XORAZM VOHASI SHAROITIDA CHUMOLILARNING (FORMICIDAE) BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARINI O`RGANISH

Аннотация

Chumolilar aqlli jonzot ham sanaladi. Eshikbon chumolilarning boshining kattaligi uyaning og‘zi bilan bir o‘lchamda bo‘ladi. Chumolilar tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yogʻochxoʻr chumolilar) uya quradi. Baʼzan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uya yasaydi. Chumolilar tuproqda juda murakkab, koʻp kamerali in quradi

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15635535
CC BY f
319-323
1

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Z.R.Tajiyev, I.T.Babajanov, & S.B.Ollanazarov. (2025). XORAZM VOHASI SHAROITIDA CHUMOLILARNING (FORMICIDAE) BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARINI O`RGANISH. Журнал универсальных научных исследований, 3(4), 319–323. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/106603
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus
Universal science research jurnali

Аннотация

Chumolilar aqlli jonzot ham sanaladi. Eshikbon chumolilarning boshining kattaligi uyaning og‘zi bilan bir o‘lchamda bo‘ladi. Chumolilar tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yogʻochxoʻr chumolilar) uya quradi. Baʼzan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uya yasaydi. Chumolilar tuproqda juda murakkab, koʻp kamerali in quradi


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

XORAZM VOHASI SHAROITIDA CHUMOLILARNING

(FORMICIDAE) BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARINI O`RGANISH

Dots. Z.R.Tajiyev, I.T.Babajanov, S.B.Ollanazarov

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti


Annatotsiya:

Chumolilar aqlli jonzot ham sanaladi. Eshikbon chumolilarning

boshining kattaligi uyaning og‘zi bilan bir o‘lchamda bo‘ladi. Chumolilar tuproqda,

toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yogʻochxoʻr chumolilar) uya quradi.

Baʼzan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uya

yasaydi. Chumolilar tuproqda juda murakkab, koʻp kamerali in quradi.

A

ннатация:

Муравьи

также

считаются

разумными

существами

.

Голова

муравья

-

домоседа такого же размера, как и вход в гнездо. Муравьи строят гнезда

в почве, под камнями и в гниющих стволах деревьев (древесные муравьи).

Иногда он строит гнездо из сухих веток, крыша которого выступает над землей в

форме конуса. Муравьи

строят

в

почве

очень

сложные

многокамерные

гнезда

.

Abstract:

Ants are also considered intelligent creatures. The head of a door ants

is the same size as the mouth of the nest. Ants build nests in the soil, under stones, and
in rotting tree trunks (wood-eating ants). Sometimes they build nests of dry branches,
with the roof protruding above the ground in the form of a cone. Ants build very
complex, multi-chambered nests in the soil.

Eng ko‘p ko‘zimiz tushadigan hasharotlardan biri chumolidir. Ana shu

hasharotning hayot kechirish tarziga diqqat qilsak, ko‘p ajoyibotlarga duch kelamiz.
Chumoli – uyqu nima, tinim nima bilmaydigan mehnatkash jonzot. Uning insonlarga
foydali jihati shundaki, ko‘p xonali uya qilgani bois daraxtlar va o‘simliklarning
ildizlari atrofi birmuncha ochilib u yerga kislorod kirishi yaxshilanadi. Bu esa
o‘simliklar rivojiga ijobiy ta’sir qiladi.

Chumolilar aqlli jonzot ham sanaladi. Ular uyasiga tashib olgan arpa-bug‘doy

boshoqlarini ikkiga bo‘lib qo‘yadi. Shunday qilsa, don nam tortib ko‘klab ketmasligini
biladi. Shunga aqli yetganiga hayron qolayotgan odam ularning kashnich urug‘ini
to‘rtga bo‘lib qo‘yishini, agar bu urug‘ ikkiga bo‘linsa ham ko‘klab ketishi
mumkinligini eshitsa, hayrati yanada oshadi. Negaki, kashnich donining ikki bo‘lakka
ajratib qo‘yilsa ham ko‘klab ketishini uncha-muncha dehqon ham bilmaydi.

319


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Chumoli to‘dalarida mustahkam ish nizomi mavjud va har bir chumoli o‘z

zimmasiga yuklangan vazifani rosmana fidokorlik bilan bajaradi.
Biz chumolilarni ko‘rganda hammasini bir xil deb o‘ylaymiz. Lekin ular bajaradigan
vazifalar turli-tuman bo‘ladi. Masalan, to‘dadagi bir qism chumolilarning vazifasi
uyaning eshigida qorovullik qilmoqdir.

Eshikbon chumolilarning boshining kattaligi uyaning og‘zi bilan bir o‘lchamda

bo‘ladi. Uya og‘ziga maxsus mo‘ljallangan bu bosh strukturasi uning uyaga o‘zining
kirishiga ham, boshqalarning kirishiga ham to‘sqinlik qiladi. Eshikbonlar kun uzog‘i
hech qimirlamasdan uyaning og‘zida qaqqayib turadi. Bu chumolilar uyaga faqat o‘z
to‘dasidan bo‘lgan chumolilarni kiritadi, boshqalarni uya og‘ziga yo‘latmaydi. Shuning
uchun biror xatar tug‘ilsa, dushmanga birinchi bo‘lib duchlashadiganlar – eshikbon
chumolilar bo‘ladi.

Chumolilarning bir qismi esa tadqiqotchi chumolilardir. Ular uyadan chiqib

atrofni aylanib yegulik axtaradi. Biror yegulik manbasini topgani zahoti qornini
mumkin qadar ovqatga tuydiradi va boshqa chumolilarga xabar berish uchun jadallik
bilan uyaga qaytadi.

Qaytib kelayotganda har-har yerga qornini ishqalab kimyoviy belgi qo‘yib

keladi. Uyaga qaytar-qaytmas hamma chumoliga xabar berib, ularning orqasidan
yurishini aytadi. Shu tariqa tadqiqotchi chumoli qolgan chumolilarni belgi qo‘yib
kelgan yo‘lidan yurib o‘zi topgan ozuqaga manbaiga boshlab boradi. Chumolilarning
antennaga o‘xshagan a’zolari ta’m bilish, hid sezish, namlik va kimyoviy moddalarni
farqlash vazifasini bajaradi.

Chumolilar ana shu antennalar yordamida boshqa chumolilar to‘dasi qoldirgan

kimyoviy ishoratni anglaydi va ular bilan muloqotga kirishadi.
Barg kesuvchi chumolining oldingi jag‘lari qaychi kabi keskin qirrali; jangchi
chumolilarni esa o‘tkir bo‘lib, dushmanning boshini qimirlatmaydigan darajada
kuchlidir. Ba’zilarining jag‘lari esa arraga yoki tegirmon toshiga o‘xshaydi. Ayrim
chumoli turlarining og‘zida boshqa chumolilarni ko‘chirish yoki lichinkalar hosil qilish
uchun moddalarni saqlaydigan mitti cho‘ntagi ham bo‘ladi.

Chumolilar nihoyatda fidokor va topganini baham ko‘rishni sevadigan saxiy

hasharotlardir. Mabodo, bir to‘dadan ikki chumoli duchlashib qolsa, ulardan biri och
va chanqagan bo‘lsa; ikkinchisining og‘zida chaynalgan yoki yarim hazm bo‘lgan
yegulik bo‘lsa, ehtiyoji bo‘lgan chumoli yegulik talabida bo‘ladi. Ovqati bor chumoli

320


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

hech qachon uni rad etmaydi va o‘zidagi yegulikni u bilan baham ko‘radi. Chumolilar
lichinkalarini o‘zlarining oziq-ovqatlari bilan boqadilar. Hatto aksaran o‘zlariga
boshqalarni mehmon qilganidan kam yegulik ayiradi.

Chumoli to‘dasidagi bir qism chumolining vazifasi esa uyani himoya qilmoqdir.

Bu vazifaga maxsus tayyorlangan chumolilar uyalarini himoya qilish uchun jonlarini
ham fido etadi. Bir tur chumoli dushmaniga zarar berish uchun jag‘idan tanasining
orqasiga qarab cho‘zilgan zaharga to‘la lohas qiluvchi bezidan foydalanadi. Agar
chumoli jangda jarohat olsa, qorin bo‘shlig‘ining muskullarini qattiq urib sekresiya
bezlarini yirtib yuboradi va zaharini dushmanga qaratib purkaydi. Ana shu jang
asnosida chumoli o‘z jonini fido etadi.

Chumolilarning hammasi ham zaharli emas. Ba’zilari formik kislota yordamida

o‘zlarini himoya qiladi. Bu tur chumolilar dushmanlarini jag‘lari bilan yarador qiladi,
so‘ngra esa yaraning ustiga formik kislotani purkaydi. Chumoli antikoridi hasharotning
asab tizimiga va terisiga zarar yetkazadi.

Barg kesuvchi chumoli to‘dasining o‘rta bo‘yli ishchilari kunlarini barg tashish

bilan o‘tkazadi. Ular yaproq tashir ekan nihoyatda zaiflashib qoladi. Hatto bir chivin
turi ana shu chumolining boshiga tuxum qo‘yadi. Chumolining boshida tuxumdan
chiqqan chivin lichinkasi uning miyasiga qadar kirib borib, o‘limiga sababchi bo‘lishi
mumkin. Ishchi chumolilar barg tashigan vaqtlarida bu tahlikali dushmanlaridan
o‘zlarini himoya qila olmaydigan ahvolda bo‘ladi.

O‘sha to‘dada yashagan kichik bo‘yli chumolilar tashilgan yaproqlar ustiga

joylashadi va chivinning hujumiga qarshi shu yerda turib mujodala qiladi.

Ko‘zga chalinmaydigan darajada kichik asab tolalaridan hosil bo‘lgan miya

sohibi bo‘lgan bu mavjudotlar aql bovar qilmaydigan g‘aroyib hodisalarni namoyon
etadilar.

Chumoli to‘dasining boshqaruvi esa ona chumoli hukmdorligi ostida bo‘ladi.

Ona chumoliga xizmat etgan ishchi chumolilar xonadagi ahvolga oid xabarlarni
kimyoviy bir usulda ona chumoliga yetkazadi. Ona chumoli ana shu ma’lumotlarga
tayangan holda, masalan, urush paytida ko‘p askarlar yo‘qotilgan bo‘lsa, yangi bolalar
yanada ko‘p askar chumoli bo‘lishini ta’min etadigan kimyoviy moddalar chiqaradi.
Shu tariqa, kelajak avlod saqlab qolinadi.

Chumolilar pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2-qorin

boʻgʻimlari ingichkalashib, koʻkrak bilan qoʻshiladigan poyachani hosil qiladi. Boshi

321


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

katta, jagʻlari kuchli rivojlangan (kemiruvchi ogʻiz organlari). Chumolilar jamoa (oila)

boʻlib yashaydi. Chumolilar oilasi bir necha ming, hatto millionlab individlardan tarkib

topgan. Oila

da koʻp minglab ishchi Chumolilar, qanotli oʻnlab erkaklari va bir necha

ona chumoli boʻladi. Erkak chumolilar faqat koʻpayish davrida paydo boʻlib,

urugʻlanishdan soʻng oʻlib ketadi. Ishchi chumolilar jinsiy orga

nlari rivojlanmagan

urgʻochilardan iborat.

Ona chumolilar urchish davrida paydo boʻladi; urchishdan soʻng qanotini

tashlab, tuxum qoʻya boshlaydi, 20 yilgacha yashaydi. Ishchi chumolilar oilani oziq

bilan taʼminlaydi, uyani qoʻriqlaydi (navkarlar) yoki su

yuq zaxira oziqni saqlaydigan

asalli bochkachalar hosil qiladi va boshqa vazifalarni bajaradi, chumolilar

polimorfizmining boshqarilishi urgʻochilarining har xil kattalikda tuxumlar qoʻyishi,

lichinkalarining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishi, lichinkalarn

i oziqlantiruvchi boshchi

chumolilarning fiziologik holati yoki xattiharakati va boshqa omillar bilan bogʻliq.

Chumolilarning yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi individlar orasida

oziq moddalar va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan almashinib turishi (trofallaks),

tuxum qoʻyuvchi urgʻochisi bilan ishchi chumolilar oʻrtasida kimyoviy sezgi orqali

bogʻlanish borligi katta ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa,

feromonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim oilalarning oʻzlari oziqlan

adigan joylari

boʻladi. Bir qancha chumolilar turlari bir necha oilani birlashtiruvchi koloniyalar hosil

qiladi; oilalar oʻzaro individlar va oziq moddalar almashinib turishadi; birgalikda

oʻzlariga tegishli hududni qoʻriqlashadi.

Chumolilar tuproqda, tosh

lar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yogʻochxoʻr

chumolilar) uya quradi. Baʼzan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib,

quruq shoxlardan uya yasaydi. Chumolilar tuproqda juda murakkab, koʻp kamerali in

quradi. Sariq oʻrmon chumolila

rining ini yer osti labirint va yer usti gumbazdan iborat.

Inning yer osti qismida 1–3 m chuqurlikkacha boradigan murakkab tarmoqdangan

yoʻlaklar boʻladi; bu yerda ular qishlaydi. Inning yer usti qismida esa qurtlari

rivojlanadi. Chumolilar turli xil hasha

rotlar, oʻsimliklar urugʻi, shuningdek,

gul nektari,

oʻsimlik shiralari va koksidlar ajratadigan shira bilan oziqlanadi. Koʻpchilik

turlari oʻz

uyasida oziq boʻladigan hasharotlar va zamburugʻlarni koʻpaytiradi. Ayrim

chumolilarning oʻz ishchilari boʻlmaydi. Ular boshqa oilaga mansub turdan ishchi

chumolilarni oʻgʻirlab olib kelishadi. Bir qancha turlari (masalan, sariq oʻrmon

chumolisi) zararkunanda hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi.

322


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Horazm vohasida faunasida chumolilarning 100 ga yaqin turi uchraydi. Choʻl

zonasida tarqalgan faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, yovvoyi

oʻsimliklar doni, nektar bilan, choʻl va dashtlarda tarqalgan qir chumoli oʻsimliklar

doni bilan oziqlanadi; Bogʻ qora chumolisi shira

bitlari ajratadigan shirin suyuqlikni

yalaydi; ularni boshqa yirtqich hasharotlardan himoya qilishi bilan qishloq xoʻjaligiga

ziyon keltiradi. Xonadonlarda koʻp uchraydigan sariq firʼavn chumolisi shirinlik va

yogʻli oziq

-ovqat mahsulotlarini yeydigan zararkunanda hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbaalar

1.

Anderson, G. 2022. “Chumolilar qancha yashaydi” (onlayn). EcoGuard
zararkunandalarga qarshi kurash. 2023–yi 01-avgust

https://www.ecogurdpestmanagemer

.com/pest-resources/how-long-do-ants-live

manzilidan foydalanildi.

2.

Dris, B., B. Summerlin. 2023. “Uyga kiruvchi chumolilar va ularni boshqarish”
(On-line pdf). Texas qishlok xo’jaligini kengaytirish xizmati: Texas A&M
universiteti tizimi 2023-y 29- iyul.

3.

Yates, J 1992. “chumolilar). Shaxar bilimlari ustasi. 2023-yil 31 iyul

http://ww.extento

hawaii edu/kdase/urban/site/ants.thm manzilidan foydalanildi.

4.

https://www.agro.uz/11-04536252/

323

Библиографические ссылки

Anderson, G. 2022. “Chumolilar qancha yashaydi” (onlayn). EcoGuard zararkunandalarga qarshi kurash. 2023–yi 01-avgust https://www.ecogurdpestmanagemer.com/pest-resources/how-long-do-ants-live manzilidan foydalanildi.

Dris, B., B. Summerlin. 2023. “Uyga kiruvchi chumolilar va ularni boshqarish” (On-line pdf). Texas qishlok xo’jaligini kengaytirish xizmati: Texas A&M universiteti tizimi 2023-y 29- iyul.

Yates, J 1992. “chumolilar). Shaxar bilimlari ustasi. 2023-yil 31 iyul http://ww.extento hawaii edu/kdase/urban/site/ants.thm manzilidan foydalanildi.

https://www.agro.uz/11-04536252/