`
79
TEMURIYLAR RENESSANSI DAVRIDA: TASVIRIY SAN’ATNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Hamdamov Islom Akramovich
Samarqand davlat chet tillar Instituti, dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.15515978
O‘rta asrlar Markaziy Osiyoda Amir Temur va uning avlodlari tomonidan barpo etilgan
davlat nafaqat qudratli bir siyosiy markaz, balki yuksak madaniyat va san’at o‘chog‘iga aylandi.
Bu davrda ilm-fan, bunyodkorlik, tasviriy va amaliy san’at kabi sohalarda jahon madaniyatiga
munosib hissa qo‘shilgani ayni haqiqatdir. Xususan, tasviriy san’at Temuriylar davri
madaniyatida muhim o‘rin egallab, uning rivoji faqat estetik mezonlar bilan emas, balki siyosiy,
ma’naviy va dunyoqarash mezonlari bilan ham chambarchas bog‘liq edi. Musavvirlik,
miniatyura, zargarlik, ganchkorlik va boshqa san’at turlarining yuqori saviyada rivoj topishi
nafaqat hukmdorlarning san’atga bo‘lgan ehtiromi, balki jamiyatda yangicha fikrlash
uslubining shakllanishi bilan ham bog‘liqdir. Mazkur tadqiqotda Temuriylar davrida tasviriy
san’atning ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir qilgan omillar, ushbu san’at turlarining o‘ziga xos
jihatlari hamda ularning zamonaviy milliy o‘zlik va madaniy merosda tutgan o‘rni tahlil etiladi.
SHu orqali, Temuriylar Renessansi deb nom olgan madaniy uyg‘onish jarayonining jamiyat
ma’naviy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri yoritilishi maqsad qilinadi. Temuriylar davrida tasviriy
san’at mislsiz darajada yuksaladi. Ammo, Islom dinida jonli tanani rasmlarda tasvirlash
taqiqlangan, ya’ni noo‘rin hisoblangan. Natijada, inson qiyofasi, jonli tanalar o‘rniga bezakchilik,
naqqoshlik, gul va geometrik bezaklar, hayvonot va o‘simlik dunyosiga oid obrazlar rivoj topdi.
Ammo ushbu diniy cheklovlar Temuriylar davrida Movarounnahrda ma’lum darajada
erkinlashdi, mo‘tadillashdi. Muarrih Ibn Arabshoh Samarqandda joylashgan bir qator
saroylarning devorlarini bezagan miniatyura shaklidagi tasvirlarda Amir Temurning o‘zi,
farzandlari va nabiralari, saroy malikalari va kanizaklarning obrazlari ham aks etganini qayd
etadi. Ushbu san’at asarlari tasodifiy emas, balki bevosita Amir Temurning buyrug‘i va siyosiy
irodasi asosida yaratilgan. Temuriylar davri miniatyura san’atini tavsiflaganda Amir
Temurning qiyofasi alohida qiziqish uyg‘otadi, biroq amalda uning hayotligi davridagi tasviriga
oid birorta miniatyura topilmaganligi e’tiborga molik holatdir. Biroq, “Zafarnoma”
1
ning
SHerozda 1435 yil, Hirotda
2
1468 yil ko‘chirilgan nusxalarida Sohibqironning asliga yaqin
tasvirlari uchraydi. Ushbu miniatyuralarni rassom Kamoliddin Behzod yoki uning ustozi Miroq
Naqqosh tomonidan yaratilganligi haqida olimlar o‘rtasida ziddiyatli qarashlar mavjud. Eng
muhim jihati shundaki, miniatyurada Amir Temur Balxni istilo qilib, hokimiyatni qabul qilish
marosimida taxt ustida bir oyog‘ini bukib, ikkinchisini erga osilgan holatda tasvirlangan. Bu
holatdan kelib chiqib, rassom hukumdorning tashqi ko‘rinishi va harakatlariga alohida diqqat
qaratgani, hatto odamning oqsoqligi kabi xususiyatlarni ham ko‘rsatgani ma’lum bo‘ladi.
Temuriylar davri miniatyura san’atining yana bir muhim jihati, SHarafuddin Ali YAzdiyning
“Zafarnoma”si va Xotifiyning “Temurnoma” asarlari ushbu davrning jangu jadal voqealarini
1
Lentz N. W. and Lowry C.D. Timur and the Princely Vision. Persian Art and Culture in the Fifteenth Сеntury. Los
Angeles,1989, p.101-106.
2
Lentz N. W. and Lowry C.D. Timur and the Princely Vision. Persian Art and Culture in the Fifteenth Сеnturу. Los
Angeles,1989, p.359.
`
80
batafsil va badiiy ravishda yoritganidir. SHu bilan birga, diniy mazmundagi lavhalar kamdan-
kam hollarda uchraydi, bu esa san’atning asosan siyosiy va tarixi mavzularga yo‘naltirilganligini
ko‘rsatadi. SHunday qilib, Temuriylar Renessansida miniatyura va devoriy tasvirlar
hukmdorlar irodasining badiiy ifodasiga aylandi. Ibn Arabshohning qayd etishiga ko‘ra: “uni
shu kungacha bilmagan va G‘arbu SHarqdan kelgan elchilar o‘zlarini go‘yo Amir Temur olamiga
kirib qolganday his qilsinlar. Amir Temurning ezgu niyati shu edi”
3
. SHuningdek, Istambuldagi
To‘pqopi saroyi kutubxonasida saqlanayotgan Amir Temurning farzandlari bilan birga
chizilgan shajaraviy surati alohida diqqatga sazovordir
4
. Suratda Amir Temurning shajarasi
tasvirlangan bo‘lib, Sohibqiron turkcha kulohda, qolgan ikki shaxs esa ikki cho‘qqili mo‘g‘ul
qalpog‘ini kiygan holda aks ettirilgan. O‘rtada Mironshoh, uning o‘ng tomonida Umarshayx va
SHohruh, chapda esa Jahongir Mirzo va Sohibqiron o‘z vorisi deb sanagan nabiralarining
qiyofalari
5
joy olgan. Mirzo Ulug‘bek davridagi tasviriy san’ati haqida muarrih Abdurazzoq
Samarqandiy quyidagi fikrlarni bildirgan: “Samarqanddagi rasadxonada to‘qqizta falak shaklu
shamoyili, etti gardish, etti yoritqich daraja, daqiqa, soniyalari va uning bo‘limlari, shuningdek
Er yuzi etti iqlimi, tog‘lari, dengizlari, cho‘llari ila tasvirlanganini bayon qiladi
6
. Demak,
yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Mirzo Ulug‘bek davrida tasviriy san’atning devoriy
suratlari mavzusi va mazmuni jihatdan juda rang-barang va keng ko‘lamli bo‘lgan. SHu bilan
birga, XV asr miniatyuralarida asosiy mavzu sifatida sharq she’riyati qahramonlari, Layli va
Majnun, Xusrav va SHirin hamda bahodir Rustamlarning jang sahnalari, shuningdek
saroylardagi bazm va tantanalar tasvirlangan. Tadqiqotchilar ushbu miniatyuralarni tahlil
qilish orqali ajdodlarimizning hayoti, saroy marosimlari, kiyim-kechaklari, asbob-uskunalari va
qurol-yarog‘lari haqida aniq va mukammal tasavvurlarga ega bo‘lishadi. SHuningdek,
miniatyura san’ati har bir davrning o‘ziga xos badiiy va estetik hodisasi sifatida shakllanganligi
ham ko‘zga tashlanadi. YUqoridagi barcha miniatyuralarda sohibqiron va uning avlodlarining
hayot faoliyati, ov manzaralari, janglari hamda saroydagi qabul marosimlari badiiy tarzda
namoyon etilgan. Ba’zida rassomlar o‘z asarlarida tarixiy va madaniy ahamiyatga ega
binolarning bunyod etilish jarayonlarini ham aks ettirishgan. Jumladan, Kamoliddin Behzod
Samarqanddagi masjid qurilishini tasvirlab, bu manzarani kelajak avlodga etkazgan.
SHuningdek, miniatyuralarda turkiy xalqlarga xos badiiy xususiyatlar ham namoyon bo‘ladi, bu
esa miniatyuralarning Samarqand maktabiga xosligini ko‘rsatadi. Masalan, Vashington
shahridagi Frir galereyasida
7
saqlanayotgan Mirzo Ulug‘bek tasvirida ov manzarasi keng aks
ettirilgan. Bu tasvir mashhurligi bilan e’tiborga molik bo‘lib, unda Mirzo Ulug‘bek, uning
yonidagi gilamchalarda to‘rt ayoli va shahzodalar, Abdullatif va Abdulaziz ko‘rsatilgan.
SHuningdek, rasmda saroy a’yollari, amirlar va beklar hukmdorga iltifot bilan qo‘l tikkan holda,
qo‘llarida ovchi qush va o‘q to‘la sadoq bilan tasvirlangan. Temuriylar Renessansi davrida
3
Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал-макдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). I китоб. Сўз боши,
араб тилидан таржима ва изохлар муаллифи: Убайдулло Уватов. Тошкент: «Меҳнат», 1992, 326 б.
4
Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. История искусств Узбекистана, М. 1965. - с.294 – 295.
5
Массон М.Е. К истолкованию миниатюрн “Шахская охота”. В кн. Иэ истории живописи Средней Азии. Традиции
и новаторство. Ташкент, 1984, c.l 13
6
Самарқандий, Абдураззоқ . Матлаи саъдайн ва мажмаи баҳрайн / А. Самарқандий; Масъул муҳаррирлар: А.
Қаюмов, Муҳаммад Али; Ўзбекистон Республикаси ФА, Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик ин-ти. -
Т.: O’zbekiston, 2008. Ж. II, Қ. 1: 1405—1429 йил воқеалари. - 632 б
7
Пугаченкова Г.А., Галеркина О.И. Миниатюрм Средней Азии в избранних образцах. М., 1979, с.18, 60, рис. 4.
`
81
tasviriy san’at o‘zining yuksak darajadagi uslubiy rang-barangligi va falsafiy mazmuni bilan
ajralib turdi. Miniatyura, naqqoshlik san’ati rivojlanib, ilm-fan va ma’rifat bilan chambarchas
bog‘landi. Temuriylar saroyidagi madaniy muhit tasviriy san’atning nafaqat estetik ko‘rinish,
balki ma’naviy-axloqiy tarbiya vositasi sifatida shakllanishiga zamin yaratdi. SHu bilan birga,
bu davr san’ati SHarq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasidagi muloqotda muhim vosita bo‘lib xizmat
qildi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hamdamov I.A. Mirzo Ulu’gbek’s attitude Sufism. European Journal of Humanities and
Educational
Advancements
(EJHEA)
Available
Online
Page
29-31
at:
https://www.scholarzest.com Vol. 4 No.11, November 2023.
2.
Hamdamov I.A. Mirzo Ulug‘bek madrasasi mutafakkirlarining ma’naviy merosi. Mirzo
Ulu’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti, Sharq ijtimoiy fanlar jurnali 5(02), 2025. -
B.116–122.
https://supportscience.uz/index.php/ojss/article/view/1769
3.
Lentz N. W. and Lowry C.D. Timur and the Princely Vision. Persian Art and Culture in the
Fifteenth Сеntury. Los Angeles,1989, p.101-106.
4.
Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал-макдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида тақдир
ажойиботлари). I китоб. Сўз боши, араб тилидан таржима ва изохлар муаллифи:
Убайдулло Уватов. Тошкент: «Меҳнат», 1992, 326 б.
5.
Массон М.Е. К истолкованию миниатюрн “Шахская охота”. В кн. Иэ истории
живописи Средней Азии. Традиции и новаторство. Ташкент, 1984, c.l 13
6.
Пугаченкова Г.А., Галеркина О.И. Миниатюрм Средней Азии в избранних образцах.
М., 1979, с.18, 60, рис. 4.
7.
Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. История искусств Узбекистана, М. 1965. - с.294 – 295.
8.
Самарқандий, Абдураззоқ . Матлаи саъдайн ва мажмаи баҳрайн / А. Самарқандий;
Масъул муҳаррирлар: А. Қаюмов, Муҳаммад Али; Ўзбекистон Республикаси ФА, Абу
Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик ин-ти. - Т.: O’zbekiston, 2008. Ж. II, Қ. 1: 1405—
1429 йил воқеалари. - 632 б
