«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UDK: 574.38
XORAZM MILLIY TABIAT BOG‘I HUDUDLARIDAGI FLORA VA
FAUNASIDAGI O’ZGARISHLAR
Z.P.Rajabov, A.X. Atajanov , A.Q. Qlichev,M.A.Matyoqubov,
Xorazm milliy tabiat bog‘i ilmiy xodimlari,
Annotatsiya:
Xorazm milliy tabiat bog‘i flora va faunasida olib borilayotgan
ilmiy ishlar, o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:
Flora, fauna, ekotizim, cho’l, “Qizil kitob” .
Annotation:
Information is provided on scientific work and changes in the flora
and fauna of the Khorezm National Nature Park.
Keywords.
Flora, fauna, ecosystem, desert, "Red Book".
Xorazm viloyati hududi tuproq-o‘simlik qoplami bo‘yicha cho‘l hududiga kirib,
tabiiy o‘simlik qoplami paydo bo‘lganligi, yopiq o‘simliklar paydo bo‘lishiga yo‘l
ochib berganligi bilan ifodalanadi. Turli-tuman efemer va efemersimonlar ichida
ko‘proq cho‘l juzg‘uni keng tarqalgan. Shuvoq, semizo‘t, gipsli yuqori qatlamlarga
yaqin joylashgan y
еrlarda
- qoraboyalish, sho‘rhok tuproqlarda - buyurg‘un, keyreuk
uchraydi. Qum aralashgan sur ko‘ng‘ir tuproqlarda ba’zan sumbul (
ferula
) uchraydi.
Cho‘l qumdan iborat Xorazm milliy tabiat bog’ning Xiva va Tuproqqal’a
hududlarida o‘simlik qoplami juda siyrak joylashgan edi. Bu еrlarda asosan sho‘rsevar
buta va daraxtsimon o‘simlik turlaridan: quyonsuyak, iloq uchraydi, surilib borayotgan
qumlarda ko‘proq julgun, oq saksovul va qandim o‘sgan. Bugungi kunda bu
hududldrimizda efemer va efemeroidlarga, boshqa cho’l o’simliklariga juda boy
hisoblanadi. Urganch, Xonqa va Yangibozor hududlarimizda buta-daraxtlar va
sho‘rsevar o‘simliklardan to‘rong‘i, jiyda, suv toil, o‘tsimon o‘simliklardan yantoq,
salomalaykum, ajriqlarni uchratish mumkin.
Xorazm milliy tabiat bog’ining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida
saksovulzorlar, to‘qaylar, taqirlar o‘simliklari mavjud.
Xorazm milliy tabiat bog’i, hududi o‘simlik turlariga boy bo‘lib,
olimlarimizning, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2500 turdan ortiq o‘simlik uchraydi.
Hozirgi kungacha o’simliklarning 245 turi aniqlanib tur tarkibi shakllantirildi.
296
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Hududlarimiz cho‘l va to‘qay o‘rmonzorlaridan tashkil topgani bois unlik ko‘p o‘simlik
turlariga boy emas. Hudud ko‘p qismi cho‘l mintaqasiga mansub bo‘lib, bu
е
rlarda eng
ko‘p tarqalgan o‘simlik turlari: Qora saksovul
(Haloxylon aphyllum (Minkw.) Iljim)
, oq
saksovul
(Haloxylon persicum Bge.)
, Cherkez
(Salsola richteri Kar. ex Litv.)
, qandim
turlari
(Calligonum)
, qo‘ng‘irbosh
(Poa bulbosa)
, mayinshuvoq
(Artemisia)
, karrak
(Cousinia resinosa)
, andiz
(Inula grandis)
, shirach
(Eremurus olgae)
, yovvoyi piyoz
(Allium suvorovii)
va boshqalar hisoblanadi. Bu mintaqadagi o‘simliklarning
ko‘pchiligi efemerlar bo‘lib, qo‘rg‘oqchil faslda kurib qoladi qurg‘oqchilik faslda qurib
qoladi. 2024 yilga qaraganda 2025 yil boshlanishidan xavo xarorati biroz sezilarli
darajada farq qiladi. Bahorda yog‘ingarchilik ancha yaxshi bo‘ldi. Shu sababli
qumlarda, cho’llarda qismidagi barhanliklaridagi o’tlarning aprel oyida ham yam-
yashil bo’lib turganligi kuzatildi. Bu esa o‘simlik va xayvonot dunyosiga ancha
qulayliklar tug’dirdi.
Urganch tumani bo‘limi еr maydoni 197,5 gektarni tashkil etadi. hududda
o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta ko‘paytirish, dorivor o‘simliklarni
y
еtishtirish, tabiiy ekosistemani saqlab qolish bo‘yicha izlanishlar
olib boriladi.
Xududda “Qizil kitob”ga kiritilgan va boshqa turdagi har – xil simliklarini chopib
olinishini oldini olish, aholi va chegaradosh еrdan foydalanuvchilar bilan tushuntirish
ishlari olib borilib, hududagi o‘simlik dunyosini va xayvonot dunyosini saqlab
qolinishiga erishilmoqda.
2020 - 2024 yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda hayvonot
dunyosi buyicha ilmiy izlanishlar olib borilib, utkazilgan monitoringlarda 34 turdagi
xayvonot turlari aniqlangan.
Jumladan;
burgut, oqdumli suv burguti, qirg‘iy, qarg‘a,
olaqarg‘a, ko‘k g‘oz, bulbul, vishildoq oqqush, Buxoro chittaki, ko‘l chag‘alayi, sor,
fifi, kvakva, kichik chig‘irchiq, yovvoyi o‘rdak, ko‘k qarqara, katta oq qarqara, to‘qay
mushugi, ko‘k kaptar, qishloq qaldirg’ochi, qiziloyoq, dala chumchug‘i, Buxoro
chittagi, chiyabo‘ri, tulki, yovvoyi to‘ng‘iz, tipratikan, ko‘katarg‘oq, katta qorabuzov,
Amudaryo katta kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni, orol mo‘ylovli balig‘i,
cho‘rtansifat oqqayroq, turkiston mo‘ylovli balig‘i uchratiladi.
Joriy yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda O‘simlik dunyosi
buyicha utkazilgan ilmiy izlanishlarda, 28 turdagi butalar va yarim butalar, torong‘il
daraxtlari va xar xil turdagi o‘simliklarini urganildi.
297
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Jumladan;
qushjida, ingichkabargjiyda, turkman jiydasi, to‘rong‘il, yovvoyi
shakarkamish, oddiy qamish, erkak qamish, qizilmiya, sho‘r bo‘yon, terak, suv toli,
echki tol, jumg‘ol tol, xar xil bargli terak, yantoq, oqbosh, yulg‘un, tuzg‘oq, Amudaryo
tuyatovoni, ilonpechak, ituzum, sho‘ra, ilonpechak, sigirquyruq, suv o‘ti, oddiy pechak,
moychechak, qirqbo‘g‘imlar uchraydi.
Xorazm milliy tabiat bog‘ini Xonqa hududi 45,0 ga bo’lib ilmiy xodimlari
tomonidan hududdagi o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta ko‘paytirish,
dorivor o‘simliklarni y
еtisht
irish, tabiiy ekosistemani saqlab qolish bo‘yicha ishlar
amalga oshirilmoqda.
Joriy yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda ilmiy izlanishlar
olib borilib, quyidagi xayvonot turlari aniqlandi; burgut, qirg‘iy, qarg‘a, lochin, suv
tovug‘i, mayna, olaqarg‘a, ko‘k g‘oz, ko‘k qarg‘a, bulbul, qirg‘oq qaldirg‘ochi,
boyo‘g‘li, oddiy tentakkush, oddiy kakku, sasiqpapshak, qoraboshli baliqchi, qo‘l
baliqchisi, qumri, musicha.
Maxalliy ukki, ko‘rshapalak, kvakva, kichik chig‘irchiq, yovvoyi o‘rdak, ko‘k
qarqara, katta oq qarqara, ko‘k kaptar, qiziloyoq, dala chumchug‘i, ko‘l baqasi, tor
kaltakesakcha, suv iloni, Amudaryo katta kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni,
orol mo‘ylovli balig‘i, cho‘rtansifat oqqayroq, Turkiston mo‘ylovli balig‘i kabi
xayvonot dunyosi vakillari aniqlandi.
Ushbu hududda o‘simlik dunyosi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, butalar
va yarim butalar, torong‘il daraxtlari va xar xil turdagi o‘simliklar:
to’rong’il, yovvoyi shakarkamish,oddiy qamish, erkak qamish, yantoq, oqbosh,
yulg‘un kuzatildi.
Xorazm milliy tabiat bog‘ining Xiva bo‘limi 1 ming 163 gektarni tashkil etadi.
Joriy yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda Xayvonot dunyosi
bo’icha ilmiy izlanishlar olib borilib, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta
ko‘paytirish, dorivor o‘simliklarni еtishtirish, tabiiy ekosistemani saqlab qolish
bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu hududda O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga
kiritilgan 21 ta xayvonot turlari aniqlandi.
Jumladan;
o‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi, bo‘z echkamar, olako‘zan, qum
mushugi, qorakuloq, jayron, qum bo‘g‘ma iloni, shcherbak qalqonli
gekkonchasi, xentog‘ to‘garakboshi, molchanov to‘garakboshi, qorsak,uzun
ignatikanli tipratikan,
kichik
qo‘shoyoq,
sariqsassiqko‘zan,
uzun dumli
298
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
suvburgut, cho‘lbo‘ktargisi, cho‘l burguti, g‘ajir, yo‘rg‘a tuvaloq, burgut, oqbovurlar
uchraydi. Hududda o‘simlik dunyosi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, 4 yillik
ilmiy izlanishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 30
turdagi o‘simliklar aniqlanib, ularning ba’zilaridan gerbariy va o‘simliklar urug‘larini
yig‘ib olindi.
Jumladan;
mattey qandimi, paleskiy qandimi, mayin tukli qandim, nozik
qandim, zokirov kandimi, momiq zo‘rcha, raven piyozi, manzarali piyoz, saxro
piyozi, yashil gulli shirach, oq gulli shirach, merqulovich baliqko‘zi, xiva
sho‘ragi, vedenskiy bozulbangi, orol flomoidesi, kindikchali karrak, vedenskiy
oligoxetasi, bunge takasoqoli, qumchil yurineya, qadaxsimon sutlama, uch tishli
sutlama, qudryashev sutlamasi, ippolit gulsafsari, turkiston dipkaydiysi, shu’lali
zirako‘t, odilov astragali, to‘mtoq gulyonbargchali baliqko‘z, qanoti tukli baliqko‘zlar
uchratiladi. Noyob o‘simliklarni aniqlash bo‘yicha ilmiy ishlarimiz davom qilmoqda.
Yillik iqlim o‘zgarishi, yog‘ingarchilikning o‘simliklarni to‘liq aniqlash uchun еtarli
bo‘lishi xar 3 - 4 yilda bir marta to‘g‘ri keladi.
Tabiat bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan tabiat bog‘ining Tuproqqal’a tumanidan
ajratilgan 19538.8 gektar hududda o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta
ko‘paytirish, dorivor o‘simliklarni еtishtirish, tabiiy ekosistemani saqlab qolish
bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. tabiat bog‘ining hududlarini nazorat qilish, saksavul
va boshqa cho‘l o‘simliklarini chopib olinishini oldini olish, aholi va chegaradosh
еrdan foydalanuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, hududagi o‘simlik
dunyosini va xayvonot dunyosini saqlab qolinishiga erishildi.
Hayvonot dunyosi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, 2020 yilgacha Tuproqqala
xududida keyingi 50-60 yil mobaynida yo‘k bo‘lib ketgan, O‘zbekiston “Qizil
kitobi”ga kiritilgan 21 ta xayvonot turlari aniqlandi.
O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi, bo‘z echkamar, olako‘zan, qum mushugi,
qorakuloq, jayron, qum bo‘g‘ma iloni, shcherbak qalqonli gekkonchasi, xentog‘
to‘garakboshi, molchanov to‘garakboshi, qorsak, uzun ignatikanli tipratikan, kichik
qo‘shoyoq, sariqsassiqko‘zan, uzun dumli suvburgut, cho‘lbo‘ktargisi, cho‘l burguti,
g‘ajir, yo‘rg‘a tuvaloq, burgut, oqbavurlar uchraydi. Hududlardagi xayvonot dunyosi
turlari to‘liq o‘rganilmagan. Bu boradagi izlanishlar davom qilmoqda.
2020 yilgacha Tuproqqala xududida keyingi 50-60 yil mobaynida hududlar
insonlar tamonidan, butalar va yarim butalar, saksavul va boshqa cho‘l o‘simliklarini
299
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
chopib olinishib, aholining chorva mollari tamonidan o‘simliklar ayniqsa dorivor
o‘simliklar yo‘q bo‘lib ketgan. To’rt yillik ilmiy izlanishlarimiz shuni ko‘rsatdiki,
O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 30 ta o‘simlik aniqlanib, ularning ba’zilaridan
gerbariy va o‘simliklar urug‘larini yig‘ib olindi. Jumladan: mattey qandimi, Zokirov
qandimi, paleskiy qandimi, mayin tukli qandim, nozik qandim, momiq zo‘rcha, raven
piyozi, manzarali piyoz, saxro piyozi, yashil gulli shirach, oq gulli shirach, merqulovich
baliqko‘zi, Xiva sho‘ragi, vedenskiy bozulbangi, amudaryo oqto‘shasi, orol flomoidesi.
kindikchali karrak, vedenskiy oligoxetasi, bunge takasoqoli, qumchil yurineya,
qadaxsimon sutlama, uch tishli sutlama, qudryashev sutlamasi, ippolit gulsafsari,
turkiston dipkaydiysi, shu’lali zirako‘t, odilov astragali, to‘mtoq gulyonbargchali
baliqko‘z, qanoti tukli baliqko‘z uchraydi.
Noyob o‘simliklarni aniqlash bo‘yicha ilmiy ishlarimiz davom qilmoqda. Yillik
iqlim o‘zgarishi, yog‘ingarchilikning o‘simliklarni to‘liq aniqlash uchun еtarli bo‘lishi
xar 3-4 yilda bir marta to‘g‘ri keladi.
Ilmiy izlanishlarimizga ko‘ra, hududda 30 dan ziyod dorivor o‘simliklar
aniqlandi. O‘tgan 2023 yilning baxorida yog‘ingarchilik kam bo‘lganligi sababli
ularning ko‘pchiligi unib chiqmadi. Ilmiy xodimlar tomonidan bu еrda o‘sadigan dorivor
o‘simliklardan tibbiyotda foydalanish va shu hisobiga aholini qo‘shimcha ish bilan
ta’minlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.
O‘simliklarning ko‘pchiligida 2025 yilda fevral oyining uchinchi o‘nkunligi iliq
davrning boshlanganligi va bahorgi iqlimiy ko‘rsatgichlarning 2023-2024 yillardagi
ko‘rsatgichlardan nisbatan o‘simlik dunyosi vegitatsiya ertaroq boshlanganligi hamda
fenofazalarning yog‘ingarchilik miqdoriga bog‘liq ravishda 2025-yil fenologik jarayon
ko‘rsatkichlarini kechroq tugashidan dalolat bermoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
1.
Xorazm milliy tabiat bog’i ilmiy hodimlari tomonidan olib borilgan monitoring
natijalari.
2.
Mardonova L., Xurramov F. //O’zbekiston Respublikasida umurtqali
xayvonlarning davlat hisobi va monitoringini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanma.
/Toshkent MATRIX nashriyoti, 2021 y
3.
R. Egamberdiev, Sh.Qodirov, S.Davletov. // Quyi Amudaryo Ekologiyasi /
Xorazm Ma’mun akademiyasi 2013 y
4.
V.P.Lim, N.V.Marmazinskaya “Xongul O‘zbekistonda” Chinor EHK
300
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2007
5.
Сборник статей ВИИИ международной научной конференции
«
Современные
направления в науке и технологий. 18
-
19 ноябр 2016.
6. “O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Qizilqum davlat qo‘riqxonasini tashkil
etish va rivojlantirish loyihasi”. O‘rmon loyiha DUK Toshkent 2018.
7. Xorazm milliy tabiat bog’iTabiat monitoringini yuritish kitoblari va ilmiy
hisobotlari.
8.
Абдуназаров Б.Б., Вашетко Э.В. ва бошқ. Редкие и исчезающие виды
животных Узбекистана. Информ. Бюллетен. Ташкент. Чинор
ЭНК.
1996.
301
