ADOLATLI, IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON OMILINI RIVOJLANTIRISH

Аннотация

Har bir jamiyat hayotida har bir sohaning o’z ahamiyati bor. Har bir davlat o’z fuqorolari uchun sharoit    yaratadi.  Sharoit yaratish uchun islohot va yangiliklar amalga oshiradi. Ushbu islohotlar qatorida ijtimoiy sohani va u bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy siyosatni ham ahamiyati katta. Ijtimoiy adolat barcha insonlarning tenglik va imtiyozlari bilan ta’minlash, har bir kishining potensialini rivojlantirish va uni yaxshi foydalanishga imkon berish usullari asosida amalga oshirilmoqda.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
22-24
11

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abdunazarova, S. . (2025). ADOLATLI, IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON OMILINI RIVOJLANTIRISH. Наука и технология в современном мире, 4(12), 22–24. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/98578
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Har bir jamiyat hayotida har bir sohaning o’z ahamiyati bor. Har bir davlat o’z fuqorolari uchun sharoit    yaratadi.  Sharoit yaratish uchun islohot va yangiliklar amalga oshiradi. Ushbu islohotlar qatorida ijtimoiy sohani va u bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy siyosatni ham ahamiyati katta. Ijtimoiy adolat barcha insonlarning tenglik va imtiyozlari bilan ta’minlash, har bir kishining potensialini rivojlantirish va uni yaxshi foydalanishga imkon berish usullari asosida amalga oshirilmoqda.


background image

`

22

ADOLATLI, IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON OMILINI RIVOJLANTIRISH

Abdunazarova Sevara Xasan qizi

Termiz Davlat Pedagogika instituti 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15501353

Annotatsiya:

Har bir jamiyat hayotida har bir sohaning o’z ahamiyati bor. Har bir davlat

o’z fuqorolari uchun sharoit yaratadi. Sharoit yaratish uchun islohot va yangiliklar amalga
oshiradi. Ushbu islohotlar qatorida ijtimoiy sohani va u bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy siyosatni
ham ahamiyati katta. Ijtimoiy adolat barcha insonlarning tenglik va imtiyozlari bilan ta’minlash,
har bir kishining potensialini rivojlantirish va uni yaxshi foydalanishga imkon berish usullari
asosida amalga oshirilmoqda.

Kalit so’zlar:

Ijtimoiy siyosat, ijtimoiy davlat, inson kapitali, ma’naviy boshqaruv,

mexanizm, pedagog, taraqqiyot, strategiya.


Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti, avvalo, inson kapitali -ya’ni

fuqorolarning bilimli, so’nggi yillarda davlatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada
rivojlanib bormoqda. Buning uchun aholining yordamga muhtoj qismini har tomonlama qo’llab
-quvvatlash uchun amaliy ishlar qilinmoqda. 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947 O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi farmonining
to’rtinchi sohasi ijtimoiy sohasini rivojlantirishga yo’naltirilganining o’zidan bilishimiz
mumkinki, aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirib borish , ijtimoiy himoyasi va
sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish , xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish, arzon uy-joylar barpo etish va ijtimoiy ko’rinishini rivojlantirish bo’yicha maqsadli
dasturlar amalga oshirilmoqda. Bugun oldimizga oldimizga katta maqsadlar qo’yib, shunga
qarab yurar ekanmiz, bunda jamiyatda bo’lgan sohalarga e’tibor qaratishimiz kerak. Adolatli va
ijtimoiy siyosat yuritish- inson omilini rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir.
Bunday siyosat

1. Har bir fuqoroga teng imkoniyat yaratadi, bu esa ijtimoiy adolatni ta’minlaydi.
2. Ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoya kabi sohalarga ustuvor ahamiyat beradi, bu

esa inson salohiyatining to’liq ro’yobga chiqishiga xizmat qiladi.

3. Ijtimoiy tengsizlikni kamaytiradi, kambag’alikni kamaytirish orqali insonlarning hayot

sifatini oshiradi.

4. Jamiyatdagi barqarorlik va hamjihatlikni ta’minlaydi, bu esa inson rivojiga ijobiy ta’sir

qilmoqda.

Yurtimizni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan ko'pgina dasturlarda adolatli ijtimoiy

siyosat yuritish bo'yicha rejalar va vazifalar kiritilgan. Masalan,

2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida

to'rtinchi ustuvor yo'nalish "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish vainson kapitalini rivojlantirish"
deb nomlangan. Mazkur yo'nalishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Inson qadri –
davlat siyosatining asosiy mezoni Prezident Shavkat

Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili –O‘zbekistonning

ijtimoiy siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu yondashuvda har bir fuqaro o‘z huquq va
imkoniyatlariga ega bo‘lgan teng subyekt sifatida qaralmoqda. Bunga misol sifatida: Ijtimoiy


background image

`

23

adolat va teng imkoniyatlar Ijtimoiy adolat — bu jamiyatda barcha uchun teng sharoitlar
yaratish demakdir. Bu borada: Soliq tizimining adolatli bo‘lishi;

Bandlikka ko‘maklashish va kambag‘allikka qarshi kurash; Ayollar va yoshlar siyosati

doirasida tenglik prinsipining joriy etilishi muhimdir. Kreativ yondashuv: Masalan, "Sifatli
hayot uchun fuqarolik texnologiyalari" joriy qilish orqali odamlar bevosita davlat
xizmatlarining nazoratida ishtirok etishi mumkin. Bu – ishonchni kuchaytiradi.

Inson kapitalini rivojlantirish – uzoq muddatli sarmoya Zamonaviy rivojlanish modeli

inson kapitaliga asoslanadi. Taʼlim, sog‘liqni saqlash,psixologik farovonlik – bularning barchasi
milliy taraqqiyot darajasini belgilaydi.Yaxshi taʼlim olgan, sog‘lom, intiluvchan insonlar –
iqtisodiyotning yangi lokomotividir. Innovatsion misol: “Bir oila – bir startap” modeli orqali
aholining har bir qatlamiga o‘z biznesini yaratishga yordam berish mumkin. Bu faqat iqtisodiy
o‘sishga emas, balki insonlarning o‘zini qadrlash tuyg‘usini ham

oshiradi. Ijtimoiy siyosatda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar roli Bugungi kunda

ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal qilishda sunʼiy intellekt (AI) ham yordamga kela oladi.
Misol uchun:

ehtiyojmand aholini avtomatik aniqlash;ijtimoiy xizmatlarning sifatini monitoring

qilish;davlat byudjeti orqali adolatli taqsimotga erishish imkoniyati yaratiladi. Har bir fuqaroga
davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini yaratish;

- Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish;
- Maktabgacha ta'lim tizimida budjet mablag'larining maqsadli va samarali sarflanishini

ta'minlash;

- Malakali o'qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari

ekvivalentiga yetkazish;

- Maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro

darajaga olib chiqish;

- Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirish;
- 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE xalqaro

reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash;

- Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, ehtiyojmand qatlamlarning

ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

- Aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablag'laridan samarali

foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug'urtalash amaliyotini joriy
qilish; Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish,
ularning hayot sifati va darajasini oshirish va boshqalar. Yuqoridagi maqsadlarda ham ta'lim,
ham sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqalarga asosiy e'tibor qaratilgan e'tibor
qaratilgan.

Avvalo, adolatli siyosat fuqarolar o‘rtasida teng huquq va imkoniyatlar yaratishga xizmat

qiladi. Har bir inson, u qayerda tug‘ilganidan, ijtimoiy holatidan qat’i nazar, ta’lim olish, malaka
oshirish, ish bilan ta’minlanish, tibbiy xizmatlardan foydalanish kabi asosiy huquqlardan
to‘laqonli foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Bunday yondashuv inson salohiyatini to‘liq
ro‘yobga chiqaradi, jamiyatda ijtimoiy adolatni mustahkamlaydi.

Ijtimoiy siyosat esa davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash,

kambag‘allikni kamaytirish, imkoniyati cheklangan toifa vakillarini qo‘llab-quvvatlash orqali


background image

`

24

inson omilini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy, bandlik
kabi sohalarda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning yashash sifati va salohiyatini oshiradi.

Masalan, sifatli va bepul ta’lim olish imkoniyati — har bir inson uchun teng start

demakdir. Bu orqali yoshlar o‘z bilim va iste’dodini rivojlantirishga intiladi, jamiyatda bilimli
va faol qatlam shakllanadi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash tizimidagi adolatli yondashuv – har
bir fuqaroning sog‘lom yashash huquqini kafolatlaydi. Bu esa inson resurslarining bardavom
rivojlanishiga olib keladi.

Shuningdek, ijtimoiy tenglikka intilgan siyosat kambag‘allik darajasini pasaytirib,

aholining ijtimoiy faolligini oshiradi. Ayollar, nogironlar, keksalar kabi ijtimoiy zaif
guruhlarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, adolatli va ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat yuritish – inson kapitaliga

investitsiya kiritish demakdir. Bunday siyosat inson salohiyatini ro‘yobga chiqaradi,
fuqarolarning hayot sifatini oshiradi va eng asosiysi – davlatning uzoq muddatli taraqqiyotini
ta’minlaydi. Inson omilini e’tibordan chetda qoldirgan siyosat hech qachon ijobiy natijaga olib
kelmaydi. Shu bois, har qanday islohot markazida inson turishi shart.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M.. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. O'zbekiston. 2021.

2.

Vaxabov A.V., Zaxidova Sh.Sh., Xajibakiyev Sh.X., Raxmanov Sh.I., Odinayev D.Sh.,

Fayzullayev J.N., Baxtiyorov B.B., Abdulxakimov S.N.. Ijtimoiy siyosat. O'quv qo'llanma. -
Toshkent. "Mumtoz so'z". 2019.
3.

Abduraxmanova G.Q., Abduramanov X.X. Ijtimoiy sohalar va inson taraqqiyoti. - To shkent,

2018.
4.

To'ychiyeva S., Norbekov A. Ijtimoiy siyosat. - Toshkent, 2010.

5.

Shayusupova N.T., Arabov N.U., Nasimov D.A. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya. -

Toshkent. "Iqtisodiyot". 2014.
6.

"2022 - 2026- yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonnin g Taraqqiyot strategiyasi

to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 28.01.2022- yildagi PF - 60 - son.
www.lex.uz.
7.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF - 158 - son Farmoni. 11.09.2023.

www.lex.uz.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M.. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. O'zbekiston. 2021.

Vaxabov A.V., Zaxidova Sh.Sh., Xajibakiyev Sh.X., Raxmanov Sh.I., Odinayev D.Sh., Fayzullayev J.N., Baxtiyorov B.B., Abdulxakimov S.N.. Ijtimoiy siyosat. O'quv qo'llanma. - Toshkent. "Mumtoz so'z". 2019.

Abduraxmanova G.Q., Abduramanov X.X. Ijtimoiy sohalar va inson taraqqiyoti. - To shkent, 2018.

To'ychiyeva S., Norbekov A. Ijtimoiy siyosat. - Toshkent, 2010.

Shayusupova N.T., Arabov N.U., Nasimov D.A. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya. - Toshkent. "Iqtisodiyot". 2014.

"2022 - 2026- yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonnin g Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 28.01.2022- yildagi PF - 60 - son. www.lex.uz.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF - 158 - son Farmoni. 11.09.2023. www.lex.uz.