ZARMED
UNIVERSITETI
40
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDA JADIDLAR MAVZUSINING O‘QITILISHI
Narmanov Feruz Asfandiyorovich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi”
kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
E-mail:
Annotatsiya.
Mazkur maqolada “O‘zbekiston tarixi” fanida jadidlar harakati
mavzusining o‘qitilishi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur mavzuning
ilmiy-ma’rifiy ahamiyati, ta’lim jarayonidagi o‘rni va metodik yondashuvlari chuqur
tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati XX asr boshlarida O‘rta Osiyo musulmon
jamiyatlarida yuzaga kelgan islohotchi g‘oyalar tizimi bo‘lib, u milliy uyg‘onish,
ma’rifatparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va modernizatsiyalash jarayonlarining asosiy
harakatlantiruvchi kuchi sifatida maydonga chiqdi.
Kalit so‘zlar:
tarix fani, taraqqiyot strategiyasi, ma’rifati jamiyat, ma’rifatli
shaxs, murojaatnoma, milliy tarix, tarixiy tafakkur, ma’naviy taraqqiyot.
Maqolada ushbu tarixiy-siyosiy harakatning O‘zbekiston tarixi fanida o‘qitilish
darajasi, mavzuning o‘quv dasturlari va darsliklardagi yoritilishi, talabalarda tanqidiy
tafakkurni shakllantirishdagi roli hamda amaliy va innovatsion metodlar asosida
o‘qitish samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, jadidlar merosining zamonaviy
tarixiy ong va milliy g‘ururni shakllantirishdagi ta’siri alohida ko‘rib chiqiladi. Ishning
yakuniy maqsadi – O‘zbekiston tarixi fanida jadidchilik harakatini zamonaviy
pedagogik yondashuvlar asosida o‘rgatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat.
Tarixdan ma’lumki, jamiyatdagi kishilar ongi va tafakkuri shakllanishi va
rivojida tarix fani va uni o‘qitish asosiy hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bugun
mamlakatimizda ta’lim tizimi taraqqiyoti o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu
jarayon ta’lim bosqichlarida uzviylikni ta’minlash, ta’limning turli bosqichlari uchun
yaratilayotgan o‘quv-materiallarida ham aks etadi. Mustaqillik yillarida milliy ta’lim
tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy fanlarni o‘qitish tizimini takomillashtirish
mamlakat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan salohiyatli, ma’rifat
bilan sug‘orilgan kadrlar yetishib chiqishi uchun ham xizmat qiladi.
Uchinchi Renessansning mustahkam poydevori yaratilayotgan Yangi
O‘zbekistonda ham tarix fanini o‘rganish va o‘qitish jarayonlari yangi bosqichga
ZARMED
UNIVERSITETI
41
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
qadam qo‘ydi. 2018-yil 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
Majlisga Murojaatnomasida “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda
biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy
o‘zligimizni anglash uchun Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada
ilmiy-tadqiqot ishlarini jonlantirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashimiz lozim”-deya ta’kidlagan edi
1
.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2021-yilning yanvarida
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida ta’kidlangan “Milliy tarixni xalqimiz,
ayniqsa, yoshlarimizga milliy ruhda yetkazish, ularning qalbiga, shuuriga singdirish
kerak. Aks holda, uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq
olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan
qurollantirishimiz zarur”ligi
2
haqidagi fikrlari masalaning nechog‘li dolzab
yekanligidan dalolatdir.
Tarix fanining mamlakat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatining yuqoriligini
inobatga olgan holda bugun mamlakatimizda tariximizni milliy ruhda yaratish
tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bu ayniqsa, asosiy mazmuni O‘zbekistonda
tarix fani sohasi joriy holatining tanqidiy tahlili va mavjud muammolar, ilm-fanni
rivojlantirish, ta’lim-tarbiya tizimi, axborot makoni bilan uzviy bog‘liqligini samarali
yo‘lga qo‘yish talablaridan kelib chiqib, ilg‘or milliy va jahon tajribasini inobatga olgan
holda, bosh maqsadi, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishga qaratilgan
“O‘zbekistonda 2021-2030 yillarda tarix fanini rivojlantirish konsepsiyasi”
loyihasining yangi ishlab chiqilishi va keng jamoatchilik hamda tarixchi olimlar
muhokamasiga taqdim etilishida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Jadidchilik harakati – XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyo musulmon
jamiyatlarida paydo bo‘lgan va butun mintaqaning ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy
hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan islohotchi harakatlardan biridir. Ushbu harakat
vakillari jadidlar, yangi usuldagi maktablar ochib, milliy uyg‘onish, dunyoviy bilimlar,
ijtimoiy adolat va erkinlik g‘oyalarini targ‘ib qildilar. Bugungi kunda jadidchilik
merosi O‘zbekiston tarixining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, uni o‘quv jarayonida
chuqur va tizimli o‘rganish katta ilmiy-ma’rifiy ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganishda jadidchilik harakati alohida e’tibor talab
qiladigan tarixiy-falsafiy va pedagogik mavzudir. Jadidlar faoliyati nafaqat tarixiy
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2018-йил Олий Мажлисга Мурожаатномаси //
https://president.uz/uz/lists/view/4057.
2
Азамат Зиё. Янги Ўзбекистонда миллий тарих ва миллий руҳ // Халқ сўзи. 2021-йил. 24-июль.
ZARMED
UNIVERSITETI
42
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
jarayonlarning ichki dinamikasini tushunishda, balki bugungi demokratik qadriyatlar
va milliy taraqqiyot yo‘llarini anglashda ham muhim kalitlardan biridir. Shu bois,
“Jadidlar harakati” mavzusi “O‘zbekiston tarixi” fanida konseptual o‘quv
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Jadidlar faoliyatini o‘rganish orqali talabalar mustamlaka davridagi murakkab
ijtimoiy-siyosiy vaziyat, xalqning ma’naviy holati, milliy o‘zlikni anglash jarayoni va
ijtimoiy o‘zgarishlarning asosiy bosqichlarini chuqur tahlil qilish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Jadid ziyolilarning ilmiy, madaniy, ma’rifiy va pedagogik faoliyati orqali
ular ijtimoiy fikr rivoji, ta’lim tizimidagi islohotlar va milliy uyg‘onish harakatining
tarixiy ildizlarini anglab yetadilar. Ushbu tarixiy meros hozirgi avlod vakillarida tarixiy
ong, milliy g‘urur, fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini
shakllantirishda muhim tarbiyaviy, mafkuraviy va axloqiy ahamiyat kasb etadi. Shu
jihatdan, jadidchilik harakati nafaqat tarixiy-faktologik o‘rganish obyekti, balki
zamonaviy yoshlarni har tomonlama yetuk, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashda samarali vosita sifatida baholanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi o‘quv dasturlarida
jadidchilik harakati alohida ilmiy mavzu sifatida o‘z aksini topgan bo‘lib, u zamonaviy
tarixiy tafakkur va milliy o‘zlikni anglash jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Jumladan,
“O‘zbekiston tarixi” fanining “XIX asr oxiri-XX asr boshlarida islohotchilik
harakatlari” bo‘limida jadidlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, ularning ma’rifiy va
siyosiy qarashlari o‘rganiladi. Shuningdek, “Madaniyat tarixi”, “Tarixiy
manbashunoslik” kabi mutaxassislik fanlarida jadidlar yaratgan ilmiy, badiiy va
publitsistik asarlar asosiy tarixiy manba sifatida tahlil etiladi. Bu esa talabalarni tarixiy
tafakkurga o‘rgatish, manba bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish hamda milliy
g‘oya va qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb
etadi.
Jadidchilik harakati tarixi maktab darsliklarida 1990-yillarning ikkinchi
yarmidan boshlab, ya’ni O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin bosqichma-
bosqich o‘z o‘rnini egallay boshladi. Mustaqillik yillarida tarixiy haqiqatni tiklash,
milliy qadriyatlar va madaniy merosni qayta baholash jarayonida jadidlar faoliyatiga
bo‘lgan yondashuv tubdan o‘zgardi. Avvalgi, ya’ni sovet davrida, jadidchilik harakati
darsliklarda deyarli yoritilmagan, ularning islohotparvarlik faoliyati esa ideologik
nuqtai nazardan buzib talqin etilgan. Jadidlar aksariyat hollarda “burjua millatchilari”,
“reaksion kuchlar vakillari” sifatida ko‘rsatilgan va ularning ilmiy, ma’rifiy va madaniy
xizmatlari inkor etilgan. Mustaqillikdan so‘ng esa ularning milliy uyg‘onishdagi o‘rni,
ZARMED
UNIVERSITETI
43
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ma’naviy-ma’rifiy merosi, xalqni ozodlikka undagan faoliyati tarixiy-huquqiy asosda
qayta ko‘rib chiqildi va O‘zbekiston tarixining ajralmas qismi sifatida maktab va oliy
ta’lim darsliklarida alohida mavzu sifatida o‘rgatilmoqda
3
.
1996-1999-yillar oralig‘ida O‘zbekiston tarixini o‘qitish bo‘yicha tub islohotlar
amalga oshirildi va ushbu yillarda mustaqillik mafkurasi hamda milliy g‘oyalar asosida
yaratilgan yangi avlod tarix darsliklari tayyorlandi. Bu darsliklar ilgari sovet mafkurasi
ta’sirida shakllangan yondashuvdan farqli o‘laroq, o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixiy
taraqqiyot yo‘lini, milliy davlatchilik an’analarini, ozodlik va istiqlol uchun olib
borilgan kurashlarni ob’ektiv, adolatli yoritishga qaratildi. Jumladan, ularning
mazmunida jadidchilik harakati, mustamlakachilikka qarshi kurash, istiqlol g‘oyalari,
milliy o‘zlikni anglash jarayonlari keng yoritilib, o‘quvchilarda tarixiy ong va
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsad qilindi. Bu darsliklar O‘zbekiston
tarixini milliy nuqtai nazardan o‘rganishga asos bo‘ldi.
“O‘zbekiston tarixi” fani darsliklarida “XIX asr oxiri–XX asr boshlarida ma’rifiy
islohotlar va jadidlar harakati” mavzusi alohida bo‘lim sifatida kiritilgan bo‘lib, bu
orqali o‘quvchilarga o‘zbek tarixining murakkab, ammo muhim davrlaridan biri
bo‘lgan jadidchilik harakati haqida chuqur va tizimli bilim berish ko‘zda tutilgan.
Mazkur mavzuda jadidlarning mustamlaka siyosatiga qarshi fikr va amalda olib borgan
faoliyati, ularning ta’lim-tarbiya, matbuot, adabiyot va san’at sohasidagi yangilanishga
oid sa’y-harakatlari, zamonaviy milliy o‘zlikni shakllantirishga qo‘shgan hissasi
yoritiladi
4
.
Shuningdek, bu bo‘lim orqali o‘quvchilarda milliy ong, ma’naviy merosga
hurmat, va zamonaviylik ruhidagi yangilanishlarga ochiqlik g‘oyalari shakllantiriladi.
Jadidchilik harakati tarixining darsliklarga kiritilishi, yosh avlodni Vatan ravnaqi uchun
mas’uliyatli, fikrlovchi va ongli fuqarolar etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Jadidlar faoliyati o‘zbek milliy uyg‘onish harakati tarixida muhim bosqichlardan
biri sifatida qaralib, ularning ilmiy, ma’rifiy va ijtimoiy faoliyati XIX asr oxiri – XX
asr boshlarida boshlangan mustamlakachilikka qarshi fikriy-madaniy qarshilik harakati
doirasida keng va tizimli tarzda yoritib kelinmoqda. Ular zamonaviy dunyoqarashni
ilgari surish, xalqni jaholat va savodsizlikdan chiqarish, milliy o‘zlikni saqlab qolish,
yangicha ta’lim tizimini joriy etish orqali jamiyatda uyg‘onish, madaniy va siyosiy
3
Бобобеков Ҳ., Раҳимов Ж., Содиқов Ҳ. Ўзбекистон тарихи (XIX асрнинг иккинчи– XX асрнинг бошлари). –
Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – Б. 187-200.
4
Tillaboyev S., Zamonov A. O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari). 9-sinf uchun darslik /
Mas’ul muharrir: D.A. Alimova. – Toshkent: Sharq, 2019. – B. 87-101.
ZARMED
UNIVERSITETI
44
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
o‘zgarishlarga zamin yaratishga intildilar. Jadidlar faoliyatining o‘rganilishi ularning
o‘z davri sharoitidagi ma’naviy jasorati, tafakkur yangiligi va mustamlaka tuzumiga
qarshi intellektual kurashini chuqurroq anglash imkonini beradi. Shu bois, mazkur
harakat o‘zbek tarixshunosligida nafaqat pedagogik va madaniy, balki ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarning uzviy qismi sifatida o‘rganilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston tarixi fanida jadidlar mavzusining o‘qitilishi
mustamlaka davrida yuzaga kelgan milliy uyg‘onish harakati, xalq ma’naviyati va
zamonaviylik sari intilgan ijtimoiy-siyosiy tafakkurning shakllanishini anglashda
muhim ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Jadidlar harakati – o‘zbek tarixida erkinlik,
taraqqiyot va milliy mustaqillik g‘oyalarining dastlabki shakllanish bosqichi bo‘lib,
ularning faoliyati orqali zamonaviy fuqarolik jamiyati, milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy
mas’uliyat va ma’rifatparvarlik qadriyatlari asosida o‘quvchilarda tarixiy tafakkur
shakllantiriladi.
Shu bois, bu mavzuning umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim
muassasalari tarix darsliklarida chuqur va tizimli tarzda yoritilishi, yangi pedagogik
yondashuvlar asosida talabalarga yetkazilishi zarurdir. Jadidchilik tarixining
o‘rgatilishi nafaqat o‘tmishni tushunishga, balki bugungi kunda yurt taraqqiyoti yo‘lida
ilgari surilayotgan g‘oyalar bilan uzviy bog‘liqligini anglashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash
.
https://lex.uz/ru/docs/-
5030957.
2. “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” // Халқ сўзи.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risidagi” PF-60 sonli Farmoni.
4. Азамат Зиё. Янги Ўзбекистонда миллий тарих ва миллий руҳ // Халқ сўзи. 2021-
йил. 24-июль.
5. Tillaboyev S., Zamonov A. O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr
boshlari). 9-sinf uchun darslik / Mas’ul muharrir: D.A. Alimova. – Toshkent: Sharq,
2019. – B. 87-101.
6. Бобобеков Ҳ., Раҳимов Ж., Содиқов Ҳ. Ўзбекистон тарихи (XIX асрнинг
иккинчи– XX асрнинг бошлари). – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – Б. 187-200.
