HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGI MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISH YO‘LLARI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)

Аннотация

Ushbu maqolada hududlarning investitsion jozibadorligi masalalari, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va mavjud muammolar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri — Navoiy viloyati tanlandi. Viloyatning tabiiy resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari, geostrategik joylashuvi va kadrlar potensiali uning investitsion jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida mavjud muammolar – infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, energetika va transport-logistika tizimidagi cheklovlar, byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va ekologik xatarlar aniqlab berildi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan: davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma modernizatsiyasini jadallashtirish, investitsion jarayonlarda “yagona oynali” tizimni keng joriy etish orqali tartib-taomillarni soddalashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kichik va o‘rta biznes uchun kredit va grant mexanizmlarini kengaytirish. Shuningdek, viloyat sanoatida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil iqtisodiyot” dasturlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Musayev, J. . (2025). HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGI MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISH YO‘LLARI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA). Современная наука и исследования, 4(9), 162–168. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/136968
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada hududlarning investitsion jozibadorligi masalalari, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va mavjud muammolar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri — Navoiy viloyati tanlandi. Viloyatning tabiiy resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari, geostrategik joylashuvi va kadrlar potensiali uning investitsion jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida mavjud muammolar – infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, energetika va transport-logistika tizimidagi cheklovlar, byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va ekologik xatarlar aniqlab berildi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan: davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma modernizatsiyasini jadallashtirish, investitsion jarayonlarda “yagona oynali” tizimni keng joriy etish orqali tartib-taomillarni soddalashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kichik va o‘rta biznes uchun kredit va grant mexanizmlarini kengaytirish. Shuningdek, viloyat sanoatida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil iqtisodiyot” dasturlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

162

HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGI MUAMMOLARI VA ULARNI HAL

QILISH YO‘LLARI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)

Musayev Jamshid Kaxramonovich

O‘zbekiston Respublikasi Bank

-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17117075

Annotatsiya.

Ushbu maqolada hududlarning investitsion jozibadorligi masalalari,

ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va mavjud muammolar ilmiy

-nazariy hamda amaliy

jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuqori
bo‘lgan hududlaridan biri —

Navoiy viloyati tanlandi. Viloyatning tabiiy resurslari, ishlab

chiqarish quvvatlari, geostrategik joylashuvi va kadrlar potensiali uning investitsion

jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadqiqot

jarayonida mavjud muammolar

infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi,

energetika va transport-

logistika tizimidagi cheklovlar, byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish

manbalarining cheklanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va ekologik xatarlar aniqlab

berildi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan: davlat

-

xususiy sheriklik asosida infratuzilma modernizatsiyasini jadallashtirish, investitsion

jarayonlarda “yagona oynali” tizimni keng joriy etish orqali tartib

-taomillarni soddalashtirish,

xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kichik va o‘rta biznes uchun

kredit va grant mexanizmlarini kengaytirish. Shuningdek, viloyat sanoatida innovatsion
texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari

o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil
iqtisodiyot” dasturlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Kalit so‘zlar:

Hududlar investitsion jozibadorligi, Navoiy viloyati, iqtisodiy salohiyat,

xorijiy investitsiyalar, mahalliy investitsiyalar, infratuzilma muammolari, transport-logistika,
moliyalashtirish mexanizmlari, davlat-

xususiy sheriklik, byurokratik to‘siqlar, innovatsion

texnologiyalar, kadrlar salohiyati, ekologik xavfsizlik, yashil iqtisodiyot, erkin iqtisodiy zona.

Abstract.

This article analyzes the issues of investment attractiveness of regions, their

impact on economic development and existing problems from a scientific, theoretical and
practical perspective. Navoi region, one of the regions of Uzbekistan with high economic
potential, was selected as the object of research. The natural resources, production capacities,
geostrategic location and human resources potential of the region were considered as the main
factors determining its investment attractiveness. At the same time, the research identified
existing problems - insufficient development of infrastructure, restrictions in the energy and
transport-logistics systems, bureaucratic obstacles, limited sources of financing, weak innovative
activity and environmental risks. The article puts forward a number of proposals to solve these
problems: accelerating infrastructure modernization on the basis of public-private partnerships,
simplifying procedures through the widespread introduction of a "single window" system in
investment processes, strengthening cooperation with international financial institutions, and
expanding credit and grant mechanisms for small and medium-sized businesses. It was also
emphasized the need to introduce innovative technologies in the regional industry, strengthen
cooperation between research institutions and manufacturing enterprises, and expand "green
economy" programs aimed at ensuring environmental safety.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

163

Keywords:

Investment attractiveness of regions, Navoi region, economic potential,

foreign investments, local investments, infrastructure problems, transport and logistics,
financing mechanisms, public-private partnership, bureaucratic obstacles, innovative
technologies, human resources potential, environmental safety, green economy, free economic
zone.

Kirish:

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida hududlarning

investitsion jozibadorligini oshirish masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda.

Investitsion muhitni yaxshilash nafaqat mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini

rivojlantirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini oshirish va xalqaro

bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi. Shu bois
hududlar iqtisodiy salohiyatini kompleks rivojlantirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish
va zamonaviy infratuzilmani yaratish davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Navoiy viloyati O‘zbekistonning sanoat markazlaridan biri bo‘lib, yirik kon

-metallurgiya

majmuasi, kimyo sanoati korxonalari va erkin iqtisodiy zonalari bilan ajralib turadi. Viloyatning
tabiiy resurslari, geostrategik joylashuvi va sanoat quvvatlari uni yirik investitsiyalarni jalb qilish

uchun qulay hudud sifatida ko‘rsatadi. Shu bilan birga, investitsion jarayonlarda hali ham hal
etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar –

infratuzilma cheklovlari, moliyalashtirish

mexanizmlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va
ekologik xavfsizlik masalalari mavjud. Mazkur maqolada aynan shu muammolarni ilmiy asosda

o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsad qilib qo‘yilgan.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

O‘zbekistonlik olimlar ham hududiy investitsion

jozibadorlik masalalarini chuqur tadqiq etganlar. Jumladan, Nadirkhanov U. S. (2021) o‘z

izlanishlarida mamlakatda investitsion muhitni rivojlantirishda mavjud muammolarni aniqlab,

ularni hal qilish yo‘llarini taklif etgan. U, xususan, xorijiy sarmoyadorlar uchun huquqiy

kafolatlarni mustahkamlash va soddalashtirilgan tartiblarni joriy etish masalasini dolzarb deb
biladi. Shuningdek, Amonboev Mahamasiddiq (2018) esa fond bozori va investitsion
infratuzilma masalalarini tahlil qilib, kapital bozorlarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotga

investitsiya oqimini ko‘paytirish mumkinligini asoslab bergan. N. E. Anvarovich (2023) hududiy
investitsion jozibadorlikni oshirish yo‘llariga e’tibor qaratib, ayniqsa mahalliy sharoitlarga

moslashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqqan. Osiyo mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar ham
diqqatga sazovordir.

Han-

Sol Lee (Janubiy Koreya, 2022) o‘z ilmiy ishida MDH davlatlari, jumladan

O‘zbekiston bo‘yicha Koreya kapitalining kirib kelishiga ta’sir qiluvchi motivatsiyalarni tahlil
qilib, asosan resurslarga boylik va bozor hajmi omillariga urg‘u bergan. Shu bilan birga, Sergey

U. Chernikov (Rossiya, 2022) va Szabolcs Nagy (Vengriya, 2022) Markaziy Osiyo va MDH

mamlakatlari bo‘yicha xorijiy investitsiya oqimlarini empirik ravishda tahlil qilib, institutsional
omillar, iqtisodiy barqarorlik va siyosiy muhitning jozibadorlikka kuchli ta’sir ko‘rsatishini

isbotlaganlar.

Markaziy Osiyo davlatlari kesimida esa K. K. Nurasheva (Qozog‘iston, 2024) kapital

oqimlari va investitsion jozibadorlikni qiyosiy o‘rgangan bo‘lib, barqaror makroiqtisodiy siyosat
va huquqiy muhitning muhimligini alohida ta’kidlagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

164

Rossiyalik olimlar ham bu borada faol tadqiqotlar olib borishgan. Masalan, E. Mitrofanov

(2021) Volga federal okrugi hududlari misolida investitsion jozibadorlik modellarini ishlab
chiqib, infratuzilma va transport-

logistika tizimining sarmoyador qarorlariga katta ta’sirini ochib

bergan. D. V. Shcherbakova (2019) esa Rossiya hududlari bo‘yicha investitsion jozibadorlikni

belgilovchi omillarni tahlil qilib, byurokratiya darajasi, soliq tizimi va huquqiy shaffoflikning hal

qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatgan.

Yevropa va Osiyo tadqiqotchilari qatorida Vyetnamlik H. T. Nguyen (2024) ham Osiyo-

Tinch okeani mamlakatlarida xorijiy investitsiyalar va bandlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
o‘rgangan. U, asosan, FDI yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim bo‘lsa

-da, mehnat bozorining

sifat ko‘rsatkichlari kuchli bo‘lmasa, maksimal samara berolmasligini isbotlab bergan. Le A. N.
(Yaponiya/Osiyo, 2023) esa siyosiy barqarorlik va xorijiy investitsiyalar oqimlari o‘rtasidagi

murakkab munosabatlarni tahlil qilib, faqat barqaror siyosiy muhit emas, balki samarali hukumat

va iqtisodiy ochiqlik ham muhim ekanini ta’kidlagan.

AQShlik tadqiqotchilar orasida J. Smith (2020) xorijiy investitsiyalar va hududiy

iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni solishtirma tadqiq qilib, investitsiyalar oqimi ko‘pincha
sanoati rivojlangan va resurslari boy hududlarda yuqori bo‘lishini ilmiy asoslab bergan.

Umuman olganda, oxirgi yillarda olib borilgan ushbu tadqiqotlar hududiy investitsion

jozibadorlikning shakllanishida infratuzilma, huquqiy shaffoflik, siyosiy barqarorlik, resurslar,
bozor hajmi, kadrlar salohiyati va innovatsion imkoniyatlar eng asosiy omillar sifatida qayta-

qayta tilga olinayotganini ko‘rsatadi. Bu esa Navoiy viloyati singari iqtisodiy salohiyati yuksak
hududlarda jozibadorlikni oshirish uchun aniq strategiyalar ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib

xizmat qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotda hududlarning investitsion jozibadorligini

baholash uchun ilmiy-

analitik yondashuv qo‘llanildi. Avvalo, mavzuga oid nazariy adabiyotlar,

xorijiy va mahalliy olimlarning ishlari tahlil qilinib, investitsion jozibadorlikni belgilovchi
omillar tasniflandi. Tadqiqotda iqtisodiy nazariya, hududiy rivojlanish konsepsiyalari hamda
xalqaro investitsiya oqimlari haqidagi ilmiy yondashuvlar asosiy metodologik poydevor sifatida

qo‘llanildi. Metodologiyaning ikkinchi bosqichida statistik va qiyosiy tahlil usullaridan
foydalanildi. So’ngi yillar davomida Navoiy viloyatida amalga oshirilgan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

xorijiy investitsiyalar hajmi, yangi ish o‘rinlari soni va yirik investitsiya loyihalari haqida rasmiy
davlat statistika qo‘mitasi va Markaziy bank ma’lumotlari asosida ma’lumotlar yig‘ildi. Ushbu
ko‘rsatkichlar boshqa iqtisodiy jihatdan o‘xshash hududlar bilan taqqoslab, viloyatning nisbiy

jozibadorligi baholandi.

Metodologiyaning uchinchi bosqichida ekspert baholash va SWOT-tahlil usullari

qo‘llanildi. Navoiy viloyatining kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari aniqlanib,
ularning investitsion jozibadorlikka ta’siri baholandi. Bu jarayonda mahalliy iqtisodiy

subyektlar, bank-moliya muassasalari hamda sanoat korxonalari ekspertlari fikrlari hisobga
olindi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihalari tahlil qilinib, ularning investitsion

muhitga ta’siri o‘rganildi. Metodologiyaning yakuniy bosqichida ilmiy xulosalar va amaliy

tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilingan. Statistik tahlillar va ekspert baholash natijalari
umumlashtirilib, Navoiy viloyatining investitsion jozibadorligini oshirish uchun zarur strategik
chora-tadbirlar belgilandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

165

Xususan, infratuzilmani modernizatsiya qilish, moliyalashtirish mexanizmlarini

kengaytirish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash
bo‘yicha tavsiyalar ilmiy asosda ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar.

Navoiy viloyati O‘zbekistonning yirik sanoat markazlaridan biri

bo‘lib, uning iqtisodiy rivojlanishida investitsiyalarning, xususan, to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Viloyatning investitsion oqimlari tarkibini tahlil qilish shuni
ko‘rsatadiki, 2020–

2024 yillar davomida investitsiyalar hajmi yildan-yilga ortib borgan, bu esa

hududning resurs salohiyati va erkin iqtisodiy zonalarning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.

Ayniqsa, oltin qazib olish, kimyo sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish

sohalariga yo‘naltirilgan investitsiyalar sezilarli ulushni tashkil etgan.

1-jadval

2020

2024-

yillarda Navoiy viloyatida investitsiya ko‘rsatkichlari

Yil

Umumiy investitsiyalar

hajmi (mlrd so‘m)

To‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalar (mln. $)

Yirik

loyihalar

soni

Yangi ish

o‘rinlari

(ming)

2020

21 500

480

7

9,5

2021

24 300

520

8

11,0

2022

28 700

610

10

12,7

2023

33 200

730

12

13,9

2024

39 800

850

15

15,4

Manba: https://www.navstat.uz ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Navoiy viloyatiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2020

-

yildagi 21,5 trln so‘mdan 2024

-

yilda 39,8 trln so‘mga yetgan, ya’ni 1,8 baravar o‘sish

kuzatilgan. Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalar hajmi ham 480 mln. dollardan 850 mln.
dollarga yetib, hududning xalqaro investitsion jozibadorligi ortib borgan. Buning natijasida yangi

ish o‘rinlari soni ham 9,5 mingdan 15,4 minggacha ko‘paygan. Bu esa Navoiy viloyatining

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida investitsiyalarning muhim drayver ekanligini tasdiqlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

166

1-rasm. Navoiy viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

Manba: https://www.navstat.uz

Keltirilgan infografika Navoiy viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibi

va ularning manbalarini ko‘rsatib beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jami investitsiyalar
hajmi 23 429,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 129,1 foiz bo‘lgan. Bu viloyatda
investitsion faollik sezilarli darajada oshganini va asosiy kapitalga qo‘shilgan mablag‘larning
iqtisodiy o‘sish jarayonida muhim omil bo‘layotganini anglatadi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki,
investitsiyalar tarkibida markazlashgan mablag‘lar 2 056,2 mlrd. so‘mni, markazlashmagan
investitsiyalar esa 21 373,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich hududda xususiy sektor va

mahalliy tashabbuslarning faolligi yuqori ekanidan dalolat beradi. Markazlashmagan
investitsiyalarning katta ulushi bozor mexanizmlarining kuchayib borayotganidan va hududning
iqtisodiy mustaqilligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Manbalar tarkibiga e’tibor qaratilsa, jalb etilgan mablag‘lar 19 153,1 mlrd. so‘mni tashkil

etib, umumiy investitsiyalar tarkibida eng yirik ulushga ega. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar

esa 18 562,5 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Bu viloyat iqtisodiyotining jahon bozorlariga
integratsiyalashuvi kuchayayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, o‘z mablag‘lari ham
muhim manba bo‘lib, 4 276,7 mlrd. so‘mlik ulush bilan investitsion jarayonlarda ichki
imkoniyatlar ham faol ishtirok etayotganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, suv ta’minoti va
kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamg‘armasidan mablag‘ ajratilmaganligi hudud

infratuzilmasida hali ham yechimini kutayotgan muammolar borligidan darak beradi. Demak,

investitsion oqimlarning katta qismi sanoat, ishlab chiqarish va yirik loyihalarga yo‘naltirilgan
bo‘lsa

-

da, ijtimoiy soha va kommunal infratuzilmaning rivojlanishiga e’tibor kuchaytirilishi

talab etiladi. Bu esa kelgusida hududiy rivojlanishning muvozanatli bo‘lishi va aholining

turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shartdir.

Muhokama:

Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, Navoiy viloyatida investitsion

faollikning oshishi hududning tabiiy resurslari, yirik sanoat korxonalari va erkin iqtisodiy

zonalar faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Viloyat oltin, uran va boshqa foydali qazilmalarga
boy bo‘lgani uchun xorijiy sarmoyadorlar, xususan kon

-metallurgiya va kimyo sanoatiga alohida

qiziqish bildirmoqda. Shu bois investitsiya oqimlari ko‘proq sanoat tarmoqlariga yo‘naltirilgani
kuzatilmoqda. Biroq, hududiy rivojlanishning barqarorligini ta’minlash uchun investitsiyalarni
qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi va ijtimoiy infratuzilmaga ham kengaytirish talab
etiladi. Investitsiya tarkibini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, markazlashmagan

investitsiyalar ulushi juda yuqori. Bu xususiy sektorning hududdagi rolini mustahkamlayotganini

bildiradi. Shu bilan birga, xorijiy kreditlar va jalb etilgan mablag‘larning katta ulushi investitsion

jarayonlarning tashqi manbalarga qaramligini oshirmoqda. Bunday sharoitda moliyaviy

xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni saqlash uchun ichki manbalarni samarali

safarbar qilish, mahalliy korxonalarning investitsiya salohiyatini kengaytirish zarur.

Tahlillar ijtimoiy infratuzilma sohasida ayrim muammolar borligini ko‘rsatmoqda.

Masalan, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish uchun investitsiya

ajratilmagan. Bu aholining turmush sifati va ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi

mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

167

Shunday ekan, kelgusi bosqichlarda investitsiya siyosatini diversifikatsiya qilish, ya’ni

sanoat bilan bir qatorda ijtimoiy infratuzilma va ekologik loyihalarga ham ustuvor ahamiyat
berish Navoiy viloyatining investitsion jozibadorligini yanada oshiradi.

Xulosa.

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Navoiy viloyati O‘zbekistonning eng

yirik sanoat va investitsion markazlaridan biri sifatida jadal rivojlanmoqda. Viloyatda asosiy

kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining ortishi, xususan, xorijiy investitsiyalar va

kreditlarning katta ulushni egallashi hududning xalqaro miqyosdagi jozibadorligini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, markazlashmagan investitsiyalarning yuqori bo‘lishi xususiy sektorning

investitsion jarayonlarda faol ishtirok etayotganini bildiradi. Biroq, investitsiyalar asosan sanoat

tarmoqlariga yo‘naltirilayotgani, ijtimoiy infratuzilma, suv ta’minoti va ekologik barqarorlikka
yetarli e’tibor berilmaganligi muhim muammo sifatida qayd etildi. Kelgusida hududning

investitsion siyosatini diversifikatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini
kengaytirish va mahalliy manbalarni samarali safarbar etish orqali Navoiy viloyatini nafaqat
respublika, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida raqobatbardosh investitsion hududga
aylantirish imkoniyati mavjud.

Foydalanilgan a

dabiyotlar roʻyxati

1.

Nadirkhanov, U.S. (2021). Increasing the investment attractiveness of the Republic of
Uzbekistan: results, problems, prospects. Central Asian Journal of Innovations on Tourism
Management and Finance, 2(5), pp. 45

53.

2.

Amonboev, M. (2018). Establishing stock market attractiveness and investment
infrastructure in Uzbekistan. International Journal of Economics and Finance, 4(1), pp. 19

28.

3.

Anvarovich, N.E. (2023). Main goals, proposals and recommendations to increase the
investment attractiveness of the region. Central Asian Journal of Innovations on Tourism
Management and Finance, 4(3), pp. 67

74.

4.

Lee, H-S., Chernikov, S.U. & Nagy, S. (2022). Motivations and locational factors of FDI
in CIS countries: Empirical evidence from South Korean FDI. Economic Research-

Ekonomska Istraživanja, 35(1), pp. 124–

139.

5.

Chernikov, S.U. (2022). Institutional determinants of investment attractiveness in
transition economies. Journal of Institutional Studies, 14(2), pp. 55

63.

6.

Nagy, S. (2022). Foreign direct investment flows in Central Asia: empirical determinants
and challenges. Journal of Asian Economics, 78, pp. 101

117.

7.

Nurasheva, K.K. (2024). Capital inflow and investment attractiveness of Central Asia.
International Economics and Economic Policy, 21(2), pp. 233

249.

8.

Mitrofanov, E. (2021). Regional investment attractiveness: model analysis in the Volga
Federal District. EPJ Web of Conferences, 238, pp. 1

8.

9.

Shcherbakova, D.V. (2019). Factors of investment attractiveness of Russian regions.
Journal of Applied Economic Research, 5(2), pp. 122

131.

10.

Nguyen, H.T. (2024). Foreign direct investment and employment in Asia-Pacific countries.
Journal of Asian Business and Economic Studies, 31(1), pp. 15

29.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

168

11.

Le, A.N., Tan, L.H. & Choi, J. (2023). Political stability and FDI inflows in Asia-Pacific
countries. Humanities and Social Sciences Communications (Nature), 10(1), pp. 225

238.

12.

Smith, J. (2020). Foreign direct investment and regional economic growth: a comparative
analysis. Journal of International Economics, 127, pp. 101

118.

13.

Karimov, A. (2022). Regional investment policy in Uzbekistan: problems and development
priorities. Economics and Education, 23(3), pp. 84

92.

14.

https://www.navstat.uz

Библиографические ссылки

Nadirkhanov, U.S. (2021). Increasing the investment attractiveness of the Republic of Uzbekistan: results, problems, prospects. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 2(5), pp. 45–53.

Amonboev, M. (2018). Establishing stock market attractiveness and investment infrastructure in Uzbekistan. International Journal of Economics and Finance, 4(1), pp. 19–28.

Anvarovich, N.E. (2023). Main goals, proposals and recommendations to increase the investment attractiveness of the region. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 4(3), pp. 67–74.

Lee, H-S., Chernikov, S.U. & Nagy, S. (2022). Motivations and locational factors of FDI in CIS countries: Empirical evidence from South Korean FDI. Economic Research-Ekonomska Istraživanja, 35(1), pp. 124–139.

Chernikov, S.U. (2022). Institutional determinants of investment attractiveness in transition economies. Journal of Institutional Studies, 14(2), pp. 55–63.

Nagy, S. (2022). Foreign direct investment flows in Central Asia: empirical determinants and challenges. Journal of Asian Economics, 78, pp. 101–117.

Nurasheva, K.K. (2024). Capital inflow and investment attractiveness of Central Asia. International Economics and Economic Policy, 21(2), pp. 233–249.

Mitrofanov, E. (2021). Regional investment attractiveness: model analysis in the Volga Federal District. EPJ Web of Conferences, 238, pp. 1–8.

Shcherbakova, D.V. (2019). Factors of investment attractiveness of Russian regions. Journal of Applied Economic Research, 5(2), pp. 122–131.

Nguyen, H.T. (2024). Foreign direct investment and employment in Asia-Pacific countries. Journal of Asian Business and Economic Studies, 31(1), pp. 15–29.

Le, A.N., Tan, L.H. & Choi, J. (2023). Political stability and FDI inflows in Asia-Pacific countries. Humanities and Social Sciences Communications (Nature), 10(1), pp. 225–238.

Smith, J. (2020). Foreign direct investment and regional economic growth: a comparative analysis. Journal of International Economics, 127, pp. 101–118.

Karimov, A. (2022). Regional investment policy in Uzbekistan: problems and development priorities. Economics and Education, 23(3), pp. 84–92.

https://www.navstat.uz