O`ZBEKISTONDA KRIDIT BOZORINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYA VA ISTIQBOLI
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun kredit bozorining ahamiyati beqiyosdir. Kredit tizimi nafaqat banklar va moliya institutlari o‘rtasida, balki iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida samarali moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida kredit bozorining rivojlanishi nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va investitsiyalarni jalb qilish uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu tezisda O‘zbekiston kredit bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbekiston kredit bozorining rivojlanishining hozirgi holati, asosan, bank tizimiga bog‘liq bo‘lib, mamlakatda 30 dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kreditlash jarayoni turli sohalarda amalga oshirilmoqda: korporativ sektor, kichik va o‘rta biznes, ipoteka, shaxsiy kreditlar va boshqa. O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari va bozordagi o‘zgarishlar, shuningdek, xalqaro integratsiya jarayonlari kredit bozorining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda kredit bozori iqtisodiyotni rag‘batlantirish, aholi va korxonalar ehtiyojlarini qondirish, yangi investitsiyalarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.