INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI VA OQIBATLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli makon - internet va ijtimoiy  tarmoqlarning O‘zbekiston yoshlariga ta’siri, xususan, salbiy jihatlari yoritilgan.  Muallif internet va blogerlik faoliyatining ijtimoiy ong, ma’naviyat va psixologik  holatga bo‘lgan ta’sirini statistik ma’lumotlar, xalqaro tajribalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qiladi. Internet foydalanuvchilari sonining keskin ortgani va yoshlar orasida ko‘ngilochar kontentga qaramlik holatlari, diqqatning pasayishi, ruhiy tushkunlik, noto‘g‘ri qadriyatlarning targ‘iboti kabi muammolar ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada media savodxonlik darajasining pastligi salbiy axborot oqimiga qarshi immunitetning sustlashuviga olib kelayotganini ta’kidlash barobarida, yoshlarni raqamli xavfsizlik va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish zarurligi ilgari suriladi. Yakunda esa milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ijobiy axborot muhitini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Karoboyev, S., & Qumiriddinova, M. (2025). INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI VA OQIBATLARI . Universal Science Research Jurnali, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 95–100. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113839
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli makon - internet va ijtimoiy  tarmoqlarning O‘zbekiston yoshlariga ta’siri, xususan, salbiy jihatlari yoritilgan.  Muallif internet va blogerlik faoliyatining ijtimoiy ong, ma’naviyat va psixologik  holatga bo‘lgan ta’sirini statistik ma’lumotlar, xalqaro tajribalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qiladi. Internet foydalanuvchilari sonining keskin ortgani va yoshlar orasida ko‘ngilochar kontentga qaramlik holatlari, diqqatning pasayishi, ruhiy tushkunlik, noto‘g‘ri qadriyatlarning targ‘iboti kabi muammolar ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada media savodxonlik darajasining pastligi salbiy axborot oqimiga qarshi immunitetning sustlashuviga olib kelayotganini ta’kidlash barobarida, yoshlarni raqamli xavfsizlik va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish zarurligi ilgari suriladi. Yakunda esa milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ijobiy axborot muhitini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

95

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA

TA’SIRI VA OQIBATLARI

Karoboyev Suxrob Mustafoqulovich

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti o‘qituvchisi

Qumiriddinova Marjona Samarqand qizi

Zarmed universiteti sirtqi ta’lim Tarix yo’nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi

Annotatsiya

. Ushbu maqolada zamonaviy raqamli makon - internet va ijtimoiy

tarmoqlarning O‘zbekiston yoshlariga ta’siri, xususan, salbiy jihatlari yoritilgan.
Muallif internet va blogerlik faoliyatining ijtimoiy ong, ma’naviyat va psixologik
holatga bo‘lgan ta’sirini statistik ma’lumotlar, xalqaro tajribalar va ilmiy tadqiqotlar
asosida tahlil qiladi. Internet foydalanuvchilari sonining keskin ortgani va yoshlar
orasida ko‘ngilochar kontentga qaramlik holatlari, diqqatning pasayishi, ruhiy
tushkunlik, noto‘g‘ri qadriyatlarning targ‘iboti kabi muammolar ko‘rsatib o‘tilgan.
Maqolada media savodxonlik darajasining pastligi salbiy axborot oqimiga qarshi
immunitetning sustlashuviga olib kelayotganini ta’kidlash barobarida, yoshlarni
raqamli xavfsizlik va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish zarurligi ilgari suriladi. Yakunda esa
milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ijobiy axborot muhitini shakllantirish davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi.

Kalit so'zlar:

internet, ijtimoiy tarmoqlar, media savodxonlik, yoshlar, virtual

dunyo, blogerlik, axborot xavfsizligi, psixologik ta’sir, tanqidiy fikrlash, ma’naviyat,
internet qaramlik, axborot manipulyatsiyasi.

Аннотация

. В данной статье рассматривается влияние современных

цифровых платформ - интернета и социальных сетей - на молодежь Узбекистана,
в частности их негативные стороны. Автор анализирует, как рост числа интернет-
пользователей, особенно среди молодежи, влияет на общественное сознание,
моральные ценности и психологическое состояние. На основе статистических
данных и международных исследований выявлены такие проблемы, как
интернет-зависимость, снижение концентрации внимания, распространение
деструктивных идей и снижение способности критически оценивать
информацию. Особое внимание уделяется низкому уровню медиаграмотности,
что делает молодежь уязвимой перед фейковыми новостями и манипуляциями. В


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

96

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

заключение подчеркивается необходимость развития цифровой культуры и
критического мышления среди молодежи, а также важность укрепления
национальных духовных ценностей в условиях глобальной информационной
среды.

Ключевые слова:

интернет, социальные сети, медиаграмотность,

молодежь, виртуальный мир, блогерство, информационная безопасность,
психологическое воздействие, критическое мышление, духовность, интернет-
зависимость, информационные манипуляции.

Annotation. This article explores the impact of modern digital platforms -

particularly the internet and social media - on the youth of Uzbekistan, with a focus on
negative consequences. The author analyzes how the rapid growth in internet users,
especially among young people, influences public consciousness, moral values, and
mental well-being. Drawing on statistical data and international research, the article
highlights key issues such as digital addiction, reduced attention span, exposure to
harmful content, and a lack of critical thinking skills. The low level of media literacy
among youth is identified as a major factor contributing to vulnerability to
misinformation and manipulation. The article concludes by emphasizing the need to
promote digital literacy, critical thinking, and the preservation of national spiritual
values in an era dominated by global information flows.

Key words:

internet, social media, media literacy, youth, virtual world,

blogging, information security, psychological impact, critical thinking, spirituality,
internet addiction, information manipulation.

Bugungi zamon shiddati hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo

tasavvur etib bo‘lmasligini namoyon etayotir. Aksariyat odamlarning faoliyati internet,
ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo‘layotgan kundalik
yangiliklardan xabardor bo‘lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog‘liq.

Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-

hodisalar, yangiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib
boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo‘lishda esa internet tizimi, mobil telefonlar va
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ko‘plab imkoniyatlarni bermoqda. Bundan
tashqari, o‘zaro ma’lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish,
o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay
vositadir.

Bugungi kunda blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari va inflyuenserlar faoliyati


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

97

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

jamiyatimiz axborot maydonida katta ahamiyatga ega. Ular axborot tarqatish orqali yuz
minglab, millionlab kuzatuvchilarga maʼlumot yetkazadilar va u yoki bu holat
toʻgʻrisida jamoatchilik fikrining shakllanishiga hissa qoʻshadilar. Pirovardida,
jamiyatda ochiqlik, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda
blogerlikning va xalq jurnalistikasining oʻrni muhim.

Tarixga nazar tashlasak,1968 yillarning oxirlarida [DARPA] tomonidan Arpanet

nomli loyiha boshlandi bu dunyodagi birinchi kompyuter tarmogʻi boʻlib hozirgi
zamonaviy internetning asosi boʻldi.

Internet avvaliga ilmiy izlanishlar va harbiy maqsadlar uchun yaratilgan edi

hozirgi kunda esa ijtimoiy tarmoqlardan koʻngil ochar videolar, muloqol, doʻstlar
orttirish, ta'lim, biznes kabi sohalarda faol foydalanilmoqda.

Ilmiy izlanishlar, olimlarning yangiliklardan xabardor boʻlishi uchun yaratilgan

tarmoq bugungi kunda ochiqchasiga faqatgina koʻngilochar tarmoqgina boʻlib
qolmadimi?

Hozirgi kunda milliard foydalanuvchisi bor ijtimoiy tarmoqlar [ instagram,

fasebook, tik tok, twitter, you tube ] yoshlarga qanday ta'sir qilmoqda ular Internet va
ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanishyaptimi degan savol tugʻiladi.

Hozirda 16-24 yoshdagi aholi orasida 42% asosan instagramdan foydalanishadi,

bu ularga nima beradi!

Oʻtkazilgan soʻrovnomalar shuni koʻrsatadiki tarmoqlardan foydalanish asosan

koʻngilochar kantentlar va qisqa roliklardan iborat. Bundan qisqa 30 sekund 1 daqiqalik
har xil mavzudagi roliklar odamda dofamin ishlab chiqaradi va bunga qaramlikka olib
keladi e'tibor qilinishi kerak boʻlgan joyi ham aslida shu.

Hozirgi kunda internetdagi ijtimoiy tarmoq, qidiruv tizimlari va axborot

saytlarning foydalanish va ta’sir doirasini 2018-2021 yillardagi statistikasiga nazar
tashlasak quyidagi diagramma hosil bo‘ladi.

2,1

3,4

3,7

5,7

2,4

2,7

2,8

3,1

1,7

1,9

2,4

3,7

2018 YIL

2019 YIL

2020 YIL

2021 YIL

ijtimoiy tarmoqlar

qidiruv tizimlari


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

98

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Diagrammadan ko‘rinib turibdiki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish keskin

oshib bormoqda. Bu esa insonlarni ijtimoiy hayotdan begonalashib ijtimoiy
tarmoqlardagi virtual olamga berilib ketmoqda va hatto uning qurboniga aylanmoqda.

2011 yilda Xitoyda internetga oʻtirib qolgan yoshlar miyyasining tuzilishida

oʻzgarish borligi, psixologik, akademik va samaradorlik darajasi pasayib ketgani
haqidagi xulosani olishadi. Rostan ham atrofdagi yoshlarni kuzatsangiz ularda xotira
pasayishi, eslab qolish qobiliyatining foizlari tushayotganini, asabiylikni kuzatishingiz
mumkin.

2009 yil Stenford universitetida oʻtkazilgan ( cognitive control in media multi-

tasking) tajribada ham "aqliy susayish va tez chalgʻishga moyillik kuzatilgan"

Germanyada 2019 yilgi (Accelerating dynamics of collective attention)tajriba

ham har xil kantekstga toʻla kantentni koʻrish ( Attention spain ) ya'ni e'tibor doirasini
toraytirishi hawidagi natijani olishgan umuman olganda bunday tajribalar juda koʻp
Texas, Germaniya, Xitoy, Yaponya, Kanada kabi mamlakatlarda oʻtkazilgan va bu
tajribalarga kamida 14, 9, 5 yildan oshgan. Shuncha yildan beri bu kantentlar qanchalik
sayozlashdi ekan.

Har holda bu kantentlarning saviyasi oʻsmagani aniq! Hozirgi kunda shu

kantentlarni yaratuvchi va ommaga taqdim etuvchi, oʻzini bloger deb atuvchi shaxslar
yaxshigina daromad evaziga yoshlar onggiga qanday ta'sir oʻtkazmoqda. Kuzatuvlar
shuni koʻrsatmoqdaki, minglab blogerlarning ichida eng mashxur millionlab
obunachilari bor blogerlarda ya'ni koʻproq yoshlar jamoasiga ega blogerlarda asosiy
mavzu ichkilik, benikoh munosabatlar, chekish, zino, oila degan maskanni oʻyindek
koʻrsatish, haqiqiy erkakni ishida deya yomon illatlarni tadbiq qilish koʻproq. Siz
oʻylashingiz mumkin oilada tarbiyasi yaxshi boʻlsa bu ta'sir qilmaydi deb, shuni
unutmasligimiz kerakki bir qopga solingan qurtlagan olmalar ichiga butun chiroyli
olmani solsangiz vaqt oʻtib uni ham yaroqsiz holga kelib qurtlaganini koʻrasiz.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizga faol kirib kelishi natijasida

fuqarolar tomonidan oʻz fikr-mulohazalarini erkin bildirish imkoniyati kengaydi. Ayni
paytda ushbu mulohazalarni koʻpchilik koʻrishini ham hisobga olish kerak. Shunga
koʻra, shaxsiy fikr ham koʻpchilik koʻradigan manbalarda yozilganida, qonunchilik
talablariga muvofiq, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatiga daxl qilmaydigan, tuhmat va
yolgʻondan xoli tarzda ifodalanishi lozim. Qonunchilik talablarida shaxs qadr-qimmati
kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan, jamoat tartibiga yoki
xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda,


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

99

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda tarqatish mumkin emasligi
belgilangan. Axborot tarqatilayotganda axborot tarqatuvchiga uning haqqoniyligini
tekshirib koʻrish majburiyati qonun bilan yuklangan. Bu butun dunyoda tan olingan
standartdir.

AOKA ma’lumotiga ko‘ra, 2017-2025-yillarda O‘zbekistonda Internet

foydalanuvchilari soni 14,7 mlndan 32,7 mlnga oshgan. Eng ommabop platformalar
orasida:

📱

Telegram — 28 mln;

📱

Odnoklassniki — 19,2 mln;

💻

Facebook — 2,3 mln;

💻

“VKontakte” — 1,5 mln;

🔹

LinkedIn — 850 ming;

🖥

X (Twitter) — 250 ming nafar o‘zbekistonlik foydalanuvchi mavjud.

(https://t.me/daryouz_dunyo_yangilillar_uz/106112 )

Statistikadan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari

sonining so‘nggi yillarda keskin oshgani – 2017-yildagi 14,7 milliondan 2025-yilda
32,7 millionga yetgani – raqamli makonning yoshlar hayotidagi o‘rnining kuchayganini
ko‘rsatadi. Aholining deyarli 90 foizini tashkil qiluvchi foydalanuvchilarning Telegram
(28 mln), Odnoklassniki (19,2 mln) va boshqa platformalarda faol ekani, ayniqsa
yoshlar orasida media kontentni iste'mol qilish hajmi yuqoriligini anglatadi.

Biroq media savodxonlik darajasi past bo‘lgan yoshlar bu axborot oqimida

tanqidiy fikrlash, ishonchli manbani ajrata olish va axborotni tahlil qilish
ko‘nikmalariga ega bo‘lmasligi oqibatida turli salbiy ta’sirlarga duch kelmoqda.
Jumladan:

-

soxta axborot va yolg‘on xabarlarga ishonish,

-

ommaviy psixologik manipulyatsiyalarga berilish,

-

zo‘ravonlik, ekstremizm yoki noto‘g‘ri hayotiy qadriyatlarni targ‘ib

qiluvchi kontentga moyillik,

-

vaqtdan samarasiz foydalanish va psixologik bog‘liqlik (internet qaramlik)

kabi muammolar kuzatilmoqda.

Shu sababli, yoshlar orasida media savodxonlikni oshirish, ularni raqamli

dunyoda xavfsiz va ongli ishtirok etishga o‘rgatish dolzarb masalaga aylangan. Aks
holda, internetning salbiy oqibatlari butun jamiyat ongiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

100

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

ko‘nikmalarini

rivojlantirishda

Davlatimiz

rahbari

Shavkat

Mirziyoyev

ta’kidlaganidek, «...biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida
sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat xazinasi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz
asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga
beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida
bo‘hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o‘z qarmog‘iga
ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday
imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma’naviyatimizni asrash orqali
yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o‘z xalqiga, yurtiga bo‘lgan
muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.

1. B.S.Abdullayeva, Y.Z.Ro‘ziyev, K.V.Ismoilova. Mediasavodxonlik va axborot
madaniyati. Darslik. Toshkent. «Donishmand ziyosi». 2024
2. N.Muratova. Jurnalistika media va axborot savodxonligi. Jurnalistlar va media
sohasidagi ta’lim beruvchilar uchun qo‘llanma. Baktria press. T.,2019.
3. Ya.Mamatova, S.Sulaymanova. O‘zbekiston mediata’lim taraqqiyot yo‘lida. O‘quv
qo‘llanma. Extremum-press, 2015.
4. Shermuxamedova N. Texnika falsafasi (o‘quv-uslubiy majmua) –T.: 2019.
5. Axborot asrida ta’lim-tarbiya / – Toshkent: Akademnashr, 2012.

6. Falsafa ensiklopedik lug‘at. M.Abdullayeva tahriri ostida –T.: 2010.
7. Постноклассик фалсафа ва фанлар методологияси муаммолари. Mонография.
– Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 141 – б
8. Носов Н.А.Виртуальная психология.- М.: Аграф. 2000.
9. htt//www.virtualistika.ru/vip7ap.html
10. https://t.me/daryouz_dunyo_yangilillar_uz/106112

Bibliografik manbalar

B.S.Abdullayeva, Y.Z.Ro‘ziyev, K.V.Ismoilova. Mediasavodxonlik va axborot madaniyati. Darslik. Toshkent. «Donishmand ziyosi». 2024

N.Muratova. Jurnalistika media va axborot savodxonligi. Jurnalistlar va media sohasidagi ta’lim beruvchilar uchun qo‘llanma. Baktria press. T.,2019.

Ya.Mamatova, S.Sulaymanova. O‘zbekiston mediata’lim taraqqiyot yo‘lida. O‘quv qo‘llanma. Extremum-press, 2015.

Shermuxamedova N. Texnika falsafasi (o‘quv-uslubiy majmua) –T.: 2019.

Axborot asrida ta’lim-tarbiya / – Toshkent: Akademnashr, 2012.

Falsafa ensiklopedik lug‘at. M.Abdullayeva tahriri ostida –T.: 2010.

Постноклассик фалсафа ва фанлар методологияси муаммолари. Mонография. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 141 – б

Носов Н.А.Виртуальная психология.- М.: Аграф. 2000.

htt//www.virtualistika.ru/vip7ap.html

https://t.me/daryouz_dunyo_yangilillar_uz/106112