CHET ELLARDAGI O‘ZBEK MEHNAT MIGRANTLARI TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI

Abstract

Ushbu maqolada chet ellarda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik migrantlarning tajribasi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Migratsiya oqibatida vujudga kelgan pul o‘tkazmalari, malaka orttirish imkoniyatlari, xorijiy tajribaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, uzoq muddatli migratsiya oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar – oilaviy ajralish, demografik nomutanosiblik, ijtimoiy moslashuv muammolari haqida so‘z yuritiladi. Maqola O‘zbekiston uchun chet el tajribasidan foydalanish, qaytgan migrantlarni iqtisodiy hayotga jalb qilish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
58-63
17

Downloads

Download data is not yet available.
To share
PARDAYEV , O. ., MIRZAYEVA , S., & UNAROVA , S. . (2025). CHET ELLARDAGI O‘ZBEK MEHNAT MIGRANTLARI TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI. Science and Technology in the Modern World, 4(12), 58–63. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/98567
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada chet ellarda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik migrantlarning tajribasi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Migratsiya oqibatida vujudga kelgan pul o‘tkazmalari, malaka orttirish imkoniyatlari, xorijiy tajribaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, uzoq muddatli migratsiya oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar – oilaviy ajralish, demografik nomutanosiblik, ijtimoiy moslashuv muammolari haqida so‘z yuritiladi. Maqola O‘zbekiston uchun chet el tajribasidan foydalanish, qaytgan migrantlarni iqtisodiy hayotga jalb qilish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.


background image

`

58

CHET ELLARDAGI O‘ZBEK MEHNAT MIGRANTLARI TAJRIBASI VA

O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI

PARDAYEV OLIM MAMAYUNUSOVICH

O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

professori, "Servis" fakulteti dekani

pardaev_olim@gmail.com

+998 97 918 00 20

MIRZAYEVA SHIRIN NODIROVNA

O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,

“Real iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, mustaqil tadqiqotchi

mirzayevashirin502@gmail.com

ORCID raqami: https://orcid.org/0009-0005-0035-636X

+998905020271

UNAROVA SEVINCH MURODJON QIZI

O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,

IRB-123 - guruh talabasi

unarovasevinch@gmail.com

+998 97 576 76 77

https://doi.org/10.5281/zenodo.15504288

Annotatsiya:

Ushbu maqolada chet ellarda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik

migrantlarning tajribasi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan
ta’siri tahlil qilinadi. Migratsiya oqibatida vujudga kelgan pul o‘tkazmalari, malaka orttirish
imkoniyatlari, xorijiy tajribaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
uzoq muddatli migratsiya oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar – oilaviy ajralish,
demografik nomutanosiblik, ijtimoiy moslashuv muammolari haqida so‘z yuritiladi. Maqola
O‘zbekiston uchun chet el tajribasidan foydalanish, qaytgan migrantlarni iqtisodiy hayotga jalb
qilish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.

Kalit so‘zlar:

mehnat migratsiyasi, remittanslar, malaka, tajriba almashuvi, iqtisodiy

ta’sir, ijtimoiy muammolar, davlat siyosati.

Абстрактный:

В статье анализируется опыт узбекских мигрантов, работающих за

рубежом, и их экономическое и социальное влияние на Узбекистан. Будут рассмотрены
денежные переводы в результате миграции, возможности развития навыков и роль
иностранного опыта в развитии страны. В статье также рассматриваются негативные
последствия долгосрочной миграции — разлука с семьей, демографический дисбаланс
и проблемы социальной адаптации. В заключение статьи даются предложения по
использованию зарубежного опыта в Узбекистане и вовлечению вернувшихся
мигрантов в экономическую жизнь.

Ключевые слова:

трудовая миграция, денежные переводы, навыки, обмен

опытом, экономическое влияние, социальные проблемы, государственная политика.

Abstract:

This article analyzes the experience of Uzbek migrants working abroad, their

economic and social impact on Uzbekistan. The role of remittances, skills development
opportunities, and foreign experience in the development of the country are considered. It also
discusses the negative consequences of long-term migration - family separation, demographic
imbalance, and social adaptation problems. The article concludes with proposals for Uzbekistan
to use foreign experience and involve returned migrants in economic life.


background image

`

59

Keywords:

labor migration, remittances, skills, exchange of experience, economic impact,

social problems, state policy.

Kirish.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy

masalalardan biriga aylangan. Aksariyat hollarda ish izlab chet ellarga chiqayotgan fuqarolar
oilaviy farovonlikni oshirish, barqaror daromad topish va yangi imkoniyatlar izlash maqsadida
harakat qilmoqda. Chet ellarda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar tajribasi nafaqat ularning
o‘ziga, balki butun mamlakat iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.So‘nggi o‘n
yilliklarda global miqyosda migratsiya jarayonlari jadal rivojlanib bormoqda. Bu holat, ayniqsa,
iqtisodiy imkoniyatlarni qidirgan kishilar uchun mehnat migratsiyasini muhim yo‘nalishga
aylantirdi. O‘zbekiston ham bu jarayondan mustasno emas: minglab o‘zbek fuqarolari xorijiy
mamlakatlarda vaqtinchalik ishlash maqsadida safarbar bo‘lmoqda. Ularning asosiy qismi
Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Turkiya, BAA kabi mamlakatlarga yo‘l oladi. Ushbu
mehnat migrantlarining tajribalari, kundalik hayoti, duch keladigan muammolari va
muvaffaqiyatlari nafaqat ularning shaxsiy taqdiriga, balki butun O‘zbekiston jamiyatiga ham
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbek mehnat migrantlarining xorijda orttirgan tajribalari — bu mehnat madaniyati,

kasbiy malaka, til va madaniyatlararo muloqot kabi sohalarda sezilarli o‘zgarishlarga olib
keladi. Bundan tashqari, ularning yuborayotgan pul o‘tkazmalari mamlakat iqtisodiyotining
muhim moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mehnat migratsiyasi, bir tomondan,
ishsizlikni kamaytirishga va ijtimoiy barqarorlikni saqlashga xizmat qilsa, boshqa tomondan,
ayrim salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda — masalan, ijtimoiy ajralish, demografik
muvozanatning buzilishi va kadrlar oqimi.Shu sababli, bugungi kunda chet ellardagi o‘zbek
mehnat migrantlarining hayoti va tajribalarini o‘rganish, ularning O‘zbekiston jamiyatiga
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qilish nihoyatda dolzarbdir. Bu
mavzu mehnat migratsiyasining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va rolini chuqur anglashga,
shuningdek,O‘zbekiston uchun optimal migratsion siyosat shakllantirishda muhim nazariy va
amaliy asos yaratadi.

Asosiy qism:

O‘zbekistonlik fuqarolarning xorijga chiqishining asosiy sabablari iqtisodiy

omillar bilan bog‘liq. Ishsizlik, past ish haqi, cheklangan imkoniyatlar va ijtimoiy
barqarorlikning sustligi ko‘plab fuqarolarni chet ellarda ish izlashga undaydi. Ayniqsa, 2000-
yillarning boshidan boshlab Rossiya Federatsiyasi o‘zbek migrantlari uchun eng asosiy
yo‘nalishlardan biriga aylandi. So‘nggi yillarda esa Janubiy Koreya, Turkiya, Polsha va boshqa
Yevropa mamlakatlariga ham mehnat maqsadida ketayotganlar soni ortib bormoqda.

Chet elda yashash va ishlash migrantlardan katta moslashuvchanlik va sabr-toqat talab

qiladi. Til bilmaslik, hujjat muammolari, ish joyidagi noinsoniy sharoitlar, diskriminatsiya kabi
muammolar ular duch keladigan eng muhim muammolardandir. Shunga qaramay, ko‘plab
o‘zbek migrantlari og‘ir sharoitlarga qaramay, o‘zlari va oilalari uchun iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlay olishmoqda. Ba’zilar xorijda ish boshlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kasb-
hunar o‘rganish orqali katta tajriba orttirmoqda. Bu tajribalar keyinchalik ularning vatanga
qaytgach, yangi ish o‘rinlari yaratish yoki o‘z biznesini boshlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun xorijdagi mehnat migrantlarining yuborayotgan

valyutalari muhim ahamiyatga ega. Rasmiy statistikaga ko‘ra, har yili milliardlab AQSh dollari


background image

`

60

miqdorida mablag‘lar O‘zbekistonga migrantlar tomonidan jo‘natiladi. Bu pul oilalarning
moddiy ahvolini yaxshilash, uy-joy qurish, ta’lim va tibbiyot xarajatlarini qoplash, hatto kichik
biznesni boshlashda muhim omil bo‘lmoqda. Shu bilan birga, migratsiyadan tushayotgan
daromadlar O‘zbekistonning valuta bozorida muvozanatni saqlashga ham yordam beradi.

Mehnat migratsiyasi faqat iqtisodiy jihatdan emas, balki ijtimoiy va madaniy hayotga ham

sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Chet elda yashab qaytgan fuqarolarda dunyoqarash kengayishi,
madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalari shakllanishi, yangi qadriyatlar va urf-odatlarga ochiqlik
ortgani kuzatiladi. Shu bilan birga, uzoq muddatli migratsiya oilaviy muammolarga, ota-onasiz
ulg‘ayayotgan bolalar sonining ortishiga, jinsiy va yosh guruhlari o‘rtasidagi muvozanatning
buzilishiga olib kelmoqda. Bu esa jamiyatda ayrim ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiradi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati mehnat migrantlari bilan ishlash bo‘yicha qator

chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. “Ishga marhamat” monomarkazlari, mehnat bozorini
o‘rganish, xorijda o‘zbek elchixonalarining faoliyati, mehnat shartnomalarini huquqiy jihatdan
rasmiylashtirish kabi yo‘nalishlarda ijobiy qadamlar qo‘yildi. Shuningdek, migrantlarning
huquqlarini himoya qilish, ularni kasbiy tayyorlash va moslashtirish bo‘yicha dasturlar joriy
etilmoqda.

Har qanday foydali jarayonning muammolari bo‘lishi tabiiy. Mehnat migratsiyasi

natijasida “miya oqimi” – ya’ni malakali mutaxassislarning xorijga ketishi, ichki ishchi kuchi
bozorida muvozanatsizlik, ijtimoiy ajralish kabi holatlar kuchaymoqda. Bu muammolarni
bartaraf etish uchun mamlakat ichkarisida ish o‘rinlarini ko‘paytirish, investitsiyalarni jalb
etish, yoshlar uchun innovatsion imkoniyatlarni yaratish zarur. Migratsiyaga muqobil sifatida
lokal rivojlanish strategiyasi, kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish, zamonaviy kasb-hunarga
o‘qitish asosiy yo‘nalishlar bo‘lib qolmoqda.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining xorijda

orttirgan tajribalari, ularning yuborayotgan pul o‘tkazmalari va madaniy almashinuvi
mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutmoqda. Mehnat migratsiyasi
orqali ko‘plab fuqarolar barqaror daromadga ega bo‘lib, o‘z oilasining turmush darajasini
yaxshilayapti. Shu bilan birga, bu jarayon malakali ishchi kuchining chiqib ketishi, ijtimoiy
ajralish va demografik nomutanosiblik kabi salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. O‘zbekiston
hukumati tomonidan olib borilayotgan migratsion siyosat ijobiy natijalar bermoqda, biroq
mavjud muammolarni kompleks tarzda hal qilish uchun yanada tizimli yondashuv zarur.

Qaytgan migrantlarni iqtisodiy faoliyatga keng jalb etish

– ularning xorijda orttirgan

malaka va tajribasidan samarali foydalanish uchun maxsus dasturlar, grantlar va biznes
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.

Mahalliy ish o‘rinlarini yaratish

– ichki mehnat bozorini mustahkamlash orqali xorijga

chiqish ehtiyojini kamaytirish mumkin. Buning uchun kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish,
hududiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Migratsiyadan oldingi tayyorlov dasturlarini kengaytirish

– fuqarolarga xorijda

qonuniy ishlash, kasb-hunar o‘rganish, madaniyatga moslashish bo‘yicha treninglar o‘tkazish
zarur.

Uzoq muddatli migratsiyaning ijtimoiy oqibatlarini yumshatish

– ota-onasiz

ulg‘ayayotgan bolalar bilan ishlaydigan psixologik markazlar, oilaviy bog‘liqlikni saqlab
qolishga xizmat qiluvchi dasturlar joriy etilishi lozim.


background image

`

61

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish

– migrantlarning huquqiy himoyasini ta’minlash,

ularning mehnat sharoitlarini nazorat qilish maqsadida qabul qiluvchi mamlakatlar bilan ikki
tomonlama kelishuvlar sonini oshirish maqsadga muvofiqdir.

1-jadval.

Chet ellarda ishlayotgan o

zbekistonlik migrantlarning asosiy yo

nalishlari va ish turlari

1

Davlat nomi

Migrantlar soni

(2023)

Asosiy bandlik sohasi

O‘rtacha daromad

(oylik, $)

Rossiya

2 000 000+

Qurilish, xizmat

ko‘rsatish

400–600

Qozog‘iston

500 000+

Qishloq xo‘jaligi, savdo

300–450

Janubiy Koreya

70 000+

Sanoat, ishlab

chiqarish

900–1 200

Turkiya

50 000+

Uy xizmatlari,

tikuvchilik

400–700

BAA va Yaqin

Sharq

30 000+

Servis, transport

600–800

Manba: Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, 2023-yil

yakuniy hisobotlari asosida tuzilgan.

2-jadval.

Mehnat migratsiyasining O’zbekistonga ijobiy va salbiy ta’sirlari (SWOT tahlil asosida)

2

Kuchli tomonlar

Zaif tomonlar

Remittanslar orqali iqtisodiy barqarorlik Oilaviy ajralish, bolalar tarbiyasidagi muammo

Malakali ishchilar tajribasining ortishi

Mehnat huquqlarining xorijda buzilishi

Valyuta tushumining ortishi

Migrantlarga nisbatan diskriminatsiya

Imkoniyatlar

Tahdidlar

Qaytgan migrantlarni biznesga jalb etish Siyosiy beqarorliklar, chet el siyosatiga bog‘liqlik

Mehnat bozorini raqobatbardosh qilish

Migratsiyaga haddan tashqari qaramlik

Xalqaro tajribadan foydalanish

Ijtimoiy muammolarning chuqurlashuvi

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

NODIROVNA M. S. SOCIAL POLICY: OBJECTIVES AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF

THE STUDY //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. – 2023. – Т. 4. –
№. 7. – С. 1-9.

1

Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, 2023-yil yakuniy hisobotlari asosida tuzilgan

2

Muallif ishlanmasi


background image

`

62

2.

Мирзаева Ш. Н. НОВЫЕ ТРАНСФОРМАЦИИ И ИЗМЕНЕНИЕ ПРОФЕССИЙ В УСЛОВИЯХ

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ НА РЫНКЕ ТРУДА УЗБЕКИСТАНА //Gospodarka i Innowacje. –
2023. – Т. 36. – С. 668-679.
3.

Абдукаримов Ф. Б. А., Мирзаева Ш. Н. МАЛЫЙ БИЗНЕС-КАК ФАКТОР РАЗВИТИЯ

КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЫ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА //Gospodarka i
Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 657-667.
4.

Абдукаримов Б. А. А., Мирзаева Ш. Н. РОЛЬ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В

МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН //Gospodarka i Innowacje. –
2023. – Т. 36. – С. 648-656.
5.

MIRZAEVA SHIRIN NODIROVNA. (2023). THE IMPORTANCE OF INVESTING IN THE

DEVELOPMENT OF THE SOCIAL SPHERE IN OUR COUNTRY. Central Asian Journal of
Innovations on Tourism Management and Finance, 4(6), 153-160. Retrieved from
https://cajitmf.centralasianstudies.org/index.php/CAJITMF/article/view/534
6.

Курбанова Р., Мирзаева Ш., Хакимов Д. РОЛЬ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ И ТЕХНОЛОГИЙ

В ИЗМЕРЕНИИ СОЦИАЛЬНОГО КАПИТАЛА //Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб
муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of
Humanities and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. S/4. – С. 204-216.
7.

Шарипов Т. С., Мирзаева Ш. Н. СОСТОЯНИЕ ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ

ПРОЕКТОВ В СФЕРЕ УСЛУГ В УЗБЕКИСТАНЕ //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С.
27-45.
8.

Мирзаева Ш. Н. ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПОДДЕРЖКИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА И

ДЕЛОВОЙ АКТИВНОСТИ ЖЕНЩИН //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 46-56.
9.

Nodirovna M. S. Banks and Development of Banking Services in the Republic of Uzbekistan

//Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 21-
30.
10.

Nodirovna M. S. Foreign Experience in Supporting Entrepreneurship and Business

Activity of Women //Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal. – 2023.
– Т. 2. – №. 5. – С. 654-665.
11.

Saidakhmedovich S. T., Nodirovna M. S. The State of Implementation of Innovative

Projects in the Service Sector in Uzbekistan //Nexus: Journal of Advances Studies of
Engineering Science. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 375-391.
12.

Nodirovna M. S. Creation of an Additional Product in the Service Process in the Republic

of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 635-643.
13.

Nodirovna M. S. Problems of Development of the Service Sector in the Context of Digital

Changes in the Republic of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 626-634.
14.

Мирзаева Ш. Н. ДАВЛАТ ТОМОНИДАН ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИНИ ҚЎЛЛАБ-

ҚУВВАТЛАШ МЕХАНИЗМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ //Gospodarka i
Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 662-671.
15.

Nodirovna M. S. Improving the Mechanisms For Managing Service Processes in Service

Enterprises in the Republic of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 644-
652.
16.

Nodirovna M. S. Trading Enterprises and Banking Services in the Republic of Uzbekistan

//Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 227-


background image

`

63

234.
17.

Nodirovna M. S. Ways to Develop Banking Services in the Republic of Uzbekistan //World

of Science: Journal on Modern Research Methodologies. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 18-24.
18.

Nodirovna M. S., Ugli S. T. T., Abduazizovich A. I. WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF

GOVERNMENT SERVICES IN THE EMPLOYMENT OF THE POPULATION IN UZBEKISTAN
//Gospodarka i Innowacje. – 2022. – Т. 23. – С. 29-37.
19.

Mirzayeva S. N. Prospects for the Development of Small Business and Entrepreneurship

in the Digital Economy //American Journal of Economics and Business Management. – Т. 5. – С.
3.
20.

Nodirovna M. S. FINANCING OF INVESTMENT ACTIVITIES IMPORTANCE OF SOURCES

//Section A-Research paper Article History: Received. – 2022. – Т. 12.
21.

Nodirovna M. S. Banks and Development of Banking Services in the Republic of

Uzbekistan. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education, 2 (6), 21–30. – 1910.
22.

Nodirovna M. S. Foreign Experience in Supporting Entrepreneurship and Business

Activity of Women. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research
JournalVolume2, Issue 5Year2023ISSN: 2835-3013https //univerpubl. com/index.
php/synergy https://scholar. google. com/citations.
23.

Mirzaeva S. N. et al. Innovative Enrichment of Service Enterprises Based on the Location

of the Regions of Uzbekistan //AMERICAN JOURNAL OF ECONOMICS AND BUSINESS
MANAGEMENT.
24.

Mamanova G. B., Sultonov S. A., Mirzaeva S. N. Improvement of Economic Mechanisms for

State Support of Private Entrepreneurship (Samarkand Region) //Procedia of Philosophical
and Pedagogical Sciences.
25.

Nodirovna M. S., Mamasoliyevna K. C., Ugli S. J. U. The composition of the income of service

workers and ways of its improvement (on the example of educational institutions)
//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 4. –
С. 213-218.

26.

Nodirovna M. S. FOREIGN TO THE SECTORS OF ECONOMY OF UZBEKISTAN ATTRACTING

INVESTMENTS. biogecko.co.nz

References

NODIROVNA M. S. SOCIAL POLICY: OBJECTIVES AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE STUDY //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. – 2023. – Т. 4. – №. 7. – С. 1-9.

Мирзаева Ш. Н. НОВЫЕ ТРАНСФОРМАЦИИ И ИЗМЕНЕНИЕ ПРОФЕССИЙ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ НА РЫНКЕ ТРУДА УЗБЕКИСТАНА //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 668-679.

Абдукаримов Ф. Б. А., Мирзаева Ш. Н. МАЛЫЙ БИЗНЕС-КАК ФАКТОР РАЗВИТИЯ КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЫ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 657-667.

Абдукаримов Б. А. А., Мирзаева Ш. Н. РОЛЬ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 648-656.

MIRZAEVA SHIRIN NODIROVNA. (2023). THE IMPORTANCE OF INVESTING IN THE DEVELOPMENT OF THE SOCIAL SPHERE IN OUR COUNTRY. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 4(6), 153-160. Retrieved from https://cajitmf.centralasianstudies.org/index.php/CAJITMF/article/view/534

Курбанова Р., Мирзаева Ш., Хакимов Д. РОЛЬ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ И ТЕХНОЛОГИЙ В ИЗМЕРЕНИИ СОЦИАЛЬНОГО КАПИТАЛА //Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. S/4. – С. 204-216.

Шарипов Т. С., Мирзаева Ш. Н. СОСТОЯНИЕ ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ В СФЕРЕ УСЛУГ В УЗБЕКИСТАНЕ //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 27-45.

Мирзаева Ш. Н. ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПОДДЕРЖКИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА И ДЕЛОВОЙ АКТИВНОСТИ ЖЕНЩИН //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 46-56.

Nodirovna M. S. Banks and Development of Banking Services in the Republic of Uzbekistan //Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 21-30.

Nodirovna M. S. Foreign Experience in Supporting Entrepreneurship and Business Activity of Women //Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 654-665.

Saidakhmedovich S. T., Nodirovna M. S. The State of Implementation of Innovative Projects in the Service Sector in Uzbekistan //Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 375-391.

Nodirovna M. S. Creation of an Additional Product in the Service Process in the Republic of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 635-643.

Nodirovna M. S. Problems of Development of the Service Sector in the Context of Digital Changes in the Republic of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 626-634.

Мирзаева Ш. Н. ДАВЛАТ ТОМОНИДАН ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ МЕХАНИЗМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 662-671.

Nodirovna M. S. Improving the Mechanisms For Managing Service Processes in Service Enterprises in the Republic of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 644-652.

Nodirovna M. S. Trading Enterprises and Banking Services in the Republic of Uzbekistan //Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 227-234.

Nodirovna M. S. Ways to Develop Banking Services in the Republic of Uzbekistan //World of Science: Journal on Modern Research Methodologies. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 18-24.

Nodirovna M. S., Ugli S. T. T., Abduazizovich A. I. WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF GOVERNMENT SERVICES IN THE EMPLOYMENT OF THE POPULATION IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. – 2022. – Т. 23. – С. 29-37.

Mirzayeva S. N. Prospects for the Development of Small Business and Entrepreneurship in the Digital Economy //American Journal of Economics and Business Management. – Т. 5. – С. 3.

Nodirovna M. S. FINANCING OF INVESTMENT ACTIVITIES IMPORTANCE OF SOURCES //Section A-Research paper Article History: Received. – 2022. – Т. 12.

Nodirovna M. S. Banks and Development of Banking Services in the Republic of Uzbekistan. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education, 2 (6), 21–30. – 1910.

Nodirovna M. S. Foreign Experience in Supporting Entrepreneurship and Business Activity of Women. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research JournalVolume2, Issue 5Year2023ISSN: 2835-3013https //univerpubl. com/index. php/synergy https://scholar. google. com/citations.

Mirzaeva S. N. et al. Innovative Enrichment of Service Enterprises Based on the Location of the Regions of Uzbekistan //AMERICAN JOURNAL OF ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT.

Mamanova G. B., Sultonov S. A., Mirzaeva S. N. Improvement of Economic Mechanisms for State Support of Private Entrepreneurship (Samarkand Region) //Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences.

Nodirovna M. S., Mamasoliyevna K. C., Ugli S. J. U. The composition of the income of service workers and ways of its improvement (on the example of educational institutions) //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 4. – С. 213-218.

Nodirovna M. S. FOREIGN TO THE SECTORS OF ECONOMY OF UZBEKISTAN ATTRACTING INVESTMENTS. biogecko.co.nz