«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
УЎК 581.8:581.9:581.55:582.998:633.88
CARDUEAE TRIBASIGA MANSUB DORIVOR O‘SIMLIKLAR HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOT
Ch.D.Ro’zimova
1
., A.I.Iskandarov
2
.
1
Urganch davlat universiteti
2
Xorazm Ma’mun akademiyasi
Anotatsiya;
Ushbu maqolada Asteraceae oilasining
Cardueae tribasi
ga mansub
dorivor o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Maqolada
Centaurea L.,
Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L.
, va
Dolomiaea DC.
kabi
o‘simlik turkumlariga oid turlar, ularning taksonomik tarkibi va dorivorlik xususiyatlari
yoritilgan. Har bir turkumga xos bo‘lgan biologik faol moddalar va ularning tibbiyot
hamda xalq tabobatidagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, bu o‘simliklar jigar, qon aylanishi, immun tizimi, asab va ovqat hazm qilish
tizimi kasalliklarini davolashda samarali vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur
o‘simliklarning kimyoviy tarkibini chuqur o‘rganish ularning farmakologik
qo‘llanilishini kengaytirish imkonini beradi.
Kalit so‘zlar; Cardueae tribasi
, dorivor o‘simliklar,
Asteraceae
oilasi,
Centaurea
L., Echinops L.
, farmakologiya, biologik faol moddalar, xalq tabobati.
Аннотация;
В данной статье представлены обобщённые сведения о
лекарственных растениях, относящихся к трибе
Cardueae
семейства
Asteraceae.
Рассмотрены такие роды, как
Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L.,
Onopordum L.
и
Dolomiaea DC.
, их таксономический состав и лекарственные
свойства. Для каждого рода приведены данные о биологически активных
веществах и их значении в народной и современной медицине. Результаты
исследования показывают, что данные растения могут быть эффективно
использованы для лечения заболеваний печени, кровообращения, иммунной и
пищеварительной систем. Глубокое изучение химического состава этих растений
откроет новые перспективы их применения в фармакологии.
302
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Ключевые слова;
триба
Cardueae
,
лекарственные растения, семейство
Asteraceae, Centaurea L., Echinops L.
, фармакология, биологически активные
вещества, народная медицина
Abstract:
This article provides general information about medicinal plants
belonging to the
Cardueae
tribe of the Asteraceae family. It explores genera such as
Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L.
, and
Dolomiaea
DC.
, along with their taxonomic composition and medicinal properties. The study
presents the biologically active compounds of each genus and their importance in both
traditional and modern medicine. Research results indicate that these plants can be
effectively used in the treatment of liver diseases, blood circulation, immune and
digestive system disorders. Further investigation of their chemical composition may
expand their pharmacological applications.
Keywords; Cardueae
tribe, medicinal plants,
Asteraceae
family,
Centaurea L.,
Echinops L.
, pharmacology, biologically active compounds, traditional medicine.
Kirish
. Asteraceae oilasi O’zbekiston hududida eng keng tarqalgan o’simlik
oilalaridan biri bo’lib 32000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi [2;5]. Bu oila vakillari
ichida dorivorlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik vakillari ham yo‘q emas. Xususan,
Cardueae tribasiga mansub o‘simliklar dorivorlik xususiyatlari bilan alohida ajralib
turadi. Ushbu triba tarkibidagi
Centaurea
L.,
Echinops
L.,
Cirsium
Mill.,
Carduus
L.,
Onopordum
L., va
Dolomiaea
DC. turkumlari boy biologik faol moddalarga ega bo‘lib,
ularning tibbiyotdagi ahamiyati va qo‘llanilish sohalari kengdir. Cardueae tribasiga
mansub o‘simliklar asosan jigar, teri, qon aylanishi va immun tizimini yaxshilashda
ishlatiladi, shuningdek xalq tabobatida keng qo‘llaniladi [3;6].
Natijalar.
Asteraceae oilasining Cardueae tribasiga mansub o‘simliklarning
taksonomik tarkibi o‘rganilganda quyidagicha ma’lumotlar aniqlandi (1-jadval).
1-jadval
Cardueae tribasiga mansub dorivor o‘simliklarning taksonomik tarkibi.
O
il
a
T
ri
ba
Turkum
Turlar
As
te
ra
ce
Car
d
ue
Centaurea
L,
C.depressa
M.Bieb. (1808)
, C. cyanus
L
(1753)
303
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Echinops
L
E. ritro
Georgi. (1775),
E. sphaerocephalus
L(1753)
Cirsium
Mill
C. arvense
Scop.(1771)
Carduus
L
C.nutans
L (1753)
Onopordum
L
Onopordum acanthium
L. (1753)
Dolomiaea
DC.
Saussurea costus
Lipsch. (1964)
Asteraceae oilasining Cardueae tribasiga tabiatda qayd etilgan 8 ta dorivor
o’simlik turlarini 6 ta turkumga mansubligi aniqlangan.
Centaurea
L turkumiga 2 ta
tur
C.depressa
M.Bieb. (1808)
, C. cyanus
L (1753);
Echinops
L turkumiga 2 ta tur
E.
ritro
Georgi. (1775),
E. sphaerocephalus
L(1753); qolgan turkumlarga 1 ta turdan
Cirsium
Mill
- C. arvense
Scop.(1771);
Carduus
L -
C.nutans
L (1753);
Onopordum
L
-
Onopordum acanthium
L. (1753);
Dolomiaea
DC. -
Saussurea costus
Lipsch. (1964)
uchrashi qayd qilingan.
1-rasm. Cardueae tribasiga mansub dorivor o‘simliklarning % nisbati
Yuqoridagi jadvalda 6 ta turkumlardan
Centaurea
L
(C.depressa
M.Bieb. (1808)
,
C. cyanus
L (1753)), va
Echinops
L (
E. ritro
Georgi. (1775),
E. sphaerocephalus
L(1753)) turkumlari 2 tadan o’simlik uchrab 25% qismini egallashi aniqlandi. Qolgan
4 ta turkum
Cirsium
Mill –
(
C. arvense
Scop.(1771)),
Carduus
L – (
C.nutans
L (1753)),
Onopordum
L - (
Onopordum acanthium
L. (1753)),
Dolomiaea
DC. – (
Saussurea
costus
Lipsch. (1964)) 1 tadan o‘simlik uchrab 12,5%, qismini egallashi aniqlandi (1-
rasm).
25%
25%
12,5%
12,5%
12,5%
12,5%
Centaurea L
Echinops L
Cirsium Mill
Carduus L
Onopordum L
Dolomiaea DC.
304
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Dorivorlik xususiyati:
Cardueae tribasiga mansub turli o‘simliklar dori sifatida
qadimdan qo‘llanib kelinadi. Ushbu tribaga kiruvchi
Centaurea
L.,
Echinops
L.,
Cirsium
Mill.,
Carduus
L.,
Onopordum
L., va
Dolomiaea
DC. kabi turkumlar o‘zining
boy kimyoviy tarkibi bilan ajralib turadi. Ularning dorivorlik xususiyatlari xalq tabobati
va zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. [3,4] Quyida ushbu turkumlarning dorivor
xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot keltiriladi:
1. Centaurea L. (Ko‘kbo‘talar Turkumi)
Faol moddalari:
Flavonoidlar, polifenollar, efir moylari, alkaloidlar.
Dorivorlik xususiyatlari:
Antiinflammator (yallig‘lanishga qarshi) ta’sirga ega;
Diuretik (siydik haydovchi) va antioksidant xususiyatlari mavjud; Xalq tabobatida jigar
va buyrak kasalliklari, shuningdek, oshqozon-ichak traktining muammolarini
davolashda qo‘llanadi.
2. Echinops L. (Tipchak)
Faol moddalari:
Ekhinopsin alkaloidi, efir moylari, karotinoidlar.
Dorivorlik xususiyatlari:
Markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi;
Mushak faoliyatini yaxshilash va gipotoniyada yordam beradi; Radikulit va boshqa
asab tizimi kasalliklarida foydalaniladi; Zamonaviy tibbiyotda regeneratsiyani
tezlashtiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi [1,8].
3. Cirsium Mill. (Qirqbo‘yin)
Faol moddalari:
Flavonoidlar, saponinlar, kofeik va xlorogen kislotalar.
Dorivorlik xususiyatlari:
Gepatoprotektor (jigarni himoya qilish) va detoksikatsiya
qiluvchi xususiyatlari bor; Diuretik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi; Xalq
tabobatida teri kasalliklari va jarohatlarni davolashda keng qo‘llaniladi.
4. Carduus L. (Tikanaklar Turkumi)
Faol moddalari:
Silimarin, flavonoidlar, acetylen birikmalar.
Dorivorlik xususiyatlari:
Jigarni toksinlardan himoya qilishda va tiklashda asosiy
o‘simliklardan biri hisoblanadi; Qon aylanishini normallashtiradi va immunitetni
oshiradi; Antiviral xususiyatlari mavjud [2,4].
5. Onopordum L. (Sariq Bo‘tan)
Faol moddalari:
Glikozidlar, taninlar, alkaloidlar.
Dorivorlik xususiyatlari:
Tonik va immunomodulyator ta’sir ko‘rsatadi; Oshqozon-
ichak muammolarini bartaraf etishda yordam beradi; Revmatizm va bo‘g‘im
og‘riqlarida qo‘llaniladi.
305
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
6. Dolomiaea DC.
Faol moddalari:
Sesquiterpen laktonlar, efir moylari, flavonoidlar.
Dorivorlik xususiyatlari:
Yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi; Antibakterial va antiseptik xususiyatlari mavjud; Oshqozon va ichak
kasalliklarida samarali [7].
Xulosa:
Cardueae tribasiga mansub turkumlarning dorivorlik xususiyatlari
ularning biologik faol moddalarga boyligi bilan bog‘liq. Ushbu o‘simliklar xalq
tabobati va zamonaviy farmakologiyada jigarni himoya qilish, yallig‘lanishni
kamaytirish, immunitetni oshirish, va boshqa ko‘plab kasalliklarni davolashda
qo‘llaniladi. Mazkur o‘simliklarni yanada chuqurroq o‘rganish, ularning yangi
qo‘llanish sohalarini aniqlash va tibbiyotda samarali foydalanish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ivan A. Ross. Medicinal Plants of the World: Chemical Constituents, Traditional and
Modern Uses. Humana Press – 1999, P:8-12
2. James A. Duke. Handbook of Medicinal Herbs. CRC Press ISBN: 978-0-8493-1284-
1. 2002. P:502,659,223
3. Jansen and Stuessy. "The Compositae: Evolution and Systematics". 1980. P:200-300
4. Kubitzki, Jansen, Stuessy. "The Families and Genera of Vascular Plants, Volume 8".
2007. P: 28-30
5.Bremer.”Compositae: Biology & Utilization”. 1994. P:300 dan ortiq sahifa.
6. J.K.Maheshwari va R.R.Rao. The Economic Botany of the Compositae”.1981. P:
150-200
7.M.A.Jo’rayeva. Dorivor o’simliklar atlasi.Toshkent NOSHIR 2019-yil.152-bet
8. Афанасьев С. Род тысячелистник Achillea L. //Флора СССР.
-
М.; Л., 1961.
-
Т.26.
-
С.
70-104.
306
