`
68
KIBERTERRORIZM: MILLIY VA XALQARO XAVFSIZLIKKA TAHDID
D.M.Turdiyeva
“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi
v.b. dotsenti
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
E-mail: dilyadiamond@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15504371
Bugungi kunda har bir insonning hayotiy faoliyati jamiyatning barcha qatlamiga kirib
borgan axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq ekani hech kimga sir emas. Dunyo
yangi davr – axborot davrida yashamoqda.
Afsuski, “elektron dunyo”ni turli siyosiy kuchlar terroristik, ekstremistik tashviqotlar va
g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi, har xil jinoiy to‘dalarning faoliyatlarini amalga oshirishlariga hamda
o‘z qarashlarini ommaga targ‘ib qilishlariga ham ko‘maklashmoqda. Yirik salbiy kuchlarning
internet tarmog‘ida o‘zlarining mafkuraviy maydonlarini yaratib, umumjahon kompyuter
tarmog‘ida keng qamrovli axborot terrorini, “muqaddas urush” – "elektron jihod"ni olib
borayotganlari, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar, muammolar paydo
qilayotganlari dunyo mamlakatlari oldida axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarini
keltirib chiqarmoqda.
Fransuz sosiolog, antropolog hamda dinshunos olim J.Dyuranning fikricha
kommunikatsiya tizimining asosini tashkil qiluvchi inson axborotni qabul qilib oluvchi ob’yekt
sifatida besh bosqichni boshidan kechiradi.
Birinchi bosqich – axborot bilan ilk to‘qnashuv bosqichi bo‘lib, bu bosqichda resipiyent
individ u yoki bu harakat amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik haqida qaror qabul qiladi.
Ikkinchi bosqich – axborotni tushunish bosqichi bo‘lib, bu bosqichda individ qabul qilib
olgan axborotini o‘z ongida qayta ishlaydi va uni o‘zicha talqin qiladi.
Uchinchi bosqich – pozisiyani o‘zgartirish bosqichi bo‘lib, bu bosqichda insonga
yetkazilgan axborotlar insonga ta’sir ko‘rsatib. Uning qarashlari, tuyg‘ulari, pozisiyalarini
o‘zgartiradi.
To‘rtinchi bosqich – qabul qilingan axborotning inson ongida muhrlanishi hisoblanadi.
Beshinchi bosqich – inson fe’l-atvoridagi o‘zgarishlar bosqichi hisoblanib, bu
o‘zgarishlarning asosini qabul qilingan axborotlari, insonning dunyoqarashi va tashqi muhit
ta’siri tashkil qiladi.
Sir emas, internetdan foydalanuvchilar soni kundan-kunga ortmoqda, yer yuzining
deyarli istalgan nuqtasida internetga ulanish imkoni mavjud, dunyoning 200ga yaqin davlatida
internet mavjud.
Axborotlashuv jarayonining rivojlanishi kompyuter jinoyatchiligi va kompyuter
terrorizmi kabi yangi jinoyatlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Yangi va o‘rganilmagan
jinoiy soha sifatida insoniyat uchun xavfli hisoblangan kiberterrorizm muammosinihal etish
alohida e’tibor talab qiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy e’tiborini
tortadigan holat Internet tarmog‘idagi ochiq manbalar orqali biologik, kimyoviy hattoki yadro
qurollarini tayyorlash texnologiyalarini o‘rgangan holda amalga oshirilayotgan terrorchilik
harakatlaridir. Saytlarni noqonuniy yo‘llar bilan buzish orqali kiberterrorchilar turli xildagi,
xususan maxfiy ma’lumotlarni ham olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
`
69
Ko‘rinib turibdiki, kiberterrorizm – axborot texnologiyalari ichki faoliyatiga noqonuniy
aralashish, kompyuterda mavjud dasturlar yoki ma’lumotlarni maqsadli ravishda yo‘q qilish,
zarar keltirish, davlat organlarining muhim qismlari faoliyatini izdan chiqarish bilan birgalikda
insonlar hayotiga xavf solish, moddiy zarar keltirish yoki ommaviy qo‘rqitish, harbiy nizolar
kabi turli zararli oqibatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakat. Kiberterrorizmning bu
qadar shiddat bilan o‘sib borishining yana bir sababi, kiberterraktni amalga oshirish qurol-
yarog‘ sotib olib amalga oshiriladigan terrorchilik harakatidan ancha arzonga tushadi, jangovar
harakatlar, portlashlar, qon to‘kilishlar bo‘lmaydi.
Kiberterrorizm – maxsus xaker dasturlari orqali kompьyuter boshqaruvi tarmoqlarini
egallab olish va kompьyuter viruslari yordamida internet tarmog‘ida terakt sodir etish, internet
tarmog‘ini ishdan chiqarishni ko‘zda tutadi. Kiberterrorizm kompьyuter vositalari orqali turli
davlat va shaxsiy tarmoqqa zarar keltiruvchi omil sifatida e’tirof etilmoqda.
So‘nggi vaqtlarda terrorchi tashkilotlar o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot
texnologiyalaridan keng foydalanishga urinayotgani bugun ko‘pchilikka sir emas.
Elektron dunyoni turli siyosiy kuchlar, terroristik, ekstremistik-tashviqotlar va g‘oyalarni
targ‘ib qiluvchi, har-hil jinoiy to‘dalarning faoliyatlarini amalga oshirishlariga va o‘z
qarashlarini ommaga targ‘ib qilishlariga ham ko‘maklashmoqda. Yirik terrorchi
tashkilotlarining tahdidlari, Internet tarmog‘ida ham o‘zlarining mafkuraviy maydonlarini
yaratib, umumjahon kompyuter tarmog‘ida keng qamrovli axborot terrorini, “muqaddas
urush” – “elektron-jihod”ni olib borayotganlari, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan
yangi tahdid va muammolar paydo qilayotganlari, ayni paytda, globallashuv sharoitida, dunyo
mamlakatlarining oldida axborot xavfsizligini taьminlash muammolarini keltirib chiqarmoqda.
Kiberterrorizm xavfidan vaqtida ogoh bo‘lishning murakkabliki quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
-
yopiqlilik;
-
transchegaraviylik;
-
axborot, axborot manbalari, axborot jihozlari jinoyat sodir etish qurollari sifatida
namoyon bo‘lishi;
-
kompyuter ma’lumotlari hamda jinoyat izlarini oson o‘zgartirilishi va yo‘q qilinishi.
O‘z maqsadi va metodlaridan kelib chiqqan holda kiberhujum axborot terrorizmining bir turi
hisoblanadi. Buzg‘unchi harakatlar o‘z navbatida albatta kiberolam, xususan internet va
ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Internet tarmog‘i terrorchi tashkilotlarni quyidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda jalb
qiladi:
-
tezkorlik, tejamkorlik va ochiqlik;
-
syenzuraning sustligi yoki umuman yo‘qligi, davlat tomonidan nazorat o‘rnatilmagani;
-
dunyo bo‘ylab tarqalgan foydalanuvchilarning mavjudligi;
-
maxsus tanlangan axborotlarning tez va arzon yo‘l bilan to‘liqligicha tarqatilishi (elektron
xatlarni elektron pochtalar orqali tarqatilishi, yangiliklarni tarqatuvchi guruhlarning tashkil
etilishi, fikr-mulohazalar almashish uchun saytlar tashkil etish va h.k.);
-
aloqalarning anonim ekani va ta’sir etish manbasining mavhum ekani (asl manbani
aniqlash imkonining yo‘qligi);
`
70
-
strategik muhim hisoblangan ob’yektlar, xususan harbiy tashkilotlar texnik jihozlari –
kompyuterlariga noqonuniy ulanish imkonining mavjudligi;
-
tarmoqlarning yashovchanligi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, an’anaviy terrorizmdan farqli o‘laroq, zamonaviy yuqori
texnologiyali terrorizm yuqori darajada rivojlangan axborot infratuzilmasiga ega bo‘lgan har
qanday davlatda tizimli inqirozni keltirib chiqarishi mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Мазуров В.А. Кибертерроризм: понятие, проблемы противодействия. Доклады
ТУСУРа, № 1 (21), часть 1, июнь 2010. Стр. 41-45.
2.
Гаврилов Ю.В. Современный терроризм: сущность, типология, проблемы проти
водействия / Ю.В. Гаврилов, Л.В. Смирнов. – М.: ЮИ МВД РФ, 2003. – 66 с.
3.
Васенин В.А. Информационная безопасность и компьютерный терроризм [Элек
тронный реcурс]. – Режим доступа: www. crime-research.ru, свободный (24.05.2023).
4.
Гульбин Ю. Преступления в сфере компьютерной информации // Российская юс
тиция. – 1997. – № 10. – С. 24–25.
5.
Ибрагимов В. Кибертерроризм в Интернете до и после 11 сентября 2001: угрозы и
нейтрализация [Электронный реcурс]. – Режим доступа: http://www.crime
research.ru/articles/vagif, свободный (24.05.2023).
6.
Вехов В.Б. Компьютерные преступления: способы совершения, методики рассле
дования. – М.: Право и закон, 1998. – С. 29–37.
