ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
163
BUTUNJAHON SAVDO TASHKILOTI VA UNGA OʻZBEKISTONNING AʼZOLIK
MASALALARI
Mirzayev Kamoliddin Abdullayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti,
Xalqaro tijorat huquqi yo‘nalishi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14078811
Annotatsiya. Ma’lumki, Jahon savdo tashkiloti bugungi davr xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro
tuzilma hisoblanadi. Dunyo savdosining 95 foizdan ortig’i ushbu tashkilotga a’zo davlatlar
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tashkilotning asosiy vazifasi erkin va shaffof savdo aloqalarini
tartibga solish va savdo jarayonlarni kengaytirish orqali tashkilotga a’zo davlatlarning avvalo
iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda umumiy hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan.
Mazkur maqsadlar o’z navbatida bugungi rivojlanish bosqichida O‘zbekistonda ham
amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarning maqsadlariga
to’la to’kis mos keladi. Ushbu maqolada Jahon savdo tashkiloti va unga O’zbekistonning a’zo
bo’lishida amalga oshirilayotgan ana shu islohotlar, tahlil va natijalar haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Jahon savdo tashkiloti, Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh bitim, raund,
Urugvay raundi, GATT, savdo tariflari, norezident, foydali modellar, internatsionallashuv,
evolyutsiya, TRIPS, jahon xo‘jaligi.
ISSUES OF UZBEKISTAN'S MEMBERSHIP IN THE WORLD TRADE
ORGANIZATION
Abstract. It is known that the World Trade Organization is an international structure that
coordinates the interstate multilateral trade system in today's international economic relations.
More than 95 percent of world trade is accounted for by member states of this organization. The
main task of the organization is to ensure stable economic development of the member states of
the organization and to improve the general way of life by regulating free and transparent trade
relations and expanding trade processes. These goals, in turn, fully correspond to the goals of
large-scale economic, social and legal reforms that are being implemented in Uzbekistan at the
current stage of development. This article talks about the reforms, analysis and results of the World
Trade Organization and Uzbekistan's membership in it.
Key words: World Trade Organization, General Agreement on Tariffs and Trade, round,
Uruguay Round, GATT, trade tariffs, non-resident, utility models, internationalization, evolution,
TRIPS, world economy.
ВОПРОСЫ ЧЛЕНСТВА УЗБЕКИСТАНА ВО ВСЕМИРНОЙ ТОРГОВОЙ
ОРГАНИЗАЦИИ
Аннотация. Известно, что Всемирная торговая организация является
международной
структурой,
координирующей
систему
межгосударственной
многосторонней торговли в современных международных экономических отношениях.
Более 95 процентов мировой торговли приходится на государства-члены этой
организации. Основной задачей организации является обеспечение стабильного
экономического развития государств-членов организации и улучшение общего образа
жизни путем регулирования свободных и прозрачных торговых отношений и расширения
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
164
торговых процессов. Эти цели, в свою очередь, полностью соответствуют целям
масштабных экономических, социальных и правовых реформ, реализуемых в Узбекистане
на современном этапе развития. В данной статье говорится о реформах, анализе и
результатах Всемирной торговой организации и членстве в ней Узбекистана.
Ключевые слова: Всемирная торговая организация, Генеральное соглашение по
тарифам и торговле, раунд, Уругвайский раунд, ГАТТ, торговые тарифы, нерезиденты,
полезные модели, интернационализация, эволюция, ТРИПС, мировая экономика.
Kirish
Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng qadimgi shakli hisoblanadi. Tarixan
olib qaralsa, xalqaro savdo jahon xo‘jaligining shakllanishidan ancha ilgari mavjud bo‘lgan va
uning bevosita o‘tmishdoshi bo‘lgan desak xato bo’lmaydi.
Aynan xalqaro savdoning rivojlanishi jahonda mashinasozlik sanoatining yuksalishi uchun
iqtisodiy sharoit yaratganligini, mashina ishlab chiqarilishi uchun boshqa davlatlarning ham
ommaviy tarzda talabi ushbu sohaning o‘sishiga keskin ta’sir qildi. Bu o’z navbatida, jahon
xo‘jaligining shakllanishiga asos soldi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning internatsionallashuv
jarayonini tezlashtirdi. Xalqaro savdoning bugungi holatiga kelguniga qadar o‘zining tarixiy
evolyutsiya jarayonlarida davlatlar o’rtasidagi ikki tomonlama tashqi savdo bitimlaridan tortib,
uzoq muddatga mo’ljallangan keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib
o‘tdi.
Urushdan keyingi davrga nazar tashlasak, davlatlar ikkinchi jahon urushi talofotlaridan
ko’rgan zararlarni qoplash va iqtisodiyotni tiklash uchun xalqaro munosabatlarda avvalo iqtisodiy
hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratdi. Ushbu munosabatlar hamkorlik
jarayonlarining o‘ziga xosligi, ayniqsa, uzoq muddatli tendensiyalar, savdo munosabatlarining
turli shakllari va xususiyatlari hamda bir-biridan farq qiluvchi hamkorlik usullari negizida
namoyon bo‘ladi.
O’z navbatida bir jihatni tan olish zarurki, xalqaro savdoning rivojlanishida davlatlarning
yagona tashkilot ostida iqtisodiyotda bir xil tamoyillarni qo’llagan holda hamkorlikni amalga
oshirish jarayonlari turli to’siqlar yoki ziddiyatlarsiz erishilmagan. Zero, har qanday hamkorlik
shakllariga kirishishda har bir davlat uchun avvalo milliy manfaatlar birinchi o’rinda turishi hech
kimga sir emas.
U yoki bu mamlakatning milliy savdo-iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini boshqa mamlakat
yoki mamlakatlar guruhi tomonidan kamsitilishi ko‘pincha savdo mojarolari, bir so’z bilan
aytganda "savdo urushlari"ning kelib chiqishiga olib keladi. Davlatlar o’rtasidagi savdo
mojarolarining avj olishiga esa turli omillar, jumladan, bojxona tariflari, hududiy bog’liqliklar yoki
tovarlarga nisbatan qo’yiladigan narxlar, shuningdek sanitariya qoidalari, ekologiya va atrof-muhit
bilan bog’liq talablar va boshqa omillar bevosita sabab bo‘lishini inkor qilib bo’lmaydi.
Savdo urushlari zamonaviy xalqaro munosabatlarning davlatlar o’rtasida tez-tez
uchraydigan barqaror an’anasiga aylanib qoldi desak xato bo’lmaydi. Ushbu mojarolar alohida
mamlakatlar munosabatlarini ham yoki davlatlarning savdo-iqtisodiy guruhlarini ham chetlab
o’tmaydi albatta.
Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (GATT):
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
165
Bugungi kunda xalqaro munosabatlar jarayoni jahon bozorlarida kuchayib borayotgan
raqobat, ichki bozorlarni himoya qilish, bandlikni ta’minlash zarurati va boshqalar xorijiy
davlatlarni o‘z ishlab chiqaruvchilari va kommersantlarini faol himoya qilishga, siyosiy-iqtisodiy
mojarolarga qo‘shilishga majbur qilayotganligini ko’rsatmoqda.
O’z navbatida tan olish joizki, savdo mojarolarida qatnashuvchi mamlakatlar nizolarni
haddan tashqari keskinlashtirishga intilmaydi va ushbu kelishmovchiliklarni uzoq muddatli
muzokaralar, maslahatlashuvlar, xalqaro tashkilotlarga shikoyatlar bilan murojaat qilish yo‘llari
orqali hal etishga intiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish uchun uni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish
va savdoni erkinlashtirishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar muhim rol o‘ynaydi. Bu o’rinda jahon
savdosining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan tashkilotlardan biri sifatida albatta Tariflar
va savdo bo‘yicha Bosh bitim (GATT) tashkilotini keltirish muhim sanaladi. GATTni tashkil etish
to‘g‘risidagi shartnoma dastlab 1947-yilda 23 ta davlat tomonidan imzolangan bo’lib, 1948-yil 1-
yanvardan kuchga kirgan.
1
GATT - ishtirokchi davlatlarning o‘zaro savdosini olib borish va a’zo davlatlar tomonidan
tartibga solish tamoyillari, huquqiy me’yorlari, qoidalarini o‘z ichiga olgan ko‘p tomonlama bitim
bo’lib, eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan biri bo‘ldi va uning faoliyati jahon savdosining
94 foizini qamrab oldi.
GATTning asosiy yutuqlaridan biri davlatlararo savdo munosabatlarida o’zaro
kamsitishlarsiz savdo qilishdan iboratligi, GATTning har bir a’zosi boshqa har qanday a’zo davlat
bilan teng munosabatda bo‘lishi kerak edi.
2
Tashkilotning faoliyati raundlarga birlashtirilgan
holda ko‘p tomonlama muzokaralar orqali amalga oshirildi. GATT o’z tarixida yig‘ilishlarning
sakkizta raundini o‘tkazdi. Jumladan, birinchisi 1947-yil aprel oyida boshlangan bo’lsa, oxirgisi
1993-yil dekabr oyida yakunlangan. O’z navbatida, hozirgi kundagi Doha (Qatar) taraqqiyot
bosqichi 2001-yilda boshlanib, haligacha tugallanmagan. Tashkilot doirasida o’tkazilgan
raundlarning har biri muhim yutuq va natijalarga ega bo‘ldi. Ushbu raundlar o‘rtacha bojxona
bojining o‘n barobarga qisqarishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu ko‘rsatkich 40%
ni tashkil etgan bo‘lsa, 90-yillarning o‘rtalarida 4 % atrofida bo‘ldi.
Jahon savdo tashkiloti (JST) taskil etilishi:
1993-yil dekabr oyida, yetti yillik muzokaralardan so‘ng, GATT 117 ta davlat, shu
jumladan AQSH o‘rtasida kelishuvga erishdi. Ushbu raund Urugvayda bo‘lib o‘tdi va shuning
uchun Urugvay raundi deb nomlandi. Ko‘p tomonlama savdo muzokaralarining Urugvay raundi
natijalarini o‘zida mujassam etgan yakuniy hujjat ushbu raundda erishilgan kelishuv bo‘lib, 1994-
yil aprel oyida imzolandi va nihoyat mazkur bitim doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) tashkil
etildi.
3
O’z navbatida, Jahon savdo tashkiloti ta’sis etilishi munosabati bilan GATT o‘z faoliyatini
to‘xtatdi.
1
Text of General Agreement on Tariffs and Trade,
https://www.wto.org/english/docs_e/legal_e/gatt47.pdf
2
General Agreement on Tariffs and Trade,
https://www.law.cornell.edu/wex/general_agreement_on_tariffs_and_trade_%28gatt%29
3
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
166
Jahon savdo tashkiloti davlatlar o’rtasida o’zaro savdo kelishuvini amalga oshiruvchi
tashkilot bo‘lib, Doha shahrida o’zining dastlabki raundini boshladi. Tashkilotga a’zo bo‘lish
uchun davlatlar avvalo a’zolik uchun ariza topshirishi lozim.
4
Bugungi kunga kelib umumiy
a’zolar soni 166 ta davlatni tashkil etadi.
Umuman olganda,
Jahon savdo tashkiloti faoliyatida asosan 1996-yildan boshlab
GATTning o‘rnini egallaganligi sezildi desak xato bo’lmaydi. Chunki, ushbu davrda 82 ta davlat
uning asoschi-a’zolari sifatida birlashdi va 1998-yilga kelib tashkilotga 132 ta davlat a’zo bo‘ldi.
Rasmiy tarzda faoliyati GATT bilan ketma-ketlikka asoslangan deb qaralsada, aslida JST
bir qator parametrlari bo‘yicha GATTdan farq qiladi.
Misol uchun, JSTning alohida yuridik mohiyati uning a’zoligiga kirishning o‘ziga xos
xususiyatlarini belgilaydi. JST tashkil topganidan keyin qator rivojlangan G‘arb mamlakatlarining
savdo rejimlarini mehnat va ekologik standartlar bilan bog‘lash evaziga bir qator o’ziga xosliklar
paydo bo‘ldi. Xususan, ushbu standartlar past bo‘lgan mamlakatlar ishlab chiqarish xarajatlarining
pastligi hisobiga "bozorga xos bo‘lmagan" raqobat afzalliklariga ega bo‘ladi.
JSTning vazifalari savdo jarayonini ma’lum qoidalarga asoslangan tizim doirasida tartibga
solishda yordam berish, hukumatlar o‘rtasidagi savdo nizolarini xolisona hal qilish, savdo
muzokaralarini tashkil etishdan iboratdir. Ushbu faoliyat asosida 60 ta JST bitimlari - xalqaro
savdo va savdo siyosatining asosiy huquqiy me’yorlari yotadi. Ushbu kelishuvlarga asoslangan
tamoyillar kamsitishning yo‘qligi (eng ko’p qulaylik tug’diruvchi rejim va milliy rejim
to‘g‘risidagi qoida), erkin savdo shartlari, raqobatni rag‘batlantirish va eng kam rivojlangan
mamlakatlar uchun qo‘shimcha qoidalarni o‘z ichiga oladi. JSTning maqsadlaridan biri
proteksionizmga qarshi kurashishdir.
Tashkil etilganidan beri JST faoliyati telekommunikatsiya, axborot-texnologik uskunalar
va moliyaviy xizmatlar bozorlarini ochish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar uchun forum
bo‘lib xizmat qilmoqda. U 200 dan ortiq savdo nizolarini hal qilishda ishtirok etgan va 1986-1994
yillardagi Jahon savdo muzokaralarining Urugvay bosqichida erishilgan kelishuvlarning
bajarilishini kuzatishda davom etmoqda. O’z navbatida, ushbu hujjatlar zamonaviy xalqaro
savdoning huquqiy asosi hisoblanadi.
2001 yilda JST Doha (Qatar) shahrida qabul qilingan Taraqqiyot kun tartibi deb
nomlanuvchi ko‘p tomonlama savdo muzokaralarining yangi raundini boshladi.
5
JSTga a’zo barcha mamlakatlar "Ko‘p tomonlama savdo bitimlari" atamasi bilan
birlashtirilgan asosiy bitimlar va yuridik hujjatlarni bajarish majburiyatini oladi. Shunday qilib,
huquqiy nuqtayi-nazardan, JST tizimi o‘ziga xos ko‘p tomonlama shartnoma (kelishuvlar paketi)
bo‘lib, uning normalari va qoidalari bilan tovarlar va xizmatlar bilan jahon savdosining taxminan
97 foizi tartibga solinadi.6
Bir so’z bilan aytganda, ikkinchi jahon urushidan keyingi ikkita voqea savdo sohasidagi
urushdan oldingi keskinlikning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymadi. Yevropada ko‘mir va temir rudasi
qazib olish hamda po‘lat ishlab chiqarish sohasida xalqaro hamkorlik rivojlandi.
4
General Agreement on Tariffs and Trade,
https://www.law.cornell.edu/wex/general_agreement_on_tariffs_and_trade_%28gatt%29
5
Всемирная торговая организация,
6
Центр экспертизы ВТО,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
167
Global darajada esa Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh bitim tuzildi. Ikkala yo‘nalish ham
muvaffaqiyatli rivojlandi va hozirda ular sezilarli darajada to‘ldirilib kengaytirildi. Ulardan biri
Yevropa Ittifoqiga aylangan bo’lsa, ikkinchisi esa Jahon Savdo Tashkilotiga aylandi.
O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishdagi islohotlar:
Keyingi yillarda O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi bo‘yicha
mamlaktimizda qator islohotlar amalga oshirildi. Buni a’zo davlatlar bilan o’zaro ikki tomonlama
va ko‘p tomonlama muzokaralarni yakunlash borasida olib borilayotgan ishlarda ko’rish mumkin.
Ma’lumki, JST doirasida a’zo davlatlar tomonidan intellektual mulkni huquqiy muhofaza
qilish bo‘yicha minimal talablarni belgilab beruvchi TRIPS bitimi amal qiladi. O’z navbatida
milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish tashkilotga a’zo bo‘lishning muhim
shartlaridan biri hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, mazkur sohada amalga oshirilgan islohotlardan biri 2024 yil 15
fevralda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy
qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligi bo’ldi.
Ushbu Qonun intellektual mulk sohasi, reklama, dori vositalari va farmatsevtika
yo’nalishlari hamda davlat bojiga oid qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda
tutadi.
Misol uchun, avval xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 10 baravari, mahalliy yuridik shaxslar
uchun esa 1 baravari miqdorida o‘rnatilgan bo’lsa, endilikda kiritilgan o‘zgartirishlarga ko’ra
davlat boji har ikkala yuridik shaxslar uchun birxillashtirilishi milliy qonunchilikni JSTning
Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitimiga muvofiqlashtirdi.
7
Yana bir misol, avval ixtiroga patent olish uchun rezidentlardan BHMning 1 baravari,
norezidentlardan esa BHMning 17 baravari miqdorida patent boji to‘lash belgilangan bo’lsa,
endilikda patent boji to‘lovchilari jismoniy va yuridik shaxs deb o‘zgartirilib, to’lovlar
birxillashtirildi.
Ixtiro va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nogironligi bo‘lgan shaxslar,
ta’lim oluvchi shaxslar, ilmiy-pedagogik xodimlar, ilmiy tashkilotlarga, shuningdek kichik
tadbirkorlik subyektlariga to’lovlar miqdorini kamaytirish bo’yicha imtiyozlar berish, dori
vositasini yaratish jarayonida o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijasida olinadigan klinik oldi va klinik
sinovlar natijalarini himoya qilishni ko‘zda tutuvchi qoidalar kiritildi.
8
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son
“O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan Jahon savdo
tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi kiritildi.
7
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni,
https://lex.uz/ru/docs/-4680944
8
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarigaO‘zbekiston Respublikasi milliy
qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida” Qonuni,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
168
Qarorga ko’ra, 2023-yil 1-iyuldan boshlab JST qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish ta’qiqlanishi belgilandi.
9
Shu bilan birga, Adliya vazirligiga ma’muriy islohotlar doirasida ilgari maqbullashtirilgan
shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha 5 ta shtat birligini ajratgan holda vazirlikka milliy
qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish funksiyasi yuklatildi.
O’z navbatida, mazkur amalga oshirilayotgan islohotlar hamda JST bitimlari talablariga
milliy qonunchiligimizni muvofiqlashtirish tashkilotga a’zo davlatlar bilan olib borilayotgan
muzokaralar jarayonida kelgusida sezilarli ijobiy hissa qo‘shadi va a’zolik masalalarining
tezlashtirilishiga zamin yaratadi.
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, JSTga a’zolik O‘zbekistonga yangi sarmoyalar asosida
qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshishi,
iste’molchilarda tovarlar va xizmatlarni tanlash imkoniyati kengayishi, monopoliyaning oldi
olinishi, bu o‘z navbatida korrupsiya darajasini kamaytirishga yordam beradi deyish mumkin.
REFERENCES
1.
Text of General Agreement on Tariffs and Trade,
https://www.wto.org/english/docs_e/legal_e/gatt47.pdf
2.
General Agreement on Tariffs and Trade,
https://www.law.cornell.edu/wex/general_agreement_on_tariffs_and_trade_%28gatt%29
3.
https://law.duke.edu/sites/default/files/lib/gatt.pdf
4.
General Agreement on Tariffs and Trade,
https://www.law.cornell.edu/wex/general_agreement_on_tariffs_and_trade_%28gatt%29
5.
Всемирная торговая организация,
6.
Центр экспертизы ВТО,
https://wto.ru/about-WTO/info-WTO/
7.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni,
8.
O‘zbekiston
Respublikasining
“O‘zbekiston
Respublikasining
ayrim
qonun
hujjatlarigaO‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti
bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida” Qonuni,
https://lex.uz/ru/docs/-6800326
9.
“O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini
jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. 2023-yil 2-iyundagi
PQ-181-son
https://lex.uz/uz/docs/-6480161
9
“O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son
