➤
Kategoriyalar
Jurnallar
Konferensiyalar
Avtoreferat katalogi
Dissertatsiya katalogi
Монографиялар каталоги
Darslik katalogi
Kelgusi konferentsiyalar
Tashkilotlar
Mualliflar
Blog
Biz haqimizda
Materiallarni yuborish
Ommaviy Oferta
Шахсий Маълумотларни Қайта Ишлаш Сиёсати
Ochiq kirish bayonoti
Ommaviy litsenziya
Mualliflik huquqi
Kontaktlar
Kirish
Asosiy sahifaga o'tish
/
Arxivlar
/
№ 9 (2025) Modern Science and Research
№ 9 (2025) Modern Science and Research
Jurnal:
Zamonaviy fan va tadqiqotlar
Nashr qilingan:
2025-09-03
Ulashish
Maqolalar
QISHLOQ XO‘JALIGINING CHORVACHILIK TARMOG‘IDA ISHLAB CHIQARISH-IQTISODIY MUNOSABATLARNING XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismi hisoblangan chorvachilik tarmog‘ida shakllanayotgan ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Chorvachilikda resurslardan samarali foydalanish, mulkchilik shakllari, mehnat va daromad munosabatlari, mahsulot yetishtirish va realizatsiya qilish tizimi, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari asosida yuzaga keladigan iqtisodiy aloqalar chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklari va yirik chorvachilik korxonalaridagi ishlab chiqarish tuzilmasi, samaradorlik ko‘rsatkichlari, bozor munosabatlari va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar tahlil qilinadi. Maqola chorvachilik tarmog‘ini barqaror va raqobatbardosh rivojlantirishda iqtisodiy munosabatlarning roli va ahamiyatini yoritishga qaratilgan.
Xilola Eshqulova
237-240
0
0
Batafsil o'qish
HADISDA ZIKR ETILGAN TURKLAR YOXUD CHINGIZXON TURK QAVMI VAKILI
Bugungi kunimizga kelib rus va sovet tarixchilari qayta ishlab yozgan turklar to‘g‘risidagi, jumladan, Chingizxon va uning mo‘g‘ul-tatar qavmi haqidagi qalbaki tarixiy ma’lumotlardan voz kechishga hamda ularning haqiqatga mos keladiganlarini ham asl manbalarga taqqoslab keyin dalil sifatida qabul qilishga bo‘lgan intilish nafaqat mutaxasis tarixchilar orasida, balki o‘zini turk deb hisoblaydigan oddiy xalq orasida ham jiddiy tus oldi.
Sabrina Nasrullayeva
5-8
0
0
Batafsil o'qish
STOL TENNISI SPORT TURINING RIVOJLANISH TARIXI
Mazkur maqolada stol tennisi sport turining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Dastlabki havaskor ko‘rinishdan boshlab xalqaro sport darajasigacha bo‘lgan taraqqiyot jarayoni yoritilgan. Xalqaro tashkilotlarning roli, qoidalar evolyutsiyasi, texnik va taktik yangilanishlar alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, stol tennisi O‘zbekistonda rivojlanishi, federatsiyaning tashkil topishi, musobaqalar tizimi va yoshlar tayyorlovidagi yondashuvlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar va mahalliy tajribalar asosida umumiy xulosalar berilgan hamda istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Ra`no Ilyasova
1836-1838
0
0
Batafsil o'qish
SPORT YAKKAKURASHLARIDA MASHG‘ULOTLAR TA’SIRIGA MOSLASHISH USULLARI
Ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya va superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Yunon-rum kurashchilari musobaqa faoliyatining mazmuni va tuzilishini batafsil tahlil qilib, kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan, bu esa mutaxassislarni individual mashg‘ulot dasturlarini ushbu faoliyatni amalga oshirishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish yo‘llarini doimiy ravishda izlash va texnik-taktik tayyorgarlik jarayoniga vaqti-vaqti bilan sezilarli o‘zgartirishlar kiritishga majbur qildi.
Amangul Allanazarova
9-12
0
0
Batafsil o'qish
КУРАШЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК ҲАРАКАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Бу мақолада Кураш техникаси курашчи маҳоратининг асоси ҳисобланади ва кўп жиҳатдан унинг имкониятларини белгилаб беради. Курашда ўнлаб усуллар ва уларнинг вариантлари мавжуд. Бироқ бу курашчи уларнинг ҳаммасини мукаммал билиши лозим дегани эмас. Спортчи янада янги ва янги усуллар, қарши усуллар ҳамда ҳимояланишларни эгаллаб бориши билан унинг алоҳида хусусиятлари ва одатларига жавоб берадиган ҳамда унинг томонидан муваффақиятли бажариладиган усулларнинг бир қисми кейинчалик такомиллаштириш мақсадида режага киритилади.
Амангул Алланазарова
13-17
0
0
Batafsil o'qish
DORIVOR O‘SIMLIKLARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada dorivor o‘simliklarning inson salomatligidagi o‘rni, ularning shifobaxsh xususiyatlari hamda xalq tabobotidagi qo‘llanilishi haqida ma’lumot beriladi. Dorivor o‘simliklarning farmatsevtika sohasida tutgan o‘rni, ularni ilmiy asosda o‘rganishning ahamiyati va ekologik muhofazaga oid masalalar yoritiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston hududida keng tarqalgan dorivor o‘simliklar, ularning kimyoviy tarkibi, xalq taboboti va zamonaviy tibbiyotdagi qo‘llanilishiga oid ma’lumotlar ham berilgan.
Abdurahim Zulfiqorov
18-19
0
0
Batafsil o'qish
DUKKAKDOSHLAR OILASIGA KIRADIGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Dukkakdoshlar oilasi (Fabaceae yoki Leguminosae) dunyodagi eng yirik oila hisoblanadi va insoniyat hayotida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika hamda ekologik muhitni yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada dukkakdoshlarning dorivor ahamiyati, kimyoviy tarkibidagi bioaktiv moddalar va ularning farmakologik qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqot davomida xalq tabobatida va zamonaviy ilmda qo‘llaniladigan asosiy dukkakdosh dorivor o‘simliklar haqida ilmiy manbalarga tayangan holda tahlil berildi. Natijalar dukkakdoshlarning biologik faol moddalar manbai sifatida keng imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatadi.
Dildora Olimova
20-22
0
0
Batafsil o'qish
ESCHERICHIA COLI: BIOLOGIK VA ILMIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada Escherichia coli bakteriyasining morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari, uning patogen shtammlari va klinik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, E. coli’ning ilmiy tadqiqotlarda model organizm sifatidagi o‘rni, biotexnologik jarayonlardagi qo‘llanilishi va ekologik ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
Gulhayo Jumayeva , Boymurod Shodiyev
23-24
0
0
Batafsil o'qish
CHARACTERISTICS OF ORGANIZING SPORTS HEALTH TOURISM ACTIVITIES IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS
In the content of this article, methodical instructions and practical recommendations are given for conducting sports tourism activities, suitable natural geographical places, which are important in the formation and development of internal sports-health tourism types for different levels of students. There are also issues of taking into account the natural conditions of the seasonal characteristics of the places in the organization of sports health tourism.
Turgunboy Kholdorov , Niyazov Askarbay
5-9
0
0
Batafsil o'qish
OLIY TA’LIM JARAYONIDA LOTIN TILI TERMINOLOGIYASINI O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida lotin tili terminologiyasini o‘qitish masalalari tahlil qilingan. Lotin tilining tarixiy rivoji va ilm-fandagi o‘rni, terminlarning shakllanishi hamda talabalarning ularni o‘zlashtirish jarayonidagi muammolari yoritilgan. An’anaviy va zamonaviy pedagogik yondashuvlar solishtirilib, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, fanlararo integratsiya va klinik misollar asosida o‘qitishning afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, lotin tili ta’limida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, ularning talabalarda mustaqil fikrlash, amaliy ko‘nikmalar va kasbiy terminologik savodxonlikni shakllantirishdagi roli ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqola oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar, metodistlar va o‘qituvchilar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Sharipaxon Pulatova
10-14
0
0
Batafsil o'qish
LINGUISTIC REPRESENTATION OF PARENTAL AND FILIAL RELATIONS IN SHAKESPEARE’S TRAGEDIES
This article examines the linguistic representation of parental and filial relations in William Shakespeare’s tragedies. The study focuses on the interplay between parental authority and filial obedience or rebellion, emphasizing the role of semantic choices, pragmatic functions, and stylistic devices. By analyzing examples from “Romeo and Juliet”, “King Lear”, and “Hamlet”, the paper highlights how Shakespeare employs vocabulary, speech acts, and figurative language to dramatize the complexities of family relationships in Renaissance culture.
Muhtarama Khalilova
241-242
0
0
Batafsil o'qish
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida matn yaratish texnologiyasining ahamiyati va qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Matn yaratish jarayoni, uning bosqichlari va o‘quvchilarga beradigan ko‘nikmalari batafsil tavsiflanadi. Shuningdek, dars jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan usullar va metodlar, jumladan, guruhli ish, muammo yechish va o‘zaro baholash kabi yondashuvlar taqdim etiladi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘quchilarining ijodiy fikrlashini rivojlantirish va yozma nutq madaniyatini shakllantirishda matn yaratish texnologiyasining muhim rolini ta’kidlaydi.
Dilrabo Ortiqboyeva
249-251
0
0
Batafsil o'qish
OPPORTUNITIES AND LIMITATIONS OF APPLYING THE CENTRAL ASIAN DIET BASED ON LOCAL FOOD PRODUCTS (CASE OF THE FERGANA VALLEY)
This article examines the opportunities and limitations of applying the Central Asian diet in the Fergana Valley, with a focus on the role of local food products in promoting public health. The study highlights that the valley’s fertile land and diverse agricultural resources provide a strong foundation for the adoption of a traditional dietary model based on cereals, legumes, fruits, vegetables, and dairy products. Findings indicate that adherence to this diet can significantly reduce the risk of obesity, type 2 diabetes, and cardiovascular diseases. At the same time, challenges such as globalization, urbanization, the growing popularity of fast food among youth, seasonal dependence of food supply, and limited nutritional education hinder its wider implementation. The article emphasizes the need for integrated strategies, including public health campaigns, support for local agriculture, and school-based nutrition education to encourage healthy eating practices. The research concludes that the Central Asian diet, if properly modernized and promoted, may serve as a sustainable and culturally appropriate approach to improving health outcomes in the Fergana Valley and across the region.
Fozilkhon Nazirkhujayev
563-567
0
0
Batafsil o'qish
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNING OZIQ-OVQAT SANOATIDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tizimining oziq-ovqat sanoatidagi o‘rni, uning iqtisodiy samaradorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Mahsulotni dastlabki yig‘im-terimdan boshlab iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan bosqichlarda sifatni saqlash, yo‘qotishlarni kamaytirish va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida agroklasterlar, sovitish va saqlash infratuzilmasining rivojlanishi, hamda ISO 22000, HACCP va Codex Alimentarius talablari asosida xavfsiz ishlab chiqarish tizimlarini joriy etish muhimligi ko‘rsatilgan.
Nomozbek Eshdavlatov , Obidjon Abduraxmanov
575-579
0
0
Batafsil o'qish
BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI
Ushbu maqolada buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini joriy etishning mohiyati, ahamiyati hamda ularning milliy hisob tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ning asosiy tamoyillari, qo‘llanilish mexanizmlari va O‘zbekiston tajribasida ularning amaliyotga tatbiq etilishi yoritilgan.
Hasan Sharofov
580-584
0
0
Batafsil o'qish
<<
<
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer