➤
Categories
Journals
Conferences
Catalog of abstracts
Catalog of dissertations
Catalog of monographs
Catalog of textbooks
Upcoming conferences
Organizations
Authors
Blog
About
Submissions
Public Offer
Personal data processing policy
Open Access Statement
Public license
Copyright
Contact
Login
Home
/
Archives
/
No. 9 (2025) Modern Science and Research
No. 9 (2025) Modern Science and Research
Journal:
Modern Science and Research
Published:
03-09-2025
To share
Articles
INTEGRACIYALÍQ JANTASÍW ARQALÍ OQÍWSHÍLARDÍŃ ÓZ BETINSHE JUMÍSLARÍN SHÓLKEMLESTIRIWDI JETILISTIRIW
Bul maqalada Qaraqalpaqstan ulıwma bilim beriw mekteplerinde oqıwshılardıń óz betinshe jumısların integraciyalıq qatnas arqalı shólkemlestiriw hám jetilistiriw máseleleri ilimiy-teoriyalıq hám ámeliy jaqtan sáwlelendirilgen. Izertlew predmeti sıpatında oqıwshılardıń óz betinshe bilim alıw iskerligin nátiyjeli shólkemlestiriw procesine tásir etetuǵın pánler aralıq integraciya mexanizmleri úyrenildi. Izertlew obyekti - Qaraqalpaqstan Respublikası ulıwma bilim beriw mekteplerindegi (7-9-klasslar) sabaq hám sabaqtan tısqarı bilimlendiriw procesi. Maqalada integraciyalıq qatnastıń teoriyalıq tiykarları, aldınǵı shet el hám milliy tájiriybeler, metodika hám pedagogikalıq texnologiyalar tallanıp, jergilikli (regionallıq) ózgesheliklerdi esapqa alǵan jaǵdayda model usınıs etildi.
Juldızxan Xojambetova
150-154
Read
THE IMPACT OF ACRYLAMIDE ON HUMAN HEALTH: WHAT YOU NEED TO KNOW
Acrylamide is a chemical that forms naturally in starchy foods during high-heat cooking. Since it was first found in food in 2002, it has raised health concerns due to its probable classification as a human carcinogen and its potential effects on the nervous and reproductive systems. This article looks at where acrylamide comes from, its metabolic pathway, and what current science says about its health risks. It also offers practical tips for lowering acrylamide intake through changes in diet and lifestyle.
Shakhzoda Dadakhodjaeva
155-157
Read
KINETIK ENERGIYA VA ELEKTR ENERGIYA. HARAKATLANISHDAN HISOBIGA PAYDO BO’LADIGAN ENERGIYA
Ushbu maqolada harakatlanish hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologiyalari va ularning qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kinetik energiyani elektr energiyasiga aylantirishning asosiy usullari — piezoelektrik, magnit-induksiya va triboelektrik effektlar asosida ishlab chiqilgan tizimlar yoritib beriladi. Harakatdan energiya olishning zamonaviy amaliyotdagi misollari, ekologik afzalliklari va iqtisodiy samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu texnologiyaning barqaror energetika tizimlari rivojiga qo‘shadigan hissasi va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr yuritiladi.
S.B. Jumamuratov
158-161
Read
HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGI MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISH YO‘LLARI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)
Ushbu maqolada hududlarning investitsion jozibadorligi masalalari, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va mavjud muammolar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri — Navoiy viloyati tanlandi. Viloyatning tabiiy resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari, geostrategik joylashuvi va kadrlar potensiali uning investitsion jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida mavjud muammolar – infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, energetika va transport-logistika tizimidagi cheklovlar, byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va ekologik xatarlar aniqlab berildi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan: davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma modernizatsiyasini jadallashtirish, investitsion jarayonlarda “yagona oynali” tizimni keng joriy etish orqali tartib-taomillarni soddalashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kichik va o‘rta biznes uchun kredit va grant mexanizmlarini kengaytirish. Shuningdek, viloyat sanoatida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil iqtisodiyot” dasturlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Jamshid Musayev
162-168
Read
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МОБИЛЬНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ В ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ КАК ИНОСТРАННОМУ
В статье рассматривается роль мобильных приложений в обучении русскому языку как иностранному. Автор подчёркивает методический потенциал цифровых технологий для развития языковых навыков и повышения мотивации обучающихся. Особое внимание уделяется практическим примерам применения мобильных приложений, а также проблемам и перспективам их интеграции в образовательный процесс.
Базарбаева Айжамал
169-173
Read
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA VALYUTA POZITSIYASINI BOSHQARISH YO'LLARI
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida valyuta pozitsiyasini boshqarish masalalari yoritilgan. Valyuta pozitsiyasining iqtisodiy mohiyati, uning bank faoliyatidagi o‘rni hamda milliy moliya tizimiga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, tijorat banklari faoliyatida ochiq va yopiq valyuta pozitsiyalari, ular bilan bog‘liq risklar va ularni minimallashtirish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari, xalqaro standartlar (Bazel qo‘mitasi tavsiyalari) hamda 2020–2024 yillar statistik ma’lumotlari asos qilib olingan. Natijada tijorat banklarida valyuta pozitsiyasini samarali boshqarishning asosiy yo‘llari sifatida natural hedging, derivativ instrumentlardan foydalanish, aktiv va majburiyatlarni diversifikatsiya qilish hamda ichki risk-menejment tizimini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Muallif tomonidan valyuta risklarini kamaytirish, xalqaro tajribalarni joriy etish va zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida monitoring tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Maxliyoxon Nurmatova
174-182
Read
KREMNIYGA ULTRABINAFSHA NURLAR TA’SIRIDAGI ELEKTROFIZIK XOSSALARI
Ushbu maqola kremniyga ultrabinafsha (UV) nurlar taʼsirining elektrofizik xossalarga qanday oʻzgarishlar olib kelishini oʻrganadi. Unda kremniyning shakliga, nurlanish intensivligi va toʻlqin uzunligiga qarab UV nurlari turlicha taʼsir koʻrsatishi taʼkidlangan. Maqolada asosiy taʼsirlar, jumladan, fotoionizatsiya va fotoelektron emissiya hodisalari batafsil tushuntirilgan. Bundan tashqari, maqolada yuqori intensivlikdagi UV nurlarining kremniyning kristall panjarasidagi bogʻlanishlarni buzishi va optik singdirish (absorbtsiya)ni kuchaytirishi, bu esa elektron-kovak juftliklari hosil boʻlishiga olib kelishi ham koʻrsatilgan. Maqolaning ikkinchi qismida esa laboratoriya tajribasi tahlil qilinadi. Unda kremniy namunasiga UV nurlari tushirilishi natijasida namuna tarkibidagi kislorod va uglerod miqdorlarining oʻzgarishi oʻrganilgan. Grafiklar asosida kislorod konsentratsiyasining notekis, tebranuvchi tarzda oʻzgarishi koʻrsatilgan. Bu holat oksidlanish bilan bir qatorda yuzadan kislorodning ajralib chiqishi (desorpsiya) kabi murakkab jarayonlar bilan izohlanadi.
Arislanbek Djubatov
185-188
Read
LOYIHA BOSHQARUVIDA “HALOL” STANDARTINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada loyihalarni boshqarishda “Halol” standartini joriy etishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil etilgan. “Halol” konsepsiyasining tamoyillari – shaffoflik, adolat, ijtimoiy mas’uliyat hamda ekologik barqarorlik – zamonaviy loyiha boshqaruvi tizimiga qanday tatbiq etilishi mumkinligi ochib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba va milliy sharoitlar qiyosiy tahlil qilinib, ushbu standartni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida huquqiy asoslarni kuchaytirish, sertifikatlash mexanizmlarini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Halol” standartining joriy etilishi loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlar ishonchini mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim strategik omil hisoblanadi.
Do'stmurod Yovqochov
189-195
Read
ZAMANAGÓY ENERGIYA SAQLAWSHI VERMIKULITBETON TAYARLAW TEXNOLOGIYASI
Házirgi dáwirde qurılıs sanaatınıń hár tárepleme rawajlanıwı nátiyjesinde arzan, zamanagóy energiya hám resurs tejew qurılıs materiallarına bolǵan talap keskin mútajlikke alıp keldi. Diywalbap qurılıs materiallar tiykarında vermikulitbetonnıń jańa túrleri islep shıǵarıw, bul máseleniń sheshimi bolıwı múmkin. Sonday aq qurılıs gerbishiniń ornına vermikulitbeton imarat-soorujeniyeler qurılısında aǵash ornına paydalanılsa, bul qurılıs materialdı islep shıǵarıw processinde sarıplanatuǵın energiya hám xanalardıń ıssılıq sarpın tejewge imkániyat beredi. Bunnan tısqarı vermikulitbeton materiallarınıń bekkemliligi hám úlken áhmiyetke iyeligi temanıń aktuallıǵın kórsetedi.
Amanbay Aytmuratov
196-201
Read
МЕТОДИКА ПРИМЕНЕНИЯ ИГРОВЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ
В статье рассматриваются возможности использования игровых методов в обучении русскому языку в начальной школе. Определяется актуальность игровой деятельности как ведущего вида активности младших школьников, позволяющего формировать мотивацию к изучению языка и развивать речевые, когнитивные и коммуникативные умения. На основе анализа психолого-педагогической литературы (Л. С. Выготский, Д. Б. Эльконин, К. Д. Ушинский и др.) раскрываются теоретические основы применения игровых методов. Приводится классификация игр (дидактические, ролевые, интерактивные) и примеры их практического использования на уроках русского языка.
Гулбахар Надирова
202-207
Read
KREDIT RISKINI BAHOLASH VA BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida kredit riskining mohiyati, uni baholashning nazariy va amaliy asoslari hamda boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Xalqaro moliya bozorlaridagi beqarorlik, milliy iqtisodiyotdagi islohotlar va raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida kredit riskini samarali boshqarish bank tizimining moliyaviy barqarorligi va barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Maqolada kredit riskini baholashning an’anaviy va zamonaviy usullari – moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlili, kredit skoring tizimlari, stress-test va ssenariy tahlillari hamda IFRS 9 asosida kutilayotgan kredit yo‘qotishlarini hisoblash mexanizmlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, Basel III talablariga mos risk-menejment tizimlari, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, garov va kafolat mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli texnologiyalarni risk monitoringida qo‘llashning samaradorligi o‘rganiladi.
Azim Rustamov
208-215
Read
TIJORAT BANKLARIDA AKTIVLARNING QADRSIZLANISHI VA UNING HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada tijorat banklarida aktivlarning qadrsizlanishi tushunchasi, uning iqtisodiy mohiyati va bank faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan. Aktivlarning qadrsizlanishi kredit portfeli, investitsiyalar, asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar qiymatiga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, xususan, IAS 36 va IFRS 9 talablarining milliy buxgalteriya amaliyotidagi qo‘llanishi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolar – aktivlar qiymatini baholashdagi cheklovlar, kutilayotgan kredit yo‘qotishlarini hisoblashdagi kamchiliklar hamda shaffoflik darajasining pastligi ko‘rsatib berilgan. Muallif tomonidan aktivlarning qadrsizlanishi hisobini takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan: xalqaro standartlarga to‘liq o‘tish, zamonaviy statistik va matematik modellarni joriy etish, sun’iy intellekt asosidagi risk tahlili tizimlaridan foydalanish, moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarni kengroq ochib berish hamda bank xodimlarining malakasini oshirish. Tadqiqot natijalari banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, investorlar ishonchini mustahkamlash va xalqaro moliya bozorlariga integratsiyani jadallashtirishga xizmat qiladi.
Sardorbek Xasanov
216-224
Read
ZYUDO SPORT TURINING JISMONIY TARBIYA VA SOG‘LOMLASHTIRISHDAGI O‘RNI
Ushbu ilmiy maqolada zyudo sport turining tarixi, rivojlanish bosqichlari, texnika va taktik xususiyatlari, O‘zbekistonda keng yoyilishi, xalqaro yutuqlari hamda jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada sport nazariyasi va amaliyotidagi dolzarb masalalar, yoshlar tarbiyasida sportning o‘rni va zyudoning zamonaviy ahamiyati yoritilgan.
Djumamurat Sultamuratov, Guli Sadullaeva
225-228
Read
ZYUDO SPORT TURINING USLUBLARI VA UZBEKISTONDA RIVOJLANISH TARIXI.
Mazkur maqolada zyudo sport turining shakllanishi, texnik va taktik uslublari, ularni o‘rgatish metodikasi hamda sportchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zyudoning asosiy texnik elementlari – yiqitish, ushlab turish, bo‘g‘ish va qaytarma usullar, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda zyudo sport turining rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi yutuqlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Klara Da'rmenbaeva
229-235
Read
EVOLVING TRENDS IN COMMERCIAL LAW AND THEIR IMPACT ON ARBITRATION PRACTICES
This article examines the evolving trends in commercial law and their impact on international commercial arbitration. Arbitration has long been the preferred mechanism for resolving cross-border disputes due to its neutrality, flexibility, and enforceability under international conventions. However, contemporary developments are reshaping both its form and function. In addition, the article situates these trends within the international legal framework created by the New York Convention (1958), the UNCITRAL Model Law (1985, amended 2006), and the Singapore Convention on Mediation (2019). These instruments continue to underpin arbitration’s legitimacy by harmonising practices across jurisdictions. The analysis concludes that arbitration remains the pre-eminent mechanism for international commercial disputes but faces increasing pressure to balance efficiency with legitimacy, privacy with transparency, and autonomy with accountability. Its adaptability will determine whether it can continue to meet the demands of a rapidly changing global legal order.
Abdulaziz Boboraximov
200-210
Read
O‘ZBEKISTONDA AVTOPORTRET SAN’ATI TARAQQIYOTI VA UNING SAN’AT TA’LIMIDA O‘ZLIKNI ANGLASH VOSITASI SIFATIDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada O‘zbekistonda avtoportret san’ati taraqqiyoti tarixiy bosqichlarda tahlil qilinadi hamda uning san’at ta’limida shaxsiy identifikatsiya va o‘zlikni anglash jarayonidagi o‘rni yoritiladi. Avtoportret nafaqat ijodiy ifoda, balki pedagogik jarayonda talabalarning o‘zini anglash, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va estetik didni shakllantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tarixiy manbalar, zamonaviy tajribalar va metodik yondashuvlar asosida avtoportretning o‘quv jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan.
Dilfuza Zarifova
197-199
Read
QANDLI DIABETGA CHALINGAN BEMORLARDA KUZATILADIGAN POLINEYROPATIK ASORATLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 350 milliondan oshgan boʻlib, ularning 85–95%ini 2-tur qandli diabet tashkil etadi. Diabetik polineyropatiya esa ushbu kasallikning eng jiddiy va keng tarqalgan asoratlaridan biridir. Tadqiqotning maqsadi – qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda polineyropatiya asoratlarining uchrash xususiyatlarini aniqlash, yosh va jins omillari bilan bogʻliqligini oʻrganish. Tadqiqot Andijon shahar markaziy poliklinikasida olib borilib, 360 nafar qandli diabet bilan ogʻrigan bemor kuzatildi. Shulardan 334 nafari 2-tur qandli diabetga chalingan boʻlib, 270 nafarida (80,8%) polineyropatiya asoratlari aniqlangan. 40–60 yosh oraligʻidagi bemorlar 38%, 60 yoshdan yuqorilar 52%ni tashkil etdi. Ayollarda polineyropatiya erkaklarga nisbatan ikki barobar koʻp uchradi (68% ga 32%). Klinik jihatdan kombinirlangan turdagi polineyropatiya eng koʻp uchraydigan shakl ekanligi aniqlandi. Shuningdek, bemorlarda surunkali xolesistit (25%), pielonefrit (15%), kamqonlik (10%), gipertoniya (15%), Covid-19dan keyingi asoratlar (18%) va boshqa yondosh kasalliklar kuzatildi. Natijalar diabetik polineyropatiya bemorlarning hayot sifatiga keskin taʼsir etishini koʻrsatadi. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va shifokor tavsiyalariga rioya qilish asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Diyorbek Nurmatov , Jasurbek Tojiev, Nodirbek Ziyadov, Taxmina Azavova
107-108
Read
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ КОРРЕКЦИИ ПРИКУСА У ДЕТЕЙ И ВЗРОСЛЫХ
В статье рассматривается значение местных пищевых продуктов в укреплении здоровья населения и обеспечении продовольственной безопасности. Подчёркивается, что употребление локальной продукции способствует профилактике заболеваний, улучшает качество питания и снижает зависимость от импортных товаров. Отмечаются существующие проблемы хранения и переработки, а также необходимость внедрения инновационных технологий и государственной поддержки. Сделан вывод о том, что использование местных продуктов питания является стратегическим направлением для устойчивого развития общества и повышения уровня здоровья населения.
Хурлико Каримова, Мухлиса Жураева , Хадичабону Хуррамова
211-215
Read
РОЛЬ МИКРОБИОМА ПОЛОСТИ РТА В РАЗВИТИИ СТОМАТОЛОГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ
Микробиом полости рта представляет собой сложную экосистему, включающую бактерии, вирусы, грибы и археи, находящиеся в динамическом равновесии. Его сбалансированное состояние играет ключевую роль в поддержании гомеостаза и защите организма от патогенных микроорганизмов. Нарушения в составе и функции микробиоты, вызванные неблагоприятными факторами, могут приводить к развитию широкого спектра стоматологических заболеваний, включая кариес, гингивит, пародонтит и кандидоз. Современные исследования показывают, что качественные и количественные изменения микробиома напрямую связаны с воспалительными процессами, разрушением тканей и дисбалансом иммунного ответа. Изучение ролевого значения микробиоты открывает новые возможности для разработки профилактических и терапевтических подходов, направленных на восстановление микробного баланса и предотвращение прогрессирования стоматологических патологий. Таким образом, понимание роли микробиома полости рта имеет большое значение как для фундаментальной науки, так и для клинической стоматологии.
Хурлико Каримова , Мухлиса Жураева , Хадичабону Хуррамова
216-220
Read
ARTERIAL GIPERTONIYA BOR BEMORLARDA KOMORBIDLIK XUSUSIYATLARI
Arterial gipertoniya (AG) bugungi kunda ham jiddiy ilmiy-amaliy muammolardan biri bo‘lib, uning asoratlari yurak-qon tomir, miya tomirlari va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq. Tadqiqot maqsadi – AG mavjud bemorlarda komorbid patologiyalar strukturasi va ularning 10 yillik yashash prognozini baholash. Tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialida 2020–2021 yillarda olib borildi. 135 nafar AG II–III bosqichli bemorlarning kasallik tarixi tahlil qilindi (o‘rtacha yosh 63,4±5,3 yil; 52,6% ayollar, 47,4% erkaklar). Natijalarga ko‘ra, bemorlarning barchasida qo‘shimcha kasalliklar mavjud bo‘lib, ulardan 79,3%ida uch va undan ortiq komorbid patologiya qayd etildi. Eng ko‘p uchraydigan nosologiya – surunkali yurak yetishmovchiligi (85,2%), yurak ishemik kasalligi (60,7%), miokard infarkti (32,6%), yurak aritmiyalari (31,9%) bo‘ldi. Endokrin kasalliklar 21,5%da (asosan, 2-tip qandli diabet), o‘pka kasalliklari 5,9%da, oshqozon-ichak kasalliklari 2,96%da, surunkali buyrak kasalligi 3,7%da qayd etildi. Charlson indeksi bo‘yicha bemorlarning 43,9%ida ≥5 ball, bu esa yuqori xavfli guruhga kirishini ko‘rsatdi. Polikomorbidlik fonida ko‘pchilik bemorlar bir vaqtning o‘zida 6–10 xil dori vositasini qabul qilgani sababli polipragmazya va nojo‘ya ta’sirlar xavfi sezilarli darajada ortishi aniqlandi.
Diyorbek Nurmatov, Jasurbek Tojiev, Nodirbek Ziyadov, Taxmina Azavova
109-111
Read
НЕОБОСНОВАННАЯ АНТИБИОТИКОТЕРАПИЯ ОСТРЫХ РЕСПИРАТОРНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ВОЗРАСТА
Необоснованное назначение антибиотиков при острых респираторных заболеваниях (ОРЗ) у детей младшего возраста остаётся актуальной проблемой педиатрии. Целью исследования явилось определение ожиданий родителей/опекунов относительно назначения антибиотиков врачами при ОРЗ у детей, а также оценка частоты и характера антибиотикотерапии. В исследование были включены 30 детей раннего возраста, находившихся в отделении болезней детей раннего возраста. Методом анкетирования выявлены особенности течения ОРЗ и практика применения антибактериальных препаратов. Полученные данные показали, что средняя частота заболеваемости у мальчиков составляет 10–15 раз в год, у девочек - 8–10 раз. Среди осложнений отмечены пневмония и отиты (по 40%), гнойный тонзиллит (20%). Антибиотики назначались врачами у 66% пациентов, фармацевтами — у 17%, самостоятельно принимались в 3% случаев, по совету знакомых — у 14%. Всего лишь 7% детей не получали антибиотики при эпизодах ОРЗ. Установлено, что наиболее часто применяемыми препаратами являются цефалоспорины. Результаты подчёркивают необходимость повышения уровня знаний медицинских работников обоснованному применению антибактериальной терапии и внедрения клинических руководств, основанных на принципах доказательной медицины, для снижения случаев необоснованного назначения антибиотиков у детей с самоизлечивающимися инфекциями верхних дыхательных путей.
Хаммдулла Ибатов , Мухаммадкодир Хасанов, Диёрбек Нурматов , Тахмина Азавова
73-75
Read
FULL-TERM AND PRETERM INFANTS WITH PNEUMONIA: A CLINICAL COMPARISON
Pneumonia remains one of the leading causes of morbidity and mortality among children under 5 years of age, particularly in low- and middle-income countries. Despite numerous studies, data on differences in the clinical course of pneumonia between full-term and preterm infants under 1 year of age are still limited.
Hammdulla Ibatov, Muhammadkodir Khasanov, Diyorbek Nurmatov, Takhmina Azavova
76-77
Read
MULK HUQUQINI HIMOYA QILISHNING FUQAROLIK HUQUQIY USULLARI: VINDIKATSION VA NEGATOR DA’VO
Ushbu maqolada mulk huquqini himoya qilishning nazariy va amaliy asoslari, ularni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari hamda xalqaro huquqiy tajriba tahlil qilinadi. Mulk huquqi buzilganda uni tiklash, to‘xtatish va kelgusida oldini olishning samarali mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sud va sudgacha bo‘lgan tartibda himoya qilish usullari, shaxsiy va mulkiy manfaatlarning huquqiy kafolatlari yoritiladi.
Mirvohid Yaxshiboyev
221-224
Read
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar yoritiladi. Texnologiya fanining o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda texnologiya fanini o‘qitish tajribasi o‘rganilib, ularning ijobiy jihatlarini O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqola ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan muhim bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.
Alohidin Ibodov
225-228
Read
БИОАКТИВНЫЕ МАТЕРИАЛЫ В СТОМАТОЛОГИИ (СТЕКЛОИОНОМЕРЫ И КАЛЬЦИЙСОДЕРЖАЩИЕ ЦЕМЕНТЫ)
В статье рассматриваются биоактивные материалы, применяемые в стоматологии: стеклоиономерные и кальцийсодержащие цементы. Стеклоиономеры обеспечивают химическую адгезию к тканям зуба, выделяют фториды и предотвращают развитие вторичного кариеса. Кальцийсодержащие цементы обладают выраженной биоактивностью, стимулируют образование репаративного дентина и способствуют регенерации пульпы. Их использование делает лечение более эффективным, сочетая прочность, биосовместимость и профилактический эффект.
Хурлико Каримова, Мухлиса Жураева, Хадичабону Хуррамова
233-237
Read
<<
<
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
>
>>
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer