TARIXIY-ME’MORIY YODGORLIKLAR VA ULARNI QAYTA TIKLANISHI

Annotasiya

Yodgorliklarni tiklash nafaqat ularning tashqi ko‘rinishini tiklashni, balki tarixiy haqiqatni saqlab qolgan holda, asliyatga imkon qadar sodiq bo‘lgan holatda ularni qayta yaratishni nazarda tutadi. Tiklangan yodgorliklar shuningdek, turizm sohasini rivojlantiradi, iqtisodiy faollikni oshiradi, xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘sini mustahkamlaydi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
573-576
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Yo’ldosheva Gulnoza Shukurovna. (2025). TARIXIY-ME’MORIY YODGORLIKLAR VA ULARNI QAYTA TIKLANISHI. Международный журнал научных исследователей, 11(1), 573–576. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/107860
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Yodgorliklarni tiklash nafaqat ularning tashqi ko‘rinishini tiklashni, balki tarixiy haqiqatni saqlab qolgan holda, asliyatga imkon qadar sodiq bo‘lgan holatda ularni qayta yaratishni nazarda tutadi. Tiklangan yodgorliklar shuningdek, turizm sohasini rivojlantiradi, iqtisodiy faollikni oshiradi, xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘sini mustahkamlaydi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

573

Yo'ldosheva Gulnoza Shukurovna

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

gg4767630@gmail.com

TARIXIY-ME’MORIY YODGORLIKLAR VA ULARNI QAYTA TIKLANISHI

Anatatsiya:

Yodgorliklarni tiklash nafaqat ularning tashqi ko‘rinishini tiklashni, balki tarixiy

haqiqatni saqlab qolgan holda, asliyatga imkon qadar sodiq bo‘lgan holatda ularni qayta

yaratishni nazarda tutadi. Tiklangan yodgorliklar shuningdek, turizm sohasini rivojlantiradi,

iqtisodiy faollikni oshiradi, xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘sini mustahkamlaydi.

Аннотация:

Реставрация памятников подразумевает не только восстановление их

внешнего вида, но и воссоздание их в состоянии, максимально приближенном к

оригиналу, с сохранением исторической правды. Отреставрированные памятники также

будут способствовать развитию туристической сферы, повышению экономической

активности и укреплению репутации Узбекистана на международной арене.

Abstract:

Restoration of monuments implies not only the restoration of their appearance, but also

their recreation in a state as close as possible to the original, while preserving the historical truth.

Restored monuments will also contribute to the development of the tourism sector, increased

economic activity and strengthening the reputation of Uzbekistan in the international arena.

Tarixiy-me’moriy yodgorliklar har bir xalqning o‘tmishi, madaniyati, san’ati, diniy

e’tiqodi va me’morchilik salohiyatining ifodasidir. Ular o‘zida ming yillik tarixni, qadimiy urf-

odatlarni, jamiyat taraqqiyot bosqichlarini mujassam etadi. Har bir tarixiy yodgorlik xalq

xotirasining haykali bo‘lib, o‘tgan avlodlar hayot tarzini, tafakkurini, ijtimoiy va diniy

qadriyatlarini aks ettiradi. Shu sababli bunday obidalarni asrab-avaylash, ularni tiklash va kelgusi

avlodlarga yetkazish har bir jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi1. O‘zbekiston

hududida joylashgan qadimiy shaharlar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Termizdagi

me’moriy yodgorliklar jahonda mashhur bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos badiiy uslub, g‘oya

va tarixiy mazmunga ega. Bu yodgorliklar orasida masjidlar, madrasalar, maqbaralar, minora va

saroylar mavjud bo‘lib, ular o‘z zamonasining me’moriy taraqqiyoti va san’at darajasidan dalolat

beradi. Aynan shuning uchun ham bu obidalarni tiklash ishlariga yondashuv chuqur ilmiy

asoslangan, murakkab va mas’uliyatli jarayondir2. Yodgorliklarni tiklash nafaqat ularning tashqi

ko‘rinishini tiklashni, balki tarixiy haqiqatni saqlab qolgan holda, asliyatga imkon qadar sodiq

bo‘lgan holatda ularni qayta yaratishni nazarda tutadi. Tiklash jarayonida arxeologik qazilmalar,

ilmiy izlanishlar, tarixiy manbalar va qadimgi loyihalardan foydalaniladi. Bunda ustalar,

san’atshunoslar, tarixchilar, me’morlar va restavratorlar hamkorlikda ishlaydi. 3Maqsad

1

I.A. Karimov – Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

2

Sh. Raxmonov – O‘zbekiston tarixiy obidalari

3

H. Axmedov – Tarixiy yodgorliklar va ularni restavratsiya qilish asoslari


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

574

yodgorlikning faqat tashqi jozibasini emas, balki uning ichki ruhini, tarixiy funksiyasini, estetik

qiyofasini tiklashdan iborat bo‘ladi. Qayta tiklangan yodgorliklar bugungi avlod uchun tarix

bilan tirik muloqot qilish imkonini beradi. Ular orqali yoshlar o‘z o‘tmishi bilan tanishadi,

ajdodlar ijodidan ilhom oladi, milliy g‘urur tuyg‘usi bilan yashaydi. Tiklangan yodgorliklar

shuningdek, turizm sohasini rivojlantiradi, iqtisodiy faollikni oshiradi, xalqaro maydonda

O‘zbekistonning obro‘sini mustahkamlaydi. Ayniqsa UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan obidalarni

tiklash ishlari xalqaro e’tibor markazida bo‘lib, bu boradagi tajriba boshqa davlatlar bilan

hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

So‘nggi yillarda yurtimizda tarixiy yodgorliklarni

qayta tiklash ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz

tashabbusi bilan Samarqanddagi Shohi

Zinda, Xivada Ichan qal’a, Buxorodagi Poyi Kalon majmuasi, Shahrisabzdagi Amir

Temur saroyi qoldiqlari, Termizdagi Hakim Termiziy maqbarasi va boshqa ko‘plab me’moriy

obidalar qayta ta’mirlandi va asl holatiga keltirildi. Bu boradagi ishlar zamonaviy texnologiyalar

va an’anaviy ustalik maktabi asosida olib borilmoqda. Tiklash ishlarida ekologik muvozanat,

tarixiy haqiqat, hududiy landshaft va obidalar bilan uyg‘unlikka alohida e’tibor berilmoqda4.

Yodgorliklarni tiklash orqali biz nafaqat ularning tashqi qiyofasini, balki xalqning tarixiy ongini,

o‘zligiga bo‘lgan hurmatini, milliy g‘ururini ham tiklayapmiz. Chunki tarixiy obidalar orqali

xalqning kimligi, qadriyatlari, tafakkur darajasi va madaniy merosi namoyon bo‘ladi. Shu

sababli tiklash ishlari davomida har bir detaldagi mazmun, har bir naqshdagi ma’no chuqur tahlil

qilinadi va ehtiyotkorlik bilan tiklanadi. Bu borada xalqaro tajriba, mahalliy an’analar va

zamonaviy ilm-fan yutuqlari uyg‘unlashadi. Tarixiy yodgorliklarni saqlash va tiklash ishlari.

Tarixiy yodgorliklarni saqlash va tiklash ishlari har bir jamiyat uchun muhim va mas’uliyatli

vazifadir. Yodgorliklar vaqt o‘tishi, tabiiy ofatlar, inson omili va boshqa sabablar tufayli

yemirilishi, ko‘rinishini yo‘qotishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ularni o‘z holicha

saqlab qolish, asliga mos tarzda tiklash ishlari doimiy e’tiborni talab qiladi.5 Tiklash va saqlash

jarayonlari nafaqat texnik, balki ilmiy va tarixiy izlanishlarga asoslanadi. Har bir detali, material

tanlovi, ranglar uyg‘unligi va qurilish uslubi sinchiklab o‘rganiladi. Bu jarayonda arxiv hujjatlari,

tarixiy rasmlar, yozma manbalar va mahalliy aholi xotiralari asosida yodgorlikning asl holati

aniqlanadi. Yodgorliklarni saqlashda avvalo ularning holati to‘liq hujjatlashtiriladi. Maxsus

ekspeditsiyalar va ilmiy guruhlar tomonidan obyektlar o‘rganiladi, materiallarning holati

tekshiriladi, zararlanish darajalari aniqlanadi. Shundan so‘ng restavratsiya loyihasi ishlab

chiqiladi va tajribali mutaxassislar tomonidan tiklash ishlari boshlab yuboriladi.6 Bu ishlarda

zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy qurilish uslublari uyg‘unlashtiriladi. Ayrim hollarda

yodgorlikni to‘liq tiklashning iloji bo‘lmasa, uning eng muhim qismlari konservatsiya qilinadi,

ya’ni mavjud holatda mustahkamlanib, yemirilishining oldi olinadi. Tiklash jarayonida

yodgorlikning tarixiy asliga sodiqlik asosiy tamoyil bo‘lib qoladi. Hech qanday zamonaviy

bezaklar yoki materiallar uning asl ko‘rinishini buzmasligi kerak. Shu sababli tiklash ishlari

malakali restavratorlar, tarixchilar, arxeologlar va me’morlar hamkorligida olib boriladi. Bunday

yondashuv yodgorliklarning tarixiy haqiqatga mosligini saqlab qoladi va ularni kelajak

avlodlarga to‘liq holatda yetkazish imkonini beradi. Ba’zi hollarda tiklash ishlari yirik davlat

4

UNESCO World Heritage Centre

5

H. Axmedov – Tarixiy yodgorliklar va ularni restavratsiya qilish asoslari

6

Sh. Raxmonov – O‘zbekiston tarixiy obidalari


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

575

dasturlari doirasida amalga oshiriladi. Misol uchun, Samarqand, Buxoro, Termiz, Xiva kabi

tarixiy shaharlarimizda ko‘plab tarixiy obidalar prezident qarorlariga muvofiq restavratsiya

qilindi. Ushbu jarayonlar xalqaro tajriba va tavsiyalarga asoslangan holda amalga oshirildi.

Yodgorliklarni saqlash va tiklash ishlari nafaqat tarixiy obidaning umrini uzaytiradi, balki turizm

salohiyatini oshiradi, hududning obro‘sini ko‘taradi va mahalliy aholining bu obidalarga bo‘lgan

e’tiborini mustahkamlaydi. Ayniqsa yosh avlodda tarixga hurmat, mehnatsevarlik va estetik

didni shakllantirishda bu obidalar muhim rol o‘ynaydi.7

Tarixiy yodgorliklarning ahamiyati

Tarixiy yodgorliklar har bir xalqning tarixiy taraqqiyotini aks ettiruvchi bebaho madaniy

qadriyatlardir. Ular ajdodlarimizning ijtimoiy, siyosiy, diniy va madaniy hayotidan dalolat

beruvchi tirik guvohlardir. Bu yodgorliklar orqali xalq o‘zining qanday tarixga ega ekanini,

qanday qadriyatlar bilan yashaganini, qanday g‘alaba va sinovlardan o‘tganini chuqur anglaydi.

Tarixiy yodgorliklar millatni o‘z tarixiga hurmat bilan qarashga undaydi, yosh avlodni

vatanparvarlik, g‘urur va iftixor tuyg‘ulari bilan tarbiyalaydi. Ular har bir insonda o‘z milliy

o‘zligini anglash va qadrlash hissini uyg‘otadi, bu esa jamiyatda ma’naviy birlik va madaniy

uyg‘unlikni kuchaytiradi.8 Bundan tashqari, yodgorliklar tarixiy haqiqatni yoritishda, ilmiy

izlanishlar olib borishda muhim manba hisoblanadi. Ular yordamida o‘tmishdagi madaniy

qatlamlar, turmush tarzi, mehnat faoliyati va ijtimoiy munosabatlar o‘rganiladi. Tarixiy

yodgorliklar me’moriy san’at va arxitektura rivojlanishini ham namoyon etadi. Bu obidalar o‘z

zamonasining uslubiy va estetik qarashlarini, mahalliy qurilish materiallarining imkoniyatlarini

ham aks ettiradi. Har bir yodgorlik o‘zida o‘z zamonining ruhini, xalqning orzularini, diniy

e’tiqodini va yashash prinsiplarini mujassamlashtiradi. Tarixiy yodgorliklar turizm sohasida ham

katta o‘rin egallaydi. Yurtimizga kelayotgan chet ellik sayyohlar aynan shu obidalarni ko‘rish

orqali O‘zbekiston tarixiga, xalqiga, madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Bu esa nafaqat

madaniy almashinuv, balki iqtisodiy foyda, yangi ish o‘rinlari, xizmat ko‘rsatish sohasining

kengayishi kabi ko‘plab ijobiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. 9Tarixiy obidalar bilan tanishgan har

bir inson ulardagi go‘zallik, falsafa va tarixiy xotira bilan ruhlanadi, ma’naviy boylikka ega

bo‘ladi. Yodgorliklar milliy xotiraning ramzidir, ular orqali xalq o‘z tarixiy ildizlariga qaytadi,

uni anglaydi va qadrlaydi. Shu sababli tarixiy yodgorliklarni asrash, ularni kelajak avlodga

yetkazish har bir fuqaroning, har bir jamiyat a’zoning burchidir. Bu faqat tarixiy obida saqlash

emas, balki xalq ma’naviyatini, o‘zligimizni, madaniy boyligimizni asrash deganidir10.

Tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishning huquqiy asoslari

Tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor

yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu obidalar nafaqat o‘z davrining me’moriy namunasi,

balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniy merosi sifatida muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasida, Madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarda

va Prezident farmonlarida bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 2009-yilda qabul

7

I.A. Karimov – Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

8

I.A. Karimov – Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

9

Sh. Raxmonov – O‘zbekiston tarixiy obidalari

10

H. Axmedov – Tarixiy yodgorliklar va ularni restavratsiya qilish asoslari


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

576

qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi

qonun tarixiy yodgorliklarni aniqlash, ro‘yxatga olish, huquqiy himoya qilish, ulardan samarali

foydalanish va restavratsiya qilish bo‘yicha aniq qoidalarni belgilab berdi.11 Bu qonun asosida

har bir tarixiy yodgorlikning yuridik maqomi belgilanadi va ular davlat tomonidan muhofaza

ostiga olinadi. Bunda yodgorlikning joylashgan hududi, tarixiy qiymati, jismoniy holati va

boshqa mezonlar hisobga olinadi. Maxsus davlat muassasalari va mahalliy boshqaruv organlari

ushbu yodgorliklarning holatini nazorat qilish, ularni saqlash, hujjatlashtirish va tiklash ishlarini

amalga oshiradi. Shuningdek, buzilish, shikast yetkazish yoki noqonuniy o‘zgartirish holatlariga

nisbatan javobgarlik chorasi belgilanadi. Tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish bo‘yicha qabul

qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, UNESCO kabi xalqaro tashkilotlar bilan

hamkorlikda ishlab chiqilgan qoidalar asosida yodgorliklar xalqaro miqyosda ham e’tirof etiladi.

O‘zbekiston tomonidan 1993-yilda “Butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish

to‘g‘risida”gi Konvensiyaga qo‘shilishi orqali bu boradagi mas’uliyat va e’tibor yanada

kuchaydi. Shundan so‘ng Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy

markazlar UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.12 Bundan tashqari, yoshlar

orasida madaniy merosga bo‘lgan hurmatni oshirish maqsadida, tarixiy yodgorliklar bilan

bog‘liq ma’lumotlar o‘quv dasturlariga kiritilgan. Maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida

bu borada targ‘ibot ishlari olib boriladi. Tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish borasida

nodavlat tashkilotlar, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari ham faol ishtirok etmoqda.

Ular bu obidalarni saqlashda nafaqat nazoratchi, balki targ‘ibotchi va ko‘ngilli himoyachi

sifatida xizmat qilishadi. Bugungi kunda davlat tomonidan ajratilgan maxsus mablag‘lar, grantlar

va sarmoyalar orqali tarixiy yodgorliklarning huquqiy muhofazasi nafaqat qog‘ozda, balki

amaliyotda ham ta’minlanmoqda. Bu esa kelajak avlod uchun tarixni boy, to‘laqonli va

haqiqatga yaqin holda yetkazishga xizmat qiladi.

Adabiyotlar ro`yxati:

1. I.A. Karimov – Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

2. Sh. Raxmonov – O‘zbekiston tarixiy obidalari

3. H. Axmedov – Tarixiy yodgorliklar va ularni restavratsiya qilish asoslari

4. UNESCO World Heritage Centre

5. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan

foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni

11

Sh. Raxmonov – O‘zbekiston tarixiy obidalari

12

O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish

to‘g‘risida”gi qonuni

Bibliografik manbalar

I.A. Karimov – Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

Sh. Raxmonov – O‘zbekiston tarixiy obidalari

H. Axmedov – Tarixiy yodgorliklar va ularni restavratsiya qilish asoslari

UNESCO World Heritage Centre

O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni