Noyabr, 2024-Yil
420
YERGA OID SUD ISHLARIDA ISBOTLASH VA DALILLARNI QO‘LLASHNING
PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI
Qarshiboyev Jasurbek Komiljon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti, Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari
mutaxassisligi magistranti.
e-mail:
jasurbekqarshiboyev54@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14128523
Annotatsiya. Mazkur tezis O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yerga oid huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rish bilan bog‘liq dalillarni qo‘llash va
isbotlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu turdagi ishlarni sudda ko‘rishda dalillar va isbotlashning
o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa ish ko‘rish turlaridan farqli jihatlari batafsil yoritilgan.
Shuningdek, ushbu tezisda yerga oid sud ishlarida elektron dalillar, isbotlash jarayonida sun’iy
intellekt va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanish istiqbollari yoritib berildi.
Kalit so‘zlar:
yer nizolari, dalillarni qo‘llash, isbotlash predmeti, nizolarni ko‘rib chiqish,
yer uchastkalari, elektron dalillar, yozma dalillar.
PROCEDURAL CHARACTERISTICS OF PROOF AND USE OF EVIDENCE IN LAND
COURT CASES
Abstract. This thesis is aimed at the use and proof of evidence related to the trial of cases
arising from legal relations related to land in the legislation of the Republic of Uzbekistan, and
the specific features of evidence and proof in the trial of this type of cases and other different
aspects of the types of work are explained in detail. Also, this thesis highlighted the prospects of
using electronic evidence, artificial intelligence and other modern technologies in the process of
proof in court cases related to land.
Key words: land disputes, use of evidence, subject of proof, consideration of disputes, land
plots, electronic evidence, written evidence.
ПРОЦЕССУАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ДОКАЗАНИЯ И ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
ДОКАЗАТЕЛЬСТВ В ЗЕМЕЛЬНЫХ СУДЕБНЫХ ДЕЛАХ
Аннотация. Данная дипломная работа направлена на использование и доказывание
доказательств, связанных с рассмотрением дел, возникающих из правоотношений,
связанных с землей, в законодательстве Республики Узбекистан, а также особенности
доказательств и доказывания при рассмотрении данного вида. Подробно разъясняются
дела в суде и ее отличия от других видов работы. Также в данной дипломной работе
освещены перспективы использования электронных доказательств, искусственного
Noyabr, 2024-Yil
421
интеллекта и других современных технологий в процессе доказывания в судебных делах,
связанных с землей.
Ключевые слова: земельные споры, использование доказательств, предмет
доказывания, рассмотрение споров, земельные участки, электронные доказательства,
письменные доказательства.
Hozirgi vaqtda jamiyatdagi tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar munosabati bilan yer
fuqarolik muomalasining ekvivalent obyekti sifatida harakat qila boshladi. U asosiy ishlab
chiqarish vositasi bo‘lib, katta iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanmoqda. Buning isboti sifatida
yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 68-moddasi “Yer qonunda nazarda tutilgan
hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni
ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin” kabi norma bilan
to‘ldirilganligini aytishimiz mumkin. Qolaversa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek,
“Bugungi kundagi masala juda murakkab. Yer — xalqni boqayotgan
mulk. Yerimizga bo‘lgan munosabatni mutlaqo o‘zgartirishimiz kerak. Qonunni qabul
qilganimiz bilan ham buni bajaruvchi odam kerak. Bu oson emas. Joylarga yetkazuvchi
odam kerak”
[1].
Qolaversa, so‘nggi yillarda respublikada yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli
foydalanilishini ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta
muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022 yildagi “Yer uchastkalaridan
foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son
qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi “Yer munosabatlarida tenglik
va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor
aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6243-son Farmonlari qabul qilinishi buning
amaldagi isboti hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli farmoni bilan
tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish,
qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida
hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish maqsadida qo‘shimcha yer islohotlarini
o‘tkazish gʻoyasi aks ettirildi[2].
Qolaversa, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, yerga oid nizolar yer munosabatlarini
tartibga solishning muhim majmuasini, shuningdek, yer uchastkasining alohida huquqiy tabiati va
Noyabr, 2024-Yil
422
qiymatini hisobga olgan holda sud ishlarining eng murakkab toifalaridan biridir. Yer bilan bog‘liq
nizolar moddiy dunyo obyekti sifatida ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lgan yer: ba’zi
jihatlarda u tabiiy resurs, tabiatning ajralmas qismi, boshqa tarafdan fuqarolik huquqidagi ba’zi
istisnolardan tashqari fuqarolik muomalasining, mulk huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlarning
obyekti sifatida sifatida ko‘zga tashlanadi.
Yer-huquqiy
munosabatlarning
murakkablashishi
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining 68-moddasida mustahkamlangan yerning alohida ijtimoiy ahamiyatining
ortishi, yer bilan bog‘liq nizolar sonining keskin ko‘payishi natijasida fuqarolarning yer bilan
bog‘liq huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning alohida protsessual xususiyatlariga ega sud
shaklini o‘rnatish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bularning barchasi yurtimizda yer nizolarini
hal qilish muammolariga yuridik fanning muayyan e’tiborini keltirib chiqaradi. Mazkur
tadqiqotning dolzarbligi nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan yer nizolarini ko‘rib
chiqishning protsessual xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish, qonunchilikni, birinchi
navbatda, sudlarning qonuniyligi va adolatliligini oshirish maqsadida yer bilan bog‘liq nizolarni
samarali hal etishga qaratilgan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlarni yanada takomillashtirish istiqbollarini ilmiy jihatdan tadqiq etish bilan bog‘liq
hisoblanadi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritishning muhim tarkibiy qismi qonuniy, asosli va adolatli hal
qiluv qarori qabul qilish maqsadida ko‘rilayotgan ishdagi holatlar va faktlarning haqqoniyligini
isbotlash masalalari hisoblanadi. Ma’lumki, sudda dalillardan faktik holatlarni belgilash
maqsadida foydalaniladi. Sud biron bir fuqarolik ishini undagi mavjud holatlarni aniqlamasdan
turib hal etishi mumkin emas.
Ma’lumki, dalil voqelikning haqiqiy (faktik) holatini belgilashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Sud ishning holatini aniqlamay turib, biron bir fuqarolik ishni mazmunan hal qila olmaydi.
Sud fuqarolar va tashkilotning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlarini himoya qilish kabi asosiy
vazifasini to‘liq amalga oshirishi uchun, avvalo, da’vogar talab qilayotgan da’vosida haqiqatan
ham uning huquqi mavjudligini; uning aynan nimada ifodalanishini; ma’lum bir majburiyat
javobgarga tegishliligi to‘g‘risidagi huquq mavjud ekanligini belgilashi, ya’ni nizolashuvchining
huquqiy munosabatlarini aniqlashi kerak. Biroq, huquq va majburiyat o‘z-o‘zidan vujudga
kelmaydi. Ularning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi qonunda ma’lum yuridik
faktlarning mavjudligi bilan bog‘lanadi. Shu sababli, nizoli huquqiy munosabatlarni aniqlash
uchun haqiqatda qanday yuridik faktlar sodir bo‘lganligini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
Noyabr, 2024-Yil
423
Fuqarolik protsessida ish uchun muhim bo‘lgan dalillarni aniqlash borasidagi faoliyat sud
orqali amalga oshiriladi va u
“dalillarni isbotlash”,
deb nomlanadi. O‘z navbatida, sud tomonidan
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar
isbotlash predmeti
deb ataladi[3].
А.А.Vlasovning fikricha, fuqarolik protsessida isbotlash predmetining ahamiyati quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
- sudda isbotlashni yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi, sud, tomonlar va ishdagi shaxslarning ish
uchun muhim ahamiyatga ega boʼlgan faktlarni bilish faoliyatini maqsadga muvofiqligini kuchaytirishga
xizmat qiladi;
- sudga oid bilishning doirasi va chegarasini belgilab beradi;
- ishda mavjud bo‘lgan dalillarning daxldorligini aniqlash bo‘yicha mezon vazifasini bajaradi.
[4]
Yerga oid nizolar bo‘yicha isbotlash predmeti ishni ko‘rib chiqishda sud tomonidan
qo‘llaniladigan yer qonunchiligi normalarining bittasi yoki qonunchilik majmui asosida
shakllantiriladi. Ushbu normalarning mazmuni va ularni taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlari
ishda isbotlash predmetining o‘ziga xos xususiyatlariga ta’sir qiladi.
Isbotlash predmetining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan yer qonunchiligining nisbatan
o‘ziga xos normalari orasida vaziyatli va alternativ normalar eng keng tarqalgan. Shunday qilib,
muayyan vaziyatning xususiyatlariga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri individual tartibga solish
imkoniyatini ta’minlaydigan odatiy vaziyat normasi Yer kodeksining 36-moddasi 6-bandida
mavjud bo‘lgan norma bo‘lib, unga ko‘ra sud, vakolatli organ, agar yer uchastkasidan noto‘g‘ri
ya’ni belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlansa, yer uchastkasiga bo‘lgan
huquqni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Qonunda yer uchastkasidan qanday
foydalanish noto‘g‘ri deb topilishi aniq belgilanmagan, shuning uchun sud ishning holatlarini
o‘rganib, yer uchastkasidan foydalanish bilan bog‘liq faktlarni o'rganib, mavjud vaziyat bo‘yicha
mustaqil ravishda xulosa chiqarishi kerak.
Vaziyat turiga asoslanib, Yer kodeksining 30-moddasi va Fuqarolik Kodeksining 173-
moddasida ko‘rsatilgan qoidalar ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda
yoki transportda o‘tish, o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish, o‘zganing yer
uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa
liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish, o‘zganing yer uchastkasidan
ekinzorlarni va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘orish uchun suv olish, qishloq xo‘jaligi
hayvonlarini o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish, o‘zganing yer uchastkasida ihota
daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish, shuningdek
Noyabr, 2024-Yil
424
ko‘chmas mulk egasining boshqa ehtiyojlari, agar da’vogar uchun ushbu huquqlarni servitut
o‘rnatmasdan amalga oshirish mumkin emasligi aniqlansa, ular asosida sud servitut berish
to‘g‘risidagi talabni qondirishi mumkin.
Shuningdek, qonunda da’vogarning o‘tish, sayohat qilish, shuningdek, boshqa ehtiyojlarini
amalga oshirish imkoniyatini belgilash masalasi qanday hal qilinishini aniq ko‘rsatilmagan.
Yer qonunchiligida ushbu masala bo‘yicha aniq belgining yo‘qligi, aslida faqat sud, agar
taraflar o‘rtasida tegishli nizo bo‘lsa, ishning o‘ziga xos holatlaridan kelib chiqib, servitutni
belgilash zarurligini aniqlashi mumkinligi bilan izohlanadi. Shu sababli, yer uchastkasining
mulkdori (u o‘z mulkidan mustaqil foydalanishga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotmasligi kerak, chunki
uni saqlashning asosiy yukini o‘z zimmasiga oladi) va uchinchi shaxslarning manfaatlari
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalasi sudning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yer kodeksining 36-moddasi 8-bandi esa muqobil norma sifatida tuzilgan, unga ko‘ra, yer
uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan
ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan
butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki
muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi majburiy ravishda
bekor qilinadi.
Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi da’voni qondirish uchun sudda sanab o‘tilgan
faktlardan kamida bittasini tasdiqlash kifoya. Agar da’vo arizasida yuqorida ko‘rsatilgan
faktlarning bir emas, balki bir nechtasi bo‘lsa, ularning barchasi sud majlisida tekshirilishi va
baholanishi lozim bo‘lib, sud qarori faqat sud tomonidan aniqlangan deb hisoblangan holatlarga
asoslanadi.
Shu bilan birga, Fuqarolik protsessual kodeksining 80-moddasiga binoan, sud tomonidan
har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillarning majmui esa
yetarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
1)
Dalilning nizo predmeti bo‘yicha ushbu yer nizosiga aloqadorligi
(Fuqarolik protsessual
kodeksining 73-moddasi). Yer to‘g‘risidagi nizoni ko‘rib chiqishda sud faqat ish uchun ahamiyatli
bo‘lgan dalillarni qabul qiladi. Masalan, yo‘qotilgan hosilning tannarxini undirishda tuproq
qoplami, suv-tuz rejimi va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qo‘shni dalalarning hosildorligi
bo‘yicha materiallar hisobga olinmaydi. Tegishli dalillarni aniqlashdagi qiyinchilik shundan
iboratki, sudya birinchi navbatda faktning dalil predmetiga tegishliligini aniqlashi kerak, so‘ngra
dalil mazmuni va ushbu fakt o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini tekshirishi lozim;
2)
Dalillarning maqbulligi
(Fuqarolik protsessual kodeksining 73-moddasi).
Noyabr, 2024-Yil
425
Masalan, qonunda yozma ravishda tuzilishi kerak bo‘lgan shartnomaning huquqiy shaklini
buzish yer nizosi taraflarini guvohlarning ko‘rsatmalariga murojaat qilish imkoniyatidan mahrum
qiladi;
3)
Dalillarning ishonchliligi.
Agar ishda soxta hujjat yoki yolg‘on ma’lumot aniqlansa, sud
uni dalillardan olib tashlaydi;
4)
Dalillarning qonuniyligi.
Hujjatlarga yoki boshqa yozma dalillarga baho berishda sud
boshqa dalillarni inobatga olgan holda, bunday hujjat yoki yozma dalil shu turdagi dalillarni
taqdim etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan berilganligiga, hujjatni imzolab tasdiqlash
huquqiga ega shaxs tomonidan imzolanganligiga, mazkur turdagi dalilning boshqa barcha ajralmas
rekvizitlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi shart.
5)
Dalillar majmuining yetarliligi.
Agar nizodagi holatni isbotlash uchun dalillar yetishmasa,
ushbu yer nizosi bo‘yicha o‘z da’volari yoki e’tirozlarini asoslash sifatida ko‘rsatayotgan
holatlarni isbotlovchi taraf ushbu holatlarni barcha kelib chiqadigan oqibatlar bilan isbotlay
olmagan deb hisoblanadi. Masalan, agar yer uchastkasini ijaraga berish muddatini uzaytirishning
ustuvor huquqi to‘g‘risidagi nizoni ko‘rib chiqayotganda, ijarachi oldingi shartnoma
majburiyatlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarganligini isbotlay olmasa, u
ushbu imtiyozdan mahrum bo‘ladi.
Masalan, qo‘shni yer uchastkalarining chegaralari to‘g‘risidagi nizolarda taraflarning,
uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatmalari, shuningdek, nizoli yer
uchastkalarining sud tomonidan bevosita tekshirilishi yo‘l qo‘yiladigan dalil hisoblanadi, lekin
aksariyat hollarda yerdan foydalanishning amalda belgilangan tartibida manfaatdor shaxsning
huquqlari buzilganligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi sud xulosalari uchun asos sifatida ulardan
foydalanish mumkin emas. Buning sababi shundaki, chegaralarning joylashishini (ularning
huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilishini) aniqlash huquqni tasdiqlovchi hujjatlar va yer
uchastkalarini ko‘zdan kechirishni ( maxsus bilim va vositalardan foydalangan holda) talab qiladi.
Nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun yer uchastkalarining chegaralarini burilish nuqtalarining
koordinatalarini ko‘rsatadigan yer uchastkalarining rejalarini tuzish orqali aniq belgilash kerak.
Manfaatdor shaxs tutash yer uchastkalarining chegaralari to‘g‘risidagi nizoda o‘z huquqlari
buzilganligi faktini tasdiqlash uchun o‘z yer uchastkasi chegaralarining matn va grafik qismlardan
iborat rejasini dalil sifatida taqdim etishi shart. [5]
Yerga oid nizoda isbotlash jarayoni murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uning tarkibida
quyidagi elementlarni ajratib ko‘rsatish zarur:
Noyabr, 2024-Yil
426
➢
ushbu yer nizosida haqiqatda sodir bo‘lgan faktik ma’lumotlar. Masalan, ijaraga yer
uchastkasini olish uchun mahalliy hokimiyatga murojaat qilish fakti; yer uchastkasi egasining
ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatiga qo‘shni yerdan foydalanuvchining aralashuvi fakti; yerdan
foydalanish chegaralarini buzish fakti va boshqalar;
➢
isbotlashning maqbul usullari bilan ushbu faktik ma’lumotlarni hujjatli usulda va boshqa
ma’lumotlar bilan tasdiqlash. Masalan, guvohlik; dalolatnoma shaklidagi yozma dalillar, yerdan
foydalanuvchiga yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplash to‘g‘risidagi tilxat; ashyoviy
dalillar va boshqalar;
➢
yer nizolari bo‘yicha dalil bo‘lgan faktik ma’lumotlarning yozma dalillarini sud jarayoniga
kiritish. U ikkita asosiy usulda amalga oshiriladi:
1)
da’vo arizasini sudga berishda faktik ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish va
ushbu hujjatlarning barcha tafsilotlarini da’vo arizasida qayd etish bilan;
2)
yer nizolarini ko‘rib chiqish paytida. Bunday holda, qo‘shimcha hujjat taqdim etish
tashabbuskori hujjatni qo‘shish to‘g‘risida iltimosnoma berishga majburdir va uni kiritish faqat
sudning ishda dalil sifatida qo‘shimcha hujjatni kiritish to‘g‘risidagi ajrimi bilan amalga oshirilishi
mumkin.
Shu bilan birga, yerga oid nizolarni hal qilishda isbotlanishi mumkin bo‘lmagan barchaga
ma’lum bo‘lgan faktlar qatoriga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiy xususiyati bilan
bog‘liq faktlar kiradi (qoida tariqasida, ekish bahorda, yig‘im-terim kuzda amalga oshiriladi, hosil
yiliga bir marta pishib yetiladi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi, qurg‘oqchilik
hosilning yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligi, nizo yuzaga kelgan davrda sodir bo‘lgan tabiiy
ofat, ushbu hududni favqulodda holat zonasi deb e‘lon qilish, ma’lum bir davr mobaynida sodir
bo‘lgan g‘ayrioddiy ob-havo sharoiti va boshqalar).
Maqsadlari bo‘yicha foydalanilmagan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi
da’volarni ko‘rib chiqishda sud yer uchastkasidan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanishni istisno
etuvchi hammaga ma’lum faktlarni (masalan, tabiiy yer nizosi holatlariga to‘g‘ri keladigan davr
va joyda sodir bo‘lgan ofatlar) hisobga olinishi kerak. Asosiy qoida shundaki, bu haqiqat nafaqat
odamlarning keng doirasiga, balki sudning butun tarkibiga ham ma’lum bo‘lishi kerak. Muayyan
holatni umumiy ma’lum deb tan olish sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud bu holatni hammaga
ma’lum holat deb tan olmasligi mumkin, bunday holatda tomonlar buni umumiy tartibda
isbotlashlari shart.
Noyabr, 2024-Yil
427
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar isbotlash predmetidan umumiy ma’lum bo‘lgan
faktlarni chiqarib tashlash sudning huquqi bo‘lsa, u holda noto‘g‘ri aniqlangan faktlarni chiqarib
tashlash uning javobgarligi hisoblanadi.
Shuningdek, boshqa sud tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sud
qarori shu yer nizosini ko‘rayotgan sud uchun isbotlanmaydigan dalil sifatida qabul qilinishi shart.
Garchi bunda taraflar sud tomonidan isbotlangan faktni isbotlashdan ozod qilingan
bo‘lsalar ham, yer to‘g‘risidagi nizoni ko‘rib chiquvchi sudga ushbu hal qiluv qarorining yoki sud
hukmining tegishli tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etishlari shart.
Bundan tashqari, hozirgi axborot texnologiyalar rivojlangan davrda yer bilan bog‘liq
nizolarni vaqtida va samarali tarzda ko‘rib chiqish uchun sudlarda elektron dalillarni rivojlantirish,
dalillarni sudlar tomonidan tekshirilishini osonlashtirish va tezlashtirish maqsadida sud tizimida
sun’iy intellekt texnologiyalari va dasturlaridan keng tarzda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sudlarda raqamli vositalardan foydalanish butun dunyoda keng tarqalmoqda.
“Kiberadolat” deb ataluvchi vositalar allaqachon AQSH, Osiyo sud tizimlarida joriy qilingan,
jumladan, odil sudlovga kirishni osonlashtiradigan, sudlar va advokatlar o‘rtasidagi aloqani
yaxshilaydigan, sudyalar hamda sud ma’muriyati faoliyatiga bevosita yordam beradigan sun’iy
intellekt tatbiq qilinmoqda.
Dory Reylingning ta’kidlashicha, sudlarda sun’iy intellektni tatbiq etish sudlarda taraflar
taqdim etgan yozma va elektron dalillarni qidirishda samarali yordam beradi. Matnli hujjatlar va
fayllardagi ma’lumotlarni qidirish, masalan, katta hajmdagi ma’lumotlarni saralashda yoki katta
hajmdagi ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirishda foydalanish mumkin. Bunga misol
qilib bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida sud jarayoni boshlanishidan oldin elektron
ma’lumotni aniqlash uchun qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan “e-discovery”ni aytishimiz
mumkin.
E-discovery sun’iy intellektdan foydalangan holda, katta hajmdagi ma’lumotlardan zarur
axborotlarni ajratib olishga yordam beradigan mukammal algoritm tizimidir. Taraflar qaysi
qidiruv so‘zlari va kodlashdan foydalanishlari haqida kelishib oladi. Sudya kelishuvni baholaydi
va tasdiqlaydi. Bu Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya sudlari tomonidan e’tirof etilgan
hujjatlarni tekshirish usuli sanaladi. Bu usul qo‘lda fayllarni o‘rganishga qaraganda tezroq va
aniqroqdir.[6]
K.L. Branovitskiy va boshqalar sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish muammolariga
to‘xtalib o‘tgan:
Noyabr, 2024-Yil
428
a) sud tizimidagi katta ma’lumotlar manbayini sun’iy intellektdan foydalangan holda
tartibga solish;
b) sudda sun’iy intellekt orqali ekspert xizmatidan foydalanish muammosi. Sun’iy intellekt
texnologiyalari imkoniyatlari “inson” darajasidagi tajribani talab qiluvchi qator funksiyalarni
bajarishga imkon beradi. Bunday funksiyalar jarayon ishtirokchilariga tegishli ekspert bilimlari va
baholarini berishi mumkin (ekspert xulosasi yoki ekspert maslahati darajasida amalga oshirilishi
mumkin);
d) sud amaliyotini tahlil qilish va prognozlash uchun sun’iy intellektdan foydalanish. Bu
huquqni qo‘llash sohasidagi muayyan tendensiyalarni aniqlash, sud amaliyotida xato va qarama-
qarshiliklarni izlashni ham o‘z ichiga oladi;
e) ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalaridan
foydalanish. Masalan, sun’iy intellekt tizimlaridan isbotlash vositalarida (shu jumladan, dalillarni
to‘plash va tekshirish bosqichida) ham, protsessual hujjatlarni ishlab chiqishda ham faol
foydalanish mumkin. Hozirda ushbu jarayonning huquqiy tartibga solishga ta’sirini baholash juda
qiyin;
f) dalillarni baholash, ishning faktik holatlari va amaldagi qonunchilikni aniqlash uchun
sun’iy intellektdan foydalanish muammosi. Bu huquq normalarini solishtirish, normativ-huquqiy
hujjatlarni ularning iyerarxiyasini aniqlash uchun solishtirish, solishtirilganlar orasidan yuqoriroq
yuridik kuchga ega bo‘lgan normalar va hujjatlar belgilanishini nazarda tutadi. [7]
Shuningdek, AQShda Wevorce startapi fuqarolarga nikohdan ajratish bo‘yicha maslahatlar
hamda nikohdan ajratish bo‘yicha faoliyatni rejalashtirib beradi. Shuningdek, farzandni o‘z
tarbiyasida saqlab qolish (Parenting Plan) va mol-mulk, pul mablag‘larini bo‘lish to‘g‘risidagi
masalalarni hal qiladi. [8] Yurtimizda ham yer mojarolarini hal qilishda yerlarni konkret tartibda
bo‘lish masalalarni hal qiladigan, yer uchastkasi va yer uchastkasi bilan bog‘liq dalillarni joyida
ko‘zdan kechirishda ishtirok etadigan sun’iy intellektga asoslangan robotlar yaratish dalillarga
to‘g‘ri baho berishga yordam beradi.
Qolaversa, Xitoy sudlarida dalil sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan shaxsiy xabarlar yoki
ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar sun’iy intellektdan foydalangan holda tekshiriladi.
Intelligent Trial 1.0 deb nomlangan ilova elektron sud materiallarini tekshirish va sud ishi
hujjatlarini ishlab chiqish orqali sudyalar ish yukini kamaytirmoqda. [9]
Shu bilan birga, sun’iy intellekt dalillarni solishtirish orqali sud qarorlari loyihalari
bo‘yicha og‘ishlarni tahlil qilishi mumkin.
Noyabr, 2024-Yil
429
Demak, yer to‘g‘risidagi nizoda taqdim etilgan dalillar sud tomonidan har tomonlama,
to‘liq va xolisona tekshirilishi kerak. Bunday holda, hech qanday dalil sud uchun oldindan
belgilangan kuchga ega emas.
Shuningdek, dalillarni baholash har bir sudya tomonidan uchta omilni hisobga olgan holda
amalga oshiriladi: qonun, har bir sudyaga individual xos bo‘lgan huquqiy ong va ishni ushbu
qarorda ko‘rib chiqish natijasida sudyada shakllangan ichki ishonch.
REFERENCES
1.
“Agar aql bilan ish tutsak, O‘zbekistonni O‘zbekiston yeri bilan boqsa bo‘ladi” — prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/04/land-law/
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi. https://lex.uz/ru/docs/-6600413
3.
3)M.M.Mamasiddiqov, Z.N.Esanova, D.Y.Xabibullayev. Fuqarolik protsessual huquqi.
Yuridik kollej o‘quvchilari uchun darslik. -Toshkent, nashriyoti, 2019. – 48 b.
4.
Власов А.А. Гражданское процессуальное право. Верховный суд Российской
Федерации, Высший Арбитражный суд Российской Федерации, Российская Академия
правосудия. Учебник. –М.: 2003. -90 с.
5.
Справочник по доказыванию в гражданском судопроизводстве / Дегтярев С. Л. [и др.];
под ред. И. В. Решетниковой. 5-е изд., доп. и перераб. М. : Норма: НИЦ ИНФРА-М,
2011. С. 253.
6.
www.iacajournal.org/articles/10.36745/ijca.343/
7.
Branovitskiy K.L. i drugie. Sifrovûe texnologii v sivilisticheskom protsesse: nekotorûe
problemû i perspektivû. https://www.researchgate.net/publication/336408856/.9. Sourdin T.
Judge v robot? Artificial intelligence and judicial decision-making// UNSW Law Journal/
2018 at page 1123.
8.
9.
URL:
https://www.worldgovernmentsummit.org/observer/articles/2017/detail/could-an-ai-
