‘quv
jarayonlarini samaradorligini oshirishga qaratilgan motivatsion
tavsiyalarni ishlab chiqish, maktab
direktori o‘rinbosarlarida rahbarlik mas’uliyatini
shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini takomillashtirish orqali ularning
faoliyatini samaradorligini oshirish, boshqaruv qobiliyatlari o‘z vaqtida va o‘z o‘rnida
ishlata olishga o‘rgatish, yosh avlodni har tomonlama ruhiy shu bilan
birga jismoniy
barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishga, qaratilgan ijtimoiy-psixologik sog‘lom
muhitni yaratish, mehnat jamoasini faoliyatini tizimli ravishda nazorat qilish va
ularning mehnat unumdorligini oshirib borishni yo‘lga qo‘yish natijasida pedagogik
jamoa o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ilmiy tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalari.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotning
dolzarbligi va
maqsadidan kelib chiqib amalga oshirilishi zarur bo‘lgan quyidagi
vazifalar belgilab olindi:
1. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik
mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan
yoritib berish.
2. Maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini oshirishning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini zamonaviy usullar hamda vositalar yordamida
tizimli tahlil qilish asosida nazariy va
amaliy tomondan yoritib berish.
3. Maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishga
qaratilgan ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini mazmun-mohiyatini ochib berishga mos
keladigan takliflar, tavsiyalar va ilmiy xulosalar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish.
Ilmiy tadqiqotning obyekti.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan maktab
direktori o‘rinbosarlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tarkib toptirish orqali
ZARMED
UNIVERSITETI
169
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ularda rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.
Ilmiy tadqiqotning predmeti.
Yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktab
direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-
psixologik xususiyatlarini keng
qamrovli asoslarini yaratish natijasida boshqaruvning
sifat va samaradorligini oshirish. Yuqorida keltirib o‘tilgan ilmiy tahlillar va ilmiy
izlanishlardan kelib chiqib ta’kidlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda mamlakatimizda olib
borilayotgan izchil islohotlarning barchasi ongu tafakkurimizda kechayotgan
o‘zgarishlar natijasida sodir bo‘lmoqda. Shu boisdan ham umumta’lim
jarayonini
barqaror ta’minlanishining natijasida zamonaviy bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib
kelinmoqda.
Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotning asosini belgilab beradigan muhim
sohalardan
biri bo‘lgan umumta’lim sohasini rivojlantirmasdan turib boshqa tarmoq va
yo‘nalishlarni rivojlantirib
bo‘lmasligi hammaga ayon albatta. Chunki har qanday
davrda ham ilm-ma’rifat, aql va
donishmandlik, yuqori darajadagi bilimdonlik xalqni
qiyin vaziyatlardan olib chiqib ketishga imkon
bergan. Bu keltirib o‘tilganlarni
barchasining mazmun-mohiyatini belgilab beruvchi muhim
sohalardan biri bo‘lgan,
umumta’lim tizimi sifatli boshqarilsagina uning samaradorligi oshiriladi,
ta’lim
tizimida yangidan-yangi taraqqiyot loyihalari ishlab chiqiladi, mamlakatimiz moddiy
va
ma’naviy yuksalishga erishadi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi xo‘sh XXI asrda umumta’lim tizimi rahbarlari qanday
bo‘lishi kerak?
Ular bugungi kun talablariga javob bera oladimi?
Ushbu asvollarga javob beradigan bo‘lsak millat taraqqiyotini belgilab beradigan
va jamiyatni
rivojlanishini fundamental asosi bo‘lgan umumta’lim tizimini har
tomonlama rivojlanishi bu albatta
ularni boshqarayotgan direktorlar va ularning
o‘rinbosarlariga bog‘liq. Maktabni boshqarish bu murakkab ijtimoiy-psixologik
jarayon bo‘lib, bunda rahbar asosiy mas’uliyat egasi hisoblanadi. Chunki
sifatli ta’lim
berish va ta’lim olish, pedagogik mahoratni amaliyotda qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan
talabga va kasbiy shakllanganlikka bog‘liq bo‘ladi. Bunday rasmiy jarayonni amalga
oshirilishini
nazorat qilish va tartibga solish asosan maktab direktori o‘rinbosarlarini
zimmasida bo‘ladi.
Darhaqiqat mamlakatimizda maktablar faoliyatini tubdan isloh qilish, o‘quvchi-
yoshlarga sifatli
ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha tegishli davlat dasturlarini ishlab
chiqish, pedagoglarni bilimi, layoqati
hamda kasbiy saviyasini muntazam oshirib
borish, maktablarni boshqaruv jarayonlariga zamonaviy
fikrlashga, ongli munosabat
bildirishga qodir bo‘lgan dunyoqarashi keng rahbar kadrlarni zamon
talablari
ZARMED
UNIVERSITETI
170
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
darajasiga moslashtirish orqali ularni sohani rivojlantirishga safarbar qilish zarur. Shu
orqali
maktablarni boshqarishda direktor o‘rinbosarlarining mas’uliyatini muntazam
oshirib borish,
boshqaruvda kreativlik va aqliy qobiliyatlarni ahamiyatini
barqarorlashtirish “rahbar-jamoa”,
“munosabat va mas’uliyat” tushunchalarini
mazmun-mohiyatini anglab yetish ko‘nikmalarini
singdirish natijasida ta’lim sifatini
oshirish kelgusida maktab jamoasi faoliyatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
“Masʼuliyat – biz qilishimiz yoki qilmasligimiz shart boʻlgan ish, harakatlar.
Rahbar mas’uliyati
– zimmasiga yuklatiladigan vakolatlarning amalda bajarilishi
oqibatlari, bajarilgan ishlarning pirovard
natijasini baholashning mezoni va shakliy
ifodasi. Shuningdek, mas’uliyat biror ish, xatti-harakat
oqibati, natijasi uchun boʻlgan
shaxsiy javobgarlikdir. Shu vazifalarni qilishi yoki qilmasligiga qarab,
inson
masʼuliyatli yoki masʼuliyatsizligi belgilab olinadi. Odamlarning irqi, millati, dini,
ijyimoiy
kelib chiqishiga hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga qarab mas’uliyat
hamma uchun har xil
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktab direktori o‘rinbosarlarining
boshqaruvga
mos keladigan ijtimoiy-psixologik sifatlarini shakllantirish orqali ularda
jiddiy mas’uliyatni, aqliy
salohiyatini, ma’naviy qiyofasini, zaruriy metin irodasi,
qatʼiy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik
kabilar rivojlantirilsagina o‘quv faoliyatining
sifati ortadi, davlat va jamiyat o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadiga erishadi. Shu boisdan ham
jamiyatda ilm-fanni rivojlantirishi, maktablarni yangicha
zamonaviy qiyofasini kashf
etishda quydagilarga e’tibor qaratish zarur:
Birinchidan,
qatʼiy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik, ijro intizomi va nazorat
qila bilish;
Ikkinchidan,
ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishni to‘liq yo‘lga qo‘yishga
erishish;
Uchunchidan,
maktablarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan normalarga amal
qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
To‘rtinchidan,
har bir vazifani bajarishda jamoa oldida shaxsiy namuna ko‘rsata
bilish;
Beshinchidan,
vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglay oloshlilik, zamonaviylik,
tashqi va ichki
uyg‘unlik, bilimdonlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, tejamkorlik,
kreativlilik, ma’naviy barkamollik kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ilmiy tahlillar asosida masalani mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,
har qanday rivojlanishning asosini tarixiy taraqqiyot davomida sodir bo‘lgan barcha
darajalardagi hokimiyat
barqaror va mas’uliyatli bo‘lmasa, jamiyat normal faoliyat
ZARMED
UNIVERSITETI
171
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ko‘rsatishi mumkin emas.
Umuman olganda, ijtimoiy-psixologik jarayonlarni boshqarish tizimida
mas’uliyat masalalari
XVII-XIX asrlarda yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishi
bilan muhim ahamiyat kasb eta boshladi
va yangi davr ijtimoiy falsafasining bir
qismiga aylandi. Ular bugungi demokratik o‘zgarishlar davrida
yanada muhimroq
ahamiyat kasb etdi, chunki boshqaruv jarayonidagi mas’uliyat ijtimoiy tabiatga ega
bo‘lganligi tufayli ijtimoiy o‘zgarishlarga o‘ta ta’sirchandir.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, rahbar mas’uliyati muayyan ijtimoiy
kategoriya sifatida, uni
amalga oshirish shakllari jamiyatning amaldagi holati, unda
hukm yurituvchi ijtimoiy munosabatlarning turlari, tarixiy an’analar, axloq qoidalari,
ma’naviy va madaniyat qadriyatlar bilan
bog‘liqdir. Bu davrimizning turli ijtimoiy
tizimlarini taqqoslash darajasida ham, ayrim jamiyatlarning
rivojlanishini sotsiologik-
tarixiy tahlil qilishda ham namoyon bo‘ladi.
Mas’uliyat, uning aynan ijtimoiy-psixologik ma’nosida, jamiyat va davlat
munosabatlari amaliyotida falsafiy-axloqiy nuqtai nazardan antik davrdayoq Platon
tomonidan tahlil qilingan va adolat tushunchasi bilan bog‘langan: “...adolatsizlik, agar
u aniqlansa, jazolanadi va sharmandai sharmisorlik pardasi bilan qoplanadi”.
Platonning: “qonunlarning buzilishi shunday bir zarar yetkazadiki, u asta-sekin odamlar
fe’l-atvoridan o‘rin oladi va u yerdan yirikroq hajmlarda fuqarolarning ish yuzasidan
o‘zaro munosabatlari orasida tarqalib, hatto qonunlarning o‘ziga va davlat
tizimiga ham
tajovuz qiladi, oxir-oqibatda shaxsiy hayotini ham, jamiyat hayotini ham ag‘dar-to‘ntar
qilib tashlaydi”, degan so‘zlari hozir ham juda zamonaviy yangraydi. “Mas’uliyat”
tushunchasi fan tarixida birinchi bo‘lib, XVII asrda Tomas Gobbs tomonidan
qo‘llanilgan tushuncha hisoblanadi. Tomas Gobbs mazkur tushunchani ijtimoiy
shartnomaga muvofiq
birlashgan fuqarolarning davlat harakatlari uchun mavhum
javobgarlik ma’nosida ishlatgan. I.Kant
shaxs javobgarligini uning burchi bilan, Gegel
esa – shaxsning muayyan xulq-atvor tarzining zarurligini oqilona anglashi bilan
tenglashtirgan.
Bugungi kundagi mas’uliyat muammosini yurtimizda psixologiya, falsafa,
politologiya va
sotsiologiya fanlari doirasida tadqiq etishda uning ijtimoiy-falsafiy
kategoriya sifatida bir qancha
o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga, ijtimoiy-
psixologik va individual ongning barcha shakllaridan o‘ziga xos “o‘rin olganligi”ga
e’tibor qaratiladi.
Bugungi kunda boshqaruv jarayonlarida va ish yuzasidan zarurat tufayli
mas’uliyat muammosini
qayta anglash jarayoni yuz bermoqda. Hozirgi tadqiqotlarda
ZARMED
UNIVERSITETI
172
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
asosiy e’tibor boshqaruvdagi mas’uliyatni
oshirishning jamiyat hayotidagi tangliklar va
boshqariluvchi muhitning ziddiyatliligi bilan belgilanuvchi subyektiv omiliga
qaratilmoqda.
Ilmiy tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatamoqdaki, ko‘pgina olimlar mas’uliyatga
o‘zaro aloqador
taraflarning manfaatlari va erkinligini ta’minlovchi, davlat va jamiyat
tomonidan kafolatlangan
munosabat sifatida yondashmoqdalar. Ularning fikricha,
davlat boshqaruvida mas’uliyatni oshirish
uchun tashkiliy-huquqiy va axloqiy
xususiyatga ega chora-tadbirlar majmui zarur. Ayrim mualliflar
rahbarlarning
mas’uliyati
deganda so‘zning keng ma’nosida shaxsning jamiyatga (umuman
insoniyatga) nisbatan xizmatga doir va axloqiy joizlikni amalga oshirish darajasi bilan
tavsiflanuvchi alohida
ijtimoiy-psixologik va ma’naviy-axloqiy munosabati in’ikosini
tushunadilar.
Ba’zan
mas’uliyatga
axloq va huquq kategoriyasi sifatida ta’rif beriladi. Bu
holda u shaxsning
jamiyatga nisbatan o‘z ma’naviy burchi va huquqiy me’yorlarini
bajarishi bilan tavsiflanuvchi, alohida
ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy-huquqiy
munosabatini aks ettiradi. Bu ma’noda mas’uliyat
boshqaruv jarayonida rahbarlar
tomonidan qarorlarini qabul qilishda davlat va jamiyat mahalliy
manfaatlarining
anglanish darajasidir.
Ba’zi adabiyotlarda mas’uliyat “shaxs xulq-atvori ustidan ijtimoiy nazoratni
amalga oshirish
shakli sifatida, pirovard natijaning ko‘zlangan maqsadga, boshqaruv
subyektining siyosiy, yuridik,
ijtimoiy va boshqa munosabatlarining obyekt bilan
muvofiqligi mezonlari sifatida, bajarilgan ish
uchun tashkilot, davlat va jamiyat oldida
javob berish qobiliyati sifatida, rahbarning kasbiy, shaxsiy
va ishbilarmonlik fazilatlari
omili sifatida, uning faoliyat uslubi xususiyati sifatida, boshqaruvni
rag‘batlantirish va
uning samaradorligi omili sifatida” ta’riflanadi.
Ko‘rsatilgan qarashlar va yondashuvlardan kelib chiqib, ushbu tadqiqotda
ijtimoiy-psixologik
mas’uliyat deganda biz ijtimoiy manfaatlarni va ta’lim sohasini
ro‘yobga chiqarishda maktab direktori o‘rinbosarlarini boshqaruv subyektlari
o‘rtasidagi obyektiv bog‘liqlik shaklini, shuningdek subyektning o‘z faoliyati natijalari
uchun ijtimoiy birlik oldida javob berish qobiliyatini tushunamiz. Texnologik tusga ega
talqinda maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv jabhasidagi mas’uliyati – bu
pedagogik jamoan, uning rahbari va xodimlari qonuniy qabul qilingan xizmat faoliyati
va xulqatvor me’yorlari, qoidalari va tartib-taomillarini tan olishi va ularga rioya
qilishini, maktab direktori o‘rinbosarlarinining o‘z harakatlari yoki harakatsizligi
natijasi uchun javob berish qobiliyatini ifodalovchi ijtimoiy-psixologik aloqalarni
ZARMED
UNIVERSITETI
173
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
anglatishini aytib o‘tamiz.
Maktab direktori o‘rinbosarlarinining ijtimoiy-psixologik mas’uliyatni
shakllantirishga qaratilgan asosiy
funksiyalarini
yoritishga kirishishdan oldin maktab
direktori o‘rinbosarlarinida mas’uliyat hissini rivojlanish jarayoni boshqaruvda maktab
direktori o‘rinbosarlarini ichki dunyosi bilan ham, tashqi ijtimoiy-psixologik muhit
bilan ham bog‘liq ekanligiga e’tibor qaratish zarur. Maktab direktori
o‘rinbosarlarinining boshqaruvdagi mas’uliyatini shakillanishi ichki tomondan keng
qamrovli bo‘lib, jamiyatga, pedagogik jamoani faoliyatiga, ularning ijtimoiy-
psixologik tomondan takomillashtirishga mo‘ljallangan munosabatini o‘z ichiga
qamrab oladi.
Yana bir tomondan olib qaraydigan bo‘lsak, maktab direktori o‘rinbosarlarining
boshqaruv faoliyati tashqi ijtimoiy-psixologik muhit jihatidan mavjud odatlar,
an’analar, axloq qoidalar va davlat majburlovi yordamida uning xulqatvorini tartibga
soladi. Bunday talqinda maktab direktori o‘rinbosarlarining ijtimoiy psixologik
mas’uliyati o‘z xulq-atvorini mavjud ijtimoiy me’yorlar, turli ijtimoiy ta’sirlar va
qonunlarga muvofiqlashtirish zarurligini ixtiyoriy (ba’zan majburiy) qabul qilish
tarzida amalga oshiriladi. Bu, avvalo, inson jamiyat va uning qonunlaridan tashqarida
mavjud bo‘la olmasligi bilan belgilanadi. Shaxs umum e’tirof etilgan normalarni qabul
qilmagan yoki buzgan taqdirda mas’uliyat mazkur jamiyatning yaxlitligini saqlash
maqsadini ko‘zlovchi tartibga solish omili sifatida kelib chiqadi.
Mas’uliyatning mazkur tartibga solish funksiyasi nafaqat ayrim shaxsga
nisbatan, balki har qanday – rasmiy va norasmiy ijtimoiy tuzilmalar, shu jumladan
mahalliy xizmatga nisbatan ham amal qiladi. Bunday tashkilotlarga nisbatan mas’uliyat
darajasi davlat va mahalliy boshqaruvning amaldagi normalari, qonunlari va
qoidalariga rioya etilishi bilan belgilanadi. Zotan, jamoatchilik maktab direktori
o‘rinbosarlaridan hozirgi ta’lim muassasalaridan nafaqat yuksak ilmiy natijalarni
namoyish etishni, balki jamiyatning ijtimoiy-psixologik maqsadlarini hal etilishi nuqtai
nazaridan ham kata yutuqlarga erishishi kerakligi haqida dalolat beradi.
Maktab direktori o‘rinbosarlarining ijtimoiy-psixologik mas’uliyatining yana bir
muhim funksiyasi – gnoseologik yoki bilishni-tadqiq etish funksiyasidan iborat. U
ishonchli bilimni hamda yangi texnologiyalar, fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq
etishning jamiyat uchun ijtimoiy-psixologik tomondan muhim bo‘lgan natijalarini
ta’minlaydi. Bizningcha, maktab direktori o‘rinbosarlarining ijtimoiy-psixologik
mas’uliyatni shakillantirish funksiyasini roli kelgusida ayniqsa dunyo miqyosida
davom etayotgan jamiyatning ijtimoiylashuv jarayonlari munosabati bilan izchil ortib
ZARMED
UNIVERSITETI
174
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
borishini belgilab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. V.M.Karimova, O.E.Hayitov, S.M.Djalalova. Boshqaruv psixologiyasi. “O‘quv
qo‘llanma”.
–T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008. – 208-210 b.
2. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. O‘quv-metodik
qo‘llanma A-1-141 “Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish
tizimi uchun modulli Web texnologiya asosida elektron axborot
ta’lim resurslarini yaratish va
amaliyotga joriy etish” mavzusidagi grant loyihasi
asosida yaratilgan. “Pedagogik kompetentlik va
kreativlik asoslari”. – Toshkent, 2015
yil. 95-96 b.
3. A.M.Shonazarov. Taʼlim tizimi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini
shakllanishiga oid nazariy-metodologik yondashuvlar. Zamonaviy ta’lim ilmiy-amaliy
jurnal. №9 (130) 2023. ISSN 2181-6514.www.itm.uz. DOI: 10.34920/SO/VOL. 2023.
ISSUE. 9.5
4. A.M.Shonazarov. Zamonaviy rahbar kadrlarini tayyorlashning ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari. ISSN 2181-6883 “PEDAGOGIK MAHORAT” Ilmiy-nazariy va
metodik jurnal № 10,
SON (2023-yil, noyabr). 97-102 betlar.
5. A.M.Shonazarov. Development of socio-psychological competence of school
principals of
the general secondary education syste. science and innovation
international scientific journal volume
1 issue 8 uif-2022: 8.2| ISSN: 2181-3337
“Science
and
innovation”
xalqaro
ilmiy
jurnali.
Volume
1
Issue
8https://doi.org/10.5281/zenodo.7424124.
6. A.M.Shonazarov. Socio-psychological characteristics of competent general
education system leaders. cience and innovation international scientific journal volume
2 issue 12 december 2023
uif-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337
7. O.E. Hayitov. – Boshqaruv psixologiyasi: Darslik. – T.: «Istiqlol» nashriyoti, 2021.
- 234 b.
8. K.B.Axmedjanov. A.X.Xolov. Yosh rahbar kadrlarda samarali qaror qabul qilish
ko‘nikmasini shakllantirish.O‘quv qo‘llanma // Toshkent. - “Tafakkur qanoti”, 2020.
96 bet
9. To‘ychiyeva S. Boshqaruv texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma // Toshkent. -“Navro‘z”
nashriyoti, 2020. 148 bet
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
https://stat.edu.uz/
., lex.uz
