ZARMED
UNIVERSITETI
136
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
“OMMAVIY MADANIYAT” VA MA’NAVIY HAYOTDAGI
GLOBALLASHUV JARAYONLARI
Kuchkarova Fazilat Xankeldiyevna
Samarqand Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent
Isroilova Dilshoda, Xamitova Moxigul
Samarqand Zarmed universiteti talabalari
Annotatsiya.
Maqolada globallashuv jaryonlari, kommunikatsiya vositalari
inson tafakkuri, jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri, ma’naviy hayotdagi globallashuv
jarayonlari,hamda ommaviy madaniyatning ma’naviy hayotga zararli ta’sirlari
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
globallashuv, kommunikatsiya, sivilizatsiya, ilm – fan, madaniyat,
ommaviy madaniyat, ta’lim va axloq.
Аннотация.
В статье освещаются процессы глобализации, средства
коммуникации, их влияние на человеческое мышление и развитие общества,
процессы глобализации в духовной жизни, а также вредное влияние массовой
культуры на духовную жизнь.
Ключевые слова
: глобализация, коммуникация, цивилизация, наука,
культура, массовая культура, образование и этика.
Abstract.
The article covers the processes of globalization, the influence of
communication tools on human thinking and the development of society, the processes
of globalization in spiritual life, and the harmful effects of mass culture on spiritual life.
Key words
: globalization, communication, civilization, science, culture, popular
culture, education, and ethics.
Hozirgi davr jahon miqyosida globallashuv jarayoni kuchayayotgan,
insoniyatning axborotlashgan jamiyat bosqichiga o‘tishi tobora chuqurlashib
borayotgan davrdir. Tezkor axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanishi natijasida dunyodagi turli xalq va elatlar orasida globallashuv jarayonlari
sodir bo‘layotgan vaqtda butun insoniyat, jumladan xalqimiz ham ma’naviyatga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli mafkuraviy tahdidlar ostida yashamoqda.
Bugungi kunda globallashuv insoniyat jamiyati taraqqiyoti va ijtimoiy
jarayonlarning jahon miqyosida integratsiyalashib, olamshumul ahamiyat kasb etib
ZARMED
UNIVERSITETI
137
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
borishini o‘zida ifodalovchi tushuncha bo‘lib, globallashuv kommunikatsiya
vositalaridagi tub o‘zgarishlar, investitsiyalardagi yangi jarayonlar, dunyoga yangicha
qarashning vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Globallashuv muayyan hodisa,
jarayonning ko‘plab mintaqalar, davlatlar va butun yer yuzini qamrab olganini hamda
ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanligini anglatuvchi tushunchadir.
Bugungi kunda globallashuv zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotining muhim
xususiyatini o‘zida ifodalab, u jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy va
ma’naviy – mafkuraviy sohalarini qamrab oladi. Hech qanday milliy chegaralarni tan
olmaydigan, dunyoda umumiy texnologik va axborot maydoni yuzaga kelayotganini
ifodalovchi texnologik globallashuv, ijtimoiy – siyosiy jarayonlarni o‘zida ifodalovchi
siyosiy globallashuv, fan, madaniyat, ta’lim va axloq sohasidagi jarayonlarni
ifodalovchi ijtimoiy – madaniy globallashuv jarayonlari sodir bo‘lmoqda.
Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati uning mafkuraviy ta’sir
o‘tkazish vositasi sifatida g‘oyaviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishidir. Globallashuv
jarayoni ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatib, alohida mamlakatlarni
jahon hamjamiyati bilan bog‘laydi. Bugungi kunda globallashuv jamiyat
taraqqiyotidagi qonuniy tarixiy jarayon bo‘lib, globallashuv jarayoni insoniyat jamiyati
yangi sivilizatsiyaviy sifat o‘zgarishini o‘zida ifodalamoqda. Jamiyat hayotidagi bu
yangi sifat darajasi axborot – texnikaviy yoki axborot – kompyuter sivilizatsiyasi
sifatida e’tirof etilmoqda. Axborot texnologiyasi iqtisodiyot rivojlanishi, qishloq
xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalaridan keyingi o‘rinni egallaydi.
Globallashuv va axborotlashuv barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti, siyosati va
ma’naviy hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mafkuraviy globallashuv axborot
vositalarining rivoji va bu sohada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib,
axborotni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi matbuot, radio, televideniye kabi
xodisalarni o‘zida birlashtiruvchi ommaviy axborot vositalari (OAV) jamiyat hayotiga
ulkan ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega. Radio, televideniye, internet eng so‘nggi ilmiy
yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilishga, ilm – fan, madaniyat,
adabiyot va san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda.
Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylanib, bugungi kunda
Internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki boshqa sohalarda ham foydalanilmoqda.
Ma’naviy hayotdagi globallashuv jarayonlari, ommaviy axborot vositalari,
internet, radio, televideniye, uyali aloqa vositalari orqali axborotni yetkazishning
faollashuvi ham ijobiy ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqarib, bir tomondan ma’naviy
globallashuv natijasida ma’naviy hayotimizga kirib kelayotgan ilm – fan, madaniyat va
ZARMED
UNIVERSITETI
138
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
san’at, ma’naviy meros ijobiy ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan turli zararli
g‘oyalar hamda mafkuralarning jamiyatimiz ma’naviy hayotiga kirib kelishi barkamol
avlodni tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash vazifasini
dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘ydi.Shuning uchun ham bugungi kunda
ommaviy axborot vositalari hamda yangi texnologik vositalar asosida xalqimiz
hayotida sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida xikoya qiluvchi chuqur taxliliy
ma’lumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish,
turli ijtimoiy toifa va guruxlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini
yoritish, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashish tamoyilini ijtimoiy hayotga keng tatbiq qilish har qachongidan ham
dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda.
Globallashuv jarayonlarining inson tafakkuri, jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan
ta’siri nihoyat darajada beqiyos bo‘lib, globallashuv natijasida kirib kelayotgan
“ommaviy madaniyat”ning jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotiga ta’siri tobora
yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda. “Ommaviy madaniyat” bu – bir guruh shaxslar
tomonidan o‘ylab topilgan va ongli ravishda targ‘ib qilinadigan, biror millat
madaniyatiga dahli bo‘lmagan g‘oyalar va udumlar yig‘indisidan iboratdir. Ommaviy
madaniyat bir o‘lchamli hodisa bo‘lmay, u o‘ziga xos tur va darajaga egadir. Hozirgi
zamon madaniyatshunosligida ommaviy madaniyatning 1. Kich, 2.Mid, 3.Art
madaniyatlaridan iborat uchta asosiy darajasi ko‘rsatiladi.
Kich –madaniyat, bu past darajadagi vulgar, behayolar madaniyati,
Mid – madaniyat, bu “o‘rtamiyona” madaniyat,
Art – madaniyat, bu ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega bo‘lgan
madaniyatdir.
“Kich” so‘zi nemislarning “kitchen” so‘zidan hosil bo‘lgan va saviyasi past,
arzon va jo‘n asar yaratib, sotishni bildiradi. Mid – madaniyatning qamrovi keng va
darajasi ancha baland bo‘lib, u an’anaviy madaniyatning ayrim xususiyatlarini aks
ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir. Art madaniyati odatda,
aholining bilimli qismiga mo‘ljallangan ommaviy madaniyatdir.
“Ommaviy madaniyat” bozordagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb
etdi. “Ommaviy madaniyat”ning tub zamirida tijorat, moddiy manfaatdorlik mavjud
bo‘lib, asosiy maqsad foyda olishga qaratilganidan so‘ng odob, axloq, ta’lim, tarbiya,
insoniylik degan tushunchalarga qarama-qarshi ravishda axloqiy buzuqlik va
zo‘ravonlik, individualizm va egotsentrizm g‘oyalari targ‘ib tashviq qilinmoqda.
ZARMED
UNIVERSITETI
139
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
XX asrning o‘rtalaridan “ommaviy madaniyat”ga ommaviy axborot vositalari
kuchli ta’sir o‘tkaza boshlagan bo‘lsa, asr oxiriga kelib va XXI asrning boshlarida bu
ta’sir yanada kuchaydi. “Ommaviy madaniyat” yoki G‘arbda aytilganidek “populyar
kultura” bugungi kunda xalq va millatlarning mumtoz madaniyatiga, san’atiga, uning
boyliklariga qarshi kurashib, uning yutuqlarini inkor qilib kelyapdi.
Shuning uchun bugungi kunda “ommaviy madaniyat”ning ma’naviy-axloqiy
tubanliklaridan davlatimiz fuqarolari, eng avvalo yoshlarni asrab avaylash, ularni
ogohlikka da’vat etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning dilini, ruhiyatini, aql-
idroki va umuman ma’naviyatini diniy aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan
tashqari, ayni paytda jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy,
ma’naviy manfaatlar yo‘nalishidagi kurashlarning xatarli ta’siridan muxofaza qtlishni
ham o‘z ichiga oladi. Inson ongi va qalbi uchun kurash esa eng avvalo axborot orqali,
g‘oyaviy, mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish orqali olib boriladi. Globallashuv sharoitida
jahondagi ko‘pgina rivojlangan davlatlarning geopolitik maqsadlari va manfaatlari
muayyan geografik hududlar bilan chegaralanib, kuchli axborot texnologiyalariga ega
bo‘lgan davlatlar o‘zlari ishlab chiqqan axborotni tarqatish yo‘li bilan muayyan
hududlar, davlatlar, mamlakatlar ustidan avval g‘oyaviy, keyin esa siyosiy, iqtisodiy va
madaniy hukmronlik qilishga harakat qilib kelmoqdalar.
Axborot ommaviy axborot vositalari (OAV) hamda internet orqali keng
ko‘lamda tarqatilmoqda va targ‘ib qilinmoqda. Turli ommaviy axborot vositalari,
televideniye, radio, davriy matbuot o‘ziga xos psixologik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga
ega bo‘lib, Internetning paydo bo‘lishi bilan ommaviy kommunikatsiya, axborot
yetkazish imkoniyatlari nihoyatda kuchayib ketdi. Saytga joylashtirilgan ma’lumot
butun dunyo bo‘yicha tarqalib, OAV dan tashqari internet reklama, ma’lumotlar
yetkazish, elektron pochta xizmatlarini ham bajara boshladi. Internetdagi ma’lumotlar
juda ko‘p, arzon va o‘ta tezkor bo‘lib, bir tomondan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat
sohasidagi ma’lumot va axborotlar, ikkinchi tomondan “ommaviy madaniyat”ga
taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar OAV, Internet, mobil telefon, adabiyot va san’at orqali
tarqatilmoqda.
O‘zbekiston fuqarolari, eng avvalo o‘sib kelayotgan yosh avlodni globallashuv
natijasida kirib kelayotgan turli xil zararli g‘oyalar va mafkuralar hamda kundalik
xayotimizda o‘z ta’sirini kuchaytirishga intilayotgan “ommaviy madaniyatning zararli
ta’siridan ximoya qilishda quyidagi masalalarga e’tiborni qaratish muhimdir. Eng
avvalo,
ZARMED
UNIVERSITETI
140
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
-g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, milliy mafkurani yoshlarning ongi va
qalbiga singdirish, ta’lim tizimi, mahalla, oila tarbiyasini bir-biri bilan uzviy bog‘liq
xolda olib borish;
-yoshlarimizni milliy urf-odat va an’analarimizga xurmat ruhida tarbiyalash
maqsadida ushbu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan ko‘rik tanlovlar va turli loyixalarning
targ‘ibotini kengaytirish;
-yoshlarimizning sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga keng yo‘l ochib,
ularga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha tashviqot ishlarini kengaytirish;
-o‘quvchilarni muayyan kasb-hunarga qiziqtirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida
psixologik markazlar faoliyatini rivojlantirish;
-yoshlarimizni ajdodlarimizning tarixiy, adabiy-badiiy merosini o‘rganish va uni
ko‘z qorachig‘idek asrashga o‘rgatish.
Adabiyot roʻyxati:
1. www.ziyonet.uz
2. www.philosophy.ru
3. www.intencia.ru
4. http://www.anthropology.ru
5. http://www.ido.rudn.ru
6. http://www.filosofia.ru
7. http://www.falsafa.dc.uz
8. http://www.phenomen.ru
9. http://www.lib.ru/FILOSOF
10. http://www.filam.ru/sait.phg
11. http://www.ssu.runnet.ru/.
