O’ZBEK TILINING LUG’AT TARKIBI
Mazkur maqolada o’zbek tilining lug’at tarkibi, uning asosiy qatlamlari va manbalari haqida so’z yuritiladi. O’zbek tilining leksik boyligi xalqning tarixiy taraqqiyoti, madaniy aloqalari va ijtimoiy ehtiyojlari bilan chambarchas bog’liq ekani asoslab beriladi. Maqolada milliy leksika, o’zlashma so’zlar, dialektal birliklar, arxaizmlar, neologizmlar va terminlarning lug’at tarkibidagi o’rni ilmiy jihatdan lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish va shu kabi yoritiladi. Shuningdek, o’zbek tili lug’at tarkibining boyish va yangilanishiga ta’sir etuvchi ichki hamda tashqi omillar alohida tahlil qilinadi. Leksik birliklarning uslubiy xususiyatlari, qo’llanish doiralari ham ko’rib chiqilib, ularning adabiy til rivojidagi ahamiyati ochib beriladi. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish va adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilar faol lug’atidan nofaol lug’atiga o’tkazish, o’quvchilar lug’atini boyitish,ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek, bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish va shu kabi masalalar ko’rib chiqiladi.