MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY - MILLAT KOʻZGUSI BOʻLGAN MA’RIFATPARVAR VA TA’LIM ISLOHATCHISI

Annotasiya

Maqolada Mahmudxoʻja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi faoliyati va uning Oʻrta Osiyo maʻrifiy taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi ilmiy asosda tahlil etiladi. Behbudiy asarlarida ilgari surilgan islohotparvarlik gʻoyalari, milliy  oʻzlikni anglash, dunyoviy bilimlar va zamonaviy ta’lim tizimini joriy etish masalalari  tadqiq etiladi. Shuningdek, uning dramaturgik va publitsistik faoliyati orqali ijtimoiy  ong va ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan saʻy-harakatlari yoritiladi. Tadqiqot  natijalari Behbudiy merosining bugungi jamiyat uchun ham ahamiyatli ekanligini koʻrsatadi.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jumayev, A. (2025). MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY - MILLAT KOʻZGUSI BOʻLGAN MA’RIFATPARVAR VA TA’LIM ISLOHATCHISI. Universal Science Research Jurnali, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 51–55. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113836
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada Mahmudxoʻja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi faoliyati va uning Oʻrta Osiyo maʻrifiy taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi ilmiy asosda tahlil etiladi. Behbudiy asarlarida ilgari surilgan islohotparvarlik gʻoyalari, milliy  oʻzlikni anglash, dunyoviy bilimlar va zamonaviy ta’lim tizimini joriy etish masalalari  tadqiq etiladi. Shuningdek, uning dramaturgik va publitsistik faoliyati orqali ijtimoiy  ong va ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan saʻy-harakatlari yoritiladi. Tadqiqot  natijalari Behbudiy merosining bugungi jamiyat uchun ham ahamiyatli ekanligini koʻrsatadi.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

51

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY

-

MILLAT KOʻZGUSI BOʻLGAN

MA’RIFATPARVAR VA TA’LIM ISLOHATCHISI

Jumayev Abror Muzaffarovich

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Tarix” kafedrasi oʻqituvchisi:

E-mail:

abrorjumayev203@gmail.com

Xalilova Sabrina Obid qizi

Oʻzbekiston - Finlandiya pedagogika instituti talabasi

E-mail:

xalilovasabrina084@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada Mahmudxoʻja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi

faoliyati va uning Oʻrta Osiyo maʻrifiy taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi ilmiy asosda
tahlil etiladi. Behbudiy asarlarida ilgari surilgan islohotparvarlik gʻoyalari, milliy
oʻzlikni anglash, dunyoviy bilimlar va zamonaviy ta’lim tizimini joriy etish masalalari
tadqiq etiladi. Shuningdek, uning dramaturgik va publitsistik faoliyati orqali ijtimoiy
ong va ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan saʻy-harakatlari yoritiladi. Tadqiqot
natijalari Behbudiy merosining bugungi jamiyat uchun ham ahamiyatli ekanligini
koʻrsatadi.

Kalit soʻzlar:

Mahmudxoʻja Behbudiy, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy

uygʻonish, ta’lim islohoti, publitsistika, dramaturgiya, Oʻrta Osiyo, ma’naviy
taraqqiyot.

Аннотация.

В данной статье научно анализируется деятельность

Махмудходжи Бехбуди в рамках джадидистского движения и его вклад в
просветительское развитие Средней Азии. Рассматриваются реформаторские
идеи, представленные в его произведениях, вопросы национального
самосознания, внедрения светского образования и модернизации системы
обучения. Особое внимание уделено драматургическому и публицистическому
наследию Бехбуди, направленному на повышение общественного сознания и
духовности. Результаты исследования свидетельствуют о высокой актуальности
наследия Бехбуди в контексте современных общественных трансформаций.

Ключевые слова:

Махмудходжа Бехбуди, джадидизм, просвещение,

национальное самосознание, реформа образования, публицистика, драматургия,
духовное возрождение, Средняя Азия.

Annotation.

This article provides a scholarly analysis of Mahmudkhoja


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

52

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Behbudiʻs activity within the Jadid movement and his contribution to the educational
development of Central Asia. The study examines the reformist ideas presented in
Behbudiʻs works, including issues of national identity, the integration of secular
knowledge, and the implementation of a modern education system. Additionally, his
dramatic and journalistic activities aimed at raising social consciousness and enhancing
spirituality are highlighted. The research findings demonstrate that Behbudiʻs legacy
remains relevant for contemporary society.

Key words:

Mahmudkhoja Behbudi, Jadidism, enlightenment, national

awakening, educational reform, journalism, dramaturgy, Central Asia, spiritual
development.


XX asr boshlarida Turkiston xalqlari tarixiy burilish yoqasida turardi. Bir

tomonda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining zulmi, boshqa tomonda esa
milliy oʻzlikni yoʻqotish xavfi mavjud edi. Bunday sharoitda xalqni zulmatdan nur sari
boshlovchi, millat tafakkurini uygʻotuvchi ma’rifatparvarlarga ehtiyoj nihoyatda kuchli
edi. Ana shunday siymolardan biri Mahmudxoʻja Behbudiy edi. U 1875-yilda
Samarqandda tugʻilgan. Dastlab eski uslubdagi maktabda, keyin esa madrasada tahsil
olgan. Arab, fors va turkiy tillarni mukammal egallab, keyinchalik rus tilini ham
oʻrganadi. U yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa dunyoviy bilimlarga katta qiziqish
bildirgan. Tabiiy fanlar, tarix, geografiya, siyosatga oid kitoblarni mutolaa qilgan.
Shuningdek u ilm, ma’rifat, matbuot, sahna sanʻati va siyosat orqali butun bir avlodni
uygʻotdi. Uning serqirra faoliyati Turkiston jadidchilik harakatining yuksalishida hal
qiluvchi rol oʻynadi. [1, 156]

M.Behbudiy ma’rifatning, maorif ishlarining faqatgina nazariyotchisi boʻlib

qolmay, balki oʻlka maorifi rivojida amaliy tomondan ham jonbozlik koʻrsatdi. U
Istanbul, Ufa, Qrim, Qozon, Orenburg kabi shahar va mamlakatlarni koʻrdi va bildi,
"Yangi usul"ni turkistonliklar orasida birinchilar qatori amalda qoʻlladi. 1905 yilda
Behbudiy tomonidan tashkil etilgan maktab Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlarida
edi. Tajriba sifatidagi bu maktabning shaharda emas, balki qishloqda ochilishining boisi
bor edi. Chunki shaharda ushbu usulda oʻqitishga qarshi chiquvchilar hukumat
tomonidan ham, mahalliy aholi tomonidan ham juda koʻp edi. Bu usulning
muvaffaqiyatiga boshda mahalliy aholi ishonishmaydi. Lekin hamma ish juda silliq
koʻchadi. Ota-onalar bu maktabda bolalarining juda tez savod chiqarayotganligini
koʻrib, hayron boʻladi va shubhalana boshlaydilar.

Avvallari 3-4 yillarda oʻrganadigan narsalarni bolalar bir yilda oʻrganib olishgan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

53

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

edi. Koʻpchilik "tez oʻrgangan, tez esidan chiqaradi" deb xulosa qiladi. Lekin shogirdlar
olgan bilimlarini unutish oʻrniga, kundan-kunga olgʻa qarab borayotgan edi. Behbudiy
boshda shogirdlarga oddiy oʻquv-yozuvni oʻrgatgan boʻlsa, keyin "Haftiyak"ni
oʻrgatishga kirishadi. Ushbu "Haftiyak ni oʻqitish jarayonida Behbudiyda yangi fikr
paydo boʻladi. Endi u oʻz oʻquv dasturiga sistemali suratda arab tilini oʻqitishni kiritadi.
Bundan tashqari, maktabda arifmetika, geografiya va shu kabi dunyoviy fanlar ham
oʻqitilar edi. [2, 183]

Shogirdlar soni 40 talar atrofida boʻlib, 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil

bolalar edi. Behbudiy maktabni koʻrish uchun yashiriqcha kelgan mahalliy aholi va
mullalarni hamkorlikka chaqiradi. Lekin mullalarning bu taklifdan esxonalari chiqib,
vahima koʻtarishadi. Ota-onalarning koʻpchiligi globusni koʻrib, oʻqituvchi
Behbudiyning geografiya darsida "yer aylanadi", "quyosh erdan katta" degan soʻzlarini
eshitib, uni "sha’riatga zid" narsalar haqida tashviqot qilishda ayblay boshlaydilar.
Shunda Behbudiy erishgan shuncha muvaffaqiyatlariga qaramay. baribir, oʻziga bir
hamkor, hammaslak, hamfikr kerak ekanligini anglaydi. Uning Samarqand shahri,
Jomboy tumani, Rajabamin qishlogʻida oʻz hisobidan maktab ochib, bolalarga saboq
berayotgan Abdulqodir Shakuriy bilan tanishuvi bu hamkorlikni boshlab berdi. [3,
150]. Jugʻrofiya fanidan shogirdlarga dars beradi. Behbudiy bu haqda "Turkiston
viloyatining gazeti" da "...kamina raqami haruf ham haftaga bir-ikki marotaba borib
tartib va prugrammalarini muallim ila bomashvarat tuzaturman. Jugʻrofiya va masohat
toʻgʻrisinda ta’lim va imtihon qilarmiz. Xulosa, alhamdullilo, maktabni rivoji yaxshi va
bir oz aqcha pul toʻgʻrisidan tazyiqi bordur", deydi. Bundan tashqari ushbu maktabda
Behbudiyning jugʻrofiyadan dars berganligini Rahmatulla Rahimiy "Turkiston
viloyatining gazeti"da oʻzining "Buzugʻ maktab usuli jadida bolasi", degan maqolasida
ham eslab oʻtgan. [4, 550]

Behbudiyning ma’rifat yoʻlidagi xizmatlaridan yana biri buning omi xalq orasida

ziyo tarqatmoq uchun tashkil etgan kutubxonasi edi. Behbudiy birinchi boʻlib
Samarqandda musulmon kutubxonasini tashkil etish fikrini ahli ilm, aqraboyu ulamolar
oldiga qoʻyadi va bu yoʻlda ularni hamjihatlikka chaqiradi. Oʻsha davrda bir qancha
vaqt faoliyat koʻrsatib, ancha mashhur boʻlgan ushbu kutubxona haqida davning
etakchi nashri sanalgan "Turkiston viloyatining gazeti" da xabarlar berib borilgan.
Samarqandda kutubxona tashkil etish kabi xayrli niyat tugʻilganligi haqida "Turkiston
viloyatining gazeti" da Behbudiy imzosi bilan "Ob otkritiye musulmanskoy biblioteki
chitalniy v Samarkand Mutolaaxona" degan maqola bosiladi. Unda" "Samarqandda
umumiy mutolaaxona - biblioteka, chitalniy ochmoq uchun oʻn ikki nafar muhtaram


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

54

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

kishilar ila birga 27 bobdan iborat bir dastur, ustaf tuzib, janob baland darajalik
Samarqand gubernatoriga topshurub edukki, inshoollo, qonunnoma jamiyati
mustahkam boʻldi", deydi muallif.

U tugʻilib oʻsgan Turkiston yurti oʻsha davrda mustamlaka zulmi, jaholat domiga

botgan edi. Ammo Behbudiy xalqni ilm orqali, ma’rifat orqali, uygʻoq tafakkur orqali
oʻsha zulmatdan, nodonlikdan, befarqlikdan qutqarish mumkinligiga ishondi. Bu
yoʻlda u hayotini fido qildi.

Behbudiy jadidchilik harakatining peshqadamlaridan biri boʻlib, eski, oʻzini

oqlamagan uslublarni tanqid qilib, yangi hayot tarzi, yangi taʼlim tizimini ilgari surdi.
Behbudiy, musulmon xalqlari orqada qolayotganining asosiy sababi – jaholat, ilmning
yoʻqligi, ijtimoiy befarqlik va zoʻravonlik edi. Shu sababli u har bir islohotga, har bir
yangilikka ilm va maʼrifat mezonida yondashgan.

Mahmudxoʻja Behbudiy butun faoliyatini xalqni ilm-maʼrifatli qilishga qaratdi.

Ammo xalqni marifatli qilmoq uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Buning uchun u
usuli jadid maktablari tarmogʻini kengaytirish maqsadida yangi oʻquv darsliklar
yaratish, oʻquvchilarni oʻquv darsliklari bilan taʼminlash, kutubxonalar nashriyotlar
tashkil qilish ishlari bilan muttasil shugʻullandi. 1904-1910-yillarda "Risolayi Asbobi
savod" "Muntaxabi jugʻrofiya umumiy"(Qisqacha umumiy geografiya),"Kitobat ul-
aftol"(Bolalar maktublari), "Muxtasar tarixi islom"(Islomning qisqacha tarixi)
darsliklarini yaratdi.

Savod alifbodan boshlanadi. Shuning uchun ham jadid pedagoglari"usuli savtiya

"metodida faoliyat yuruta boshlagan.Maktablar uchun alifbo darsliklarini yaratishni esa
birinchi darajali masala deb qaradilar. [1, 32b]

Behbudiy

Oʻrta

Osiyo

adiblari

ichida

birinchi

dramatik

asar

"Padarkushni"yaratdi. Behbudiy milliy teatr va dramaturgiyaga katta hisa qoʻshgan.

Ungacha mazkur hududda na turkiy na forsiy tilda dramma janrida birorta asar

yaratilmagan edi. Bu asar orqali u oiladagi axloqiy inqiroz, jaholat va begonalashuv
kabi muammolarni ochib bergan. Asarda ota-onaga nisbatan ehtiromsizlik, ilmga
befarqlik va maʼnaviy tanazzul keskin tanqid qilinadi. Asarni dunyo koʻrishi oson
kechmadi. Bunga sabab birinchidan rus imperiyasi hukumati mustamlaka Turkistonni
maʼrifat yoʻliga kirib borib oʻzini madaniyatini singdirish edi. Ikkinchidan turgʻunlik
va tutqunlik tufayli avj olgan jaholat, mutasaablik.

Xullas 1911-yilda yozilgan "Padarkush"drammasi 1913-yilda bosilib chiqqan.

Kitob jildidagi "Borodino jangi va Rusiyaning fransuz bosqinidan halos boʻlish yubiley
saxnasiga bagʻishlanadi degan yozuv" uning Tiflis senzurasi bilan chop etilishi shuni


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

55

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

koʻrsatadiki ish oson koʻchmagan. [1, 52]

Mahmudxoʻja Behbudiy matbuotni xalqni uygʻotishning kuchli vositasi deb

bilgan. 1906-yilda u “Taraqqiy” nomli gazeta chiqarishda katta rol oʻynagan. Bu
gazetalar orqali u zamonaviy fanlar, siyosiy jarayonlar, xalqaro voqealar va mahalliy
ijtimoiy muammolar haqida yozgan. 1913-yilda esa “Shuhrat” gazetasi nashr etiladi.
Bu nashrlar orqali u xalqda fikrlash madaniyatini shakllantirishga intilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Abdurashidov Zaynobidin. Jadidlar. Mahmudxoʻja Behbudiy. T.: Yoshlar

nashriyot uyi, 2022. 156 b.
2.

AYNIY S. Eski maktab.-Toshkent: Gʻafur Gʻulom. 1988 yil, 183-bet.

3.

AYNIY S. Buxoro inqilobí tarixi uchun materiallar.-Samarqand-Toshkent:SSSR

xalqlarining Markaziy nashriyoti. 1926 yil, 150-bet.
4.

ADULLAYEV Y. Eski maktabda xat-savod oʻrgatish.-Toshkent: Oʻzbekiston.

1960 yil, 550-bet.
5.

ALIYEV A. Mahmudxoʻja Behbudiy.-Toshkent:-Yozuvchi. 1994 yil, 32-bet.

6.

Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va faoliyatining oʻrganilishi. "Ta’limda raqamli

texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari"
ilmiy konferensiya-T.: Rishton XTB, 2023.

Bibliografik manbalar

Abdurashidov Zaynobidin. Jadidlar. Mahmudxoʻja Behbudiy. T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. 156 b.

AYNIY S. Eski maktab.-Toshkent: Gʻafur Gʻulom. 1988 yil, 183-bet.

AYNIY S. Buxoro inqilobí tarixi uchun materiallar.-Samarqand-Toshkent:SSSR xalqlarining Markaziy nashriyoti. 1926 yil, 150-bet.

ADULLAYEV Y. Eski maktabda xat-savod oʻrgatish.-Toshkent: Oʻzbekiston. 1960 yil, 550-bet.

ALIYEV A. Mahmudxoʻja Behbudiy.-Toshkent:-Yozuvchi. 1994 yil, 32-bet.

Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va faoliyatining oʻrganilishi. "Ta’limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari" ilmiy konferensiya-T.: Rishton XTB, 2023.