ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
83
IMKONIYATI CHEKLANGAN O'QUVCHILARGA MUSIQA FANINI O'QITISH
MEATODIKASI
Oyto‘rayev Azizxon Xasan o‘g‘li
Toshkent viloyati Piskent tumani
16-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi musiqa fani o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17096652
Annotatsiya. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga musiqa fanini
o‘qitish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Musiqa darslarining psixologik,
tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyalari yoritilib, o‘quvchilarda shaxsiy rivojlanish, kommunikativ
imkoniyatlar va ijodiy qobiliyatlarning shakllanishi tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida qo‘shiq
kuylash, cholg‘u chalish, ritmik mashqlar, musiqa terapiyasi va raqamli texnologiyalardan
foydalanish natijalari ko‘rib chiqildi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, musiqa ta’limi imkoniyati
cheklangan o‘quvchilarda emotsional barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiylashuvni kuchaytirish,
nutq va motorik ko‘nikmalarni rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, musiqa ta’limi, metodika, musiqa
terapiyasi, innovatsion texnologiyalar, inklyuziv ta’lim.
Аннотация. В статье рассматриваются методические основы преподавания
музыки учащимся с ограниченными возможностями. Анализируются психологические,
воспитательные и социальные функции музыкальных занятий, их роль в развитии
личности, формировании коммуникативных навыков и творческих способностей. В ходе
исследования изучены результаты применения пения, игры на музыкальных
инструментах, ритмических упражнений, элементов музыкальной терапии и цифровых
технологий. Наблюдения показали, что музыкальное обучение способствует
эмоциональной стабильности, социальной интеграции, развитию речи и моторных
навыков у детей с ограниченными возможностями.
Ключевые слова: учащиеся с ограниченными возможностями, музыкальное
образование, методика, музыкальная терапия, инновационные технологии, инклюзивное
обучение.
Abstract. This article analyzes the methodological foundations of teaching music to
students with disabilities. The psychological, educational, and social functions of music lessons
are examined, with a focus on their role in personal development, communication skills, and
creativity. The study evaluates the impact of singing, instrumental performance, rhythmic
exercises, elements of music therapy, and the use of digital technologies. Observations indicate
that music education fosters emotional stability, enhances social integration, and develops
speech and motor skills among students with disabilities.
Keywords: students with disabilities, music education, methodology, music therapy,
innovative technologies, inclusive education.
KIRISH
Bugungi globallashuv davrida ta’lim sohasining eng muhim vazifalaridan biri — barcha
bolalar, jumladan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga ham sifatli ta’lim olish imkoniyatini
yaratishdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
84
Inson qadr-qimmati va huquqlarini e’tirof etish prinsipi asosida shakllanayotgan ta’lim
tizimida inklyuziv yondashuv alohida o‘rin tutadi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi –
nogironligi yoki turli xil rivojlanishdagi cheklovlari mavjud bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan
birga ta’lim-tarbiyaga jalb qilish, ularning imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishdan iboratdir.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, musiqa fani imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ijtimoiy
hayotga moslashtirishda, ularning psixologik holatini barqarorlashtirishda, estetik didini
shakllantirishda va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musiqa san’ati o‘ziga xos tarbiyaviy kuchga ega bo‘lib, inson qalbini uyg‘otish, ruhiy
tetiklik berish, shaxsni ijobiy ruhda tarbiyalash imkoniyatini beradi. Musiqa darslari orqali
bolalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar. Qo‘shiq
kuylash, cholg‘u asboblarida ijro etish, ritmik mashqlar bajarish, musiqani tinglash jarayonlari
o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni hayotiy quvonchga, mehnatsevarlikka,
ijodkorlikka va jamoada ishlashga o‘rgatadi. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalar uchun
musiqa darslari bir vaqtning o‘zida davolash-terapiya vazifasini ham bajaradi. Musiqa terapiyasi
ilmiy jihatdan isbotlangan holda bolalarda stressni kamaytirish, emotsional muvozanatni
ta’minlash, ijtimoiy faoliyatga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun musiqa ta’limi metodologiyasi maxsus
pedagogika va defektologiya yondashuvlariga tayanadi. Metodologik asos insonparvarlik,
individuallashtirish, inklyuziya, faollik va ijodkorlik tamoyillari hisoblanadi. Musiqa darslari
ularning psixofiziologik xususiyatlariga moslashtirilgan holda tashkil qilinadi. Ushbu jarayon
korreksion, tarbiyaviy va ijtimoiylashtiruvchi funksiyani bajaradi.
Ilmiy manbalarda L.S. Vygotskiy, J. Piaget, K. Orff, Z. Kodaly kabi mutaxassislarning
nazariyalari asosiy metodologik asos sifatida ko‘rsatiladi. Vygotskiy rivojlanishning yaqin zona
nazariyasini ilgari surib, bolaning imkoniyatlari moslashtirilgan yordam bilan kengayishini
isbotlagan. Orffning musiqiy-metodik tizimi ritm, harakat va improvizatsiya orqali bolaning
ichki imkoniyatlarini uyg‘otishga qaratilgan. Kodaly metodikasi esa qo‘shiq kuylash orqali
musiqiy idrokni shakllantirishga tayanadi.
Xalqaro adabiyotlarda musiqa terapiyasining korreksion roli keng tahlil qilingan.
Finlyandiya tajribasida maxsus musiqiy ansambllar orqali bolalarda ijtimoiy integratsiya va
o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalari shakllantirilgan. Yaponiyada esa raqamli texnologiyalar va
elektron cholg‘u vositalari yordamida musiqiy mashg‘ulotlar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar
uchun moslashtirilgan.
O‘zbekiston adabiyotlarida musiqaning tarbiyaviy, estetik va davolovchi xususiyatlari
haqida tadqiqotlar mavjud. Mahalliy olimlar qo‘shiqlar orqali nutq apparatini rivojlantirish,
ritmik mashqlar orqali motorik faoliyatni kuchaytirish, musiqiy mashg‘ulotlar yordamida
emotsional barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishida natijalar keltirgan. Maktab va maktabgacha
ta’lim muassasalarida musiqa darslarini inkluziv sharoitga moslashtirish masalasi oxirgi yillarda
ilmiy tadqiqotlarda keng o‘rganilgan.
Metodik yondashuvlar uch turga ajratiladi. An’anaviy metodlar – qo‘shiqlar kuylash,
musiqani tinglash, cholg‘u chalish. Innovatsion metodlar – raqamli texnologiyalar, interaktiv
dasturlar, mobil ilovalar, elektron sintezatorlardan foydalanish.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
85
Terapevtik metodlar – musiqa terapiyasi va art-terapiya elementlari orqali emotsional
muvozanatni tiklash. O‘yinli metodlar – musiqiy o‘yinlar, ritmik mashqlar, dramatizatsiya
asosidagi ijodiy topshiriqlar.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, musiqa ta’limi imkoniyati cheklangan
o‘quvchilarda quyidagi natijalarga olib keladi: psixologik barqarorlik, ijtimoiylashuv,
kommunikativ rivojlanish, ijodkorlik, o‘ziga ishonchning ortishi, estetik did shakllanishi. Ushbu
jihatlar xalqaro va milliy tadqiqotlarda umumiy xulosa sifatida qayd etilgan.
Metodologiya va adabiyotlarni o‘rganish natijasida asosiy tamoyil quyidagicha
shakllanadi: musiqa fanini imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga o‘qitish jarayonida korreksion,
tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalar bir butun tizim sifatida amalga oshirilishi kerak. Shu jarayonda
metodlar integratsiyalashgan, texnologik va innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilishi
zarur. Shu asosda ilmiy-nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlar yagona metodologik yo‘nalishni
belgilaydi.
Musiqa darslari imkoniyati cheklangan bolalarda psixologik barqarorlikni ta’minlashda
samarali bo‘ldi. O‘quvchilar qo‘shiq kuylash, ritmik mashqlar va musiqani tinglash jarayonida
o‘zini ifodalashga intildi. Bu jarayon ularning kayfiyatini ko‘tarib, ichki stressni kamaytirdi.
O‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda ayrim o‘quvchilarda dastlabki bosqichda o‘ziga
ishonchsizlik, ijtimoiy qo‘rquv va izolyatsiya holatlari kuzatilgan bo‘lsa, bir necha oy davomida
musiqa darslarida faol qatnashganidan so‘ng ularda o‘zini erkin tutish, fikrini ochiq aytish va
ijobiy kayfiyat barqarorlashganligi qayd etildi. Bu xulosa musiqa terapiyasi metodikasiga
asoslangan xalqaro tadqiqotlar bilan ham mos keladi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Musiqa ta’limi jarayonida jamoaviy qo‘shiqlar, ansambl mashg‘ulotlari va musiqiy
o‘yinlar ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirdi. O‘quvchilar bir-biriga yordam berish, vazifalarni
taqsimlash, navbatni kutish va jamoada o‘zini tutishni o‘rgandi. Maxsus kuzatuvlarda ko‘rishida
yoki eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar dastlab jamoaviy mashg‘ulotlarga moslashishda
qiyinchilik sezgan bo‘lsa, keyinchalik ular tengdoshlari bilan hamkorlikda faoliyat yurita olgan.
Bu holat Finlyandiya tajribasida ham qayd etilgan bo‘lib, ansambllar orqali bolalarning
ijtimoiy integratsiyasi mustahkamlanishi aniqlangan.
Ritmik mashqlar, qo‘l va tana harakatlari musiqaga mos holda bajarilganda,
o‘quvchilarning motorik rivojlanishi aniq sezildi. Jismoniy harakat cheklovlari bo‘lgan bolalarda
ham musiqiy ritm orqali qo‘l va oyoq harakatlari koordinatsiyasi yaxshilandi. Cholg‘u
asboblarida oddiy ijro mashqlari mayda motorik harakatlarni rivojlantirdi. Ko‘rishida nuqsoni
bo‘lgan bolalarda fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmalari musiqaga asoslangan ritmik yurish
mashqlari yordamida shakllandi.
Musiqani tinglash estetik idrokni rivojlantirdi. O‘quvchilar turli janrdagi musiqalarni
farqlash, ularning mazmunini tushunish va his qilishga o‘rgandi. Qo‘shiqlarni kuylash va cholg‘u
chalish orqali ijodiy qobiliyatlar yuzaga chiqdi. Improvizatsion mashqlar o‘quvchilarga o‘z
hissiyotlarini erkin ifoda qilish imkonini berdi. Ayrim bolalarda dastlab passivlik kuzatilgan
bo‘lsa, keyinchalik ular o‘zlari qo‘shiq tanlab kuylashga yoki ritmik harakatlarni mustaqil o‘ylab
topishga kirishdi.
Individuallashtirilgan yondashuv o‘quvchilarning darslarga qiziqishini kuchaytirdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
86
O‘qituvchilar imkoniyati cheklangan har bir o‘quvchining imkoniyatini hisobga olib
mashg‘ulotlarni tashkil etganda yuqori samaraga erishildi. Masalan, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilarga audio yozuvlar yordamida qo‘shiqlarni o‘rgatish, eshitishida nuqsoni bo‘lganlarga
esa vizual belgilar va harakatlar orqali mashg‘ulot o‘tkazish ta’lim sifatini oshirdi. Pedagog, ota-
ona va defektolog hamkorligi musiqiy ta’lim samaradorligini mustahkamladi.
Raqamli vositalardan foydalanish natijalarini alohida qayd etish lozim. Elektron
sintezator, interaktiv dasturlar, mobil ilovalar va audiovizual materiallar o‘quvchilarning musiqiy
idrokini kengaytirdi. Texnologik vositalar motivatsiyani oshirib, mashg‘ulotlarni qiziqarli qildi.
Bu jarayonda o‘quvchilarda mustaqil o‘rganish va takrorlash imkoniyati shakllandi.
Yaponiyada qo‘llanilgan raqamli vositalar yordamida imkoniyati cheklangan bolalar
musiqiy darslarni samarali o‘zlashtirganligi ilmiy manbalarda qayd etilgan. Mahalliy
kuzatuvlarda ham raqamli texnologiyalar qo‘llanilganda bolalarning faol ishtiroki ortgani
tasdiqlandi.
Olingan natijalar ilmiy nazariy qarashlar bilan uyg‘unlashadi. Vygotskiyning yaqin
rivojlanish zonasi nazariyasi musiqa mashg‘ulotlarida amaliy tasdig‘ini topdi. Bolalar dastlab
mustaqil bajara olmagan topshiriqlarni o‘qituvchi yoki tengdoshlar yordamida o‘zlashtirib,
keyinchalik mustaqil ravishda bajara boshladi. Orff metodikasiga asoslangan ritmik mashqlar va
cholg‘u ijrosi motorik va ijodiy rivojlanishda samarali natija berdi.
Musiqa fanini o‘qitish imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda psixologik barqarorlikni
ta’minladi, ijtimoiylashuv jarayonini kuchaytirdi, nutq va kommunikativ qobiliyatni rivojlantirdi,
motorik ko‘nikmalarni mustahkamladi, estetik idrok va ijodiy qobiliyatlarni shakllantirdi.
Natijalar xalqaro tajribalar bilan mos keldi va mahalliy amaliyotda ham o‘z tasdig‘ini topdi. Shu
asosda musiqiy ta’lim metodlarini yanada boyitish, innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash,
pedagoglarning maxsus tayyorgarligini kuchaytirish zaruriyati aniqlandi.
XULOSA
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun musiqa fanini o‘qitish metodikasiga oid
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, musiqa ta’limi faqat estetik tarbiya vositasi emas, balki kompleks
korreksion va ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida ham xizmat qiladi. Natijalar psixologik
barqarorlikni kuchaytirish, ijtimoiy integratsiyani qo‘llab-quvvatlash, kommunikativ
imkoniyatlarni rivojlantirish, motorik moslashuvni yaxshilash hamda estetik idrok va
ijodkorlikni yuzaga chiqarishda sezilarli samara bergan.
O‘tkazilgan kuzatuvlar va adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘shiq kuylash, cholg‘u
ijrosi, ritmik mashqlar, musiqa terapiyasi elementlari hamda zamonaviy raqamli vositalar
o‘quvchilarni faol ta’lim jarayoniga jalb etishda muhim omil hisoblanadi. Individuallashtirilgan
yondashuv, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘yin va terapevtik metodlarni
uyg‘unlashtirish pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, o‘qituvchi,
ota-ona va defektolog hamkorligi musiqiy ta’lim natijalarini barqarorlashtiradi.
Biroq natijalarning bir qismi ta’lim muassasalarida texnologik vositalarning
yetishmasligi, pedagoglarning metodik tayyorgarlik darajasi va ota-onalar bilan hamkorlikning
doimiy emasligi sababli cheklangan holda kuzatildi. Shunday bo‘lsa-da, umumiy natija shuni
ko‘rsatadiki, musiqa fanini o‘qitish imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda shaxsiy, psixologik,
ijtimoiy va estetik rivojlanishni ta’minlovchi muhim omil sifatida qaralishi lozim.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
87
Bu yo‘nalishda metodlarni integratsiyalash, innovatsion yondashuvlarni kengaytirish va
pedagog malakasini oshirish zaruriy vazifa hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 15-oktabr “Nogironligi bo’lgan
shaxslarning huquqlari to’g’risida”gi qonundan ko’chirma
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2021-yil 22-fevral kuni BMT inson
huquqlari bo’yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan
shaxslarning o’z qobiliyatini ro’yobga chiqarish masalalari bo’yicha Mintaqaviy kengash
tuzish taklifidagi nutqidan.
3.
Vorojtsova O.A. Bolalar psixoterapiyasida musiqa va o'yin: Psixoterapiya institutining
nashriyoti, 2004
4.
Lobova A.F. Bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirish: o'qituvchilar uchun darslik.
Ekaterinburg, 1999.
5.
Medvedeva E.A., Levchenko I.Y., Komisarova L.N., Dobrovolskaya T.A. Maxsus
ta'limdagi badiiy pedagogika va art terapiya: O'quv qo'llanma. tirnoq uchun. o'rtacha va
undan yuqori. ped. o'rganish. muassasalar. - M.: Akademiya, 2001.
6.
Ovchinnikova T. Sog'liqni saqlash uchun musiqa. - Sankt-Peterburg: Rassomlar
uyushmasi, 2004 y.
7.
Petrushin V.I. Musiqiy psixologiya. - M.: "VLADOS", 1997
