CARDUEAE TRIBASIGA MANSUB DORIVOR O‘SIMLIKLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
hbu maqolada Asteraceae oilasining Cardueae tribasiga mansub dorivor o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Maqolada Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L., va Dolomiaea DC. kabi o‘simlik turkumlariga oid turlar, ularning taksonomik tarkibi va dorivorlik xususiyatlari yoritilgan. Har bir turkumga xos bo‘lgan biologik faol moddalar va ularning tibbiyot hamda xalq tabobatidagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu o‘simliklar jigar, qon aylanishi, immun tizimi, asab va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda samarali vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur o‘simliklarning kimyoviy tarkibini chuqur o‘rganish ularning farmakologik qo‘llanilishini kengaytirish imkonini beradi.