«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
TERMITLAR BILAN KUCHLI ZARARLANGAN UYLARNI ANIQLASH VA
ULARNI JALB QILUVCHI OMILLAR.
M.B.Doschanova,
Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi.
Annotatsiya:
Xorazm viloyatida termitlar bilan kuchli zararlangan uylarni
aniqlash bo‘yicha olib borilgan dala tadqiqotlari natijalari bayon etilgan. Termitlar
asosan uylardagi isitish trubalari atrofiga to‘planib, sellyulozali materiallarga zarar
yetkazayotgani aniqlangan. Ushbu holatlar termitlarning nam va issiq muhitga
moslashgan yashirin hayot tarzini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari termitlarga qarshi
ekologik xavfsiz kurash usullarini qo‘llash va doimiy monitoringni amalga oshirish
zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
sellyuloza, biozararlanish, isitish trubasi, ekologik xavfsizlik,
monitoring.
Аннотация:
Приведены результаты полевых исследований по выявлению
домов, сильно повреждённых термитами в Хорезмской области. Установлено,
что термиты в основном скапливаются вокруг отопительных труб в домах и
повреждают материалы, содержащие целлюлозу. Эти случаи свидетельствуют о
скрытом образе жизни термитов и их адаптации к тёплой и влажной среде.
Результаты подчёркивают необходимость применения экологически безопасных
методов борьбы с термитами и проведения регулярного мониторинга.
Ключевые слова:
целлюлоза, биоповреждение, отопительная труба,
экологическая безопасность, мониторинг.
Abstract:
Results of field research conducted in the Khorezm region to identify
houses heavily affected by termites are presented. Termites were mainly found to
accumulate around heating pipes and damage cellulose-based materials. These findings
highlight the termites’ hidden lifestyle and their adaptation to warm and humid
environments. The study suggests the need to apply environmentally safe termite
control methods and to implement ongoing monitoring.
Keywords:
cellulose, biodamage, heating pipe, environmental safety, monitoring.
Dunyoda ekologik muhitning keskin o‘zgarib borishi va inson omili ta’sirida
ekotizimlarning (o‘rmon, to‘qay, dasht, cho‘llar va boshqalar) o‘zlashtirilishi
306
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
zararkunanda hasharotlarning ko‘payishi va inson tomonidan yaratilgan har xil
konstruksiyali bino va inshootlarning biozararlanish ko‘lamining ortishiga olib
kelmoqda. Shu o‘rinda, hasharotlar, jumladan termitlar tomonidan keltiriladigan
biozararlanish darajasining iqtisodiy zarari alohida ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, bu
zararkunandani bioekologik xususiyatlari hulq-atvori, atrof-muhit bilan o‘zaro
munosabatlarini e’tiborga olgan holda ularga qarshi atrof-muhit uchun zararsiz bo‘lgan
yangi biologik kurash usullarini ishlab chiqish va tabiiy kushandalaridan foydalanish
bugungi kunda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Termitlar bilan kuchli zararlangan uylarni aniqlash maqsadida Xonqa tuman
ehtirom, navro`z, Yangibozor tumani Navro`z, Xiva shahar gulirayhon, Qo`shko’pir
tumani Tarqqiyot mahallari fuqorolar yig`ini raisi bilan gaplashildi va bitta vakil olinib
xonadonlar o`rganildi.
Termitlar — yog‘och va boshqa sellyulozali materiallarga zarar
yetkazuvchi hasharotlar bo‘lib, ularning uy-joylarga kirib borishi jiddiy muammolarni
keltirib chiqaradi. Xorazm viloyatining ayrim hududlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar
natijasida bir nechta mahallalarda termitlar bilan zararlangan binolar aniqlangan.
Quyida ushbu holat bo‘yicha qisqacha tahliliy ma’lumot berilgan. Jadvalga ko‘ra, jami
5 ta hududdagi mahallalarda 50 ta bino termitlar tomonidan zararlangani qayd
etilgan[2]. Eng ko‘p zarar ko‘rilgan mahalla —
Qo‘shko‘pir tumani Taraqqiyot
mahallasi
bo‘lib, bu yerda
14 ta bino
ga termitlar zarar yetkazgan. Bu jami holatlarning
28 foizini tashkil etadi. Shuningdek,
Xiva shahri Gulirayhon mahallasi
va
Xonqa
tumani Navro‘z mahallasida
ham har birida
12 tadan
bino zarar ko‘rgan. Bu ikki
mahalla jami zarar ko‘rgan binolarning qariyb yarmiga yaqinini tashkil qiladi.
Xonqa
tumani Ehtrom mahallasi
va
Yangibozor tumani Navro‘z mahallasida
esa nisbatan
kamroq —
6 tadan
bino termitlar ta’sirida zararlangani aniqlangan. Bu esa har bir
hudud uchun umumiy holatning 12 foizini tashkil qiladi. Ushbu holat mahalliy
hokimiyatlar va tegishli tashkilotlar tomonidan ekologik xavfsizlikni ta’minlash,
sanitariya holatini yaxshilash va binolarning barqarorligini saqlab qolish bo‘yicha zarur
chora-tadbirlarni ko‘rishni talab qiladi. Termitlarga qarshi kurashish uchun maxsus
dezinfeksiya ishlari, muntazam monitoring va fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari
olib borilishi lozim. Shuningdek, termitlar ko‘p uchraydigan hududlarda qurilish
materiallari tanloviga alohida e’tibor qaratish, texnik nazoratni kuchaytirish zarur.
Ushbu muammo uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olish
uchun dolzarb masala hisoblanadi.
Xorazm viloyatining eski uylardan 50 tasi
307
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
o`rganilganda shularning 47 tasi asosan uyning isitish trubalari atrofida termitlar
tomonidan zararlanish holatlari kuzatildi.(1- rasm). Termitlarning hayoti yashirin
bo`lganligi sababli ularning binolardagi zararini aaniqlashda hosil qilgan loy suvoqlar
orqali aniqlandi. Loy suvo`lar nam bo`lsa ular yangiligini bildiradi. Agar qurib qolgan
bo`lsa zararlanish erta paydo bo`lganligini bildiradi.
1-
Jadval.
Xorazm viloyatida kuchli zararlangan uylarni aniqlash yuzasidan olib
borilgan izlanishlar natijalari.
№
Mahalla
Zararlangan uylar soni
1.
Xonqa tumani Ehtrom mahallasi
6
2.
Xonqa tumani Navro`z mahallasi
12
3.
Yangibozor tumani Navro`z mahallasi
6
4.
Xiva shahri Gulirayhon mahallasi
12
5.
Qo`shkupir tumani Taraqqiyot mahallasi
14
Jami:
50
Loy suvoqlar sindirib ko`rilganda ularning ichidan termitlar chiqdi. Ayrim holatlarda
ularning chiqishi kuzatilmadi. Termitlar tashqi muhit omillariga bog`liq ravishda aholi
turar joylarida paydo bo`lishi yoki yo`qolib ketishi kuzatiladi.
1-rasm. Eski uylarda isitish trubalari yaqinda termitlarning to`planishi.
Xulosa:
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Xorazm viloyatining bir nechta
mahallalarida termitlar bilan kuchli zararlangan uylar mavjudligi aniqlandi. Natijalar
shuni ko‘rsatadiki, termitlarga qarshi kurash nafaqat sanitariya va qurilish xavfsizligini
ta’minlaydi, balki uzoq muddatli iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olishga xizmat
308
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
qiladi. Ushbu muammo Xorazm viloyatida ekologik va texnik barqarorlikni saqlashda
dolzarb ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
.
1.
Aïchatou Nadia, Christelle Dao,
&
Fernand Sankara,
&
Salimata Pousga,
&
Kalifa Coulibaly,
&
Jacques Philippe Nacoulma,
&
Somalgré Ouedraogo,
&
Marc Kenis,
&
Irénée Somda 2020 Traditional methods of harvesting termites
used as poultry feed in Burkina Faso // International Journal of Tropical Insect
Science
(2020) 40:109–118
https://doi.org/10.1007/s42690-019-00059-w
2.
Ikram Abdullaev, Lola Gandjaeva, Zafar Matyakubov, Manzura Doschanova,
Bakhtiyor Kholmatov, Rasul Ruzmetov, Abdulla Iskandarov, Odilbek Otaev,
Shodlik Ibragimov, Shirin Atajanova Survival of A. Ahngerianus (Isoptera:
Hodotermitidae) Under the Influence of External Factors (Relative Humidity
and Temperature) and Use of Different Water Sources// WSEAS
TRANSACTIONS on ENVIRONMENT and DEVELOPMENT
Volume 18,
2022, 1208 -1215 s
DOI: 10.37394/232015.2022.18.113
3.
M.B. Doschanova “Anacanthotermes Jacobs avlodi Termitlarning ekologiyasi
xulq-atvori xamda kasaliklarga moyilligi” (Monografiya) Xorazm Ma`mun
akademiyasi noshirlik bo`limi. 2024y. 118 bet
4.
Rasul Ruzmetov
,
Ikram Abdullaev
, Muzaffar Bekchanov, Shirin Atajanova,
Zafar Matyakubov, Manzura Doschanova,
Jalol Doschanov, Shodlik Ibragimov,
Abdulla Iskandarov,
Tendencies of Termites of the
Genera Anacanthotermes
Jacobson
to Damage the Wooden Parts of Buildings// WSEAS
TRANSACTIONS on ENVIRONMENT and DEVELOPMENT Volume 19,
2023, DOI: 10.37394/232015.2023.19.92
309
