`
36
TURLI DISKURS TURLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNI TUSHUNISH VA
QO‘LLASH MUAMMOLARI
Mamajonova Malikaxon Kaxramon Qizi
Andijon Davlat Universiteti mustaqil izlanuvchisi,
O’zbekiston Respublikasi IIV Andijon akademik litseyi
“Tillarni o’rganish” kafedrasi ingliz tili fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15502218
Annotatsiya:
Mazkur tezisda frazeologizmlarning tilshunoslikdagi o‘rni va turli
diskurslarda (ilmiy, badiiy, kundalik, siyosiy, publitsistik) ularning ahamiyati o‘rganilgan.
Tadqiqotda frazeologik birliklarning semantik va madaniy murakkabligi, ularning noto‘g‘ri
talqin qilish holatlari va til o‘rganish jarayonidagi tushunmovchiliklar tahlil qilinadi.
Frazeologizmlarning diskurslardagi qo‘llanilishi va tushunishdagi muammolarni aniqlash
orqali, til o‘rganuvchilarga frazeologizmni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar
beriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida matn tahlili, diskurs tahlili va so‘rovnoma
qo‘llanilgan.
Kalit so‘zlar:
Frazeologizm, diskurs, tilshunoslik, semantika, madaniy tafovutlar, til
o‘rganuvchilar, tarjima, kontekst, frazeologik birliklar.
Frazeologizm — tilning eng boy va ifodali qatlamlaridan biri bo‘lib, insonning
dunyoqarashini, urf-odatlarini, tarixiy tajribasini o‘zida aks ettiradi. Bunday birliklar
tilshunoslikda nafaqat semantik, balki pragmatik va stilistik ahamiyatga ham ega. Mazkur
tezisda frazeologizmlarning turli diskurslarda (ilmiy, badiiy, kundalik, siyosiy va publitsistik)
qo‘llanilishi va tushunishdagi muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning
noto‘g‘ri talqin qilinishi va til o‘rganuvchilar uchun yuzaga keladigan tushunmovchiliklar
aniqlanadi. Shuningdek, til o‘rganuvchilar uchun frazeologizmni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash
bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Tadqiqotda diskurs tahlili metodologiyasi asosida turli diskurslardan frazeologizm
namunalari tanlab olinadi. Shuningdek, so‘rovnoma va intervyu orqali til o‘rganuvchilarning
frazeologizmni tushunish darajasi aniqlanadi. Tadqiqot uchun tanlangan diskurslar
quyidagilar:
Badiiy adabiyot matnlari
(romanlar, hikoyalar),
Ilmiy maqolalar
,
Siyosiy nutqlar
,
Ijtimoiy tarmoq postlari va kundalik suhbatlar.
Frazeologizmlar ularning qo‘llanish shakli, semantik mazmuni, kontekstdagi roli va
stilistik xususiyatlari asosida tahlil qilinadi
Turli diskurslarda frazeologizmlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Badiiy diskursda ular
obrazlilik va emotsional ta’sir yaratish uchun ishlatiladi. Ilmiy diskursda esa ular kam uchraydi
va ko‘proq mavzuni qiziqarli qilish uchun ishlatiladi. Siyosiy diskursda frazeologizm
manipulyativ vosita sifatida xizmat qiladi.[4-12].Kundalik diskursda esa frazeologizmning
noto‘g‘ri talqin qilinishi ko‘proq uchraydi, ayniqsa chet tili o‘rganuvchilari uchun.Frazeologik
birliklar tildagi emotsional va madaniy boylikni ifodalaydi. Ularni turli diskurslarda to‘g‘ri
tushunish va qo‘llash til egallash darajasining yuqori bosqichini bildiradi. Tadqiqot shuni
ko‘rsatdiki, til o‘rganuvchilar va hatto ona tili egalari uchun ham ba’zida frazeologizmlarni
`
37
anglash qiyinchilik tug‘diradi.Mashhur nemis tilshunosi Wolfgang Mieder bir madaniyatni
tushunish uchun, uning maqollari va frazeologizmlarini tushunish kerakligini
ta’kidlaydi,chunki ular jamiyatning axloqiy va kognitiv mohiyatini o‘zida aks ettiradi.[3-27]
So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, til o‘rganuvchilarning 85% frazeologizmlarni
to‘g‘ri tushunishda qiyinchiliklarga duch kelgan[5-6].70% talaba frazeologizmni tarjima
qilishda xatolarga yo‘l qo‘ygan, va 60% ishtirokchi faqat oddiy frazeologik birliklarni
ishlatishga moyil.
Frazeologizmlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llash til o‘rganuvchilarning muloqotdagi
muvaffaqiyatini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
frazeologizmlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi noaniqlik va madaniy tafovutlarga olib kelishi
mumkin. Jahon tilshunoslari ham frazeologizmlarni til o‘rganuvchilarining til o‘zlashuvini
murakkablashtiruvchi omil sifatida ko‘rishadi. Masalan, Paul Bogaards, "idiomatik birliklarni
o‘rganish chet tili o‘rganishda muhim, lekin ularni to‘g‘ri anglash o‘z vaqtida rivojlanmaydi"[1-
68], deb ta'kidlaydi. Zoltán Kövecses, frazeologizmlarni tushunishda kognitiv metafora
nazariyasining muhim o‘rin tutishini qayd etadi.Unga ko‘ra:"Ko‘plab frazeologizmlar
metaforaga asoslangan bo‘lib, ularni tushunish faqat lingvistik tarjimani emas, balki madaniy
va kognitiv bilimlarni ham talab qiladi".[2-98]
Tadqiqotning takliflari:
Til o‘rgatuvchilar frazeologik birliklarni alohida o‘rgatish,
Turli diskurslarda frazeologizmni tahlil qilish,
Kontekstual tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Frazeologizmlar tildagi emotsional va madaniy boylikni ifodalaydi. Ularni turli
diskurslarda to‘g‘ri tushunish va qo‘llash til o‘rganuvchining nutqiy va semantik sezgirligini
oshiradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, til o‘rganuvchilar va hatto ona tili egalarining
frazeologizmni anglashdagi qiyinchiliklari hali ham mavjud. Tilshunoslar va pedagoglar
frazeologizmni o‘rgatishda kontekst va madaniyatni hisobga olishlari zarur. Bu yondashuv til
o‘rganuvchilarining kommunikativ muvaffaqiyatini oshiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bogaards, Paul.
Learning Idiomatic English: A Cognitive Perspective
. Routledge, 1999.
2.
Kövecses, Zoltán.
Metaphor and Emotion: Language, Culture, and Body in Human Feeling
.
Cambridge University Press, 2000.
3.
Mieder, Wolfgang.
Proverbs Are the Wisdom of Nations
. University of Vermont Press, 2014.
4.
Seidl, Jennifer.
English Idioms and How to Use Them
. Oxford University Press, 2001.
5.
Chashin, M. N., and E. V. Golovina. "Chastotnost' Ispol'zovaniya i Ponimaniye
Leksicheskogo Znacheniya Frazeologizmov v Nashi Dni."
Yunyy Uchenyy
, no. 11 (85), 2024, pp.
1-6.
moluch.ru
