UMUMIY TA’LIM MAKTABLARIDA ZAMONAVIY O‘QITUVCHI IMIDJINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINING QONUNIYATLARI VA ASOSIY PRINSIPLARI
Mazkur maqolada umumiy ta’lim maktablarida zamonaviy o‘qituvchi imidjini shakllantirish jarayonining mohiyati, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yilayotgan talablar, professional va shaxsiy sifatlar, pedagogik faoliyatda kommunikativ va axloqiy mezonlarning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, imidj shakllantirishda psixologik-pedagogik yondashuvlar, qonuniyatlar va asosiy prinsiplar tizimli ravishda ochib beriladi. Maqolada o‘qituvchining kasbiy imidji ta’lim sifati va o‘quvchilarga bo‘lgan ta’siri kontekstida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar, o‘qituvchi kasbining o‘ziga xos sifatlari, pedagogoning o‘z oldiga maqsad qo‘yishi, zamonaviy o`qituvchi qiyofasida fazilatlari, o`qituvchi odobining muhum asosiy belgilari, o‘qituvchi odobining mezonlari, o‘qituvchi uchun "Yetti sifat" metodi xususida so‘z yurutilgan.