BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA O’QITUVCHINING KREATIVLIK QOBILYATINING AHAMIYATI

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy rivojlanishida o‘qituvchining ijodiy (kreativ) yondashuvi muhim omil sifatida yoritiladi. Shuningdek, amaliy usullar, interaktiv metodlar va muloqotga yo‘naltirilgan dars shakllari haqida fikr yuritiladi.

151-153
18

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Alimardanova , S. ., & Shoyimova , G. . (2025). BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA O’QITUVCHINING KREATIVLIK QOBILYATINING AHAMIYATI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(7), 151–153. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/80824
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy rivojlanishida o‘qituvchining ijodiy (kreativ) yondashuvi muhim omil sifatida yoritiladi. Shuningdek, amaliy usullar, interaktiv metodlar va muloqotga yo‘naltirilgan dars shakllari haqida fikr yuritiladi.


background image

151

BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA

O’QITUVCHINING KREATIVLIK QOBILYATINING AHAMIYATI

Alimardanova Sitora Ikrom qizi

Termiz davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

Shoyimova Gulshan

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15253861

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy rivojlanishida

o‘qituvchining ijodiy (kreativ) yondashuvi muhim omil sifatida yoritiladi. Shuningdek, amaliy
usullar, interaktiv metodlar va muloqotga yo‘naltirilgan dars shakllari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

O‘qituvchi, ijodkorlik, kreativlik, nutqiy rivojlanish, pedagogik mahorat,

innovatsion ta’lim, dars jarayoni, o‘quvchi faolligi, boshlang‘ich ta’lim, mustaqil fikrlash,
zamonaviy ta’lim.

ЗНАЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА УЧИТЕЛЯ В РАЗВИТИИ РЕЧИ МЛАДШИХ

КЛАССОВ

Абстрактный

: В статье рассматривается творческий подход учителя как важный

фактор развития речи учащихся начальной школы. В нем также обсуждаются
практические методы, интерактивные методы и форматы уроков, ориентированные на
общение.

Ключевые слова: Учитель, креативность, развитие речи, педагогическое мастерство,

инновационное образование, процесс урока, активность учащихся, начальное
образование, самостоятельное мышление, современное образование.

THE IMPORTANCE OF TEACHER CREATIVITY IN DEVELOPING THE SPEECH OF

PRIMARY STUDENTS

Abstract.

This article highlights the creative approach of the teacher as an important factor

in the speech development of primary school students. It also discusses practical methods,
interactive methods and forms of lessons focused on communication.

Keywords:

Teacher, creativity, creativity, speech development, pedagogical skills,

innovative education, lesson process, student activity, primary education, independent thinking,
modern education.


Kirish.

Zamonaviy ta’limda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan nafaqat bilim berish, balki

o‘quvchini fikrlashga, erkin so‘zlashga, muloqotda faol bo‘lishga yo‘naltirish talab etiladi.
Ayniqsa, bolalarda nutqiy faoliyatni shakllantirishda o‘qituvchining kreativlik qobiliyati asosiy
vositaga aylanadi.

O‘qituvchi

darsda

an’anaviy

metodlardan

tashqari,

interaktiv,

innovatsion

yondashuvlardan foydalanadi. Misol uchun, klaster, insert, rolga kirish, dramatizatsiya kabi
metodlar yordamida bolani so‘zlashuvga jalb etadi.


background image

152

Bugungi kunda ta’lim sohasida tezkor o‘zgarishlar, innovatsion yondashuvlar,

raqobatbardoshlik va yangilikka intilish talab etilmoqda. Ana shunday davrda o‘qituvchidan
faqat bilim emas, balki ijodiy yondashuv, kreativ fikrlash va motivatsiya berish kabi ko‘nikmalar
talab qilinmoqda. Chunki aynan ijodkor o‘qituvchi darsni jonli, o‘quvchini esa faol ishtirokchiga
aylantira oladi.

Tahlil va natija.

Kuzatuvlar tahlilida ijodkor o‘qituvchi – bu yangicha fikrlaydigan,

an’anaviy usullarga cheklanib qolmaydigan, har bir darsga yangilik olib kiradigan, o‘quvchining
qiziqishini uyg‘ota oladigan pedagogdir. Kreativlik tushunchasi inson tafakkurining rivoji bilan
bog‘liq bo‘lib, qadimdan mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, bu atama ilmiy adabiyotda XX asr boshlaridan
boshlab faol qo‘llanila boshlandi. Kreativlik tushunchasining tarixiy rivojlanishga nazar
soladogan bo’lsak, qadimgi davrlar- dastlab ijod, san’at, ilhom tushunchalari orqali ifodalangan.
Antik davr faylasuflari (Platon, Aristotel) ijodiy ilhomni ilohiy kuch bilan bog‘lashgan. Uyg‘onish
davri (Renessans) inson salohiyati, erkin fikrlash va yangilik yaratishga e’tibor oshdi. Leonardo
da Vinchi kabi ijodkorlar kreativ fikrlashning yorqin namunasi bo‘lgan.. Ilmiy asoslangan davr
(XX asr). “Kreativlik” (creativity) atamasi ingliz tilida faol ishlatilgan. 1950-yillarda amerikalik
psixolog J.P. Guilford kreativlikni psixologik tadqiqot predmeti sifatida ko‘rib chiqdi. U
kreativlikni divergent fikrlash (ya’ni bir muammoga bir nechta noodatiy yechim topish) bilan
bog‘ladi.

Zamonaviy davrda kreativlik har bir sohada muhim omilga aylandi: ta’lim, biznes,

texnologiya, san’at va boshqalarda. Ta’limda kreativlik – o‘qituvchi va o‘quvchining mustaqil,
erkin, noan’anaviy fikr yuritish qobiliyatidir.“Kreativlik” so‘zi lotincha “creare” – “yaratmoq”,
“vujudga keltirmoq” degan ma’noni bildiradi.Ingliz tilidagi “creativity” so‘zi aynan shu ildizga
borib taqaladi.

Kreativlik tushunchasi inson tafakkurining chuqur, noyob, erkin va noodatiy ifodasi sifatida

shakllanib kelgan. Bugungi kunda u nafaqat san’atkorlarga, balki o‘qituvchilarga,
mutaxassislarga, shuningdek, har bir o‘quvchiga ham zarur bo‘lgan muhim kompetensiyalardan
biridir.Ijodkorlik qobiliyati quyidagicha namoyon bo‘ladi?

- yangicha metod va texnologiyalardan foydalana olish;
- o‘quvchilarning e’tiborini jalb eta oladigan topshiriqlar tuzish;
- hayotiy misollar, real vaziyatlar asosida o‘rgatish;
- o‘quvchini izlanishga, fikrlashga, savol berishga undash;
Ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchini rag‘batlantirishmumkin.“She’rni davom ettir”, “Ertakka

boshqacha yakun top”, “Bir so‘zdan hikoya tuz”, “Rasm asosida hikoya ayt” kabi ijodiy
topshiriqlar orqali o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi. O‘yin vositalaridan foydalana
olishi esa masalan, “Sehrli so‘zlar”, “Top-diqqat”, “Gapni davom ettir”, “Savol-javob estafetasi” va
boshqalar orqali bolalar so‘z boyligini kengaytiradi.

Xulosa:

Pedagogik amaliyotlar ko‘rsatadiki, ijodkorlik bilan dars olib boruvchi

o‘qituvchilarning sinflarida o‘quvchilarning nutqiy faolligi yuqori bo‘ladi. Ular savollarga to‘liq
javob bera oladi, matn mazmunini qayta hikoya qilishi, fikr bildirishi osonlashadi.

Boshlang‘ich ta’limda nutqni o‘stirish — bu faqatgina til darsining vazifasi emas, balki har

bir o‘qituvchining kreativ yondashuv orqali bolada erkin fikrlash, so‘zlash va o‘zini ifoda etishga
yo‘naltirishidir. O‘qituvchining ijodkorligi bu jarayonning muvaffaqiyat kalitidir.


background image

153

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti. Boshlang‘ich ta’lim.

3.

Mahmudov N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.

4.

Karimova D. “O‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirish usullari”, Toshkent, 2021.

5.

Vygotskiy L.S. “Bolalar psixologiyasi va nutq rivoji”, Moskva, 2003.

6.

Ta’limda interfaol metodlar to‘plami. TTJ, 2022.

7.

Sattorova, M.A. (2024). The importance of developing national pride in primary school

students through the science of upbringing. Education, science and innovation, No.
8.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi and Feruza Hayitova Abdullayevna, “THE ROLE OF

PICTURES IN THE FORMATION OF STUDENTS ’CREATIVE ABILITY IN LITERACY
LESSONS”,

IEJRD - International Multidisciplinary Journal

, vol. 6, no. 4, p. 3, Jul. 2021.

9.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “ Enhancing creativity in the process of developing

studentso speech “ The American Journal of Social Science and education Innovations (ISSN –
2689-100x) Published Published: June 28, 2021 | https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03
Иссуе06-24 IMPACT FACTOR 2021: 11. 857 OCLC – 1121105668 Pages: 140-143 Америка
10.

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY SALOHIYATINI HAMDA KREATIVLIGINI

OSHIRISHDA MENTAL ARIFMETIKANING O'RNI M Ziyaqulova, S Ashurova, N Toshpulatova -
Development and innovations in science, 2023
11.

The importance of riddles in the development of students creativity in the learning process

ZMS Qizi - Asian Journal Of Multidimensional Research, 2021
12.

BOSHLANGICH SINF OQUVCHLARINING LUGATLAR BILAN ISHLASH JARAYONIDA

KREATIVLIGINI OSHIRISH MSQ Ziyaqulova, HIQ Raxmatova - … : Innovative, educational, natural
and social sciences, 2021
13.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘Problems and solutions of scientific and innovative

research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi’’- 2024-
yil 182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07 universalconference.us.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti. Boshlang‘ich ta’lim.

Mahmudov N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.

Karimova D. “O‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirish usullari”, Toshkent, 2021.

Vygotskiy L.S. “Bolalar psixologiyasi va nutq rivoji”, Moskva, 2003.

Ta’limda interfaol metodlar to‘plami. TTJ, 2022.

Sattorova, M.A. (2024). The importance of developing national pride in primary school students through the science of upbringing. Education, science and innovation, No.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi and Feruza Hayitova Abdullayevna, “THE ROLE OF PICTURES IN THE FORMATION OF STUDENTS ’CREATIVE ABILITY IN LITERACY LESSONS”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no. 4, p. 3, Jul. 2021.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “ Enhancing creativity in the process of developing studentso speech “ The American Journal of Social Science and education Innovations (ISSN – 2689-100x) Published Published: June 28, 2021 | https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03 Иссуе06-24 IMPACT FACTOR 2021: 11. 857 OCLC – 1121105668 Pages: 140-143 Америка

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY SALOHIYATINI HAMDA KREATIVLIGINI OSHIRISHDA MENTAL ARIFMETIKANING O'RNI M Ziyaqulova, S Ashurova, N Toshpulatova - Development and innovations in science, 2023

The importance of riddles in the development of students creativity in the learning process ZMS Qizi - Asian Journal Of Multidimensional Research, 2021

BOSHLANGICH SINF OQUVCHLARINING LUGATLAR BILAN ISHLASH JARAYONIDA KREATIVLIGINI OSHIRISH MSQ Ziyaqulova, HIQ Raxmatova - … : Innovative, educational, natural and social sciences, 2021

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘Problems and solutions of scientific and innovative research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi’’- 2024- yil 182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07 universalconference.us.