DUNYO TAJRIBASIDA XARAKTER IFODALOVCHI BIRLIKLARNING O‘RGANILISHI
Inson va uni ta’riflash, xoh ijobiy bo‘lsin, xoh salbiy jihatlarini nozik ma’no tovlanishlari bilan yoki turli ramzlar orqali ishoraviy tarzda aks ettirish dunyo adabiyotida keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Ya’ni insonni ta’riflash xilma-xil asosda, turli rakurslarda aks etadi va bu tilning milliy lisoniy manzarasidan chuqur o‘rin oladi, paremiologik fondda turli hayvon, narsa-predmet, holat, kasallik, taom nomlari orqali ayni inosn obraziga ishora qilish bu jarayonga dalolat qiladi. Insonni aks ettirish uning tashqi yoki xususiyatlarini ta’riflash asosida kechishi mumkin. Insonning mazmuniy jihatlari, tabiiy ravishda, ijobiy yoki salbiy qatordan, yoki oraliqni tashkil qiluvchi birliklardan iborat bo‘ladi.