XORIJ OLIMLARINING ILMIY IZLANISHLARIDA STRESS MUAMMOSI

Аннотация

 Mazkur maqolada xorij olimlari tomonidan olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida stress masalasi borasidagi fikr-mulohazalari va stressga munosabatlarining xususiyatlari yoritilgan. 

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Eshmonov, O. (2025). XORIJ OLIMLARINING ILMIY IZLANISHLARIDA STRESS MUAMMOSI . Журнал универсальных научных исследований, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 149–155. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113859
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

 Mazkur maqolada xorij olimlari tomonidan olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida stress masalasi borasidagi fikr-mulohazalari va stressga munosabatlarining xususiyatlari yoritilgan. 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

149

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

XORIJ OLIMLARINING ILMIY IZLANISHLARIDA STRESS MUAMMOSI

Eshmonov Otabek Baxriddin oʻgʻli

SamDU Amaliy psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa

doktori (PhD)

Annotatsiya.

Mazkur maqolada xorij olimlari tomonidan olib borgan ilmiy

izlanishlari natijasida stress masalasi borasidagi fikr-mulohazalari va stressga
munosabatlarining xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

stress, stress muammosi, stressli holat, stress va emotsiya.

Aннотация.

В статье освещаются взгляды зарубежных ученых на

проблему стресса и особенности их отношения к стрессу как результат их
научных исследований.

Ключевые слова:

стресс, проблема стресса, стрессовая ситуация, стресс и

эмоции.

Abstract.

The article examines the views and attitudes of foreign scientists on

the problem of stress, as well as the characteristics of their response to stress based on
their scientific research.

Key words.

Stress, stress problem, stressful situation, stress and emotions.


Zamonaviy psixologik adabiyotlarda “stress” va “stressga barqarorlik”

atamalarining turli izohlari keltirilgan. Ingliz tilida tarjima qilingan “stress” so‘zi
“iskanjaga olish, bosim, zo‘riqish” ma’nolarini bildiradi. Psixologik lug‘atda stressga
quyidagicha izoh berilgan: “inson yoki hayvonning kuchli ta’sir ostida paydo bo‘luvchi
zo‘riqish holatidir” [6]. B.G.Mesheryakov tomonidan stressga quyidagicha ta’rif
berilgan: strees - “insonning kundalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan bir muncha
murakkab, qiyin sharoitlarda va muhim vaziyatlarda paydo bo‘ladigan psixik zo‘riqish
holatidir”[4].

Shaxsning kundalik hayotida turli muammolarga va murakkab vaziyatlarga duch

kelishi tabiiy hol hisoblanadi. Paydo boʻlgan muammolar stressni yuzaga keltirib
chiqaradi. Stresslarning haddan ziyot ortib ketishi inson salomatligining buzilishiga,
psixik barqarorlikning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Stress inson psixikasida bosimni,
tanglikni hamda zo‘riqishni keltiradi. Ushbu terminni G.Sele qo‘llagan bo‘lib, uning
fikriga ko‘ra, stress organizmga ko‘rsatilgan tashqi ta’sirga nisbatan nospesifik javob


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

150

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

reaksiyasi yoki moslashuvning nospesifik simptomi hisoblanadi. Stressga qarshi
ko‘rsatilgan ta’sirga bog‘liq holda stress ikki holatda yuzaga chiqadi. Agar stress
insonga ijobiy ta’sir qilsa «eustress», salbiy ta’sir qilsa «distress» deyiladi. Eustress
holati indvidga ijobiy ta’sir qilgan holda uni faoliyatini samarali bo‘lishiga olib kelsa,
distress holati esa individga salbiy ta’sir qilgan holda uning psixik zo‘riqishiga sabab
bo‘ladi [8].

Bizni fikrimizcha, G.Selening yuqoridagi stress borasida bildirgan fikrlari va

ularning har biriga bildirilgan ilmiy psixologik ta’rifi muhim ahamiyat kasb etadi
hamda mazkur bosqich bo‘yicha bilimga ega bo‘lish shaxsda yuzaga keladigan
stresslarni boshqarish, qarshi kurashish va stressga moslashish ko‘nikmalarini
shakllantirishga yordam beradi. Odatda, stressni uyg‘otadigan omillar nihoyatda ko‘p
bo‘lib, ularning ta’sir etish mexanizmlarini har tomonlama o‘rganib chiqish, turli-
tuman distresslardan himoyalanishda asqotadi.

Insonning psixik sohasi uning ijtimoiy hayotining faol jarayonida asosiy o‘rinni

egallaydi va bunda aynan psixologik stress boshqaruv jarayonida muhim ahamiyatga
ega. Psixologik stress shaxs psixikasida yuzaga kelayotgan jarayonlar bilan uzviy
bog‘liq bo‘lib, shaxs tomonidan o‘zining murakkab ekstremal holatini o‘ziga xos
ko‘rinishda aks ettirishdan iborat bo‘lgan psixik holat bo‘lib, vaziyatning
favquloddaligi, insonning yuzaga kelgan vaziyatga munosabati va uning
murakkabligini baholashi bilan belgilanadi. Vaziyatning kutilmaganda o‘zgarishi,
tayyorgarlikning yo‘qligi, vaqtni yetishmasligi, ishning yuqori ahamiyatga ega
ekanligi, shuningdek, topshiriq uchun shaxsiy mas’uliyat kabi holatlar psixologik
stressga olib keluvchi vaziyatlar hisoblanadi [5].

K.V.Sudakovning yuqoridagi bildirgan fikrlari asosida aytish mumkinki, inson

stress holatiga tushganda bir qator psixologik belgilar bo‘lishi, vahima, qo‘rquv, hissiy
tashvish va xovotir, charchoq, befarqlik, asabiylashish, sabrsizlik, norozilik, aybdorlik
va yolg‘izlik hissi kabi holatlarni boshidan kechirishi mumkin. Shuningdek, shaxsning
psixologik funksiyalarining o‘zgarishi, tafakkurning sekinlashuvi, diqqatning
beqarorligi, xotiraning pasayishi kabi holatlar stressni boshqarish va unga qarshi
kurashishda qarshi tura olish qilishi mumkin.

A.N.Amilina o‘zining «Stress i zashita ot stressa» nomli ilmiy asarida quyidagi

fikrlarni bildiradi: «Psixologik stress muhim psixik holat sifatida individ tomonidan
qiyin, ekstremal vaziyatlarni aks ettirish natijasida yuzaga kelgan holat hisoblanib,
psixik aks ettirish faoliyat jarayoni bilan shartlanadi. Faoliyat jarayonida motivlar
emotsional kechinmalar bilan to‘ldirilib, psixik bosim holati paydo bo‘lishi va


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

151

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

kechishida muhim o‘rin tutadi. Bu jarayon emotsional bosim yoki emotsional stress
sifatida talqin qilinadi».

Shunga ko‘ra, psixologik stress hissiy stress va axborot stressi kabi turlariga

ajratiladi. Hissiy stress ijtimoiy, psixologik, kasbiy xarakterga ega bo‘lgan ekstremal
omillar ta’sirida yuzaga keluvchi kuchli psixofiziologik zo‘riqish holati hisoblanadi.

Bizning fikrimizcha, hissiy stresslar insonlar ish faoliyatida, hayotiy

munosabatlarda salbiy psixologik holatlarni keltirib chiqaradi. U insonda quvvat va
shaxsiy resurslarining yo‘qolishiga sabab bo‘lishi va insonlarning hayotga qiziqishini
pasaytirishi, atrofdagi insonlarga nisbatan negativ munosabatni shakllanishi oqibatida
faqat salbiy tarafini ko‘rishga olib kelishi mumkin. Aytish joizki, bunday holatlar
shaxsda ish unumdorligining susayishi kuzatiladi, ishga bo‘lgan xohishning pasayishi,
uning o‘ziga bo‘lgan bahosi va ishonchning yo‘qolishi, o‘zidan qoniqmaslik hissining
kuchayishi kabi holatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

L.A.Kitaev-Smik tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida quyidagi

fikrlarni bildiradi: «Axborot stressini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ob’ektiv,
sub’ektiv va ijtimoiy muhit ko‘rinishlariga ajratiladi».

Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlarga tayangan holda yoshlarni internet saytidan

zarur axborotlarni olish, o‘rganish va tahlil qilishga yo‘naltirish, ommaviy axborot
vositalari materiallarini o‘qish, o‘rganish va ularni amalda qo‘llashda samarali
foydalanishlari uchun ularning psixologik tayyorlash, ommaviy axborot vositalari
materiallarini to‘g‘ri idrok etishlari uchun tushuntirish ishlarini olib borish hamda
axborot manbalariga nisbatan ijobiy yondoshishni shakllantirishga oid tadbirlarni
o‘tkazish lozim.

Ye.P.Ilinning fikriga ko‘ra, stresslarni shartli ravishda fiziologik va psixologik

ko‘rinishlariga ajratish mumkin, chunki fiziologik stressda doimo psixik elementlar
mavjud bo‘lsa, psixik stress esa fiziologik o‘zgarishsiz kechmaydi [2].

S.A.Razumov o‘zining ilmiy izlanishlari natijasida stressni to‘rt guruhga ajratgan

bo‘lib, birinchidan, aktiv faoliyat stresslari – ekstremal, ish faoliyati, shaxs
motivatsiyalari (bellashuvlar, tortishuvlar); ikkinchidan, baholash stressorlari – kelajak,
hozirgi va o‘tgan faoliyatni baholash, oldindagi faoliyatdan xavfsirash, o‘tgan
qiyinchiliklarni eslash; uchinchidan, faoliyatning nomuvofiqligi stressorlari – ajralish
stresslari (oiladagi nizolar, ishdagi qiyinchiliklar), kundalik muloqot yoki faoliyatdan
chegaralovchi kasallik, fiziologik nuqsonlar; to‘rtinchdan, jismoniy va tabiiy stressorlar
– jismoniy jarohatlar, qorong‘ulik, qattiq ovoz, balandlik, issiqlik, zilzila va boshqalar.

Ko‘pchilik psixologik olimlar o‘z izlanishlariga asoslanib, stress holatini


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

152

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

quyidagi belgilarini ko‘rsatib o‘tganlar: birinchidan, stressning somatik belgilari: yurak
urishi, siqilish, ko‘krak og‘rishi, ovqat hazm qilishdagi qiyinchilik, nafas olishning
qiyinchiligi,ko‘p terlash, oshqozon va ichak kasalliklari, qayd qilish, qaltirash, titrash,
teridagi allergiya, hushdan ketish, gripp, eski kasallikni qaydishi, ich qotishi, tez-tez
shamollash va boshqalar; ikkinchidan, stressning emotsional belgilari: kayfiyat
o‘zgarishi, xavotirlanish (tez-tez), tez jahl chiqishi, emotsional zo‘riqish, loqaydlik,
asabiylashish, o‘zini yordamsiz his qilish, o‘ziga ishonch yo‘qolishi, o‘zini past
baholash, diqqatning pasayishi; uchinchidan, stressning hulq-atvor belgilari:
harakatning nomutanosibligi, zo‘r berishning kuchayishi, yomon ishlash, chekish (tez-
tez), ichkilikka zo‘r berish, dorilarga bog‘lanib qolish, ovqat ko‘p yeyish yoki
ishtahasizlik, uyqudagi muammolar, vaqtni yaxshi rejalashtira olmaslik, muomaladagi
o‘zgarishlar, yolg‘izlikka intilish, ishlarni orqaga surish, o‘ziga e’tibor bermaslik va
to‘rtinchidan, stressning kognitiv belgilari: diqqatning yo‘nalganligini susayishi,
diqqatni buzilishi, xotiraning pasayishi, reaksiyaning nazorat qilinmasligi, xatolarning
ko‘payishi, rejalashtirish qobiliyatining pasayishi va hokazolar.

Nazarimizda, yuqorida keltirilgan stress belgilari insonning jismoniy va aqliy

yuklamalarining me’yoridan oshishi favqulotda holatlarda, chorasiz qolganda, yechim
topishga qiynalgan va hissiy zo‘riqish vaqtida namoyon bo‘ladi, bu esa inson oldiga
katta muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, har bir inson stressni aniqlash va
unga qarshi kurashish malakasini egallashi uchun psixologik bilimlardan xabardor
bo‘lishi lozim.

S.A.Babanov o‘zining «Professionalnoe faktorы i stress» nomli maqolasida

stressning hissiy so‘nish sindromiga to‘xtalib, quyidagi fikrlarni bildiradi: «Stress bilan
bog‘liq hissiy bosimning ortishi shaxsda xavotir, depressiya, hissiy so‘nish sindromi,
psixosomatik buzilishlarning namoyon bo‘lishiga olib keladi. Hissiy so‘nish
sindromining rivojlanishida muhim bo‘lgan uchta asosiy omillar bo‘lib, birinchisi –
shaxsiy omillar psixologik beqaror, introvert, fanatiklik kabi xususiyatlar bilan
ifodalanadi. Ikkinchi omil –hissiy so‘nishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi hamda
mas’uliyat jarayoni hissiy so‘nish sindromi rivojlanishini chegaralaydi. Mas’uliyatning
noaniqligi esa ish yuklamasining ko‘p emasligidan qat’iy nazar, mazkur omilning
kuchayishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, jarayonda o‘zaro hamkorlik, uyg‘unlikni
yo‘qligi hamda nizolarning mavjudligi hissiy so‘nish sindromi rivojlanishiga imkon
beradi. Hissiy so‘nishga sabab bo‘luvchi uchinchi omil–tashkiliy omillar yuklamaning
yuqoriligi, ijtimoiy yordam hamda rag‘batlantirishni yetarli emasligi, faoliyatning bir
xilligi va istiqbolning mavhumligi kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi» [9].


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

153

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

D.M.Gushin o‘zining tadqiqot ishlarida stress – frustrativ holatlarni akmeologik

profilaktika qilish ahamiyatini o‘rgangan bo‘lib, unda stress – frustrativ holatlarga
barqarorlik, psixik bosim darajasi, shaxs xususiyatlari va frustrativ holatlar turiga
bog‘liq ekanligi haqida fikr yuritgan. Shuningdek, u turli ko‘rinishdagi frustrativ
vaziyatlarni ajratib ko‘rsatgan: maqsadga erishish yoki ehtiyojni ta’minlashda kerakli
vositaning yo‘qligi, yaqin kishisini yo‘qotish, nizo va boshqalar. Shu bilan birga,
stressning frustratsion holati turli to‘siqlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkinligini ham
ta’kidlaydi, ular passiv yoki aktiv tashqi qarshiliklar, passiv yoki aktiv ichki
qarshiliklar. Stress – frustratsiyalar ta’sirida stress holatida kuchli reaksiya,
moslashuvchan, nevrotik reaksiyalar, ya’ni xavotir, isterika, fobiya, depressiya,
ipoxondriya, nevrosteniya kabi psixologik buzilishlarni kuzatish mumkin [1].

O.V.Lozgacheva o‘zining dissertatsion ishlarida talabalar kasbiy kamolotida

stressga barqarorlikni shakllantirish borasida ilmiy izlanishlar o‘tkazgan. O‘zining
tadqiqot ishi natijalariga asoslangan holda stressga barqarorlikning nazorat, adekvatlik
darajasi, muloqot kompetentligi, axloqiy me’yor, psixik barqarorlik va hissiy qulaylik
kabi xususiyatlar bilan aloqadorligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u ilmiy tadqiqoti
natijasida

talabalarda

stress

barqarorligiga

xavotir,

o‘zini

baholash,

muvaffaqiyatsizlikdan qochish, muloqot malakalarining rivojlanganligi ham ma’lum
darajada ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildiradi [3].

Aytish mumkinki, muallifning olg‘a surgan konsepsiyasida stressga barqarorlik

insonning kundalik hayotiy jarayonidagi ekstremal omillar ta’siriga moslashishning
zaruriyat ekanligi bilan tasniflanadigan insonning murakkab xislati bo‘lib, ularning
faolligi organizm va shaxs psixikasining funksional holati ko‘rsatkichlarida yuzaga
kelishi nazarda tutiladi.

Sport psixologiyasi sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan biri

A.S.Puni sportga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan sportchi
talabalarning imtihon va musobaqalardan oldingi aqliy mobil tayyorgarlik darajasiga
e’tibor qaratgan. Uning fikriga ko‘ra, bu holatlar boshqa faoliyat sohalarida ham
uchraydi, ayniqsa aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxlarda ham uchraydi, bu
holatga muallif talabalarning imtihon oldi tayyorgarlik olimning katta anjumanlarda,
nufuzli doirada ilmiy ishini ma’ruza qilishdan oldingi va dissertatsiyani himoya
qilishdan oldingi jarayonlarni misol qilib ko‘rsatadi. U bu holatni bir necha soatdan
tortib bir necha kungacha davom etishi mumkinligini ta’kidlab, bu vaqtda inson yuzaga
keladigan barcha qiyinchiliklarga chiday olishini va u o‘zini shu vaziyatga tayyorlaydi
deb aytadi. Bu tayyorgarlik salbiy hissiy holatga tushmaslik uchun shaxsdan katta iroda


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

154

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

kuchini talab etadi. Bu holatda insonning hatti-harakati muvaffaqiyat yoki
muvaffaqiyatsizlikka emas, balki o‘z harakatlarini nazorat qilishga yo‘nalgan bo‘ladi
va u mazkur faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zidagi barcha
imkoniyatlarni to‘liq sarflashga harakat qilishida namoyon bo‘ladi [7].

Aytish joizki, stress holatidagi odamlar bilan ishlash jarayonida ushbu

muammoni bartaraf etish uchun psixokorreksiyaga tegishli usullar, psixologik
o‘yinlardan foydalanish muhim hisoblanadi. U ko‘p variantli yoki tuzatuvchi va
rivojlantiruvchi yo‘nalishda ham qo‘llanilishi mumkin. Asosiysi, bu dastlabki tashxis
ma’lumotlariga asoslanib, psixokorreksiya yo‘nalishlarini aniqlab olishi va shaxsning
ijtimoiy-demografik, individual va yosh xususiyatlari, stressli holatning ahamiyatlilik
darajasi, ijtimoiy muhitdagi vaziyat xususiyatlari psixokorreksiya jarayonida hisobga
olish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Demak, xulosa sifatida aytish mumkinki, psixologiyada stress muammosi

borasida olib borilgan tadqiqot ishlarida uning paydo bo‘lishi, bosqichlari sifatida
xavotirlik, rezistentlik va tugash bosqichlari, stressning fiziologik hamda psixologik
turlari, stressning somatik, hissiy, xulq-atvor va kognitiv belgilari to‘g‘risida fikr-
mulohazalar va g‘oyalar ilgari surilgan.

Shuningdek, ko‘plab xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari asosida stress borasida

bir qator yondashuvlar, jumladan stressning namoyon bo‘lishida shaxsning ichki va
tashqi ta’siri, stressga moyillikning irsiy jihatlari, stressga qarshilik ko‘rsatish,
stressning paydo bo‘lishida xavotirlanish holatlarining nazariy jihatlari asoslab
berilgan. Stress muammosi bo‘yicha rus psixologlarining tadqiqot ishlarida stressga
frustratsion yondashuv, stressga barqarorlik holati, stressda reaktiv xavotirlik omillari,
stress holatini o‘quv va imtihon jarayoniga ta’siri, stressning hissiy holati, faollikka va
kayfiyatga ta’siri masalalari ilmiy jihatdan o‘rganilgan va ilmiy g‘oyalar, tavsiyalar,
ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Гушин Д.М. Акмеологическая профилактика стресс-фрустрационных
состояний специалистов спецподразделений. Авторефер. дисс. канд. психол.
наук. 19.00.13 -М. 2013.
2. Илин Е.П. Психофизиология состояний человека. - СПб.: Питер, 2005. - 412 с.
3.

Лозгачева,

О.В,

Формирование

стрессоустойчивости

на

этапе

профессионализации. Дис.... канд. психол. наук: 19.00.03. -Екатеринбург, 2004.
189 с.
4. Meщеряков Б.Г. Большой психологический словарь/ Б.Г.Meщеряков. -М.:


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

155

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Прайм-Еврознаk, 2008.-421с.
5. Психоэмоциональный стресс. Под ред. К.В.Судакова. М, 1992. 236с.
6. Психология: Словарь. Под ред. А.В.Петровского и М.Г. Ярошевского. - М.:
Политиздат. 1990. - 315 с.
7. Пуни А.Ц. Состояние психической готовности к соревнованиям в спорте
//Психология и современный спорт. - М., 1993. – С. 12-24.
8. Селе Г. Стресс без дистресса. -М.: Прогресс, 1979, 124 с.
9. Щербатых Ю.В. Вегетативные проявления экзаменационного стресса:
Автореф. дис.... канд. наук. -М., 2001.

Библиографические ссылки

Гушин Д.М. Акмеологическая профилактика стресс-фрустрационных состояний специалистов спецподразделений. Авторефер. дисс. канд. психол. наук. 19.00.13 -М. 2013. Лозгачева,

Илин Е.П. Психофизиология состояний человека. - СПб.: Питер, 2005. - 412 с.

О.В, Формирование стрессоустойчивости на этапе профессионализации. Дис.... канд. психол. наук: 19.00.03. -Екатеринбург, 2004.

с.

Meщеряков Б.Г. Большой психологический словарь/ Б.Г.Meщеряков. -М.: