IJTIMOIY XAVF OSTIDAGI OILALAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLASH

Abstract

Ushbu maqolada oila bilan ishlash sogʻliqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi, gerontologiya, huquqiy tizim, mehnat faoliyatini qamrab olgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida olib borilishi hamda oila muammolari bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy ishchi “shaxs va oilaviy muhit”ni asosiy obyekt sifatida e’tiborga olsa-da, biroq vaziyatni baholash jarayoni haqida yoritilgan.

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nazarova, D., & Ismatova, U. (2025). IJTIMOIY XAVF OSTIDAGI OILALAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLASH . Journal of Universal Science Research, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 161–165. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113857
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada oila bilan ishlash sogʻliqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi, gerontologiya, huquqiy tizim, mehnat faoliyatini qamrab olgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida olib borilishi hamda oila muammolari bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy ishchi “shaxs va oilaviy muhit”ni asosiy obyekt sifatida e’tiborga olsa-da, biroq vaziyatni baholash jarayoni haqida yoritilgan.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

161

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


IJTIMOIY XAVF OSTIDAGI OILALAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLASH

Nazarova Dilnoza Oʻrazaliyevna

Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Ismatova Umida Foziljon qizi

Zarmed universiteti talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oila bilan ishlash sogʻliqni saqlash, psixik

salomatlik, bolalar farovonligi, gerontologiya, huquqiy tizim, mehnat faoliyatini
qamrab olgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida olib borilishi hamda oila
muammolari bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy ishchi “shaxs va oilaviy muhit”ni asosiy
obyekt sifatida e’tiborga olsa-da, biroq vaziyatni baholash jarayoni haqida yoritilgan

.

Kalit soʻzlar:

shaxs va oilaviy muhit, ijtimoiy moslashuv, oila bilan ishlash

shaklllari, psixologik yondashuv, mehnat faoliyati, huquqiy tizim.

Аннотация.

В статье обсуждается, как осуществляется работа с семьями в

различных областях социальной работы, включая здравоохранение, психическое
здоровье, защиту детей, геронтологию, правовую систему и занятость, и как
социальный работник, занимающийся семейными проблемами, рассматривает
«индивидуальную и семейную среду» как основной объект, а также процесс
оценки ситуации.

Ключевые слова:

Индивидуально-семейная среда, социальная адаптация,

формы работы с семьей, психологический подход, трудовая деятельность,
правовая система.

Abstract.

This article discusses the way in which family work is carried out in

various areas of social work, including health care, mental health, child welfare,
gerontology, the legal system, and labor activity, and the process of assessing the
situation, although the social worker dealing with family problems considers the
"individual and family environment" as the main object.

Key words:

Individual and family environment, social adaptation, forms of work

with the family, psychological approach, labor activity, legal system.

Bugungi kunda oila bilan ishlashning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud

emas. Koʻpchilik uni oilaviy terapiyaga tenglashtiradi va hatto oilaning barcha yoki bir


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

162

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

necha a’zolarini bir butun holda koʻrib chiqishni koʻzda tutadigan alohida usullar bilan
cheklaydi. Biroq hiyla keng ma’noda oilalar bilan amaliy ish olib borish kelajak nuqtai
nazaridan belgilanadi. Oila bilan ishlashni insoniy mavjudotga ularning yaqin va ancha
keng muhiti bilan munosabatlari doirasida yondoshish, ularning yordamga boʻlgan
ehtiyojlari nuqtai nazaridan koʻrib chiqish sifatida ifodalash mumkin. Bunday
yondoshuv diqqat markaziga oilani qoʻyadi va uni “qiziqishning yagona predmeti”
sifatida ta’kidlaydi. Bu aslo alohida inson nimagadir boʻysunishi kerak degani emas,
bu hatto ijtimoiy ishchi butun oila bilan shugʻullanishi lozim degani ham emas. Bu
insonni tushunish va unga shu insonning oʻzi bir boʻlagi boʻlgan yaqin insonlarining
umumiy tizimi kontekstida yordam koʻrsatish mumkin, deganidir. Bunday tizimning
eng muhimi, odatda, oila boʻladi.

Oila bilan ishlash faqatgina oila va uning a’zolari, oilaviy turmush tarziga ta’sir

ko‘rsatuvchi muhitni o‘rganish bilan cheklanmaydi. U nafaqat oddiy odamlar uchun,
balki oila mansub bo‘lgan yirik ijtimoiy kuch va tizimlar uchun ham ahamiyatli boʻlgan
odam, oila va yaqinlarining o‘zaro munosabati birmuncha muhim ekanligini koʻzda
tutadi. Shuning uchun u umumiy xarakter kasb etadi. Oila bilan ishlovchi mutaxassis
ko‘p vazifalarni bajarishi va turli darajadagi tizimlar bilan ishlashi mumkin. Oila bilan
ishlash sogʻliqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi, gerontologiya, huquqiy
tizim, mehnat faoliyatini qamrab olgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida olib
borilishi mumkin. Oila muammolari bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy ishchi “shaxs va
oilaviy muhit” ni asosiy ob’ekt sifatida e’tiborga olsa-da, biroq vaziyatni baholash
jarayoni va aralashuvda birinchi oʻrinda oila yoki mijozning ijtimoiy muhitini inobatga
oladi. Har qanday oilada tarixiy, tuzilmaviy, ekologik, kommunikativ va hatto
afsonaviy jarayonlar bir vaqtning oʻzida sodir boʻladi. Ijtimoiy ishchilar ba’zi
mezonlarga asoslangancha ushbu holatda qaysi aspektlarga e’tibor qaratish lozimligini
va oila bilan ishlash jarayonida bir aspektdan boshqasiga urgʻu berishni qachon
koʻchirishni tanlashlari mumkin. Biroq ijtimoiy ishchi muntazam ravishda oʻz ishining
sifati va izchilligini kuzatib borishi zarur.

Oila bilan ekologik ishning asosiy maqsadi oila va uning muhiti orasidagi

munosabatda oʻzgarish hosil qilish, ya’ni oila a’zolari oʻz hayotlarining asosiy sohalari
ustidan nazorat va katta hukmronlikka ega boʻlishlari hisoblanadi. Masalan, ba’zi
yomon uyushgan oila koʻpincha xuddi shunday – yomon uyushgan borliq va vaqtda
yashaydilar. Mutaxassis oila va uning muhiti orasida turgʻun oʻzaro munosabat
mavjudligini aniqlab, oilaga uning atrofidagi tizimga quyidagi tarzda ta’sir koʻrsatishda
yordamlashishi mumkin: - noteng yoki javobsiz munosabatni oshkor etib; xizmatlar


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

163

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

toʻgʻrisidagi muzokaralarni olib borib; - boshqa odamlar va ijtimoiy muhit bilan
potensial tarzda murosa qilmaydigan zaif yoki noteng aloqalarni mustahkamlab; -
oilaga uni oʻrab turgan jamiyat va odamlarning afzalliklaridan foydalanishda yordam
berib, masalan, vaqt va imkoniyatni rejalashtirish; - oila va oiladagi kelishuvni
muayyan oilaviy tamoyillar asosida mustahkamlash. Oʻrganishda yana bir muhim
yoʻnalish oilada saqlangan avlodlar orasidagi aloqalar tizimi hisoblanadi. Inson va
uning bugungi kundagi oilasiga koʻp hollarda shu aloqalar ta’sir koʻrsatishidan kelib
chiqilsa, bu ta’sirlarni oʻrganish oilaning bugungi holati va hayotidagi muammolar
sababini yuzaga chiqaradi. Keyin avlodlar orasidagi aloqalar va ularning imkoniyatlari
oilada ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga safarbar etilishi mumkin.

Avlodlar orasidagi aloqalar toʻgʻrisidagi axborot genogramma orqali oʻrganilishi

maqsadga muvofiqdir. U oilaning bor tarixi, qondoshlik aloqalari aks etgan oilaviy
xarita hisoblanadi. Xarita mukammal tuzilganda, u boʻyicha oila hayotidagi barcha
asosiy hodisalarni kuzatish imkonini beradi. Genogramma turli avlodlarning e’tiqodlari
va qarashlari, hayotiy tamoyillari va oilaning atrof olamga qarashi tizimini aks
ettiruvchi soʻrovnoma usuli bilan yaratiladi va kengaytiriladi. Etnografik tadqiqotlar
usuliga oʻxshab soʻrovnoma usuli oila a’zolarini oʻzlari va oʻz olamlarini anglashlarida
yordamlashuvchi oilaviy madaniyatni bilish va qoʻllab-quvvatlashga undashi lozim.
Bunday soʻrovnomalar ushbu oilada ustuvor va hatto faqat bu oilaga tushunarli boʻlgan
muloqotning oʻziga xos tili hisoblanuvchi oilaviy afsonalar, rivoyatlar, tamoyillar, ba’zi
ramziy harakatlar, shuningdek, fikrlash tarzi va e’tiqodlarni diqqat bilan tadqiq etish
imkonini berishi mumkin (Dj.Leard, 1984).

Garchi tadqiqotning bu aspektlari har qanday oila uchun foydali boʻlsa-da, ular

ijtimoiy ishchi uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki bu tadqiqotlar orqali hayotiy
pozitsiyalar, har bir oilada deyarli turlicha boʻlgan qadriyatlar tizimi toʻgʻrisida koʻproq
ma’lumotga ega boʻlish mumkin. Er-xotin juftligi, oilalar yoki odamlarning bir butun
guruhi bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar ularga tadqiqotchi, ba’zida esa oʻz shaxsiy
oilalari genealogiyasining eksperti boʻlishlariga yordamlashadilar. Oilalar afsonalar,
rivoyatlar, oʻz oilasining sirlarini oʻrganadilar, tarixiy xatolarni fosh etadilar va h.k. Bu
turdagi tadqiqotlar natijasida mijozlar oila ichidagi mavjud munosabatlarni qanday
oʻzgartirish mumkinligini belgilaydilar. Ijtimoiy ishchi mijozlarga axloqning turli
imkoniyatlarini oʻrganishda yordamlashadi, oila a’zolari bilan munosabatni
oʻzgartirishning turli strategiyalarini taklif qiladi, qoʻllab-quvvatlashni ta’minlaydi va
natijasini kuzatishga koʻmaklashadi. «Ekoxarita» – Attenev (Atteneave, 1976) va
Xartmanlar (Hartman, 1979) tomonlaridan taklif etilgan texnika. Uning maqsadi –


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

164

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

oilani sxematik tasvirlash va uning ehtiyojlarini hamda boshqa oilalar, ijtimoiy
tashkilotlar va institutlar bilan aloqalarini oʻrganish. Ekoxaritani tuzish uchun mijozlar
atrofida haqiqatda oilaviy muammolarni hal qilishda yordam koʻrsatishlari mumkin
boʻlgan, ammo oila turli sabablarga koʻra ularga murojaat etmagan insonlar
(qarindoshlari, qoʻshnilari, hamkasblari) borligini aniqlab olish kerak.

Bu oilaga yordam koʻrsatuvchi mutaxassislar – oʻqituvchilar, ijtimoiy xodimlar,

shifokorlarga ham taalluqli – ular odatda bir-birlariga ishora qiladilar, ammo hech
qachon uchrashmaydilar. Oilaning tashqi dunyo bilan munosabatlari xaritasini tuzishda
mijozlar uchun hissiy muhim, shu jumladan, hozirda yonlarida boʻlmagan insonlar
aniqlanadi. Mijozlarda bu emotsional qiyinchiliklar tugʻdirsa va «ahamiyatli
boshqalar» roʻyxatini tuzishdan koʻra ancha ahamiyatli boshqa narsadan iborat boʻlsa
ham oila a’zolari oʻrtasidagi munosabatlar oʻrganilishi mumkin. Agar oila a’zolari
ijtimoiy

ishchi

ularning

munosabatlari

murakkabligi

va

chalkashligini

tushunayotganligini anglab etsalar, ular oʻz hayotlari toʻgʻrisidagi koʻngillaridagi
fikrlarini unga bajonidil aytib beradilar. Oilaning ekoxaritasini tuzar ekan ijtimoiy
ishchi u bilan birlashadi, uning a’zosi boʻlib qoladi, goʻyo oila bilan bir umumiy loyiha
ustida ishlaydi. Alohida e’tiborni talab qiluvchi yana bir yoʻnalish oila tizimining
zamonaviy holati hisoblanadi.

Mijozning muammosini aniqlash, ularni yechish lozim boʻlgan muddatlarni

belgilash uchun ijtimoiy ishchining tajribasi va nazariy bilimlari bilan bir qatorda,
oilaning ehtiyoji, tajribasi, madaniy darajasi, qanday sinfga mansubligi, ijtimoiy
xizmatlar bilan aloqasi, oilaning tuzilmasini inobatga olish zarur. Oiladagi oʻzgarishlar
zaruriy hisoblanadi, agar: - oila yomon uyushgan; - oila va atrof olam yoki oila a’zolari,
turli avlod, turli jins vakillari orasida kerak boʻlmagan yoki notoʻgʻri chegaralar
mavjud; - oilada ierarxiyaning parchalanishi kuzatilsa; - noan’anaviy uchburchak yoki
ittifoq yaratilgan, masalan, agar bola er-xotinlik tizimida kattalardan birining oʻrnini
bosayotgan boʻlsa. Odatda, oila va er-xotin juftligi muammosiga yechim topishda,
oiladagi oʻzaro munosabat va muloqotga alohida e’tibor qaratish orqali yordam berish
mumkin. Qat’iy tartibli yoki oila a’zolaridan biri ekstremal, shafqatsiz axloqli boʻlgan
oiladagi vaziyatni oʻzgartirish uchun murakkab yondoshuvlar zarur. Oila tizimi uning
tuzilmaviy, tashkiliy va kommunikativ tomonlarini kuzatish va boshqa usullar
yordamida baholanadi. Oʻz faoliyatining asosiy sohasi oila deb hisoblovchi ijtimoiy
ishchilar mijozlar bilan muloqotda oilaviy aloqalarning stereotipiga ta’sir koʻrsatishga
xarakat qilar ekanlar, mijozlar bilan rasmiy uchrashuvlarda va uyga tashrif buyurishda
ham faol va insoniy boʻlishga intiladilar. Ijtimoiy ishchining muammoga yangicha


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

165

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

yondoshuvi oilani tashvishga soluvchi holatga oila a’zolari tomonidan boshqa jihatdan
yondashishiga undaydi.

Oila a’zolari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish natijasida oiladagi munosabatlar

toʻgʻrisidagi mavjud tasavvurlarni shubha ostiga qoʻyishi mumkin boʻlgan yangi
axborot aniqlanadi. Doiraviy yoki tizimlashtirilgan soʻrovnoma texnikasi yuzaga
kelgan muammolarga munosabatni oʻzgartirishga yordamlashadi. Agar dastlab
muammoni anglash bir odamning simptomlariga asoslangan boʻlsa, bunday
soʻrovnomadan keyin oila a’zolarining bir birlariga munosabati va muloqot kabi
aspektlar inobatga olinadi, shuningdek, oilada kelishuvga erishishga yordamlashuvchi
yoʻllar aniqlanadi. Muammo oilaviy oʻzaro munosabatlarning murakkab tizimi sifatida
ifodalanadi. So‘rovnomalar oila ichida oʻzaro munosabatlarni oʻrganishni oʻz ichiga
oladi va kelgusida muammoga hamda oila amal qilgan qoidalarni oʻzgartirishga olib
keladi. Ijtimoiy ishchi, masalan, oila a’zolariga ushbu oilaning oʻziga xosligidan
foydalangancha ularning hayotlaridan ba’zi sahnalarni oʻynashni taklif qiladi va shu
bilan mijozlar shaxsiy tajribalarida oʻz oilalarining hissiy muhitini oʻrganadilar.

Oʻzaro munosabatlar tizimini oʻrganish doiraviy soʻrovnomaga javobda ham

namoyon boʻladi. Ijtimoiy ishchi oʻz mijozlaridan muayyan vazifani mashgʻulot
vaqtida bajarishni iltimos qilishlari yoki bu vazifani uyga topshiriq qilib berishlari
mumkin. Bu usul, odatda, oilaning tuzilmasi va tashkillashuvini oʻzgartirish uchun
qoʻllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. “Bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti” oʻquv – uslubiy majmua.
Namangan-2024
2. Bolalarni himoya qilish. Parlament a’zolari uchun qo‘llanma. T.: YUNISEF, Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006
3. Bola huquqlari monitoringi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma Mas’ul muharrir A.X.Saidov.
–T.: Inson huquqlari bo‘yiyaa O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2011.
4. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
sharhlar» / Mas’ul muharrir A.X.Saidov – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2008 – 135 b.

References

“Bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti” oʻquv – uslubiy majmua. Namangan-2024

Bolalarni himoya qilish. Parlament a’zolari uchun qo‘llanma. T.: YUNISEF, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006

Bola huquqlari monitoringi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma Mas’ul muharrir A.X.Saidov. –T.: Inson huquqlari bo‘yiyaa O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2011.

“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga harhlar» / Mas’ul muharrir A.X.Saidov – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2008 – 135 b.