➤
Categories
Journals
Conferences
Catalog of abstracts
Catalog of dissertations
Catalog of monographs
Catalog of textbooks
Upcoming conferences
Organizations
Authors
Blog
About
Submissions
Public Offer
Personal data processing policy
Open Access Statement
Public license
Copyright
Contact
Login
Home
/
Archives
/
No. 9 (2025) Modern Science and Research
No. 9 (2025) Modern Science and Research
Journal:
Modern Science and Research
Published:
03-09-2025
To share
Articles
BADMINTON SPORT TURIGA BOLALARNI QABUL QILISHDAGI ASOSIY OMILLAR
Sport sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lib, yosh avlodning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Bolalarni sportga jalb qilish orqali ularning nafaqat jismoniy ko‘rsatkichlari, balki irodasi, maqsadga intilishi va jamoada ishlash qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sportning ommaviyligini ta’minlash, ayniqsa bolalar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida badminton sport turiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Nazokat Kurbonova
76-78
Read
ЗНАЧЕНИЕ РЕФЛЕКСИВНЫХ МЕТОДОВ И ТЕХНОЛОГИЙ САМОСОЗНАНИЯ В ЛИЧНОСТНОМ РАЗВИТИИ УЧАЩИХСЯ КАРАКАЛПАКСТАНА
В статье рассматривается роль рефлексивных методов и технологий самосознания в формировании личностного развития учащихся в образовательных учреждениях Каракалпакстана. Анализируются ключевые подходы к развитию саморефлексии, такие как ведение рефлексивных дневников, групповые обсуждения и использование цифровых технологий для отслеживания эмоционального состояния. Показано, что внедрение данных методов способствует развитию критического мышления, эмоционального интеллекта и личностной зрелости учащихся, что особенно важно в условиях современного образовательного процесса. Результаты исследования свидетельствуют о необходимости активного применения рефлексивных практик для формирования гармонично развитой личности и повышения качества образования.
Гулзада Отениязова
79-82
Read
IMKONIYATI CHEKLANGAN O'QUVCHILARGA MUSIQA FANINI O'QITISH MEATODIKASI
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga musiqa fanini o‘qitish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Musiqa darslarining psixologik, tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyalari yoritilib, o‘quvchilarda shaxsiy rivojlanish, kommunikativ imkoniyatlar va ijodiy qobiliyatlarning shakllanishi tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida qo‘shiq kuylash, cholg‘u chalish, ritmik mashqlar, musiqa terapiyasi va raqamli texnologiyalardan foydalanish natijalari ko‘rib chiqildi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, musiqa ta’limi imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda emotsional barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiylashuvni kuchaytirish, nutq va motorik ko‘nikmalarni rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi.
Azizxon Oyto‘rayev
83-87
Read
PUBLIC VS. PRIVATE HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN: MANAGEMENT PRACTICES AND INSTITUTIONAL DYNAMICS
This article provides an in-depth examination of management practices in public and private higher education institutions (HEIs) in Uzbekistan. It spans governance, financial management, faculty recruitment, curriculum innovation, and accountability. The analysis integrates empirical data, case examples—such as TEAM University and New Uzbekistan University—and insights from scholarly and policy literature. It highlights how ongoing reforms reshape institutional autonomy, quality assurance, and internationalization, offering implications for higher education policy and institutional strategy.
Iroda Turaeva
88-91
Read
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA ROSSIYA KAPITALINING KIRIB KELISHI VA SANOAT TARAQQIYOTI
Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat tahlil qilingan. Mustamlaka manfaatlariga mos ravishda o‘lkada kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi, rus sanoat kapitalining kirib kelishi va sanoat korxonalarining tashkil topishi jarayonlari yoritilgan. Xususan, dastlabki paxta tozalash, ko‘nchilik, vino va aroq, tegirmon, yog‘ zavodlari faoliyati, ularning o‘lkadagi iqtisodiy hayotga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada chor hukumati tomonidan Turkistonni xomashyo bazasiga aylantirish siyosati, mahalliy aholining iqtisodiy manfaatlarining cheklanishi hamda rus monopolistlarining paxta savdosida tutgan o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan.
Farrux Shoqulov
92-96
Read
REPRODUKTIV SALOMATLIK VA BEPUSHTLIK MUAMMOLARI
Maqolada reproduktiv salomatlik tushunchasi, uning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati hamda bepushtlik muammosining asosiy sabablari tahlil qilinadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha reproduktiv yoshdagi har oltinchi juftlik bepushtlikdan aziyat chekadi. Ushbu muammo ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi bilan birga, milliy demografik siyosat uchun ham dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotda ayol va erkak bepushtligining asosiy etiologik omillari, diagnostika usullari hamda davolash yondashuvlari yoritiladi.
Maftuna Mamurjanova
97-102
Read
TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH (“DAVRBANK” XATB MISOLIDA)
Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit siyosatini takomillashtirish masalalari "Davrbank" XATB misolida o‘rganilgan. Kredit siyosati bankning asosiy moliyaviy vositalaridan biri bo‘lib, uning samarali yuritilishi kredit portfeli sifatini oshirish, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish va bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Maqolada so‘ngi yillarda “Davrbank” tomonidan amalga oshirilgan kreditlash faoliyati statistik tahlil qilinib, mavjud muammolar va risk omillari aniqlangan. Tahlillar asosida kredit siyosatini raqamlashtirish, skoring tizimlarini joriy etish va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari, xususan, O‘zbekiston bank sektorida kredit siyosatining zamonaviy yondashuvlar orqali takomillashtirilishiga amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Zohidjon Akbarov
103-109
Read
INTENSIV TERAPIYA BO‘LIMIDA HAMSHIRALIK KUZATUVINING BEMOR TIKLANISHIGA TA’SIRI
Intensiv terapiya bo‘limida (ITB) hamshiralik kuzatuvi bemorning tiklanish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqola ITB’da hamshiralik kuzatuvining bemorlarning fiziologik va psixologik holatini yaxshilashdagi rolini o‘rganadi. Adabiyotlar sharhi asosida hamshiralik kuzatuvi bemorlarning tiklanish vaqtini qisqartirishga, asoratlar sonini kamaytirishga va psixologik holatni yaxshilashga yordam berishi ko‘rsatilgan. Ushbu yondashuv ICU bemorlarining tiklanishini tezlashtirish va sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Maqola mavzuning ilmiy asoslarini ochib berish va klinik amaliyotda qo‘llashni taklif qilishga qaratilgan, ko‘plab tadqiqotlar va nazariy tahlillarga asoslangan.
Maftuna O‘rmonova , Dildora Komilova
110-114
Read
HAMSHIRALIK ISHIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH: MOBIL ILOVALAR VA TELEMEDITSINA IMKONIYATLARI
Hamshiralik ishida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, xususan mobil ilovalar va telemeditsina, sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirish va bemorlarning parvarishini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola hamshiralik amaliyotida mobil ilovalar va telemeditsina texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning afzalliklari va klinik jarayonlarga ta’sirini adabiyotlar sharhi asosida tahlil qiladi. Mobil ilovalar hamshiralar uchun bemor ma’lumotlarini tezda qayd etish, monitoring qilish va aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi, telemeditsina esa masofaviy maslahatlar va monitoring orqali bemorlarning sog‘liq holatini yaxshilaydi. Maqola shu texnologiyalarning integratsiyasi, ularning bemor xavfsizligi va ish samaradorligiga ta’sirini ko‘rib chiqadi, shuningdek, kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qiladi. Ushbu yondashuv hamshiralik kasbini raqamlashtirish va sog‘liqni saqlash xizmatlarini kengaytirish uchun asosiy omil sifatida ta’kidlanadi, chunki u bemorlarning qoniqishini oshirish va tibbiy xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
Maftunaxon O‘rinova , Ozodaxon Nishonova
115-119
Read
РУС ШАРҚШУНОСЛАРИ АСАРЛАРИНИНГ СУРХОН ВОҲАСИ ТАРИХИНИ ЎРГАНИШДАГИ ЎРНИ ВА АХАМИЯТИ
Мазкур мақолада рус шарқшунос олимларининг асарлари Сурхон воҳаси тарихини ўрганишда муҳим манба сифатида таҳлил қилинади. ХIХ–ХХ аср бошларида Марказий Осиё, жумладан Сурхон воҳасида олиб борилган тадқиқотлар воҳанинг қадимий маданияти, археологияси, этнографияси ва тарихий жараёнларини ёритишда алоҳида ўрин тутади. Рус шарқшуносларининг илмий изланишлари Сурхон воҳасининг қадимий шаҳарларида топилган моддий маданият ёдгорликларини илмий муомалага киритишга хизмат қилган. Уларнинг асарлари бугунги кунда ҳам воҳанинг ижтимоий-сиёсий ҳаёти, халқ хўжалиги, аҳолининг турмуш тарзи ва тарихий тараққиёти ҳақида қимматли маълумот беради. Шунингдек, рус шарқшуносларининг илмий мероси Сурхон воҳаси тарихини ўрганишда ҳозирги замон тадқиқотчилари учун муҳим манбашунослик асоси ҳисобланади.
Махлиё Жовлиева
120-123
Read
РОССИЯ ШАРҚШУНОСЛАРИ ТОМОНИДАН СУРХОН ВОҲАСИНИ МОДДИЙ-МАДАНИЯТИНИНГ ЭТНИК ТАҲЛИЛИ ВА ШАРК МАНБАШУНОСЛИГИДА ЎРНИ
Мазкур мақолада Россия шарқшунослари томонидан Сурхон воҳаси моддий-маданий меросининг этник таҳлили ҳамда уларнинг шарқ манбашунослигидаги ўрни ёритилади. ХИХ–ХХ аср бошларида олиб борилган илмий тадқиқотлар Сурхон воҳасида яшаган қадимий аҳоли гуруҳларининг этник шаклланиш жараёнлари, турмуш тарзи ва моддий маданияти ҳақида муҳим маълумот беради. Рус шарқшунос олимларининг илмий изланишлари нафақат воҳанинг тарихий-этнографик манзарасини ойдинлаштирган, балки Шарқ манбашунослиги тараққиётига ҳам сезиларли ҳисса қўшган. Уларнинг асарлари Сурхон воҳасининг археологик ёдгорликлари, халқ хўжалиги, диний-маданий ҳаёти ҳамда халқнинг этник хусусиятларини ўрганишда муҳим манба сифатида қадрланади. Бугунги кунда ҳам бу илмий мерос Сурхон воҳаси тарихини ўрганишда манбашунослик асосларидан бири бўлиб хизмат қилмоқда.
Махлиё Жовлиева
124-128
Read
BANK DEPOZIT OPERATSIYALARI XISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit operatsiyalari hisobini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Depozitlar banklar uchun muhim moliyaviy resurs bo‘lib, ular orqali banklar o‘z likvidligini ta’minlab, iqtisodiyotni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Maqola bank depozit operatsiyalarining bank faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatini yoritadi, ularning turlari va jarayonlarini chuqur tahlil qiladi. Shu bilan birga, depozitlar hisobi bilan bog‘liq muhim muammolar, jumladan, depozitlarning diversifikatsiya darajasi pastligi, texnologik jarayonlar samaradorligining yetishmasligi va risklarni boshqarish tizimlarining takomillashtirilishi lozimligi kabi masalalar keltiriladi. Maqolada tijorat banklarining depozit operatsiyalari hisobini takomillashtirish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan bo‘lib, texnologik yangiliklar, mahsulotlar diversifikatsiyasi va xavfsizlik choralari depozit operatsiyalarining barqarorligini ta'minlashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqolaning yakuniy qismida depozit operatsiyalarini takomillashtirishning amaliy tavsiyalari berilgan bo‘lib, ular banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan.
Mexribon Xamroqulova
129-135
Read
THE ROLE OF SELF-GOVERNMENT BODIES IN THE DEVELOPMENT OF CIVIL SOCIETY
This article provides a thorough theoretical and practical analysis of the role of self-governing bodies—particularly mahallas, citizens' assemblies, and public organizations—in the formation and development of civil society. Within the context of ongoing democratic reforms in Uzbekistan, increasing civic engagement, enhancing the significance of the mahalla institution, and establishing an effective mechanism of mediation between the state and society are considered among the key objectives. The article examines the functions of self-governing bodies, their legal foundations, and their interactions with civil society institutions. It also analyzes their contributions to enhancing the social, economic, and cultural activity of the population. Furthermore, based on comparative analysis with advanced international practices, the article identifies both the strengths and weaknesses of the current system in Uzbekistan. In conclusion, the article presents concrete recommendations and proposals aimed at unlocking the full potential of self-governing bodies in strengthening civil society. This scientific work may serve as a valuable resource for researchers in the field of social sciences, professionals in public administration, and the broader audience interested in the development of civil society.
Yuldosh Jumayev
136-140
Read
YANGI O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI TARIXI (2017–2025 yy.)
2017 yildan boshlab O‘zbekistonda tashqi siyosiy ochiqlik va mintaqaviy hamkorlikka tayangan yangi yondashuv shakllandi. Ushbu maqola 2017–2025 yillarda O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan aloqalarida yuz bergan institutsional o‘zgarishlar, chegara masalalarini yechishdagi siljishlar, savdo-transport aloqalari, energetika va suv–energetika muvofiqlashtirishini tizimli tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2018 yildan boshlab Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Konsultativ uchrashuvlari mintaqaviy multilateralizmning barqaror mexanizmiga aylandi; O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha 2022–2023 yillardagi huquqiy paket, O‘zbekiston–Tojikiston munosabatlarining 2017–2018 yillardagi “muzdan yechilishi” va savdo-transport loyihalarida (yerusti transport o‘tkazuvchanligini kuchaytirish bo‘yicha 2023-yilgi mintaqaviy kelishuv) sezilarli natijalarga erishildi. Savdo ko‘rsatkichlari va hamkorlik institutsional darajasi 2024-yilda ham o‘sishda qoldi.
Saidakbarxon Nurmuhammadov
151-154
Read
PEDAGOGIK OLIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING INKLYUZIV TAYYORGARLIGINI KOMPITENTSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Ushbu maqola orqali inklyuziv tayyorgarlik masalalari va kompetensiyaviy yondashuv asosida pedagogik oliy ta'lim jarayonini yanada rivojlantirish yo'llari ko'rib chiqildi. Har bir o'qituvchi va talaba bu jarayonda faol ishtirok etishi zarurdir. Shuningdek, maqolada inklyuziv taʼlimning mohiyati, mazmuni va uni boshqa yondashuvlardan ajratib turuvchi pedagogik asoslar tahlil qilinadi. Inklyuziv taʼlim integratsiya va meynstrimingga nisbatan ijtimoiy adolat, insonparvarlik va metodik moslashuv tamoyillariga asoslanadi.
Umida Xafizova
60-63
Read
GORMONAL DISBALANS VA AYOLLAR SALOMATLIGI
Tezisda ayollarda uchraydigan gormonal disbalans tushunchasi, uning sabablari, klinik belgilar va oqibatlari hamda zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlari tahlil qilinadi. Gormonlar ayol organizmida fiziologik jarayonlarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi: hayz sikli, reproduktiv salomatlik, modda almashinuvi, kayfiyat va umumiy farovonlik ularga bevosita bog‘liqdir. Gormonal muvozanatning buzilishi esa bepushtlik, polikistoz tuxumdon sindromi, qalqonsimon bez kasalliklari, osteoporoz va boshqa ko‘plab sog‘liq muammolariga olib keladi. Maqolada ushbu disbalansni keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi.
Maftuna Mamurjanova
68-70
Read
PERIODONTIT
Periodontit — bu milk va tishlarni qo‘llab-quvvatlovchi to‘qimalarning surunkali yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, o‘z vaqtida davolanmasa tishlarning silkinishi va yo‘qolishiga olib keladi. Ushbu maqolada periodontitning rivojlanish sabablari, klinik belgilari, tasnifi hamda zamonaviy diagnostika va davolash usullari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Davolash yondashuvlari orasida mexanik tozalash, antiseptiklar, antibiotiklar, dorivor o‘simliklar, fotodinamik terapiya, lazer texnologiyalari va jarrohlik muolajalari alohida o‘rin egallaydi. Shuningdek, kasallikni nazorat qilishda individual yondashuv va profilaktik choralar muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada periodontitning oldini olish, erta aniqlash va kompleks davolash usullarining ahamiyati yoritilgan.
Sofiya Inoyatova, Ulug‘bek Xatamov
71-74
Read
MODERNISM AND THE LOST GENERATION IN ENGLISH AND AMERICAN LITERATURE
The early twentieth century was a time of profound cultural, political, and social upheaval. The devastation of the First World War reshaped human consciousness and destabilized long-held beliefs in progress, tradition, and moral order. Within this context, Modernism emerged as a radical literary movement, seeking new modes of artistic expression to capture the fragmented experience of modern life. At the same time, the so-called Lost Generation—a group of disillusioned expatriate writers, primarily American, who settled in Europe after the war—expressed skepticism toward traditional values and highlighted alienation, aimlessness, and spiritual despair. This article explores the intersections between Modernism and the Lost Generation, focusing on their thematic and stylistic innovations, shared disillusionment, and lasting contributions to English and American literature.
Nafisa Tasheva
160-165
Read
XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR MODDIY ZAXIRALAR HISOBINI TAHLIL QILISH
Hоzirdа butun dunyodа korxonalarda tovar moddiy zaxiralar hisobini tahlil qilishda mоliyaviy hisоbоtning хаlqаrо stаndаrtlаrining аhаmiyati va undagi o’rni sеzilаrli dаrаjаdа оshdi. Mоliyaviy hisоbоtning хаlqаrо stаndаrtlаri nаfаqаt iqtisоdiy jihаtdаn rivоjlаngаn yеtаkchi mаmlаkаtlаr tаjribаsini umumlаshlаshtirаdi, bаlki buхgаltеriya hisоbi vа hisоbоtining milliy tizimlаrini rivоjlаntirishgа hаm mоliyaviy hisоbоtning хаlqаrо stаndаrtlаrini to‘g‘ridаn-to‘g‘ri milliy аmаliyotgа tadbiq etish оrqаli hаmdа хаlqаrо vа milliy stаndаrtlаr tаlаblаrini yaqinlаshtirish оrqаli fаоl tа’sir kursаtаdi.
Nizomjon Hamidov
166-167
Read
THE ROLE OF TECHNOLOGY IN IMPROVING STUDENTS’ LEARNING: CRITICAL PERSPECTIVES OF RECENT TRENDS AND ISSUES
The advancement of technology and technological tools has significantly transformed modern pedagogy and the way language teaching is constructed and delivered. Today, it is difficult to imagine language teaching without technological assistance. The emergence of technology and digital tools profoundly impacts the language acquisition process. The technology implementation can reinforce and facilitate language learning making it more engaging, learner-oriented and effective. However, technology use in ELT (English language teaching) is an umbrella term referring to from availability of any digital device to interactional involvement, creation, and reaction within the online platform pushing language learners to use the target language authentically and meaningfully. This article will discuss the influence and augmentation of the language learning of the latter dynamic. Considering the fact that in modern world, young people profoundly analyze and rationalize what and why they perform certain actions, they decide to accomplish them or not. This can be extrapolated to the learning realm where learners have become more conscious of what they are doing to learn the language and whether it responds to the demands required in current reality. The article also focuses on the importance of digital literacy of the language instructors which is viewed as an integral part of modern and effective pedagogy.
Xava Ashirova
155-159
Read
QO‘QON-YANGI QO‘RG‘ON YO‘NALISHIDA HARAKAT MIQDORI VA TARKIBINI O‘RGANISH
Ushbu maqolada qo‘qon-yangi qo‘rg‘on yo‘nalishida harakat miqdori va tezligini harakat havfsizligiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan.
Tashev Dilmurod, Ro`zali To`lqinov , Sarvar Raxmonov
168-171
Read
ЭНДОМЕТРИОЗ: КЕЛИБ ЧИҚИШ САБАБЛАРИ ВА РИВОЖЛАНИШ МЕХАНИЗМИ
Эндометриоз — бу гормонларга боғлиқ, сурункали, прогрессив гинекологик касаллик бўлиб, унда эндометрийга ўхшаш тўқималар бачадондан ташқарида ўсади ва фаолият кўрсатади. Ушбу ҳолат кўпинча оғриқ, хайз бузилишлари, депрессия ва ҳаёт сифатининг пасайишига олиб келади. Эндометриоз аёллар репродуктив ёшидаги аҳолининг тахминан 10–15%ини қамраб олади. Ушбу мақола касалликнинг келиб чиқиш сабаблари, патогенези ва тараққиёт механизмларини ёритишга бағишланади [1,2].
Манзура Узокова
172-179
Read
BANK KREDITLARINING TO‘LOV QOBILIYATINI ANIQLASH INDIKATORLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlar bo‘yicha qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy indikatorlar va ularning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Jumladan, likvidlik koeffitsienti, DSCR, DSTI, kredit skoring reytinglari kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar va ularning qarzdorlik darajasiga ta’siri empirik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston bank sektoridagi mavjud tendensiyalar, xususan “Davrbank” ATB misolida oxirgi yillardagi kredit portfeli samaradorligi chuqur o‘rganiladi. Olingan natijalar asosida kredit risklarini kamaytirish va to‘lov qobiliyatini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur ish banklarda kredit siyosatini optimallashtirishga doir ilmiy va amaliy qarorlar qabul qilishda foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
Zohidjon Akbarov
75-78
Read
MATNSHUNOSLIKNING ILMIY VA NAZARIY AHAMIYATI
Ushbu tezisda matnshunoslik fanining ilmiy va nazariy ahamiyati yoritilgan. Matnshunoslik yozma manbalarni ilmiy asosda o‘rganish, ularning asl nusxasini aniqlash, turli tahririy o‘zgarishlarni qiyoslash va muallif uslubini o‘rganishda beqiyos ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, matnshunoslikning adabiyotshunoslik, tarixshunoslik, tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan uzviy aloqasi ko‘rsatilib, uning milliy identitetni shakllantirish, madaniy merosni saqlash va globallashuv sharoitida zamonaviy matnlarni tahlil qilishdagi dolzarbligi asoslab berilgan. Maqolada matnshunoslikning badiiy jarayonni tushuntirish, muallif ijodiy laboratoriyasini ochib berish va adabiy rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashdagi nazariy ahamiyati alohida tahlil qilingan.
Sayyora Otanazarova
79-81
Read
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada fizika fanidan mustaqil ta’limni samarali tashkil etishning pedagogik texnologiyalari yoritilgan. Mustaqil ta’lim jarayonida o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirish, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning afzalliklari, ularni qo’llash bosqichlari va natijadorlikka erishish yo’llari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqotda ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion yondashuvlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning amaliy ahamiyati ko’rsatib berilgan.
Diyorbek Mirzayev
82-86
Read
<<
<
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
>
>>
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer