ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
319
MUSIQA MADANIYATINI INSON HAYOTIDA SHAKLLANISH VA O‘RGANISH
BOSQICHLARI
Madaminova Masturabonu Jalolxon qizi
Toshkent Shahar Yashnobot tumani 313-sonli umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilot
musiqa rahbari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17141626
Annatatsiya. Ushbu maqolada siz, musiqa madaniyati inson hayotida shakllanish
jarayonlari va o‘rganish bosqichlari bilan nazariy taraflama tanishasiz. Qadriyatlarimiz asosiga
qurilayotgan zamonaviy ta’lim dasturlar uchun musiqa madaniyatining ahamiyati to‘g‘risida
fikr va mulohazalar olib boriladi. O‘sib ulg‘ayayotgan yoshlarimizda ta’lim-tarbiya, musiqiy
did, estetik qarashlar, ruhiy barkamollikni to‘g‘ri tarbiyalash va rivojlantirish, bundan unumli
foydalanish to‘g‘risidagi fikrlarim bilan tanishasiz. Musiqiy muhitning inson ruhiyati, tafakkur
olamidagi o‘rni xaqida turli fikrlarni birgalikda taxlil qilamiz. Mehnat faoliyatim davomida
yuzaga kelgan fikr, mulohazalarim, musiqiy madaniyatning turli tadqiqot na’munalari bilan
bo‘lishib o‘taman.
Kalit so‘zlar: Onalik-bolalik, alla, musiqiy muhit, sevimli mashg‘ulot, musiqiy
madaniyat, ruhiy barkamollik,Vatan tuyg‘usi va Milliy g‘oya.
Kirish qismi:
Sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish –
bu omadli hayotga yo‘l demakdir.
Djuliana Vilson
Musiqa-inson hayotida muhim axamiyatga ega, ruhiy barkamollik,
yetuk tafakkurning rivojlanishi uchun muhim unsurdir.
Musiqa madaniyati bu – inson ruhiy olamining tafakkuri va jismoniy xarakat
qismlarining, his-hayajon va tuyg‘ular orqali beixtiyor uzluksiz faoliyatidir.
Musiqiy muhit faqatgina raqsga tushish, ashula, qo‘shiq tinglash, hirgoya etish, sahnaviy
dasturlar tomosha qilish yokida tashkil etishgina emas. Musiqa san’ati orqali, biz o‘sib
ulg‘ayayotgan yoshlarga milliy madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, bolalik quvonchi bilan bir
qatorda kelajak orzusining eng yorqin milliy tafakkurini singdiramiz. Musiqa madaniyati bu
nafaqat ko‘ngil ochar musiqiy muhit, balkida xalqimizning ozodlik, xurlik, bugungi kundan
mamnunlik na’munasi bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy san’at turlarini olganda musiqa san’ati inson ruhiy tabiatiga o‘zga-cha ta’sir
ko‘rsatadi. Bu xaqda olimlar turli tadqiqot nazariyasidan kelib chiqib aytadilarki, bolalik davrida
musiqa san’ati bilan shug‘ullangan insonlar kelajakda buyuk shaxslar bo‘lib yetishib chiqadilar
deb turli misollar keltirishgan. Ulardan Iosef Stalin bolalik davrida skripka chalishga qiziqgan va
cherkov xorlarini tinglash uchun muntazam borib turgan, o‘z tariximizga yuzlansak adabiyot va
siyosat, turli soha vakillari shu jumladan jadidchilik xarakati a’zolari ham shoirlar-u sozandalar
bilan musiqiy kechalar tashkillashgan ekan. Oldingi davr va xozirgi davrni solishtirsak, musiqa
san’ati orqali insonlarning diniy qarashlarini kengaytirish maqsadida xam foydalanishgan bunga
misol, Barokko davri musiqalarida cherkov targ‘iboti kuchli bo‘lgan bunga misol I.S.Bax,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
320
A.Vivaldi, G.F.Gendel asarlari yaqqol misol bo‘la oladi. Klassitizm davri musiqalarida
sahnalashtirish, ommaviylashtirish jarayonlari keng targ‘ib qilinadi Y.Gaydin, V.A.Motsart,
L.Betxoven kabi kompozitorlarning yengil o‘ynoqi asarlari na’muna bo‘ladi. Romantizm davri
inqilobiy hisoblanib F.Shubert, F.Shopen,kabi kompozitorlar o‘z asarlarida so‘z bilan namoyon
bo‘lmagan ruhiy kechinmalarini musiqiy tovushlarda ifoda etganlar. Bundan tashqari
Impressoinizm davri yangilanish sifatida namoyon bo‘lib, keyinchalik New Klassica davrini
boshlab beradi. Musiqa tarixiga yuzlansak bir maqola yoki bir kitob yetmaydi. Musiqa
madaniyati yil asrlar sari shakllanib keladi u to‘xtamaydi, tugab qolmaydi yangi qism, asar,
yangi davrni boshlayveradi.
Hozirgi davr musiqalari ham rivojlanish, sayqallanish jarayonlaridan o‘tib bormoqda.
Musiqia madaniyat asrlar osha insoniyat ruhiyatining kerakli ozuqaviy unsurlaridan biri
bo‘lib kelgan. Insoniyat ruhiyatiga bog‘liq jarayonlarini yanada chuqurroq muloxaza qilsak,
hozirda relaks darajasida etirof etilgan bir nechta asarlar mavjud. Ruhiy olamning ma’lum
darajada tinchlik, xotirjamlikga erishishi, ba’zilari orqali mudragan tuyg‘ularni uyg‘otishga
undovchi musiqalar ham kam emas. Musiqa orqali meditsina soxasi vakillari, ruhiy omillar bilan
zo‘riqgan bemorlarga psixolog ko‘rigida relaks musiqalar orqali turli terapiyalarda
qatnashishlarini, logopetik nuqsonlari bor, nafas olishda muammoga duch keladigan bemorlarga
xam aynan musiqiy mashg‘ulotlar tavsiya etadilar. Misol tariqasida yana bir fikrni keltisak:
“Insonning ruhiy va jismoniy xolati ko‘p xollarda uning bolaligi bilan chambar-chas
bog‘liqdir. Yillar o‘tishi bilan biz buni yanada teran anglaymiz. Bolalikdan boshlab biz, ota-
onalarimiz hayoti, ularning va atrofimizdagi insonlarning bizga nisbatan bo‘lgan
munosabatlari, turli ko‘rinishdagi cheklovlar, ayriliqlar, kasal-liklar hayotimizga ta’sir
o‘tkazmay qolmaydi.”
“Tafakkur va go‘zal chexra sari yana bir qadam”(Psixologik trening to‘plami) Xalilova
Gulnora
Albatta bu fikrlar o‘z tadqiqot natijalariga erishilgan va siz mushtariylarga yetka-zilgan.
Asosiy qism:
Yuqorida o‘tilganidek, musiqa madaniyati bir necha bosqichlar va
ruhiykechinmalar orqali shakillanib boradi. O‘rgatish jarayoni bu nafaqat qo‘-shiqlar, raqslar,
sahna ko‘rinishlarni bajarish va tomosha qilish bilan inson ruhiy tin olishiga erishadi. Musiqa
madaniyati ijodiy fikrlash, estetik tarbiya, ruhiy barka-mollik, yurt madxi, muhabbat va
insoniylikni anglash jarayonlari birgalikda kamol topadi. Shu sababdan musiqiy madaniyat
rivojlanish jarayonlari yosh davrlariga bo‘lib o‘rganiladi. Bular ilk yosh, kichik yosh, o‘rta yosh
va katta yosh davrlariga bo‘linadi. Ilk yosh davri: Alla, onalik, bolalik.
“Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri
bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va
allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va
ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi xosil bo‘ladi”
“Tib qonunlari” Abu Ali ibn Sino
Aslini olib qaraganda, ilk yosh davri bu, musiqa va ruhiyat uchun bolaning ona
vujudidaligidan hisoblanadi. Sababi shundaki, ona vujudida rivojlanayotgan bola, onaning his-
hayajonlarini, og‘riqlar ruhiy va jismoniy, tushunish, eshitish qobili-yatlarini birgalikda qabul
qila boshlaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
321
Ochiqroq muloxaza qilsak, ona vujudidagi bolaning ilk xarakatlaridan anglash mumkin.
Meditsina soxasida zamonaviy apparatlar orqali bolaning tinch doimiy yoki notinch
xarakatlari, onaning ruhiy yoki jismoniy zo‘riqishlarining natijasi ekanligini tasvirlar orqali
malum qiladilar.Aynan ana shunday xolatlar bolaning ilk xis qilish qobiliyatini mujassam etadi.
Bola dunyoga kelgach esa bu jarayon tinglash qobiliyatini shakllantiradi. Ilk eshitgan
allasi oxangiga orom olayotgan bolajon, o‘zining xis qilish organlari, tinglash va turli
qobiliyatlaridan foydalana boshlaydi. Alla bolalik va onalikning dunyo va ruhiyat olamiga ilk
qadamlari kabi orzu, yorqin kelajak, baxt-omonlik tuyg‘ulari bilan tanishishga undaydi. Musiqa
madaniyati ayni onaning mayin ovozidan aytilgan alla tovushlariga quloq solib tinglagan jajji
bolajonda ruhiy barkamollik sari, yorqin tiyran tafakkur sari quloqlari orqali kirib qalbining bir
chetida una boshlaydi.
Kichik yosh davri, xis-xayajon, tinglash qobiliyatlariga to‘laqonlik ega bo‘lgan bola,
endilikda musiqiy muhit bilan bevosita bog‘lanadi. Musiqalar oxangini ajratib raqsga tusha
boshlaydi yoki shunchaki tinglab tomosha qilishidan musiqiy muhit namoyon bo‘ladi. Musiqiy
muhit – asosan bolalar bog‘chasida o‘zaro tengdoshlari bilan vujudga keladi. “ILK QADAM”
davlat dasturi asosida bolajonlar uchun musiqiy mashg‘ulotlar tashkillanib, unda bolalar raqsga
tushish, ko‘ngil ochar o‘yinlar va bayram tadbirlarda ishtirok uchun tayyorlanadilar. Shu
mashg‘ulotlar negizida musiqiy madaniyat vujudga keladi. Musiqiy madaniyatning na’munasi
sifatida, bolalarning bayramlarda ketma-ket chiqib mashg‘ulot davomida egallagan bilimlarini
ilk sahnada namoyon eta olishlarida ko‘riladi. Tashkillangan musiqiy muxitlarda bolalar
musiqasiga katta e’tibor berishimiz va repertuarlar tanlashda bolalikning va yurt madxining eng
go‘zal na’munalaridan tanlash maqsadga muvofiqdir. Ish faoliytim jarayonida, ayrim
tashkilotlarda tadbir repertuarlariga bolalik davriga mos musiqiy asarlar tanlab olinmaydi, bu esa
o‘sib ulg‘ayayotgan bolalar ruhiy olamiga qattiq ta’sir ko‘rsatadi, keyinchalik bu o‘z isbotini
ko‘rsatadi va bolalarda erta katta bo‘lish, salbiy fikrlash, ruhiy kechinmalari bilan bog‘liq
o‘zgarishlrni qabul qilishga qiyinchiliklar tug‘ula boshlaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, musiqa
madaniyat rivojlanishi musiqiy muhitga bog‘liqdir. Musiqiy muhit to‘g‘ri rivojlangan bolalarda
ta’lim dasturlarini egallash jarayonida fikrni jamlash, tinglash, eslab qolish va takrorlash, ijodiy
yondashuv, ijobiy kayfiyat kabi qobiliyatlarni mustaxkam egallashga o‘rgatadi. Olgan bilimlarini
to‘g‘ri yo‘naltirishga undaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi musiqiy muhit bolalarga
milliy qadriyatlarimizni musiqiy oxanglar orqali ilk “Vatan tuyg‘usi”ni singdirishga yordam
beradi. “Vatan tuyg‘usi”ni va insoniylik madaniyatini o‘zida shakllantirgan bolajonlarimiz
maktabga qadam qo‘yganlarida “Milliy g‘oya”mizni qabul qilishlari, mazmunan tushunishlari,
Vatanimiz ravnaqi uchun aziz va ardoqli ekanliklarini yanada chuqur anglaydilar.
O‘rta yosh davri- bu maktab davriga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagi ilk yosh davrida
keltirilgan fikrlarga ko‘ra bu davrni musiqiy fikrlashga urunib ko‘ramiz. O‘rta yosh davridagi
bolalar endi o‘zlari musiqiy uchun musiqiy muhitni istalgan vaqtda yarata oladilar. Bu o‘zlariga
yoqgan qo‘shiqlarni doimiy tinglab, xirgoya qilib yuradilar, ba’zi bolalar musiqiy asboblarga
qiziqib o‘zlari uchun sevimli mashg‘ulotga aylantirib oladilar. Rivojlanish jarayonidagi bolalar
uchun endi ruhiy kechinmalar ham axamiyatli o‘rin egallaydi. Kirish qismida keltirganimizdek
“Sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish – bu omadli hayotga yo‘l demakdir” Djuliana Vilson,
albatda bu fikr juda to‘g‘ri keltirilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
322
O‘rta yoshdagi bolalar ba’zan o‘zlari tushungan yoki tushunmagan xolatda mashg‘ulot
tanlashda ruhiy kechinmalaridan foydalanadilar. Musiqiy mashg‘ulot jarayonida bola o‘zining
ichki tuyg‘ularini, asli xarakterini, qiziqish, erkinlik turli ruhiy travmalarini, imkoniyatlarini
biror musiqiy asbob, qo‘shiq va sahnaviy xarakatlar ijrosida mujassamlaydilar. Bolada musiqiy
madaniyat to‘g‘ri rivojlangan bo‘lsa, bayram va tadbirlar mavzusiga, yosh davridan
uzoqlashmagan xolda repertuarlarni mustaqil tanlab, uni estetik va ijodiy did bilan ijro etib
beradilar.
Katta yosh davri- bu bevosita ruhiy olamning tilidir. Sanab o‘tilgan xar muhitdan o‘tib
bo‘lgach o‘zi uchun kerakligi ajratib oladi va foydalana boshlaydi. Endilikda tafakkur
ruhiyatning qismi bo‘lib, musiqiy muhitda tarbiyaviy qoidalarga rioya qilib aytib bo‘lmas
so‘zlarini musiqiy oxanglar bilan ifodalash, jismoniy xolatlarda raqsga tushish yoki tushmaslik,
tinglashning yuqori darajasidan hayol surish va fikrlash bosqichiga o‘tadilar. Ruhiy olam darajasi
yuqoriga chiqib, mavzuga oid, yosh davri bilan bog‘liq jarayondagi tanlovlar ikkinchi darajaga
aylanadi. Misol uchun, kichik yoshimizda “ona” to‘g‘risidagi musiqalar ortiqcha his-hayajonga
berilmasdan qabul qilingan bo‘lsa, bu davrda “ona” mavzusidagi musiqalar yurakga yetib borib
ba’zan ko‘zga yosh keltiradi, faxr tuyg‘usini uyg‘otadi va uzoq o‘yga tortadi. Inson ruhiyatining
turli javxalirini namoyon etadi.
Musiqa ana shunday san’atki, u bilan tug‘ulamiz, uning sadolari orqali dunyoni tark
etamiz. Sababi inson ovozidagi ilk musiqiy ijro bu yig‘i jarayonida xosil bo‘ladi. Musiqa
madaniyat ruhan va jismonan davolovchi unsurdir. Ruhiy kechinmalarni tartibga solsa, jismoniy
taraflama turli suyak kasalliklarini davolash maqsadida raqs tushish, logopetik nuqsonli
bemorlarda va o‘pka, nafas yo‘li bilan og‘rigan bemorlarga vokal darslariga qatnashish,
bolalardagi ko‘p uchraydigan nutq buzilishi jarayonlarida musiqiy mashg‘ulotlar bilan muntazam
shug‘ullanib yurush tavsiya etiladi. Ish davrim mobaynida logopetik va nutq buzulishi bilan
og‘rigan bolalar bilan vokal mashg‘ulot olib borganimda, artikulyatsiya jarayonini
mustahkamlash uchun raspevka mashiqlarini turli qo‘shiqlar bilan o‘rgatardim. Bu orqali bolalar
to‘g‘ri nafas olish va artikulyatsion jarayon to‘g‘ri shakllanish davrida zerikib qolmasliklariga
yordam berardi. Mashg‘ulotlardan so‘ng bolalarda o‘zgarishlar kuzatilgan, ular to‘g‘ri talaffuz
bilan qo‘shiqlar xirgoya etganlar. Nutqning ravonligi bevosita musiqiy madaniyat va estetikaga
ham bog‘liqdir. Nutqning ravonligi, fikrning aniq va barkamolligi ayni shu jarayonlarda ko‘zga
tashlanadi.
Musiqa inson hayotida axamiyatli ekaniga ko‘p marotaba guvoh bo‘ldim, bulardan yana
biri – Mehribonlik uyida tashkillangan musiqa mashg‘ulotlari, mehribonlik uyi tadbirlar zalida
bo‘lib o‘tardi. Ana shunday tadbirlar zalida tashkillangan musiqa mashg‘uloti umumiy ta’lim
maktablarida xam shu tarzda olib borilardi. Ikki jarayon bir xil bo‘lishiga qaramasdan turli natija
berardi. Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchilar bu jarayonda, sahnaga chiqganda ruhiy
alamlarini unutib yangi shaxs sifatida namoyon bo‘lardilar. Ular orasida ijro etgan musiqiy
asarlarini “xali ko‘rsatib qo‘yaman” yana biri “ bu xotiralarim uchun” deb turli nomlar bilan
ruhiy azoblariga taskin berardilar. Umumiy maktablarda bolalar maqtanish va mashxur inson
bo‘lish kabi, ba’zi birlari oilaviy sharoiti tufayli musiqa maktablariga qatnasha olmagani uchun,
tashkillangan musiqa mashg‘ulotiga mamnunlik bilan qatnashar edilar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
323
-Bu turli qarashlar ortida ruhiyat uchun musiqaning o‘rnini, ta’sir bosqichlarini ravshan
anglab olishimiz mumkin. Yana ta’lim jarayoniga qaytsak, maktabgacha yoshdagi bolalarda xam
musiqa mashg‘uloti asosiy faoliyat sifatida qaraladi. Hozirgi kunda “ILK QADAM” davlat
dasturining uchunchi nashri ishlab chiqildi, unda Singapur kabi davlatlar ta’lim tizimidagi
dasturlardan biri STEAM (Science,Technology,Engineering,Arts,Mathematics) kiritildi. Bu
metodda bolalar ijodkorligi rag‘atlantirish bo‘lib, san’atning qo‘shilishi bilan, ijodkorlik,vizual
fikrlash va estetik qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi deb takidlab o‘tilgan.
Hammamizga ma’lumki maktabgacha ta’limda mashg‘ulotlar o‘yin tarzida olib boriladi,
bu dastur esa erishilgan natijalarga ega bolalardagi, musiqiy muhitda shakllangan ijodiy
qobiliyatni yanada rivojlantiradi. Bu dasturni aytib o‘tganimizning asosiy sababi shundaki
ijodkorlik qobiliyati faqatgina san’at turlarida namoyon bo‘la oladi xolos. Xulosa qismiga yetib
kelar ekanmiz, san’at insonni to‘g‘ri fikrlashga undaydi, kimlar uchun dardiga shifo, yana
kimlarga yo‘l boshlovchi kuychidir. Sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanish inson ruhiyatining
tinchlanishiga, tafakkur olami, fikrlashi, nutq jarayonlari, jismoniy xarakar qismlari to‘liq
sog‘lom rivojlanadi.
Xulosa:
Musiqa madaniyatini shakllantirish uni o‘rgatish, o‘qitish bosqichlarida yosh
davrlariga axamiyatli bo‘lish, bolalar va kattalar musiqasini bir biriga aralashtirmasdan o‘z
o‘rnida qo‘llash tavsiya etiladi. Musiqiy madaniyat shakllanish jarayonining muhim roli bu
bolalik tuyg‘ulari bilan boy bo‘lgan musiqiy muhitni to‘g‘ri tashkil etishdir. Bolalar musiqasini
o‘qitish, san’atdagi muhim jarayondir.
Bu jarayonda “ALLA” va “DAVLATIMIZ MADXIYA”sini to‘liq va to‘g‘ri o‘rgatishimiz
darkor. Zero bolajonlarimiz yurtimiz madxini va quvnoq bolalik tuyg‘ulari bilan ulg‘ayishlariga
zamin bo‘la olsin. Hozirda ommaga taqdim qilinayotgan musiqiy oxanglarga e’tiborli
bo‘lishimiz, ulg‘ayayotgan yoshlarimiz notog‘ri tushuncha olmasliklari uchun xam musiqa
madaniyatini to‘g‘ri targ‘ib etishimiz lozim. Xalqimizning madaniyati, marifati, mafkuraviy
tafakkuri ayni musiqa san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kelajagimiz faxri bo‘lgan yoshlarimiz,
to‘g‘ri berilgan musiqiy madaniyat va estetik tarbiya orqali o‘zbek musiqa madaniyatini keng
ommaga na’munaviy ko‘rsatishlariga zamin yaratishimiz darkor. “Berilgan to‘g‘ri ta’lim-tarbiya
kelajagimiz ustunidir”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ibn Sinoning alla to‘g‘risidagi fikri SHIFO.UZ saytidan
2.
“Tafakkur va go‘zal chexra sari yana bir qadam”
3.
(Psixologik trening to‘plami) Xalilova Gulnora
4.
STEAM “ILK QADAM” davlat dasturi uchunchi nashr prezintatsiyasi.
