➤
Kategoriyalar
Jurnallar
Konferensiyalar
Avtoreferat katalogi
Dissertatsiya katalogi
Монографиялар каталоги
Darslik katalogi
Kelgusi konferentsiyalar
Tashkilotlar
Mualliflar
Blog
Biz haqimizda
Materiallarni yuborish
Ommaviy Oferta
Шахсий Маълумотларни Қайта Ишлаш Сиёсати
Ochiq kirish bayonoti
Ommaviy litsenziya
Mualliflik huquqi
Kontaktlar
Kirish
Asosiy sahifaga o'tish
/
Arxivlar
/
№ 11 (2024) Modern science and research
№ 11 (2024) Modern science and research
Jurnal:
Zamonaviy fan va tadqiqotlar
Nashr qilingan:
2024-11-06
Ulashish
Maqolalar
TIJORAT BANKLARIDA KASSA VA KASSA OPERATSIYALARI XISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada tijorat banklarining kassa operatsiyalarini boshqarish va hisoblash tizimlarini takomillashtirish masalalari batafsil yoritilgan. Tadqiqot davomida kassa operatsiyalarini samarali boshqarish orqali bankning moliyaviy barqarorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xususan, naqd pul aylanmasining tezkorligi va samaradorligini ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish, bu orqali inson omilini kamaytirish va operatsion xavfsizlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi. Avtomatlashtirish orqali nafaqat kassa operatsiyalarining tezligi va aniqligi oshadi, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati ham yaxshilanadi. Shu bilan birga, maqolada masofaviy xizmatlarning o‘sishi ham yoritilgan bo‘lib, bu kassa operatsiyalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, xizmatlarni yanada qulay qilishga imkon yaratadi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, tijorat banklarida kassa operatsiyalarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Asrorbek Nurdinov
145-151
95
16
Batafsil o'qish
SPORTNING VOLEYBOL TURI KELIB CHIQISHI VA HOZIRGI DUNYODAGI AHAMIYATI
Dinamik va qiziqarli sport turi bo‘lgan voleybolning kelib chiqish tarixi bor. U 1895 yilda Massachusets shtatining Xoliok shahridagi sport ishqibozi va YMCA direktori Uilyam G. Morgan tomonidan ishlab chiqilgan. Basketbol, beysbol, tennis va qo‘l to‘pi elementlarini o‘zida mujassam etgan o‘yinni izlayotgan Morgan voleybolni jamoaviy ish, chaqqonlik va strategiyani ta’kidlaydigan ko‘ngilochar mashg‘ulot sifatida yaratdi.
Saodat Orziqulova
160-162
52
14
Batafsil o'qish
THE LEGEND OF LAZGI AND ITS HISTORY
This article discusses the history of Lazgi, the types of "Lazgi" dance that have survived to this day.
Maqpal Djumabaeva
175-177
101
27
Batafsil o'qish
UCHUVCHISIZ UCHADIGAN APPARATLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON UCHUN TAVSIYALAR
Uchuvchisiz uchadigan apparatlar texnologiyalarining keng tarqalishi va rivojlanishi ushbu sohani tartibga solish masalalarini murakkablashtirib bormoqda. Ushbu tadqiqot Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish sohasidagi xalqaro amaliyotni chuqur o‘rganish, O‘zbekiston havo hududi qonunchiligidagi ma’lum holatlarni tahlil qilish va samarali tartibga solish tizimini shakllantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida AQSH, Yevropa Ittifoqi, Xitoy va boshqa yetakchi davlatlarning uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qonunchilik bazasi mukammal o‘rganildi. Shuningdek, 2019-2023 yillar oralig‘ida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish statistikasi, ulardan foydalanish maqsadlari va qonun buzilishi holatlari ham o‘rganildi. O‘zbekistonda ushbu sohani huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi mavjud yutuqlar, amaliyotlar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish borasidagi mavjud yondashuvlar zamonaviy texnologik o‘zgarishlarga to‘liq moslashmaydi. Yangi texnologiyalar rivojlanishi bilan bog‘liq turli xavf-xatarlar vujudga kelishi sabablari o‘rganildi. Maqolada Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni samarali boshqarish va ulardan xavfsiz foydalanish uchun yangi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Davronbek Rashidov
297-306
55
23
Batafsil o'qish
XALQARO HUQUQ DOIRASI VA DAVLATLARNING ICHKI VAKOLATLARI
Ushbu ilmiy maqolada xalqaro huquq doirasida davlatlarning ichki vakolatlari tahlil qilinadi. Maqolada davlatlarning qonun chiqarish, boshqaruv va ijtimoiy siyosat sohalaridagi vakolatlari, shuningdek, xalqaro hamkorlik va inson huquqlarini himoya qilish tamoyillari koʻrib chiqiladi. Davlatlarning ichki ishlariga xalqaro huquqning ta’siri va muvozanati muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu jarayonda global muammolarni hal etish va inson huquqlarini himoya qilish zarurligi ta’kidlanadi. Natijada, maqola xalqaro huquq va ichki vakolatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Shohzoda Shomurodova
307-313
30
27
Batafsil o'qish
SUD AMALIYOTIDA MEDIATIV KELISHUV TUSHUNCHASI, TUZILISHI VA IJRO ETISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada mediatsiya instituti sohalarini kengaytirish, uning tartib va tamoyillarini konkretlashtirish, uning sud-huquq tizimidagi mavqei va imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, uni tartibga solish mexanizmlarini mustahkamlash tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada mediatsiya institutini yanada rivojlantirish, takomillashtirish va ijro qilish jarayonlarini nazariy jihatdan oʼrganish, uning muvofiqlashtirish yuzasidan ommabop va eng samarali usullar, keng qamrovli amaliy tavsiyalar va takliflar berilgan.
Akrom Ungarov
317-327
78
32
Batafsil o'qish
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA DANIYA, FINLANDIYA VA NARVEGIYA DAVLATLARINING TAJRIBISANI O'RGANISH VA O'ZBEKISTONGA TADBIQ QILISH
Mazkur maqolada "Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llash" nomli maqola dunyodagi eng kam korrupsiyalangan davlatlar qatoriga kiruvchi Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribalarini chuqur tahlil qiladi. Maqolada ushbu mamlakatlarda korrupsiyani kamaytirishga xizmat qilgan huquqiy, institutsional va ijtimoiy mexanizmlar solishtirma yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Mualliflar shaffoflik mexanizmlari, fuqarolik jamiyatining ishtiroki va hukumat nazorati samaradorligi kabi asosiy omillarni muhokama qilishadi. Maqolada, shuningdek, ushbu strategiyalarning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilishi imkoniyatlari tahlil qilinib, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muhitiga mos keluvchi amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot, xalqaro ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni istagan siyosatchilar va tadqiqotchilar uchun qimmatli manba sifatida xizmat qiladi.
Zulfizar Aktamova
152-159
160
25
Batafsil o'qish
BUTUNJAHON SAVDO TASHKILOTI VA UNGA OʻZBEKISTONNING AʼZOLIK MASALALARI
Ma’lumki, Jahon savdo tashkiloti bugungi davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro tuzilma hisoblanadi. Dunyo savdosining 95 foizdan ortig’i ushbu tashkilotga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tashkilotning asosiy vazifasi erkin va shaffof savdo aloqalarini tartibga solish va savdo jarayonlarni kengaytirish orqali tashkilotga a’zo davlatlarning avvalo iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda umumiy hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan. Mazkur maqsadlar o’z navbatida bugungi rivojlanish bosqichida O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarning maqsadlariga to’la to’kis mos keladi. Ushbu maqolada Jahon savdo tashkiloti va unga O’zbekistonning a’zo bo’lishida amalga oshirilayotgan ana shu islohotlar, tahlil va natijalar haqida so’z yuritiladi.
Kamoliddin Mirzayev
163-168
70
33
Batafsil o'qish
MEDIATORLIK KASBINI RIVOJLANTIRISHDA MEDIATORLIK ETIKASINI JORIY QILISH. XALQARO MEDIATORLIK ETIKASI TAHLILI.
Maqolamizni yozishda tahliliy hamda qiyosiy metodlardan foydalangan holda mediatorlik etika-estetikasini keng tahlil qilishga harakat qildik. Mediatorlik etika-estetikasi mediatorning kasbiy faoliyatida qanchalik muhimligi, uning qaysi usullar bilan qo‘llash va uning nizolarni muqobil hal etishda tutgan o‘rni haqidagi atroflicha ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Yuritimizda mediatorlik etika-estetikasi hali kuchli rivojlanmagan bo‘lsa ham bir qator rivojlangan davlatlarda mediatorlik etika-estetikasi ancha bizdan oldinlab ildamlab ketgan hisoblanadi. Mediatorlik o‘zlarining etika-estetikasiga amal qilgan holda faoliyatlarini yuritib bormoqdalar. Boshqa kasblarning o‘ziga yarasha etika-estetikasi mavjud. Mediatorlik etika-estetikasi esa ulardan bir qancha farq qiladi. Ko‘pchilik hollarda etika-estetika deganda kiyinish va ozodalik tushuniladi. Albatta bular ham etika-estetika qoidalari hisoblanadi ammo mediatorlik etika-etetikasi boshqa prodessiyalarning etika-estetikasidan bir muncha farq qiladi. Mediatorlik etika-estetikasi faqatgina mediatorning o‘zini tutush qoidalarigina bo‘libgina qolmay, nizolarni hal etishda mediatorga kerak bo‘lgan bir qancha ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladi. Aynan Singapur, Indoneziya, Malaziya, Rossiya hamda Amerika Qo‘shma shtatlarida mediatorlarning etika-estetikasiga alohida e’tibor berilgan. Ularning tajribalari o‘rgangan holda mediatorlik etika-estetikasini milliylashtirishimiz bu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi mumkin.
Mirjalol Raxmonaliyev
169-174
28
15
Batafsil o'qish
BANKLARDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASHNING YANGI BOSQICHI
Bu maqolada aynan bank tizimi, ularning samarali va xalqqa foydali amaliyatlari haqida soʻz etiladi. Bank xizmatlari, murojaatlar bilan ishlashning yangi bosqichiga koʻtarilishi va raqamli texnologiyalar bilan uygʻunlashib hamkorlikda ishlashi haqida keng tushinik berilib oʻtiladi.
Zulfiya Danebaeva
178-180
19
12
Batafsil o'qish
РЫНОК ТРУДА И ЗАРАБОТНАЯ ПЛАТА.
В этой статье речь пойдёт именно о рынке труда и заработной платы, её эффективных и полезных для народа практиках. Будет представлено широкое представление процесс общественного труда, развитие обмена и рыночных отношений. Про сущность и формы заработной платы с точки зрения экономической теории.
Мехрийбан Ережепова
314-316
70
19
Batafsil o'qish
YERGA OID SUD ISHLARIDA ISBOTLASH VA DALILLARNI QO‘LLASHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI
Mazkur tezis O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rish bilan bog‘liq dalillarni qo‘llash va isbotlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu turdagi ishlarni sudda ko‘rishda dalillar va isbotlashning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa ish ko‘rish turlaridan farqli jihatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, ushbu tezisda yerga oid sud ishlarida elektron dalillar, isbotlash jarayonida sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanish istiqbollari yoritib berildi.
Jasurbek Qarshiboyev
420-429
40
14
Batafsil o'qish
CREATIVITY IN TEACHING ENGLISH AT SCHOOL
The following article deals with the development of creative skills throughout the English classes by incorporating creative approaches in which educators can inspire students to explore the language more deeply, develop critical thinking skills, and cultivate a genuine interest in learning.
I.M. Kurbanbaev
430-432
57
13
Batafsil o'qish
MEDIATSIYADA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TENDENSIYASI: ONLAYN PLATFORMALAR VA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI, IJOBIY VA SALBIY TAMONLARINING HUQUQIY ANALIZI.
Ushbu tezizning maqsadi shundan iboratki, unda sud oldi mediativ kelishuvlar tarixi, mediatsiya bosqichi va uning rivojlanish tarixi hamda xalqaro doirasidagi o‘rni.
Jasurbek Yoqubov
433-436
37
14
Batafsil o'qish
О РАССКАЗАХ П. РОМАНОВА
В этой статье Романов рассматривается как мастер сатиры, использующий юмор и иронию для критики советской бюрократии, неэффективности некоторых политик и претензий новой советской элиты. Его работы часто подчеркивают абсурдность советской жизни, особенно в отношении динамики власти и идеологических противоречий.
Чжао Юе
437-440
28
14
Batafsil o'qish
TA’LIM JARAYONINI SIFATLI TASHKIL ETISHDA O’QUVCHILAR TEMPERAMENTIGA AHAMIYAT BERISH VA TEMPERAMENTIGA MOS BO’LGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqola dars jarayonlarida bolalarning o’ziga xos fe’l atvorini hisobga olgan holda darsga jalb qilish, interaktiv metodlarni temperamentiga qarab qo’llash, shu orqali bolalarda ta’limga jalb qilish, karakli topshiriqlar orqali dars sifatini oshirishga qaratilgan. Fiziologik jihatdan temperamentning qanday turlari mavjud va ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
Mohinur Doʻstmurodova
441-445
45
10
Batafsil o'qish
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA KOMPAYENS-NAZORATNING TARIXI
Ushbu tezisda korrupsiyaga qarshi kurashda komplayens nazoratining rivojlanishi va O‘zbekistondagi ahamiyati umumiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Komplayens nazorati tushunchasining tarixiy ildizlari, xalqaro qonunlar va O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirgan huquqiy islohotlari o‘rganilgan. Tezisda, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida komplayens nazoratining samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan asosiy omillar va texnologiyalar tahlil qilinadi. Maqsad – korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish va xalqaro standartlarga mos ravishda tizimni rivojlantirish.
Zulfizar Aktamova
446-449
35
15
Batafsil o'qish
HАYОT FАОLIYАTI HАQIDА TUSHUNСHА
Maqolada Еrаmizdаn оldin yаshаgаn mаtеmаtik оlim Рifаgоr “Insоn hаmmа nаrsаlаrning mеzоnidir” dеgаn shiоrni оldingа tаshlаgаn еdi, yа’ni insоn nаfаqаt ishсhi kuсhi sifаtidа bаlki, yаshаsh muhitining bаrсhа jаbhаlаridа muhоfаzа qilinishi zаrur bо‘lgаn qiymаtigа еgаdir. Fаоliyаt - insоnning fаоl hаrаkаtlаri yig‘indisidir. Аynаn fаоliyаt insоnlаrni bоshqа tirik mаvjudоtlаrdаn аjrаtib turаdi. Fаоliyаt bilаn bаrсhа - bоlаlаr, kаttаlаr vа qаriyаlаr shug‘ullаnаdi. Dеmаk, fаоliyаt - insоnning yаshаb turishi uсhun zаruriy kо‘rsаtkiсh hisоblаnаdi. Mеhnаt еsа insоn fаоliyаtining еng оliy shаklidir. Maqola mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yunalishlari talablari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik mutaxassislari hamda keng izlanuvchilar uchun muljallangan.
Sirojiddin Muradov , Bohodir Karimov, Madinabonu Siddiqova
111-130
110
22
Batafsil o'qish
HАYОT FАОLIYАTI ХАVFSIZLIGID ХАVF TUSHUNСHАSI MАZMUN VА MОHIYАTI
Maqolada Хаvflаrning хususiyаtlаrini tаvsiflоvсhi bеlgilаr sоni turli хildа bо‘lishi mumkin. Bа’zi bir хаvflаrdа bu kо‘rsаtkiсhlаr kо‘р sоndа, bа’zi birlаridа kiсhik sоndа bо‘lаdi vа hаr qаndаy хаvflаrni stаndаrt аniq kо‘rsаtkiсhlаr bilаn vа ulаrning аniq sоni bilаn tаvsiflаb bо‘lmаydi. Maqola mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yunalishlari talablari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik mutaxassislari hamda keng izlanuvchilar uchun muljallangan.
Sirojiddin Muradov, Bohodir Karimov, Madinabonu Siddiqova
131-151
123
18
Batafsil o'qish
FАОLIYАT ХАVFSIZLIGINI TА’MINLАSH USULLАRI, USLUBLАRI VА VОSITАLАRI
Хаvfsizlik - fаоliyаtning hоlаti bо‘lib, mа’lum еhtimоllikdа хаvflаrning kеlib сhiqishini bаrtаrаf qilishdir. Хаvfsizlik - insоnlаr оldigа qо‘yilgаn mаqsаddir. Hаyоt fаоliyаti хаvfsizligi еsа mаqsаdgа еrishishning - vоsitа, yо‘li vа usullаridir. Muallifning nazariy, ummumlashtiruvchi fikrlari orqali mavzuda sohoga oid ilmiy fikrlar keltirilgan. Maqola mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yunalishlari talablari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik mutaxassislari hamda keng izlanuvchilar uchun muljallangan.
Sirojiddin Muradov , Bohodir Karimov, Madinabonu Siddiqova
152-172
122
9
Batafsil o'qish
“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA TASAVVUFONA G`OYALARNING RUJU’ SAN’ATI ORQALI BERILISHI
Mazkur maqolada Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonidagi baytlarda ruju` san`ati orqali tasavvufona g`oyalarning qo’llanishi, ularning baytlar sharhidagi o’rni, ma’nosi tahlil qilinadi. Tasavvufdagi ramziy ma’nolari sharhlanadi.
Nilufar Ernazarova
199-202
545
9
Batafsil o'qish
EKALOGIYA BUZILISHINING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada ekalogiya,tabiat tushinchasi va uni buzilishining inson salomatligiga ko‘rsatadigan ta‘siri, turli hil zavodlardan chiqayotgan zaharli tutunlar, tuproqlaring unumdorligini oshirish maqsadida yerlarga haddan ziyod ko‘p miqdorda kimyoviy ishlov berish ,transport vositalaridan chiqayotgan zaharli tutunlar yuzidan ekalogiya va atrof muhit haddan ziyod zarar ko‘rmoqda va inson salomatligiga juda kata tasir ko‘rsatayotganligi haqida so‘z boradi.
Odina Mamirova
203-207
80
13
Batafsil o'qish
FOND BOZORIDA SAVDO TIZIMLARINI AVTOMATLASHTIRISH VA UNING SAMARADORLIGI OSHIRISH
Mazkur maqolada fond bozorida savdo tizimlarini avtomatlashtirishning ahamiyati va uning samaradorligini oshirish usullari ko'rib chiqiladi. Avtomatlashtirilgan savdo tizimlari (ATS) orqali bozor operatsiyalarining tezkorligi, xarajatlarning kamayishi, bozor likvidligi va xavflarni boshqarishning yaxshilanishi singari afzalliklar yoritiladi. Shuningdek, ATS'ning texnik nosozliklari va bozor volatilligi kabi muammolari ham tahlil qilinadi. Maqolada avtomatlashtirilgan tizimlarni takomillashtirish uchun xavfsizlik, algoritmlarni optimallashtirish va huquqiy regulyatsiyalar kabi masalalar bo'yicha takliflar keltirilgan.
Jaloliddin Egamberdiyev
227-231
41
15
Batafsil o'qish
XALQARO FOND BOZORI SAVDO TIZIMLARI BILAN INTEGRATSIYANING AHAMIYATI
Ushbu maqola xalqaro fond bozorlari savdo tizimlari bilan integratsiyaning ahamiyatini yoritadi. Xalqaro savdo tizimlarining integratsiyasi moliya bozorlarining global darajada o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirib, sarmoyadorlar va kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Integratsiyaning afzalliklari orasida bozor likvidligining oshishi, sarmoyaviy diversifikatsiya imkoniyatlari, operatsion xarajatlarning kamayishi va bozor shaffofligining ortishi keltirilgan. Maqolada xalqaro integratsiyaning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri, xususan, investitsiyalar oqimi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi omillar ko‘rib chiqilgan.
Jaloliddin Egamberdiyev
232-235
30
8
Batafsil o'qish
MILLIY BUXGALTERIYA STANDARTLARINING MHXSGA MOSLASHUV JARAYONIDAGI O'ZGARISHLAR
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida milliy buxgalteriya standartlarining Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) moslashuv jarayonidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqolada MHXSga moslashish zaruriyati, milliy standartlar va xalqaro standartlar o‘rtasidagi asosiy farqlar, bu jarayon davomida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni hal qilish yo‘llari yoritilgan. Kadrlarni tayyorlash, tizimlarni avtomatlashtirish va qonunchilikni moslashtirish bu o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Mazkur maqola milliy buxgalteriya hisobini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishdagi o‘zgarishlarni chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
Maftuna Hikmatova
236-240
38
8
Batafsil o'qish
<<
<
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
>
>>
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer