➤
Категории
Журналы
Конференции
Каталог авторефератов
Каталог диссертаций
Каталог монографий
Каталог учебников
Предстоящие конференции
Организации
Авторы
Блог
О нас
Отправка материалов
Публичная Оферта
Политика обработки персональных данных
Заявление об открытом доступе
Публичная лицензия
Авторские права
Контакты
Вход
Главная
/
Архивы
/
№ 9 (2025) Modern Science and Research
№ 9 (2025) Modern Science and Research
Журнал:
Современная наука и исследования
Опубликован:
2025-09-03
Поделиться
Статьи
O'ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA RISK-MENEJMENT AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH (HAMKORBANK ATB MISOLIDA)
Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston tijorat banklarida risk-menejment amaliyotini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Bank faoliyatida uchraydigan asosiy risklar — kredit, likvidlik, bozor, valyuta va operatsion risklarning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri ko‘rib chiqilgan. So‘nggi yillarda mamlakat bank tizimida risklarni boshqarish jarayonlari xalqaro standartlarga, jumladan Basel III va IFRS 9 talablariga moslashtirilayotgani, qaytmas kreditlar ulushining kamaygani va kapital yetarliligi ko‘rsatkichlarining mustahkamlanayotgani amaliy misollar bilan yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar — sun’iy intellekt, big data va raqamli platformalarning risklarni tezkor aniqlash va prognozlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarida risk-menejmentni takomillashtirish banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, xalqaro moliya bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil sifatida e’tirof etiladi.
Elyorbek Raxmonov
238-245
Читать
TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION LOYIHALARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Maqolada ta’lim tizimida innovatsion loyihalarni boshqarish mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, ularning samaradorligini belgilovchi omillar hamda xalqaro tajribalar asosida shakllangan boshqaruv usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda raqamli ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim platformalari va elektron boshqaruv tizimlarining o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganildi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud tajribalar tahlil qilinib, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda uchraydigan muammolar, jumladan, kadrlar salohiyatining yetishmasligi, moliyaviy cheklovlar va monitoring mexanizmlarining to‘liq ishlamasligi qayd etildi.
Ra’no Tadjibayeva
246-250
Читать
XUSUSIY TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION LOYIHALARNI BOSHQARISH: DOLZARB MASALALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada O‘zbekistonda xususiy ta’lim sohasining rivojlanishida innovatsion loyihalarning ahamiyati, ularni boshqarish mexanizmlari hamda mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida samarali boshqaruv usullari va istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, innovatsion boshqaruvni joriy etish xususiy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro standartlarga moslashuvini ta’minlaydi.
Shukurova Mushtariy, B. Mamatov
251-253
Читать
FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARDA ASHYOVIY HUQUQLAR
Ushbu maqolada fuqarolik huquqiy munosabatlarda ashyoviy huquqlarning mazmuni, turlari va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Ashyoviy huquqlar mulk huquqi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular shaxslarning mol-mulk ustidan egalik qilish, undan foydalanish hamda tasarruf etish imkoniyatlarini belgilaydi. Maqolada milliy qonunchilik va nazariy manbalar asosida ashyoviy huquqlarning huquqiy tabiatiga to‘xtalib o‘tilgan, shuningdek, ularning fuqarolik muomalasidagi o‘rni tahlil qilingan.
Mirvohid Yaxshiboyev
254-257
Читать
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari keng yoritilgan. Hozirgi zamon ta’lim tizimida texnologiya fanining tutgan o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarda amaliy va nazariy bilimlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiya fanini samarali o‘qitishda metodik yondashuvlar, interfaol usullar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari chuqur o‘rganilgan. Maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan metodik ishlanmalar ham o‘z aksini topgan. Tadqiqotda umumta’lim maktablari uchun texnologiya fanini o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritilgan. Muallif texnologiya darslarini o‘quvchilarda mehnatsevarlik, kasbiy qiziqish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita sifatida baholaydi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, metodik ta’minotni kuchaytirish va o‘qituvchilar faoliyatida yangi yondashuvlarni tatbiq etishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Umumiy xulosalarga ko‘ra, texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash va mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
Alohidin Ibodov
258-262
Читать
INTERCULTURAL PRAGMATICS OF PROVERBS: SEMANTIC NUANCES AND SOCIOLINGUISTIC FUNCTIONS IN UZBEK AND ENGLISH
This article explores the intercultural pragmatics of proverbs in Uzbek and English, emphasizing semantic subtleties and sociolinguistic functions. Proverbs are examined as culturally embedded expressions that convey ethical values, rhetorical strategies, and communicative norms. By comparing idiomatic parallels and pragmatic distinctions, the study highlights how linguistic expressions reflect divergent cultural logics. The findings demonstrate how intercultural pragmatics fosters understanding in translation studies, bilingual education, and cross-cultural communication.
Sehriyoxon Azimova , Sayyoraxon Sodiqova
263-265
Читать
TEXNIK TARAQIYOT
Texnik taraqqiyot Texnik taraqqiyot insoniyat taraqqiyoti tarixining ajralmas va bosh omillaridan biridir. Dastlabki mehnat qurollaridan tortib, hozirgi sun’iy intellekt asosidagi tizimlargacha bo‘lgan jarayon uzoq, murakkab, ammo nihoyatda samarali yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti nafaqat ishlab chiqarish yoki sanoat sohasini, balki ta’lim, tibbiyot, transport, aloqa, hatto shaxsiy hayotimizni ham tubdan o‘zgartirib yubordi.
Ruxshona Yo‘ldosheva
266-267
Читать
BOLALARDA UCHRAYDIGAN ALLERGIK KASALLIKLARINING OLDINI OLISH CHORALARI
Allergiya-bu organizmning atrof muhitga yuqori sezuvchanligi bo’lib, u antigenlarga javoban antitenalarni ishlab chiqarilishi bilan namoyon bo’ladi.
Gulzoda Utepova, Zilola Urolova
268-269
Читать
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK FAOLIYATINI XALQARO STANDARTLARGA MOSLASHTIRISH JARAYONLARI VA MUAMMOLARI
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlarini o'rganadi va mavjud muammolarni tahlil qiladi. Tadqiqot XMAS (Xalqaro Moliyaviy Audit Standartlari) joriy etilishi, milliy qonunchilik tizimini xalqaro talablarga moslashtirilishi va auditorlik kadrlarini tayyorlash masalalarini qamrab oladi. Maqola auditorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholaydi va kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlarini belgilaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonda auditorlik tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, biroq bir qator tizimli muammolar mavjud.
Zilola Shermurodova
270-274
Читать
RUMIY SHE’RIYATIDA ILOHIY ISHQNING BADIIY IFODASI
Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy she’riyatida ilohiy ishqning tasavvufiy va falsafiy mohiyati hamda uning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Rumiyning ishq haqidagi qarashlari orqali inson qalbining poklanishi, ruhiy komillikka erishishi va Yaratuvchiga bo‘lgan muhabbatning san’at darajasida yuksak tasviri ochib beriladi. Xususan, “Masnaviy” va boshqa she’riy namunalardagi ramziy obrazlar, majoz va timsollar asosida ilohiy ishqning manbalari va uning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni ilmiy jihatdan sharhlanadi. Maqola Rumiy merosining badiiy-estetik qimmati hamda tasavvuf adabiyotidagi o‘rni haqida yangi ilmiy xulosalar beradi.
Ozodaxon Choriyeva
275-279
Читать
TASAVVUFDA ISHQ – ILOHIY MUHABBAT VA MA’RIFAT MANBAI
Maqolada tasavvuf falsafasida “ishq” tushunchasining mohiyati va mazmuni keng yoritiladi. So‘fiylik ta’limotida ishq nafaqat Allohga bo‘lgan muhabbatning yuksak ifodasi, balki ma’rifat sari eltuvchi, ruhiy poklanish va komillikka yetaklovchi eng asosiy vosita sifatida talqin qilinadi. Xususan, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida ishq inson qalbini ilohiy haqiqatga yaqinlashtiruvchi, ruhiyatni tarbiyalovchi kuch sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilingan. Shuningdek, ishqning tasavvufiy adabiyotdagi ramziy talqinlari, uning poetik obrazlar orqali ifodalanishi ham ilmiy izohlanadi.
Ozodaxon Choriyeva
229-232
Читать
INSON QADR-QIMMATI: FALSAFIY-AXLOQIY VA IJTIMOIY TAHLIL
Ushbu maqola inson qadr-qimmatining falsafiy-axloqiy va ijtimoiy asoslarini adabiyotlar tahlili orqali tadqiq etadi. Maqolada inson qadr-qimmatining nazariy jihatlarini o'rganish, zamonaviy ijtimoiy kontekstda uning ahamiyatini baholash va inson huquqlari tizimidagi o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqot milliy va xalqaro manbalar tahlili orqali inson qadr-qimmatining ko'p qirrali tabiatini ochib beradi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, inson qadr-qimmati nafaqat falsafiy kategoriya, balki ijtimoiy rivojlanish va huquqiy tizimning asosi hisoblanadi.
Mirodiljon Baratov, Zuhroxon Jalilova
280-284
Читать
TIJORAT BANKLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING AHAMIYATI
Maqolada tijorat banklari faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari har tomonlama tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv sharoitida bank-moliya tizimida raqobatning kuchayishi, mijozlar ehtiyojlarining o‘zgarishi va xalqaro moliyaviy standartlarning joriy qilinishi natijasida raqamli transformatsiya jarayonlari banklar uchun strategik ustuvor vazifaga aylangan. Xususan, elektron to‘lov tizimlari, mobil banking, blokcheyn, sun’iy intellekt va biometrik autentifikatsiya kabi texnologiyalar bank xizmatlarini samaradorligini oshirish, moliyaviy operatsiyalarni xavfsiz amalga oshirish hamda mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Sanjarbek Xo‘jayev
298-306
Читать
OYXONIM QADIMIY SHAHRI TARIXI
Maqolada qadimgi Yunon-Baqtriya davlatida ellinizm davrida Makedoniyalik Aleksandr vositasida bunyod etilgan, davlatning markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan Oyxonim (qadimgi Aleksandiya Oykumeniya) haqida ma’lumot berilgan.
Temirbek Qo‘chqarov , Mahliyo Abdumutalova
242-245
Читать
ADHESIVE SYSTEM, COMPOSITION AND HISTORY OF ITS CREATION
The adhesive system is a set of substances that are used in a fixed sequence and then ensure the adhesion of the filler. The adhesive system mainly consists of 3 different types of substances; consists of surface modified acid, primer, bonding.
Laziza Khalilova
233-241
Читать
TIL O‘RGANISH JARAYONIDA YOSH OMILI: INGLIZ TILI GRAMMATIKASI VA FONETIKASI MISOLIDA PSIXOLINGVISTIK TADQIQOT
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishda yosh omilining fonetik va grammatik ko‘nikmalarga ta’siri psixolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalik davrida fonetik ko‘nikmalarni egallash samaraliroq bo‘lsa, grammatik qoidalarni kattalar ongli ravishda chuqurroq o‘zlashtira oladilar. Shunday ekan, ta’lim jarayonida yosh guruhlariga mos metodik yondashuvni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Nargizakhon Akhmadalieva
112-114
Читать
TEXNOLOGIYA FANIDA AMALIY MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHNING METODIK XUSUSIYATLARI
. Mazkur ishda umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning metodik asoslari yoritilgan. Amaliy mashg‘ulotlarning o‘quvchilar bilimini mustahkamlashdagi o‘rni, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliy mashg‘ulotlarga integratsiya qilish yo‘llari ham ochib berilgan.
Alohidin Ibodov
115-117
Читать
АРТЕРИАЛЬНАЯ ГИПЕРТЕНЗИЯ КАК ФАКТОР РИСКА СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТОЙ ПАТОЛОГИИ У ПАЦИЕНТОВ СРЕДНЕГО ВОЗРАСТА
Материалы и методы. Проведено ретроспективное исследование историй болезни 148 пациентов в возрасте от 35 до 60 лет, находившихся на стационарном лечении в кардиологическом отделении. Из них 86 — мужчины, 62 — женщины. Средняя длительность АГ составила 7,3 ± 2,6 года. У всех пациентов оценивали:
Саидакбар Дилмуродов, Азизбек Муртазаев, Баходир Насриддинов
118-121
Читать
ОСТРАЯ ПОЧЕЧНАЯ НЕДОСТАТОЧНОСТЬ У ТЯЖЕЛООБОЖЖЁННЫХ ПАЦИЕНТОВ: ПАТОГЕНЕЗ, ДИАГНОСТИКА И ЛЕЧЕНИЕ
Острая почечная недостаточность (ОПН) является одним из наиболее частых и тяжёлых осложнений у пациентов с обширными ожоговыми повреждениями. В статье рассматриваются основные механизмы патогенеза, включающие гиповолемию, токсемию, воспалительные процессы и септические осложнения. Освещены современные подходы к диагностике, включая использование биомаркеров раннего повреждения почек. Представлены принципы комплексного лечения: инфузионная терапия, антибактериальное лечение, методы заместительной почечной терапии и нутритивная поддержка. Подчёркнута важность ранней профилактики, которая позволяет снизить риск летального исхода и улучшить прогноз у тяжелообожжённых больных.
Хаммдулла Ибатов, Жасурбек Умматов , Мухаммадкодир Хасанов, Тахмина Азавова
122-124
Читать
DONO ZIYAYEVANING TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGI SHAHARLARI TARIXI
Tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri toʻgʻrisida qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari, karvonsaroylari, savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar asosida izohlab beradi.
Doston Sayfiddinov , Feruzа Bоbоjоnоvа
307-312
Читать
YANGI MEHNAT QONUNCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA XALQARO TAJRIBA
Mazkuz maqolada yangi tahrirdagi Mehnat kodeksning o‘ziga xos xususiyatlari, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilishning ahamiyati, shuningdek, Oʻzbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solish va ishchilarni samarali ijtimoiy himoya qilishni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari bo‘yicha fikrlar yuritilgan.
Nigina Fayzulloyeva
313-318
Читать
MUSIQA MADANIYATINI INSON HAYOTIDA SHAKLLANISH VA O‘RGANISH BOSQICHLARI
Ushbu maqolada siz, musiqa madaniyati inson hayotida shakllanish jarayonlari va o‘rganish bosqichlari bilan nazariy taraflama tanishasiz. Qadriyatlarimiz asosiga qurilayotgan zamonaviy ta’lim dasturlar uchun musiqa madaniyatining ahamiyati to‘g‘risida fikr va mulohazalar olib boriladi. O‘sib ulg‘ayayotgan yoshlarimizda ta’lim-tarbiya, musiqiy did, estetik qarashlar, ruhiy barkamollikni to‘g‘ri tarbiyalash va rivojlantirish, bundan unumli foydalanish to‘g‘risidagi fikrlarim bilan tanishasiz. Musiqiy muhitning inson ruhiyati, tafakkur olamidagi o‘rni xaqida turli fikrlarni birgalikda taxlil qilamiz. Mehnat faoliyatim davomida yuzaga kelgan fikr, mulohazalarim, musiqiy madaniyatning turli tadqiqot na’munalari bilan bo‘lishib o‘taman.
Masturabonu Madaminova
319-323
Читать
MAKTAB TA’LIMIDA SHASHMAQOM: ESTETIK DID VA RUHIY TARBIYA OMILI
Mazkur maqolada Shashmaqom san’atining ma’naviy, estetik va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Unda globallashuv sharoitida yoshlarning milliy san’atdan uzoqlashuvi muammosi yoritilib, Shashmaqomni maktab ta’limiga olib kirish zarurati asoslab beriladi. Shashmaqomning musiqiy va falsafiy mazmuni, uning o‘zbek va tojik xalqlarining ruhiy olami, estetik tafakkuri va milliy qadriyatlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Maqolada Shashmaqomdagi mavzularning ifodasi, musiqiy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari hamda o‘quvchilarni qiziqtirish va musiqaga muhabbat uyg‘otish metodlari bayon qilingan.
Dilshodaxon Xaydarova
324-328
Читать
BANK MAHSULOTLARI VA XIZMATLARI BAHOSINI SHAKLLANTIRISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH (“HAMKORBANK” ATB MISOLIDA)
Mazkur maqolada tijorat banklarida mahsulot va xizmatlar bahosini shakllantirish amaliyoti chuqur tahlil qilinadi. Banklarning narx siyosati nafaqat kredit va depozit stavkalarini, balki barcha qo‘shimcha moliyaviy xizmatlarning qiymatini belgilashda muhim strategik vosita sifatida qaraladi. Xizmatlar bahosiga ichki xarajatlar, risklar, mijozlar ehtiyoji hamda tashqi iqtisodiy omillar ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar, Basel III va IFRS standartlari asosida baholash mexanizmlarini qo‘llashning afzalliklari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar, mijozlar segmentatsiyasi va innovatsion narxlash yondashuvlari orqali baho siyosatini takomillashtirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Natijada, banklarning raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va mijozlar ishonchini mustahkamlashga erishish mumkinligi ilmiy asosda isbotlangan.
Sarvarbek Tojiboyev
329-335
Читать
TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI DEPOZIT XIZMATLARI VA ULARNING HISOBI
Mazkur maqolada tijorat banklarida raqamli depozit xizmatlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning amaliy ahamiyati keng qamrovda tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya jarayonida omonat operatsiyalarining elektron platformalarga o‘tkazilishi bank faoliyatida samaradorlikni oshirishi, mijozlar uchun vaqt va mablag‘ tejalishini ta’minlashi, shuningdek, moliyaviy shaffoflik va hisob-kitoblarning aniqligini kuchaytirishi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, raqamli depozitlar bo‘yicha hisob yuritish mexanizmlari, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS 9) asosida foizlarni hisoblash, risklarni baholash hamda kiberxavfsizlik choralarini qo‘llash masalalari yoritilgan.
Aydos Turdimuratov
336-341
Читать
<<
<
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
>
>>
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer