TIPIK BO`Z TUPROQLAR SHAROITIDA BAHORGI MUDDATDA EKILGAN SOYANING 1000 DONA DON MASSASIGA TA’SIRI

Abstract

Toshkent viloyatining qadimdan sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlari sharoitida soyani Toshkent va Selekta-302 navlarining asosiy ekin sifatida maqbul qator kengliklarida ekish tizimlari va ko`chat qalinligini ishlab chiqish yuqori don hosili yetishtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
78-80
5

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xoliqov , A. ., & Xo’shboqova, Z. (2025). TIPIK BO`Z TUPROQLAR SHAROITIDA BAHORGI MUDDATDA EKILGAN SOYANING 1000 DONA DON MASSASIGA TA’SIRI. Science and Technology in the Modern World, 4(17), 78–80. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/113424
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Toshkent viloyatining qadimdan sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlari sharoitida soyani Toshkent va Selekta-302 navlarining asosiy ekin sifatida maqbul qator kengliklarida ekish tizimlari va ko`chat qalinligini ishlab chiqish yuqori don hosili yetishtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.


background image

`

78

TIPIK BO`Z TUPROQLAR SHAROITIDA BAHORGI MUDDATDA EKILGAN

SOYANING 1000 DONA DON MASSASIGA TA’SIRI

Xoliqov Abror Tojimurodovich

q.x.f.f.d., (PhD) v.b. dotsent

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universitetining Toshkent filiali, Toshkent. O’zbekiston.

e-mail: abrorxoliqovg@mail.com

Xo’shboqova Zubayda Erkin qizi

Stajyor tadqiqotchi

e-mail: zubaydaxushboqova9@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734602

Kirish:

Bugungi kunda dunyo bo`yicha aholini qishloq xo`jaligi mahsulotlari, sanoatni

xom ashyoga bo`lgan talabi ortib bormoqda. Xozirgi kunda soya asosiy ekin sifatida Braziliya,
AQSh, Argentina, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlarda yetishtirilib, jami 130,4 mln. gektar
maydonni tashkil etib, o`rtacha don hosildorligi 30,5 ts/ga ni tashkil etadi

1

. Bir gektar yerdan

olinadigan yalpi hosildorlik Yaponiyada 70 ts/ga, Xitoyda 55 ts/ga, Germaniyada 44 ts/ga ga
tengdir

2

. Bu esa o`z navbatida tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish, qishloq xo`jaligida

soya ekinidan yuqori va sifatli mahsulotlar yetishtirish qanchalik dolzarb ekanligini ko`rsatadi.

Annotatsiya.

Toshkent viloyatining qadimdan sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlari

sharoitida soyani Toshkent va Selekta-302 navlarining asosiy ekin sifatida maqbul qator
kengliklarida ekish tizimlari va ko`chat qalinligini ishlab chiqish yuqori don hosili
yetishtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.

Annotatsiya.

V usloviyax starooroshayemыx tipichnыx serozemnыx pochv

Tashkentskoy oblasti vыyavleno vajnoye znacheniye razrabotki sxem poseva i gustotы
stoyaniya sortov soi Tashkent i Selekta-302 poseyannoy v kachestve osnovnoy kulьturы pri
optimalьnoy shirine mejduryadiy dlya polucheniya vыsokogo urojaya zerna.

Annotatsiya;

Based on the research work on development of optimal sowing scheme and

plant density to obtain high-quality grain yield of soybean varieties Selekta-302 and Tashkent
in conditions of typical sierozem soils of the Tashkent province:

Kalit so`zlar:

Eskidan sug`oriladigan tipik bo`z tuproq, asosiy ekin soya navlari, ekish

tizimlari, unuvchanlik, harorat, bahorgi muddat, ko`chat qalinliklari va 1000 dona don og`irligi.

Ключевые слова:

Типичные сероземные почвы, орошаемые сдревних времён,

основные сорта сои, системы посева, всхожесть, температура, вес 1000семян; плотность
рассады; сроки весеннего посева.

Key words:

Irrigated typical gray soils, main soybean varieties, sowing systems,

germination temperature, spring sowing dates, seedling density, and 1000 seed weight

.


Natija va munozaralar.

Ilmiy manbalarda soya ekinining hosil strukturasini ifodalovchi

ko`rsatkichlaridan hosilini yig`ishtirishgacha saqlangan o`simliklar soni, o`simlik bo`yi,
soyaning yangi navlarining hosildorligi hosil strukturasi ko`rsatkichlariga xususan o`simlikning

1

http:www.soyka.rusoyarus.shtm

2

http:// www. uz.denemetr.com.


background image

`

79

bo`yi, bir tup o`simlikdagi dukkaklar soni, bir dona dukkakdagi donlar soni, bir tup o`simlikdagi
donlar massasi va 1000 dona don massasi kiritildi.

Olib borgan tadqiqotlarimizda soyaning don hosildorligi 25,0-34,8 ts/gani tashkil qildi.

Tadqiqotlarda soyani eng yaxshi ko`rsatkichlar hosil elementlarining ko`proq to`planishi
hamda hosildorligi jihatdan soyaning 286 ming tup/ga parvarishlangan Toshkent navini
bahorgi muddatida ekilganda kuzatilib, 1000 dona don vazni 170,7 grni tashkil etdi, soyani eng
yaxshi ko`rsatkichlar hosil elementlarining ko`proq to`planishi hamda hosildorligi jihatdan
soyaning 332 ming tup/ga parvarishlangan Selekta-302 navini bahorgi muddatida ekilganda
kuzatilib, 1000 dona don vazni 139,5 grni tashkil etdi.

Olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida soyani eng yaxshi ko`rsatkichlar hosil

elementlarining ko`proq to`planishi hamda hosildorligi jihatdan soyaning 286 ming tup/ga
parvarishlangan Toshkent navini bahorgi muddatida ekilganda kuzatilib, 1000 dona don vazni
169,3 grni tashkil etdi, soyani eng yaxshi ko`rsatkichlar hosil elementlarining ko`proq
to`planishi hamda hosildorligi jihatdan soyaning 275 ming tup/ga parvarishlangan Selekta-302
navini bahorgi muddatida ekilganda kuzatilib, 1000 dona don vazni 163,3 grni tashkil etdi.

Soya navlarini 1000 dona don og`irligi.

Material va uslublar.

Tajribani joylashtirish, fenologik kuzatishlar, unib chiqqan

nihollarni hisob-kitob qilish ishlari O`zPITIning «Dala tajribalarini o`tkazish uslublari» (2007)
qo`llanmasi asosida o`tkazildi.

T.A.Raximov, R.I.Siddiqov (2020) larning keyingi ilmiy ishlarida tajribaning 4-muddat 19-

aprelda ekilgan soya navlaridan birgina Selekta-201 navidan tashqari barcha navlardan 10-
aprelda ekilgandagiga nisbatan har gektaridan 2-3 sentnergacha kam miqdorda don hosili
olindi, tajriba maydonida o`tkazilgan dala kuzatuvlari, o`simliklarning o`sish va rivojlanish


background image

`

80

jarayonlaridagi xolati hamda o`simliklarning tuproq sharoitiga, iqlimga nisbatan ta’sirchanligi
turli ekish muddatlarida o`zgacha bo`lishi olib borilgan tadqiqotlarda o`z isbotini topdi. Andijon
viloyatining tuproq iqlim sharoitida soyaning ertapishar va o`rtapishar navlarini 10-aprel
atrofida ekish eng maqbul muddat bo`lib, don hosilining mo`l bo`lishini ta’minlaydi.

X.N.Atabayeva (2020) ning ilmiy ishlarning asosiy natijasi bu olinadigan hosil Orzu

navining hosili nazorat variantida 19,1 ts/ga ni tashkil qildi, mineral o`g`itlar qo`llanilgan
variantda hosildorlik 5,5 ts/ga oshdi, temir elementi kam me’yorda qo`llanilganda 25,3 ts/ga
hosil olindi, bu nazoratga nisbatan 6,7 ts/ga qo`shimcha hosil olindi, o`rta me’yorda
qo`llanilganda nazoratga nisbatan 1,2 ts/ga hosil olindi, yuqori me’yorda qo`llanilganda hosil
nazorat variantiga teng bo`lganligi kuzatildi, fon variantiga nisbatan hosil kamayganligi qayd
qilingan.

Xulosa

. Olingan uch yillik natijalardan shuni xulosa qilish mumkinki, tadqiqotlarimizda

soyani eng yaxshi ko`rsatkichlar hosil elementlarining ko`proq to`planishi hamda hosildorligi
jihatdan soyaning 286 ming tup/ga parvarishlangan Toshkent navini bahorgi muddatida
ekilganda kuzatilib, 1000 dona don vazni 169,7 grni tashkil etdi, soyani eng yaxshi
ko`rsatkichlar hosil elementlarining ko`proq to`planishi hamda hosildorligi jihatdan soyaning
275 ming tup/ga parvarishlangan Selekta-302 navini bahorgi muddatida ekilganda kuzatilib,
1000 dona don vazni 139,5 gr ni tashkil etganligi kuzatilgan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Dala tajribalarini o`tkazish uslublari. Toshkent-2007 y.

2.

Raximov T.A, Siddiqov R.I. Turli ekish muddatlarini soya navlarining xo`jalik biologik

ko`rsatkichlariga ta’siri. Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi
«Qishloq xo`jaligi ilm-fanida yoshlarning roli» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 14-15
avgust ilmiy maqolalar to`plami II-jildlik Toshkent-2020 y. 267-269 b.
3.

Atabayeva X.N. Mineral o`g`it fonida temir elementining soya navlarining hosildorligiga

ta’siri. «Agrar fan nazariyasi va amaliyotidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari
Toshkent davlat agrar universiteti tashkil etilganligining 90 yilligiga bag`ishlangan xalqaro
konferentsiyaning materiallar» to`plami. Toshkent-2020 y. 838-842-b.

References

Dala tajribalarini o`tkazish uslublari. Toshkent-2007 y.

Raximov T.A, Siddiqov R.I. Turli ekish muddatlarini soya navlarining xo`jalik biologik ko`rsatkichlariga ta’siri. Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi «Qishloq xo`jaligi ilm-fanida yoshlarning roli» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 14-15 avgust ilmiy maqolalar to`plami II-jildlik Toshkent-2020 y. 267-269 b.

Atabayeva X.N. Mineral o`g`it fonida temir elementining soya navlarining hosildorligiga ta’siri. «Agrar fan nazariyasi va amaliyotidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari Toshkent davlat agrar universiteti tashkil etilganligining 90 yilligiga bag`ishlangan xalqaro konferentsiyaning materiallar» to`plami. Toshkent-2020 y. 838-842-b.