➤
Categories
Journals
Conferences
Catalog of abstracts
Catalog of dissertations
Catalog of monographs
Catalog of textbooks
Upcoming conferences
Organizations
Authors
Blog
About
Submissions
Public Offer
Personal data processing policy
Open Access Statement
Public license
Copyright
Contact
Login
Home
/
Archives
/
No. 11 (2024) Modern science and research
No. 11 (2024) Modern science and research
Journal:
Modern Science and Research
Published:
06-11-2024
To share
Articles
ZAMONAVIY XALQARO HUQUQDA - O’Z MUSTAQILLIGI UCHUN KURASHAYOTGAN MILLAT VA XALQLARNING HUQUQIY SUBYEKTLILIGI MASALASI
So’nggi yillarda dunyo siyosiy maydonida ro’y berayotgan tahlikali holatlar zamirida - xalqaro ommaviy huquq nechog’lik muhim ekani yana bir bora o’z isbotini topdi desak yanglishmagan bo’lamiz. Bevosita xalqaro ommaviy huquqning subyektlari orasida vujudga kelayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy nizolar sababli sohaga oid huquq normalarini yanada isloh qilish, javobgarlikni kuchaytirish va eng asosiy jihatlaridan biri subyetklar orasidagi nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish, kuch bilan tahdid qilmaslik, xalqlarning o’zini o’zi anglash va teng huquqliligi kabi prinsip qoidalariga qat’iy rioya qilish talab qilinadi. O’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlarning huquqiy maqomi garchi xalqaro normalar bilan tartibga solinib, muhofaza qilinsa ham biroq hanuzgacha ushbu subyektga nisbatan munosabat barqaror emas. Bir necha yuz yillardan beri qabul qilinayotgan deklaratsiya, nizom, xalqaro paktlar orqali ushbu subyetlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga oid ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maqola xalqaro huquqning asosiy (birlamchi) subyekti hisoblangan o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlarnning huquqiy subyektliligi va ularning o’ziga xos jihatlari hamda uning rivojlanish bosqichlari, huquqiy asoslari va amaliy muammolari haqida ma’lumot beradi.
Behruz Ergashov
214-221
87
69
Read
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI XALQARO SUDI YURISDIKSIYASINI TAN OLISHNING XALQARO-HUQUQIY MASALALARI
Ushbu maqolada Xalqaro Sudning (ICJ) xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishdagi roli va uning O‘zbekiston uchun ahamiyati tahlil qilinadi. ICJ davlatlar o‘rtasidagi huquqiy masalalarni hal etishda mustaqil sud organi sifatida muhim o‘rin tutadi. Maqolada ICJ yurisdiksiyasining asosiy turlari – nizoli va maslahatchi yurisdiksiya tushuntirilib, har birining xalqaro huquqda qanday qo‘llanilishi keng qamrovda yoritiladi. Tadqiqot, shuningdek, ICJning tarixiy misollarini, jumladan, AQSh va Nikaragua, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi nizolarni o‘rganadi, bu orqali sudning yurisdiktsiyasi va davlatlararo muammolarni hal qilishdagi muhim qiyinchiliklarni ko‘rsatadi. Maqolada yurisdiksiya masalalari, davlatlarning roziligi tamoyili va Xalqaro Sudning qarorlarining majburiyligi kabi dolzarb huquqiy masalalar haqida keng fikr bildirilgan.
Ozoda Fayzullaeva
222-230
174
21
Read
AYOLLAR ISHSIZLIGINI XALQARO HUQUQDA TAHLIL QILISH: IQTISODIY VA IJTIMOIY OQIBATLAR
Ushbu maqola xalqaro huquq va ayollar huquqlari prizmasidan ayollar ishsizligi muammosini tadqiq etadi. Xalqaro mehnat tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda ayollar ishsizlik darajasi erkaklarnikidan yuqori bo'lib qolmoqda. Maqolada xalqaro va milliy huquqiy me'yorlar doirasida ayollarning mehnat huquqlari himoyasi, ishsizlikning asosiy sabablari va yechimlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, xalqaro konvensiyalarning milliy qonunchilikka to'liq implementatsiya qilinmasligi, gender stereotiplar, ta'lim va malaka olish imkoniyatlarining cheklanganligi hamda ish joyidagi kamsitish kabi omillar ayollar ishsizligiga sabab bo'lmoqda. Muammo yechimi sifatida huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish, maxsus ta'lim dasturlari yaratish, moslashuvchan ish rejimlarini joriy etish va gender tenglikni ta'minlovchi siyosatlar ishlab chiqish taklif etiladi.
Jamola Najimova
231-238
53
13
Read
AKULALAR TURKUMI (SELACHOMORPHA)
Ushbu tezisda akulalar turkumi koʻpayishi, hayot tarzi, turlari haqida maʼlumot berilgan.
Xurshida Abdurayimova , Abduvali Yo’ldashev
41-42
81
20
Read
THE IMPORTANCE OF PAPER IN WATERCOLOR PAINTING
This article highlights the importance of paper in watercolor painting, the history of paper's origin, and the methods of depiction on it.
Zubayda Anarkulova, Mubina Ahmadjonova
43-47
45
48
Read
SCM KELISHUVI BO'YICHA TAQIQLANGAN SUBSIDIYALAR: JST HUQUQIY TIZIMI VA NIZOLARNI HAL QILISH TAHLILI
Ushbu tadqiqot Jahon savdo tashkilotining Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to'g'risidagi kelishuvi (SCM Kelishuvi) doirasida taqiqlangan subsidiyalarni, ayniqsa eksport subsidiyalari va import o'rnini bosuvchi subsidiyalarni o'rganadi. JST nizolarni hal qilish ishlari va so'nggi o'zgarishlar tahlili orqali, ushbu tadqiqot taqiqlangan subsidiya qoidalarini qo'llashdagi asosiy talqin tendentsiyalari va muammolarini aniqlaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, taqiqlangan subsidiyalar uchun huquqiy asos yaxshi o'rnatilgan bo'lsa-da, yangi iqtisodiy modellar va zamonaviy subsidiya sxemalari an'anaviy talqinlar uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Feruza Abdumutaliyeva
48-60
22
12
Read
INTELLEKTUAL NIZOLARNI KO‘RIB CHIQISHDA XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA KIBERXAVFSIZLIK
Ushbu maqola intellektual mulk nizolarini hal qilishda xalqaro tijorat arbitrajida kiberxavfsizlik muammolariga bag’ishlangan. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va yangi texnologiyalarni huquqiy jarayonlarga joriy etish bilan, axborot xavfsizligi samarali nizolarni hal qilishning ajralmas qismiga aylangan. Maqolada elektron pochta va bulutli xizmatlar kabi an’anaviy aloqa usullari bilan bog’liq asosiy xavf-xatarlar va kiberxavf-xatarlar kontekstida arbitrajning yangi chaqiruvlari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro xavfsizlik standartlari va protokollariga, masalan, ICCA-NYC BAR-CPR Cybersecurity Protocol for International Arbitration, hamda maxfiylik va ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan platformalarga alohida e’tibor qaratiladi. Maqola arbitraj ishtirokchilari kiberxavf-xatarlarni kamaytirish uchun qabul qilishi lozim bo‘lgan amaliy choralarni va intellektual mulk nizolarida xavfsizlikni oshirishda texnologiyalarning o‘rnini tahlil qiladi.
Nurbek Ziyodullaev
61-70
36
12
Read
TEMURIYLAR RENESSANSI
Temuriylar renessansi davri Osiyo va Islom tarixida XIV asr oxiridan XVI asr boshlariga qadar davrni qamrab olgan tarixiy davr edi. Islom oltin asrining asta-sekin tugay boshlashidan soʻng Oʻrta Osiyoda joylashgan hamda Temuriylar sulolasi boshqargan Temuriylar davlati sanʼat va fanlarning qayta tiklanishi uchun turtki boʻlgan. Mazkur harakat butun musulmon olamiga keng tarqalgan. Renessans soʻzi fransuzcha „qayta tugʻilish“ degan maʼnoni anglatib, maʼlum bir davrdagi madaniy tiklanishni ifodalaydi. Temuriylar davriga nisbatan mazkur atamadan foydalanish olimlar orasida noroziliklarni keltirib chiqargan. Ularning baʼzilari buni temuriylar madaniyatining yuksakligi deb bilishadi.
Dilnoza Ergasheva
103-106
48
46
Read
SHARQ UYG’ONISH DAVRI ALLOMALARI IJODINING JAHON FANI RAVNAQIDAGI O’RNI
Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi.
Xonzodabonu Fatilloyeva
107-110
117
14
Read
TIBBIY TEXNOLOGIYALAR ORQALI QANDLI DIABETNI BOSHQARISH
Qandli diabet – global sog‘liqni saqlash tizimida katta e’tibor talab qiluvchi kasalliklardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha millionlab odamlar hayotini qiyinlashtiradi. Bu maqola diabet kasalligini boshqarish va davolashda tibbiy texnologiyalarning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Insulin nasoslari, glyukozani monitoring qilish uchun sensorlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar yordamida bemorlarning hayot sifati qanday yaxshilanayotgani haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, diabetli bemorlar uchun raqamli ilovalar va sun'iy intellekt yordamida shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalari qanday yaratilyapti, degan savollarga javob izlanadi.
Nargizaxon Abdullayeva
91-94
51
16
Read
BUXORO VOHASIDAGI DEHQONCHILIK AN`ANALARI TARIXIDAN (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)
Maqolada Buxoro vohasi ziroatchilarning Quyi Zarafshonning murakkab tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa qo`shganligi, ming yillar davomida yerga ishlov berish, ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va tadbirlari, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganliklari va u bilan bog`liq tadbirlari, dehqonchilik an`analarining o`ziga xos usullari manbalar va dala ma’lumotlari asosida tahlil etiladi.
Nilufar Jumaeva
95-102
79
16
Read
АКРОМЕГАЛИЯ КАСАЛЛИГИ КЕЛИБ ЧИКИШИ, КЛИНИКАСИ ХАМДА ДАВОЛАШ УСУЛЛАРИ.
Акромегалия касаллиги кандай холатда келиб чикади. Бу касаллик билан хасталанганда канака клиник белгилар кузатилиши. Касаллик клиникасида юзага чикадиган субъектев ва объектив белгилари. Акромегалияни даволашдаги нурлантириш усули, криогипофизектомия ва медикаментоз терапиянинг афзалликлари.
Самат Содиков, Жалолиддин Нарзуллаев , Жавохир Мухторов, Азизбек Хатамов, Жавохир Тоиров , Мансур Сагдиев, Муродулла Салохиддинов
103-105
104
4
Read
BOLALARDA QANDLI DIABETNING 7 TA DASTLABKI SIMPTOMLARI
Bolalarda qandli diabetning asosan 1-turi uchramoqda. Organizmda insulin etishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, suyuqlikni ko'p miqdorda ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar kuzatiladi. Qandli diabetning 1-turini davolash parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iboratdir. Qandli diabetning 1-turi nasldan-naslga o'tadi, agar qat'iy parhezga amal qilinib, jismoniy faollik ta'minlansa va bolaning doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallik alomatlarining oldi olingan bo'ladi. Agar aksi bo'lsa, ko'z, buyrak faoliyatida buzilish kuzatiladi. Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo'y o'smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolish holatlari ro'y beradi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi.
Gulnoza Togayeva , Dilbar Bobomurodova, Sayyoraxon Ergashaliyeva, Doston Lutfullayev
106-111
172
7
Read
A’ZOLIK: O‘ZBEKISTON JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHI KERAKMI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish zarurati va JST normalari asosida savdo to‘siqlarini kamaytirish va tashkilotga a’zo mamlakatlar uchun bir xil teng sharoit yaratishdagi roli muhokama qilingan. Maqolada Tashkilotga a’zo bo‘lishning huquqiy shartlari va asoslari, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishining ijobiy tomonlari hamda a’zolikka bo‘lgan amaliy harakatlar tavsifi muhokama qilingan. O‘zbekistonga xorij investitsiyasini jalb etish, mamlakatni global savdo tizimiga integratsiyalash, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy masalarini ham o‘z ichiga oladi.
Bobur Xurramov
112-117
38
12
Read
A LOOK AT SOCIETY IN SOCIOLOGY
This article will discuss the development of the direction of sociology, which is gaining popularity and development in our time, the views on it, the studies being conducted and their results. As the field of sociology develops, its consequences greatly affect society. While sociological research plays a huge role in the development of society, nowadays it has not gained popularity in our country.
Shohidaxon Abdumajidova
118-121
26
41
Read
SEMANTIC AND STYLISTIC CHARACTERISTICS OF LITOTES
This article discusses the semantic and stylistic features of litota. It is also one of the important factors in world linguistics that the study of a particular language on the basis of its specific national, historical features, litota is often used in fiction, poetry to enhance the descriptive and expressive features of speech, both in prose and poetry. both figurative, euphonic speech, and emphasis on key concepts have been explored.
Zulfiya Djabbarova
122-126
50
29
Read
THE ROLE OF THE METHOD OF TEACHING CHEMISTRY TO STUDENTS USING THE "ASSESSMENT" METHOD
In the realm of chemistry education, the choice of teaching methodology plays a pivotal role in shaping students' understanding and proficiency in the subject. This article delves into the specific approach known as the "Assessment" method and thoroughly investigates its role in teaching chemistry to students. Through a meticulous examination of relevant literature, pedagogical practices, and empirical studies, this paper elucidates the principles, benefits, and challenges associated with employing the "Assessment" method in chemistry education. The "Assessment" method emphasizes continuous evaluation and feedback as integral components of the learning process. Unlike traditional instructional approaches, this method places a strong emphasis on formative assessment techniques, such as quizzes, concept maps, and peer evaluations, to gauge student understanding and facilitate learning progress. Additionally, summative assessments are employed to measure overall achievement and provide insights into areas for improvement.
Dildora Choriqulova, Ulug’bek Pardayev, Xurshida Kosimova , Nodirabegim Jamolova
256-264
225
101
Read
INVESTITSIYA LOYIHALARINI SINDIKATLASHGAN KREDITLAR ORQALI MOLIYALASHTIRISH ORQALI IQTISODIYOTNI REAL SEKTORI RIVOJIGA TA’SIRI VA TAMOYILLARI
Ushbu maqolada sindikatsiyalashtirilgan kreditlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda sindysiyalashtirilgan kreditlarni ahamiyati, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishini va buning natijasida ish bilan bandlik darajalari yaxshilanishi ilmiy asoslangan. O‘zbekistonda sindikatlashtirilgan kreditning amaliy ahamiyati va bu borada olib borilayotgan islohotlarning ilmiy-nazariy ahamiyati bayon etilgan.
Ozoda Odilova
265-272
133
28
Read
TUTOR POSITION AND HISTORY
This article discusses the position of tutor and its dictionary meaning, history of origin and current functions.
Gozzal Abdullaeva
273-276
17
24
Read
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUDJET HISOBI VA NAZORATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida budjet hisobi va nazoratini rivojlantirish istiqbollari tahlil qilingan. Maqola budjet jarayonlarining raqamli texnologiyalar yordamida qanday samaradorlik va shaffoflikka erishishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Sun’iy intellekt, blockchain, bulutli texnologiyalar kabi ilg‘or texnologiyalar yordamida moliyaviy jarayonlarni takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Estoniya va Singapur kabi ilg‘or tajribalar va mavjud muammolar, jumladan kiberxavfsizlik muammolari tahlil qilinadi. Tavsiyalar sifatida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, kadrlarni raqamli ko‘nikmalar bilan ta’minlash va kiberxavfsizlikni kuchaytirish masalalari yoritiladi.
G'ulomjon Boboqulov
277-285
51
22
Read
ОПРЕДЕЛЕНИЕ ОПТИЧЕСКИХ СВОЙСТВ ЭПИТАКСИАЛЬНЫХ ПЛЕНОК АРСЕНИДА ГАЛЛИЯ
В работе исследовалось фотолюминесцентные свойства эпитаксиального пленки арсенида галлия GaAs после уменьшения (механическое шлифование, механическое полирование, химическое травление) толщины с разными методами. Определено возможность многофононной релаксации горячих электронов, образующихся при оптическом возбуждении путем обмена энергии этих электронов с барьерным слоем и с испусканием LO-фононов (каскадный механизм) в гетеросистеме с квантово-размерными слоями на основе ZnTe/GaAs.
М. Шарибаев , Л.Ф. Атаханова , А. Кудайназаров, Н.Н. Сабуров
286-291
22
13
Read
“IKKI KEMADA SUZISH” – JINOYATMI?!
Ushbu maqola "Ikki kemada suzish" fenomeni sifatida ko'p xotinlikni o'rganadi. Maqola jamiyatda ko'p xotinlikning ommalashish sabablarini, jumladan ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy omillarni tahlil qiladi. Shuningdek, ko'p xotinlikning ayollar huquqlari, oila ichidagi munosabatlar va farzandlar ta'limiga bo'lgan salbiy ta'siri haqida fikr yuritiladi. Muallif, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini hisobga olib, ko'p xotinlikka qarshi kurashish va bu masalani ijtimoiy jihatdan hal etish yo'llarini ko'rsatadi. Natijada, maqola ko'p xotinlik masalasining murakkabligini va uni hal etish uchun zarur bo'lgan choralarni yoritadi.
Mirfayoz Madaminov
292-296
23
19
Read
UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARDA INSON QADRINI YUKSALTIRISH TUYG‘USINI SINGDIRISHDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanining o‘qitishning ahamiyati va dolzarbligi, umumta’lim maktab o‘quvchilarda inson qadrini yuksaltirish tuyg‘usini singdirishda tas’viriy san’atning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Shohida Ergasheva
127-130
15
15
Read
IKKILAMCHI TERMOPLAST POLIMER ASOSIDA QURILISH SOXASI UCHUN POLIMERKERAMIK KOMPOZITSION MATERIALLARNI OLISH VA ISHLAB CHIQARISH
Mаqolada ikkilаmchi termoplast polimerlаr asosidagi polimerkerаmik kompаzitsion mаteriallarning xossаlari, tarkibi, olinish texnologiyasi vа bugungi kundаgi ishlatilish soxalаri, qurilish soxаsida keng qo‘llаshni istiqbollаri haqidа ma’lumotlаr vа muammolаr yechimlari ko‘rsаtilib o‘tilgаn. Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda hududlarni bir yo‘la ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2024-yil 8-9-iyul kunlari Toshkent shahrida “yashil” iqtisodiyotning me’yoriy-huquqiy bazasi va siyosatini takomillashtirish davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari orqali innovatsion “yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. [1].
K. Abdusamatov, D. Lapasov
131-136
46
21
Read
TIJORAT BANKLARIDA ICHKI NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH (KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMIGA HALQARO STANDARTLARINI JORIY ETISH MISOLIDA)
Ushbu maqola tijorat banklarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini xalqaro standartlar asosida joriy etish zaruriyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Hozirgi kunda moliyaviy tizimdagi korrupsiya xavfi bank tizimining samaradorligi va xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, tijorat banklarida ichki nazorat tizimlarini mustahkamlash, bu tizimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishda ilg‘or xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqolada ISO 37001:2016 (Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) va FATF (Moliyaviy faoliyat bo‘yicha ishchi guruh) tavsiyalari asosida tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlarini tashkil etish jarayoni, mazkur standartlarni joriy qilishning ustunliklari, banklarning ichki nazorat tizimlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishdagi qiyinchiliklar keng yoritilgan. Ichki nazorat tizimi yordamida korrupsiya xavfini aniqlash, bartaraf etish va monitoring qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda banklar uchun xalqaro standartlarni tatbiq etish istiqbollari, milliy qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar va davlat hamda nodavlat sektorlarning ushbu yo‘nalishdagi hamkorligi haqida ham batafsil ma’lumot berilgan. Xalqaro standartlarni joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimini yaratish, ichki audit va xavf-menejment tizimlarini rivojlantirish, moliyaviy muassasalar uchun yuqori xavfsizlik va shaffoflik darajasini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.
Abdulla Xayrullayev
137-144
47
25
Read
<<
<
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
>
>>
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer