KONVEYER TARANGLOVCHI VA TORTUVCHI BARABANLARIDA YUZAGA KELADIGAN TO‘XTALISHLAR SABABLARI

Abstract

Ushbu maqolada tasmali konveyer barabanlarining turlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, tanlashdagi muhim omillar va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari keng yoritilgan. Barabanlar konveyer tizimining asosiy elementi sifatida tasmaning harakatini ta’minlash va uni tarang holda ushlab turish vazifasini bajaradi.Barabanlar tortuvchi, taranglovchi hamda yo‘naltiruvchi va buruvchi turlarga bo‘linadi. Tortuvchi barabanlar ishqalanish darajasiga qarab silliq, qoplangan yoki qirralari bo‘lgan ko‘rinishlarda ishlab chiqiladi. Taranglovchi barabanlar esa gravitatsion, vintli va gidravlik mexanizmlar asosida ishlaydi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
55-58
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Adizov, D., Nazarov, T., & Mamasharifov, B. (2025). KONVEYER TARANGLOVCHI VA TORTUVCHI BARABANLARIDA YUZAGA KELADIGAN TO‘XTALISHLAR SABABLARI. Science and Technology in the Modern World, 4(17), 55–58. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/113431
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada tasmali konveyer barabanlarining turlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, tanlashdagi muhim omillar va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari keng yoritilgan. Barabanlar konveyer tizimining asosiy elementi sifatida tasmaning harakatini ta’minlash va uni tarang holda ushlab turish vazifasini bajaradi.Barabanlar tortuvchi, taranglovchi hamda yo‘naltiruvchi va buruvchi turlarga bo‘linadi. Tortuvchi barabanlar ishqalanish darajasiga qarab silliq, qoplangan yoki qirralari bo‘lgan ko‘rinishlarda ishlab chiqiladi. Taranglovchi barabanlar esa gravitatsion, vintli va gidravlik mexanizmlar asosida ishlaydi.


background image

`

55

KONVEYER TARANGLOVCHI VA TORTUVCHI BARABANLARIDA YUZAGA

KELADIGAN TO‘XTALISHLAR SABABLARI

Adizov D.SH.

Nazarov T.A.

Mamasharifov B.R.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15729666

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tasmali konveyer barabanlarining turlari, ularning

tuzilishi, ishlash prinsipi, tanlashdagi muhim omillar va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari
keng yoritilgan. Barabanlar konveyer tizimining asosiy elementi sifatida tasmaning harakatini
ta’minlash va uni tarang holda ushlab turish vazifasini bajaradi.Barabanlar tortuvchi,
taranglovchi hamda yo‘naltiruvchi va buruvchi turlarga bo‘linadi. Tortuvchi barabanlar
ishqalanish darajasiga qarab silliq, qoplangan yoki qirralari bo‘lgan ko‘rinishlarda ishlab
chiqiladi. Taranglovchi barabanlar esa gravitatsion, vintli va gidravlik mexanizmlar asosida
ishlaydi.

Shuningdek, maqolada barabanlarning ishdan chiqishiga olib keluvchi mexanik va

ekspluatatsion sabablar ham ko‘rib chiqilgan. Bularga noto‘g‘ri konstruksiya, yig‘ishdagi
xatolar, noto‘g‘ri taranglik, ifloslanish va vaqtida texnik xizmat ko‘rsatmaslik kiradi.
Barabanning sirpanishi, podshipniklar ishdan chiqishi va rezina qoplamaning yirtilishi kabi
holatlar ham tahlil etilgan. Maqola konveyer tizimlari samaradorligini oshirish, ishonchlilikni
ta’minlash hamda texnik xizmat ko‘rsatishning ahamiyatini tushunishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar.

Baraban, qoplama, futerovka, keramika, rezina, poliuretan, tasma, vintli,

gravitatsion.

Kirish.

Bugungi kunda butun dunyo miqyosida tasma konveyerlarning texnik va iqtisodiy

samaradorligini oshirish, yuklarni togʻ-kon sanoatida xavfsiz va sifatli tashishni ta’minlash,
shuningdek, konveyer tasmalariga va ularning asosiy qismlariga ta’sir etuvchi kuchlarni
kamaytirishga yo‘naltirilgan turli usullar ishlab chiqilmoqda. Konveyer tasmalarini yanada
mukammal loyihalash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda asosan
konveyerlarning ishonchliligini, chidamliligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
ishlovchi qismlarda yuzaga keladigan nosozliklarni kamaytirish, texnik xizmat va ta’mirlash
ishlarini o‘z vaqtida bajarish hamda ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan
izlanishlarga katta ahamiyat berilmoqda.

Tahlil
Tasmali konveyer barabanlari turlari:
Tortuvchi baraban

— bu elektr yoki mexanik dvigatel harakatini konveyer tasmasiga

uzatuvchi asosiy element hisoblanadi. U butun tizimning samarali ishlashida muhim rol
o‘ynaydi, chunki material yetkazib berish tezligi va konveyer ishining barqarorligi aynan shu
elementga bog‘liq. Tortuvchi barabanlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Taranglovchi baraban

Taranglovchi baraban — bu konveyer tasmasining zarur tarangligini ushlab turuvchi

muhim komponent bo‘lib, u tasmaning osilib qolishini oldini oladi va butun tizimning barqaror
ishlashini ta'minlaydi. Ushbu elementning to‘g‘ri ishlab chiqilishi konveyerning xizmat
muddatini uzaytirish va uning unumdorligini oshirish uchun juda muhim hisoblanadi.
Taranglovchi barabanlar quyidagi turlarga bo‘linadi:


background image

`

56

Vintli taranglagichli

— bu turdagi barabanlar taranglik darajasini aniq sozlash imkonini

beradi, bu esa og‘ir va notekis taqsimlangan yuklar bilan ishlashda juda muhimdir.
Ekspluatatsiya vaqtida tez va qulay sozlash imkoniyati konveyer tizimlarini samarali
boshqarish imkonini oshiradi.

1-rasm

. Taranglovchi baraban turlari.

Tasmali konveyer barabanlarining ishdan chiqish sabablari mexanik va ekspluatatsion

(foydalanishdagi) omillar kiradi.

Mexanik sabablari

Baraban elementlarining yeyilishi va shikastlanishi. Barabanning markaziy qismidagi

qobiq (obechayka) ning yemirilishi yoki lobalar (disklar) bilan qobiq orasidagi payvand
choklarining buzilishi.

Noto‘g‘ri konstruksiya. Silliq (g‘adir-budir bo‘lmagan) yuzali barabanlardan foydalanish,

bu ishqalanishni kamaytiradi va barabanning tezroq yeyilishiga olib keladi.

Yig‘ish va o‘rnatishdagi xatolar. Val va barabanlarning o‘qlarining bir-biriga mos

kelmasligi, bu tasmaning egilishiga va sirpanishga sabab bo‘ladi.

Ekspluatatsion sabablari

Tasmaning noto‘g‘ri tarangligi. Juda bo‘sh yoki ortiqcha tarang tasma sirpanishga va

barabanlarning erta yeyilishiga olib keladi.

Barabanlarning ifloslanishi. Tasma va baraban yuzasi orasida chang zarrachalari va

boshqa elementlarning tiqilib qolishi, ular orasidagi ishqalanishni kamaytiradi, bu esa
sirpanishga sabab bo‘ladi.

Vaqtida texnik xizmat ko‘rsatmaslik. Muntazam tekshiruvlar va profilaktika ishlari

muammolarni erta bosqichda aniqlash va bartaraf etishga yordam beradi.

43%

7%

14%

16%

20%

Tasmali konveyer barabanlarining ishdan

chiqish sabablari

Baraban elementlarining yeyilishi

Noto‘g‘ri konstruksiya

Tasmaning noto‘g‘ri tarangligi

Barabanlarning ifloslanishi

Vaqtida texnik xizmat ko‘rsatmaslik


background image

`

57


2-rasm

. Tasmali konveyer barabanlarining ishdan chiqish sabablari

Xulosa

Tasmali konveyer barabanlari konveyer tizimlarining muhim elementlaridan biri bo‘lib,

ularning ishonchliligi va texnik holati butun tashish jarayonining samaradorligi va xavfsizligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Barabanlarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari to‘g‘ri
tanlanmasa yoki ularga vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilmasa, turli nosozliklar yuzaga keladi.
Mexanik va ekspluatatsion sabablarga ko‘ra barabanlarning ishdan chiqishi, jumladan
sirpanish, podshipniklar ishdan chiqishi, rezina qoplamaning yirtilishi kabi holatlar konveyer
ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuning uchun, tasmali konveyer tizimlarida barabanlarning to‘g‘ri loyihalashiga, sifatli

materiallardan tayyorlashiga, to‘g‘ri o‘rnatilishiga hamda doimiy texnik xizmat va profilaktika
ishlariga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Bu esa nafaqat uskunaning xizmat muddatini
uzaytiradi, balki konveyer tizimlarining ishonchliligi va samaradorligini oshirishga ham xizmat
qiladi. Shu bilan birga, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va favqulodda nosozliklarning
oldini olish imkonini yaratadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Атақулов Л.Н. Обоснование эксплуатационных параметров крутонаклонного

конвейера с прижимной лентой для горних предприятий. Дисс. на соиск. уч. ст. канд.
техн. наук. – М.: 2007-135 с.
2.

Atakulov L. N., Haydarov Sh.B. Konveyer roliklarining kuchlanishini taqsimlash tahlili / /

Amerika muhandislik va texnologiya jurnali. - Las-Vegas (AQSh), 2021, - 81-89 betlar.
3.

Шаяхметов Е.Я., Мендебаев Т.М., Темиртасов О.Т. Анализ неисправностей роликов

ленточных конвейеров в ходе эксплуатации на предприятиях восточного Казахстана //
Вестник СГУ. – Семипалатинск, 2015. - №4(72). – С. 58-63.
4.

Шеметов П.А. Транспортирование горной массы межуступным крутонаклонным

перегружателем // М.: Горный журнал, 2007. - №5 – С. 33-35.
5.

Дмитриев В.Г., Вержанский А.П. Основы теории ленточных конвейеров // М.:

Горная книга, 2017. – С. 448-452.
6.

Polvonov N. O., Atakulov L. N. (2021). Maxsus vulkanizatsiya birikmalaridan

foydalanganda konveyer tasmalarini birlashtirish usulivolcanization. Isj nazariy va amaliy fan,
08 (100), 17-21.
7.

Atakulov L. N., Haydarov Sh.B., Ochilov X. B., Gaffarov A. A. Daugiztau karyeri sharoitida

samarali konveyer tashish sxemasini qo'llash. Texnika fanlari va innovatsiyalar. 2021. №2. -б.
74-86.
8.

Atakulov L. N., Xaydarov Sh.B., Istablaev F. F., Narzullaev B.Sh. Rezina shnur tasmalarini

ulashning muqobil usulini o'rganish. IX xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya kon-metallurgiya
majmuasini rivojlantirishning yutuqlari, muammolari va zamonaviy tendentsiyalari. 2017
9.

Polvonov N. O.-Tasmali konveyer tasmasining mexanik ta’sirlarga chidamliligini


background image

`

58

ma'lumotlarga chidash tahlil qilish ta'lim fanlari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar, 885-892 p.
https://doi.org/ 10.24412/2181-1385-2022-2-885-892
10.

Giles C. H. erigan adsorbsion izotermning umumiy davolash va tasnifi / C. H. Giles, D.

References

Атақулов Л.Н. Обоснование эксплуатационных параметров крутонаклонного конвейера с прижимной лентой для горних предприятий. Дисс. на соиск. уч. ст. канд. техн. наук. – М.: 2007-135 с.

Atakulov L. N., Haydarov Sh.B. Konveyer roliklarining kuchlanishini taqsimlash tahlili / / Amerika muhandislik va texnologiya jurnali. - Las-Vegas (AQSh), 2021, - 81-89 betlar.

Шаяхметов Е.Я., Мендебаев Т.М., Темиртасов О.Т. Анализ неисправностей роликов ленточных конвейеров в ходе эксплуатации на предприятиях восточного Казахстана // Вестник СГУ. – Семипалатинск, 2015. - №4(72). – С. 58-63.

Шеметов П.А. Транспортирование горной массы межуступным крутонаклонным перегружателем // М.: Горный журнал, 2007. - №5 – С. 33-35.

Дмитриев В.Г., Вержанский А.П. Основы теории ленточных конвейеров // М.: Горная книга, 2017. – С. 448-452.

Polvonov N. O., Atakulov L. N. (2021). Maxsus vulkanizatsiya birikmalaridan foydalanganda konveyer tasmalarini birlashtirish usulivolcanization. Isj nazariy va amaliy fan, 08 (100), 17-21.

Atakulov L. N., Haydarov Sh.B., Ochilov X. B., Gaffarov A. A. Daugiztau karyeri sharoitida samarali konveyer tashish sxemasini qo'llash. Texnika fanlari va innovatsiyalar. 2021. №2. -б. 74-86.

Atakulov L. N., Xaydarov Sh.B., Istablaev F. F., Narzullaev B.Sh. Rezina shnur tasmalarini ulashning muqobil usulini o'rganish. IX xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya kon-metallurgiya majmuasini rivojlantirishning yutuqlari, muammolari va zamonaviy tendentsiyalari. 2017

Polvonov N. O.-Tasmali konveyer tasmasining mexanik ta’sirlarga chidamliligini ma'lumotlarga chidash tahlil qilish ta'lim fanlari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar, 885-892 p. https://doi.org/ 10.24412/2181-1385-2022-2-885-892

Giles C. H. erigan adsorbsion izotermning umumiy davolash va tasnifi / C. H. Giles, D.