TOʻRA SULAYMONNING SOʻZ QOʻLLASH MAHORATI
Buyuk shoirlarning oʻziga xos takrorlanmas uslubi, oʻz ijod yoʻli, soʻz qoʻllash mahorati boʻladi. Kitobxon sheʼrni oʻqir yoki eshitar ekan uning muallifini tezda topib oladi. Bu, albatta, ijodkorning betakror oʻziga xosligi tufaylidir. Toʻra Sulaymon sheʼrlarida soʻz qoʻllash, ayniqsa, sheva soʻzlaridan mahorat bilan foydalanishi oʻziga xos uslubni yaratishda qoʻl kelgan.