GIMNASTIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI DARSNING ASOSIY QISMIGA TAYYORLASHDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR MAJMUASIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Abstract

Ushbu maqolada gimnastika darslarining tayyorlov bosqichida o‘quvchilarni darsning asosiy qismiga jismonan va ruhiy jihatdan tayyorlashda umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasidan foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar orqali tana harakatlarini faollashtirish, mushaklarni isinish holatiga keltirish, qon aylanishini faollashtirish va shikastlanishning oldini olish imkoniyati ko‘rsatib beriladi. Metodik tavsiyalar orqali mashqlarning ketma-ketligi, yuklama miqdori va yosh xususiyatlariga mosligi asoslab berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
62-65
2

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xakimov, S., & Tilavoldiyeva, X. (2025). GIMNASTIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI DARSNING ASOSIY QISMIGA TAYYORLASHDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR MAJMUASIDAN FOYDALANISH METODIKASI. Science and Technology in the Modern World, 4(17), 62–65. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/113429
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada gimnastika darslarining tayyorlov bosqichida o‘quvchilarni darsning asosiy qismiga jismonan va ruhiy jihatdan tayyorlashda umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasidan foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar orqali tana harakatlarini faollashtirish, mushaklarni isinish holatiga keltirish, qon aylanishini faollashtirish va shikastlanishning oldini olish imkoniyati ko‘rsatib beriladi. Metodik tavsiyalar orqali mashqlarning ketma-ketligi, yuklama miqdori va yosh xususiyatlariga mosligi asoslab berilgan.


background image

`

62

GIMNASTIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI DARSNING ASOSIY QISMIGA

TAYYORLASHDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR MAJMUASIDAN

FOYDALANISH METODIKASI

S.Xakimov

FarDU katta o‘qituvchisi

X.Tilavoldiyeva

FarDU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15730526

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada gimnastika darslarining tayyorlov bosqichida o‘quvchilarni darsning

asosiy qismiga jismonan va ruhiy jihatdan tayyorlashda umumrivojlantiruvchi mashqlar
majmuasidan foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar orqali
tana harakatlarini faollashtirish, mushaklarni isinish holatiga keltirish, qon aylanishini
faollashtirish va shikastlanishning oldini olish imkoniyati ko‘rsatib beriladi. Metodik tavsiyalar
orqali mashqlarning ketma-ketligi, yuklama miqdori va yosh xususiyatlariga mosligi asoslab
berilgan.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается методика использования комплекса общеразвивающих

упражнений на подготовительном этапе уроков гимнастики для подготовки учащихся
к основной части занятия как в физическом, так и в психологическом плане. Показано,
что такие упражнения активизируют двигательную деятельность, разогревают мышцы,
улучшают кровообращение и способствуют профилактике травм. Также обоснованы
последовательность выполнения, объем нагрузки и соответствие возрастным
особенностям.

ANNOTATION

This article analyzes the methodology of using a set of general developmental exercises

during the preparatory phase of gymnastics lessons to physically and mentally prepare
students for the main part of the session. It demonstrates that such exercises activate motor
functions, warm up muscles, improve blood circulation, and help prevent injuries.
Methodological recommendations are provided regarding the sequence of exercises, load
volume, and age-appropriate adaptation.

Kalit so‘zlar:

Gimnastika, umumrivojlantiruvchi mashqlar, tayyorlov bosqichi, dars

strukturasi, jismoniy faollik, yuklama, metodika.

Ключевые

слова:

Гимнастика,

общеразвивающие

упражнения,

подготовительный этап, структура урока, физическая активность, нагрузка, методика.

Keywords

: Gymnastics, general developmental exercises, preparatory phase, lesson

structure, physical activity, load, methodology.


Mamalakatimiz kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda

jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati juda katta, so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport
yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Shu nuqtai nazardan o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy salomatligini

shakllantirishning ularga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muxabbatni
singdirishning g‘oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportni rivojlantirishni ta’minlash


background image

`

63

bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Shunday ekan Respublikamizda
kelajak avlodni jismonan va sog‘lom qilib tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarni
sport bilan muntazam shug‘ullanishiga jalb etish shuningdek, sport inshootlaridan
foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.

Prezident Sh.M.Mirziyoev mamlakatimizda sportni rivojlantirish, jamiyatimizda sog‘lom

turmush tarzini qaror toptirishda sportning ma’naviy barkamollik, jismoniy go‘zallik, matonat
va iroda, halollik va bag‘rikenglik, do‘stlik va birodarlik g‘oyalarning katta amaliy ahamiyatini
ta’kidlaydi.

Respublikamizda kelajak avlodni jismonan sog‘lom va barkamol, ma’nan yetuk inson qilib

tarbiyalash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimizda sport
sog‘lomlashtirish ishlarini jonlantirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida bir
qator Prezident qarorlari va hukumat qarorlari qabul qilindi.

Boshlang‘ich sinflarini gimnastika darslari davomida umumrivojlantiruvchi mashqlar

majmuasini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bolada avvalo bajarayotgan
mashqlari haqida tasavvurni shakillantirish, mashqlarni nima uchun bajarayotganligi va u
mashq qaysi tana a’zolarini qizdirish uchun berilayotganligi to’g’risida ongli munosabatni
shakillantirish muhim.

1.

Shug‘ullanuvchilarga mashqlar to‘g‘risida ma’lumot berish usullari.

O‘qituvchi

mashg‘ulotni o‘tkazish vazifalari va shartlariga qarab, axborot berishning quyidagi usullaridan
foydalanishi mumkin: sinxron – barchani birdaniga bajartirish. Bo‘laklangan mashqni ajratib,
faqat gapirib berish bilan ko‘rsatib bajartirish.

a) sinxron – bajarish davomida gapirish usuli

– ko‘rsatib gapirish bir vaqtda amalga

oshiriladi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, nisbatan qisqa vaqt ichida mashq to‘g‘risida ancha
to‘liq tasavvur yaratishga imkon beradi.

Yuqoriga sakrashlarni bajarayotganda sinxronlik buziladi, shu sababli avval ularni

ko‘rsatib beriladi, so‘ng uning nomi aytiladi.

b) mashq haqida ma’lumot berishning bo‘laklangan usuli

– ko‘rsatish va gapirib berish

mashqni qismlarga bo‘lib gapirish bilan amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida
shug‘ullanuvchilar axborot olish bilan uni bajaradilar. Bu usul mashqlarni aniq bajarishga,
xatolar yuzaga kelganda ularni ijro paytida gapirish bilan tuzatish imkonini beradi.

Bu usulda mashqni tushuntirib berish ko‘rsatish bir vaqtning o‘zida ham mashq haqida

ma’lumot, ham aytib berishni qo‘shib sanash sababli mashqni faqat tasviriy ko‘rinishda
namoyish qilish lozim bo‘ladi.

Jismoniy mashqning qismlari va uni ijrosini sanash sonlari teng bo‘lmasligi ham mumkin.

Chunki siltanish, prujinasimon va siltash mashqlari ma’lumotning faqat bir qismi hisoblanadi.

v) faqat gapirib berish bilan axborot berish usuli.

Afzalliklari: shug‘ullanuvchilarda

harakatlarni taqlid qilib bajarish emas, balki o‘z holicha bajarishga bo‘lgan katta qiziqishi
ta’minlanadi.

Ushbu usul ham ataylab (pedagogik nuqtai nazaridan), ham zaruriyatga qarab, qachonki

boshqa axborot berish usullaridan foydalanishning imkoni bo‘lmagan taqdirda (gimnastika
o‘rindig‘i bilan mashqlar, juftlik va boshqa shunga o‘xshash mashqlar) qo‘llaniladi.

g)

Faqat ko‘rsatish orqali ma’lumot – tushuntirish qilish.

Afzalliklari: yarim o‘yin shaklida

qaddi-qomatni

takomillashtirish,

mashqlarning

bajarilish

sifatini

oshirish,


background image

`

64

shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishlarini mustahkamlashga yordam
beradi. Bu usulni bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin.

2. Shug‘ullanuvchilarga yordam ko‘rsatish.

O‘qituvchi mashqlarning bajarilishida aniq va

bir vaqtda barchani teng bajarishiga erishish uchun shug‘ullanuvchilarga tushuntirish, sanash,
ko‘rsatish orqali yordam ko‘rsatadi.

Mashq boshlanishi bilan o‘qituvchi sanoqni boshlashi hamda ushbu mashqni

shug‘ullanuvchilar bilan birga 2-3 marta o‘zi qo‘shilib takrorlashi lozim va bu bilan mashqni
bajarish sur’ati, mazmuni hamda sifatiga qarab u yoki bu yordamni ko‘rsatish usullaridan
foydalanadi.

3. Xatolarni tuzatish.

Mashqlarni bajarish davomida o‘qituvchi ularning bajarilish sifatiga

bo‘lgan talablar to‘g‘risida eslatadi, shug‘ullanuvchilarni yuqori darajada aniq va katta
amplituda bilan harakatlarni bajarishga undaydi. Agar jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa va ko‘p
shug‘ullanuvchilar bu xatoni qilsalar, ushbu holda mashq bajarilishini to‘xtatish, mazkur
mashqning nimaga yo‘naltirilganligi to‘g‘risida gapirib berish, uni bunday tarzda bajarish
befoyda ekanligini uqtirish hamda mashqlarni tuzatilgan variantda takrorlash zarur bo‘ladi.

1-jadval
Metodik jadval: Gimnastika darslarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan

foydalanish

Tartib

raqami

Metodik jihat

Tavsif

1.

Maqsad

O‘quvchilarni darsning asosiy qismiga jismonan va psixologik

jihatdan tayyorlash, tana haroratini oshirish, mushaklarni faol

holatga keltirish, shikastlanishlarning oldini olish.

2.

Mashq
turlari

Yugurish, sakrash, cho‘zilish, bukilish, burilish, tayanish,

osilish, tebranish, tanani burish va muvozanat mashqlari.

3.

Mashqlar

ketma-ketligi

1. Yengil yugurish – 2. Bo‘yinga mashqlar – 3. Yelka, qo‘l

mushaklariga mashqlar – 4. Tana va bel uchun – 5. Oyoq

mushaklariga – 6. Sakrash va reaksiya mashqlari.

4.

Mashq

davomiyligi

Tayyorlov qismi uchun umumiy 8–12 daqiqa. Har bir mashq

15–30 soniya davomida 2–3 marotaba takrorlanadi.

5.

Yuklama

darajasi

O‘rta darajadagi yuklama. Mashqlar asta-sekin intensivlashadi.

Harakatlar to‘liq bajartiriladi, lekin charchatmaydi.

6.

Yoshga

moslashuv

7–10 yoshli o‘quvchilar uchun mashqlar soddalashtirilgan,
ko‘rgazmali va qiziqarli shaklda tashkil etiladi. 11 yoshdan

katta o‘quvchilarga ko‘proq koordinatsion va kuchliroq

harakatlar qo‘shiladi.

7.

Jihozlar

Gimnastik gilamcha, to‘p, shved devori, arqon, past turnik,

tayoqchalar, halqalar.

8.

Metodik

tavsiyalar

Har bir mashq aniq va ko‘rgazmali ko‘rsatiladi.

Guruhda to‘g‘ri safda bajarilishi ta’minlanadi.

Mashqlar mashg‘ulot maqsadiga mos tanlanadi.

O‘quvchilarning sog‘lig‘i va tayyorgarligi hisobga olinadi.


background image

`

65

9.

Natija

O‘quvchilar darsning asosiy qismiga tayyor bo‘ladi, mushaklar

isish holatiga keladi, koordinatsiya va konsentratsiya oshadi,

dars jarayoni samaraliroq kechadi.

Tayyorlov qismi uchun namunaviy mashqlar va ularni o‘tkazish uchun tashkiliy-uslubiy

ko‘rsatmalar quyida e’tiboringizga havola qilingan:

1.

Yurishning xillari

: oddiy, oyoq uchlarini tashqariga qilib, oyoq uchlarini ichkariga olib,

oyoq uchlarida, tovonlarda va h.k. – sakkiz qadamdan.

2

.Yugurishning xillari

: odatdagidek, oyoqlarni oldinga bukib, oyoqlarni orqaga bukib,

yonlamachasiga, oyoqlarni tizzadan bukmay oldinga, oyoqlarni tizzadan bukmay yon tomonga
va h.k. – sakkiz qadamdan.

3.

Yurishi, yugurishi va sakrashlarni variatsiyalash (almashtirishlar)

: to‘rtta qadam oldinga

va to‘rtta sakrash; oyoqlar kerilgan, chalishtirilgan, bir vaqtning o‘zida qo‘llar bilan yon
tomonga, bosh ustida qarsak chalib, yon tomonlarga va belga qo‘yib, harakatlangan holda
oyoqlarni kerish hamda birlashtirish;

-

ikki qadamlab oldinga-oyoqni birlashtirib turib cho‘kkalash-qo‘llar yon tomonlarga-

o‘rnidan turish-qo‘llar pastga;

-

depsinadigan oyoq bilan qadam tashlash-ikkala oyoq bilan sakrash-yuqoriroq sakrash-

yerga tushish holati;

-

ko‘z yumilgan holda yurish va yugurish. Diqqat uchun: oldinga mayda qadam tashlash-

o‘ngga burilish-chap tomonga mayda qadam tashlash-chapga burilish.

Mashqlarni bajarishda qo‘llarning turli holatlaridan-yon tomonlarga, yuqoriga, belda,

bosh orqasida, yelkalarda, aylanma harakatlanishlardan samarali foydalanish lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent - “O‘zbekiston” - 2017.
2.

Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. Toshkent - “O‘zbekiston” - 2016. 19 s.
3.

Gimnastika: uchebnik dlya vuzov /pod. red. M.L.Juravina. M.: Akademiya, 2008. – 448 s.

4.

Azimov I.G., Sobitov Sh. Sport fiziologiyasi. Darslik. Toshkent 2003

5.

Volkov V.M, Filin V.P. Sportivnыy otbor. Moskva. FiS., 2000 y

6.

Matveyev L.P. Tyeorii sporta i sistemы podgotovki sportsmenov. Kiyev, 2002 y

7.

Matveyev L.P. Metodika fizicheskogo vospitaniya s osnovami teorii. Uchebnoye posobiye.

Moskva. 2000
8.

Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlari. Sh.Xankeldiyev, A. Abdullayev, N.

Azizov, B.Haydarov, A.Xasanov. Farg’ona-2011

References

Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent - “O‘zbekiston” - 2017.

Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent - “O‘zbekiston” - 2016. 19 s.

Gimnastika: uchebnik dlya vuzov /pod. red. M.L.Juravina. M.: Akademiya, 2008. – 448 s.

Azimov I.G., Sobitov Sh. Sport fiziologiyasi. Darslik. Toshkent 2003

Volkov V.M, Filin V.P. Sportivnыy otbor. Moskva. FiS., 2000 y

Matveyev L.P. Tyeorii sporta i sistemы podgotovki sportsmenov. Kiyev, 2002 y

Matveyev L.P. Metodika fizicheskogo vospitaniya s osnovami teorii. Uchebnoye posobiye. Moskva. 2000

Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlari. Sh.Xankeldiyev, A. Abdullayev, N. Azizov, B.Haydarov, A.Xasanov. Farg’ona-2011